Politexnika instituti


  1. O’zbekistonning yoshlarga oid davlat siyosati



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/169
Sana01.01.2022
Hajmi3,09 Mb.
#300461
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   169
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи

175 
1. O’zbekistonning yoshlarga oid davlat siyosati. 
 
O’zbekiston  demokratik  taraqqiyot,  modernizatsiya  va  yangilanish  borasida  belgilangan 
maqsadlarga  erishishda  hal  qiluvchi  kuch  bo’lgan  bilimli  va  intellektual  rivojlangan  avlodni 
tarbiyalashni  o’zining  asosiy  ustuvor  vazifasi  deb  biladi.  O’zbekistonning  Birinchi  Prezidenti 
Islom Karimovning uzoqni ko’rib ilgari surgan va amaliyotga tatbiq etilgan konseptual g’oyalari, 
aniq  taklif  va  tashabbuslari  mamlakatimizda  yoshlarga  oid  davlat  siyosatining  samaradorligini 
ta‘minladi. 
Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma‟naviy sog’lom o’sishi, balki ularning
 
eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo’lgan, uyg’un rivojlangan insonlar bo’lib, XXI asr 
talablariga  to’liq  javob  beradigan  barkamol  avlod  bo’lib  voyaga  yetishi  uchun  zarur  barcha 
imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz” 
deb ta‘kidlagan edi
 
I.A.Karimov  (Karimov  I.A.  Jahon  inqirozining  oqibatlarini  yengish,  mamlakatamizni 
modernizatsiya  qilish  va  taraqqiy  topgan  davlatlar  darajasiga  ko’tarilish  sari.  18-j.  -T.: 
O’zbekiston, 2010. B. 185.).
 
Hozirgi  kunda  O’zbekiston  aholisining  ijtimoiy-demografik  holatiga  nazar  tashlansa,  unda 
yoshlar asosiy ijtimoiy-siyosiy kuch ekanligini ko’rish mumkin. Chunki mamlakatda yoshlarning aholi 
tarkibidagi  salmog’i  64  foizni  tashkil  qiladi  (Karimov  I.A.  Mamlakatni  modernizatsiya 
qilish  va 
iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirpsh yo’lida. 16-j. -T.: O’zbekiston, 2008. B. 163.). Zero, har 
yili  600  mingdan  ziyod  butunlay  yangicha  shart-sharoit  va  muhitda  kamol  topgan  yosh  avlod 
vakillari katta hayotga yo’llanma olayotganining o’zi O’zbekiston yoshlar davlati ekanligini yana 
bir karra tasdiqlaydi.
 
Yoshlarning  bilim  olishi,  ta‘lim-tarbiyasi,  kasbiy  tayyorgarligi  masalalari  O’zbekistonda 
huquqiy demokratik davlat qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida muhim ahamiyat kasb 
etadi.  Binobarin,  ushbu  jarayonlar,  ya‘ni  O’zbekistonda  ta‘lim  sohasida  amalga  oshirilayotgan 
islohotlar  samarasi,  yuksak  bilimli  hamda  intellektual  rivojlangan  avlodni  tarbiyalashda  davlatning 
roli, bu borada to’plangan tajriba bilan xalqaro hamjamiyatni keng tanishtirish maqsadida 2012 yilning 
16-17  fevral  kunlari  “Yuksak  bilimli  va  intellektual  rivojlangan  avlodni  tarbiyalash  mamlakatni 
barqaror  taraqqiy  ettirish  va  modernizatsiya  qilishning  eng  muhim  sharti”  mavzuida  xalqaro 
konferensiya o’tkazildi. Unda qariyb 1000 nafar ishtirokchi, jumladan, dunyoning 48 davlati, 8 xalqaro 
tashkilot  va  ta‘lim  jamg’armalaridan  270  nafar  vakil  ishtirok  etdi.  Xalqaro  konferensiya  ochilish 
marosimida I.A. Karimov nutq so’zlab, O’zbekistonda ta‘lim sohasini islox qilish, yuksak bilimli va 
intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash bo’yicha 1997 yilda qabul qilingan Ta‘lim to’g’risidagi 
qonun  va  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturining  asosiy  maqsad  va  vazifalari,  mazmun-mohiyatini 
qisqacha  bayon  etib, 
Bugungi  kunda  faqat  yuksak  bilimli,  zamonaviy  fikrlaydigan,  intellektual 
rivojlangan  va
 
professional  tayyorgarlikka  ega  bo’lgan  yoshlargina  sifatli,  jadal  va  innovatsion 
taraqqiyotning eng muhim sharti va garovi bo’la olishi, aynan ular mamlakatning buyuk kelajagini 
ta‟minlashi mumkin” 
degan edi. (Karimov I.A. Mamlakatimizni yanada obod etish va modernizatsiya
 
qilishni qat‟iyat bilan davom ettirish yo’lida. 21-j. -T.: O’zbekiston. 2013. B. 23).
 
O’zbekiston  Respublikasida  mustaqillikning  dastlabki  yillaridan  boshlab  shaxsni  har 
tomonlama  kamolga  yetkazish  va  rivojlantirish  masalasiga  alohida  g’amxo’rlik  ko’rsatilib, 
yoshlarga oid qonun, qaror va davlat dasturlari qabul qilindi hamda izchillik bilan hayotga tatbiq 
etildi.  Bu  siyosatning  mazmun-mohiyati,  asosiy  yo’nalishlari,  yoshlarga  beriladigan  ijtimoiy-
iqtisodiy,  siyosiy  va  huquqiy  kafolatlar  O’z.Rning  1991-yil  20-noyabrda  qabul  qilingan 
“O’zbekistonda  yoshlarga  oid  davlat  siyosatining  asoslari  to’g’risida”gi  Qonunda  belgilab 
qo’yilgan. Ushbu huquqiy hujjat bosh islohotchi bo’lgan davlatning yoshlar masalasiga doir asosiy 
strategik yo’nalishlarini izchil va tizimli ravishda bosqichma-bosqich amalga oshirishga imkoniyat 
yaratib berdi.
 
