Politexnika instituti


  4. Istiqlol yillarida jismoniy tarbiya va sport ravnaqi



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/169
Sana01.01.2022
Hajmi3,09 Mb.
#300461
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   169
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи

165 
4. Istiqlol yillarida jismoniy tarbiya va sport ravnaqi. 
 
O’zbekistonning  birinchi  Prezidenti  Islom  Karimov  davlat  rahbari  sifatida  o’z  faoliyatini 
boshlagan dastlabki davrda, Ittifoqning sport sohasidagi markazlashgan siyosatidan holi ravishda, 
o’zbek sportini mustaqil va jadal rivojlantirish