Ushbu  Qonunga  ko’ra,  yoshlar  masalasi  O’zbekiston  Respublikasi  davlat  siyosatining 
ustuvor  yo’nalishi  bo’lib,  uning  maqsadi  yoshlarning  bilim  olishi,  ta‘lim-tarbiyasi,  kasbiy 
tayyorgarligi,  ijtimoiy-siyosiy  shakllanishi  va  kamol  topishi,  ijodiy  iqtidorining  to’liq  ro’yobga 
chiqishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni 
kafolatlashdan iborat.
 


176 
Mazkur  qonun  asosida  yoshlarga  oid  davlat  siyosati  amalga  oshirilar  ekan,  1991-1993 
yillarda yoshlar ijtimoiy kafolatini ta‘minlash va ular iste‘dodini kamol toptirish maqsadida 14 ta 
farmon  qabul  qilindi.  Ularda  yoshlarning  moddiy  ahvolini  yaxshilashdan  tortib,  iste‘dodini 
moddiy va ma‘naviy rag’batlantirishgacha bo’lgan tadbirlarni amalga oshirish belgilab berildi.
 
O’zbekiston  Respublikasi  mustaqillikka  erishgandan  keyin  mamlakat  yoshlarini  birlashtirish 
uchun  Yoshlar  ittifoqi  tashkiloti  tuzilgan  edi.  U  o’zini  oqlamagach,  1996  yilning  17  aprelida 
O’zbekiston Respublikasi yoshlarining Kamolot jamg’armasi to’g’risidagi Prezident Farmoni asosida 
yangi yoshlar tashkiloti tuzildi.
 
2001  yil  25  aprel  kuni  mamlakatimizda  yoshlarga  oid  davlat  siyosatini  amalga  oshirish, 
ayniqsa,  yoshlarning  huquq  va  manfaatlarini  himoya  qilish,  iqtidor  va  qobiliyatlarini  ro’yobga 
chiqarish,  jamiyatda  munosib  o’rin  egallashlari  va  duch  kelgan  muammolarni  hal  etishga 
ko’maklashishda  alohida  o’ringa  ega  bo’lgan,  yoshlar  tashkiloti  O’zbekiston  Respublikasi 
Kamolot yoshlar ijtimoiy harakatining ta‘sis qurultoyi bo’lib o’tdi.
 
Ta‘sis qurultoyda harakatning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. Harakat Nizomiga asosan, 
boshlang’ich  tashkilotlar  yoshlarning  o’qish,  ish  va  xizmat  joylarida  tashkil  etiladi.  Respublika 
yoshlarini  birlashtirib,  keng  qamrovli  faoliyat  olib  borgan  ushbu  yoshlar  tashkiloti  barkamol 
avlodni  tarbiyalashda  ulkan  ishlarni  amalga  oshirdi.  Harakat  tarkibida  uning  homiyligi  asosida 
ishlaydigan,  Kamalak  bolalar  tashkiloti  7  yoshdan  14  yoshgacha  bo’lgan  o’quvchilarni 
birlashtirgan  bo’lib,  4,2  mln.dan  ortiq  bolalar  tashkilotga  a‘zo  bo’lib  kirgan.  Kamalak  bolalar 
tashkiloti o’z faoliyatini Oltin meros, Ma‘naviyat va ma‘rifat, Umid, Sog’lom avlod, Vatanparvar, 
Mehr-shafqat kabi yo’nalishlarda tashkil etildi.
 
Bu Harakat respublika miqyosidagi yirik yoshlar tashkiloti sifatida shakllanib, o’z atrofida 
5,5  million,  ya‘ni  mamlakatimizdagi  10  yoshdan  30  yoshgacha  bo’lgan  barcha  yoshlarning  56 
foizini  ixtiyoriy  ravishda  15  600  dan  ortiq  ta‘lim  muassasalari  va  mehnat  jamoalaridagi 
boshlang’ich  tashkilotlari  orqali  birlashtirib,  respublikamizdagi  eng  yirik  nodavlat  notijorat 
tashkilotlaridan biriga aylandi.
 
Mustaqillik  yillarida  yoshlar  kamolotini  ta‘minlashga  qaratilgan  keng  qamrovli  davlat 
siyosati  tufayli  O’zbekistonda  barkamol  avlod  shakllanishi  masalasiga  asosiy  e‘tibor  qaratildi. 
Ta‘lim  va  tarbiya  inson  kamoloti  va  ma‘naviyatini  shakllantirishning  eng  asosiy  sharti  hamda 
garovi,  shu  bilan  birga,  mamlakat  ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy,  g’oyaviy,  madaniy  hayotining 
muhim  bo’g’ini  hisoblanadi.  Yosh  avlodni  ijodkorlik  ruhida  tarbiyalash,  ularning  intellektual 
salohiyatini  oshirish  taraqqiyotimizning  muhim  omili  ekani  "Ta‘lim  to’g’risida"gi  Qonun  va 
Kadrlar  tayyorlash  milliy  Dasturida  ham  alohida  ta‘kidlab  o’tilgan.  Ayniqsa,  dasturda  yosh 
avlodni ijodkor etib tarbiyalash hamda ularni ijod qilishga bo’lgan moyilliklarini o’stirishga katta 
e‘tibor  berilgan.  Birinchi  Prezidentimiz  I.Karimov  ta‘kidlaganidek, 

Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish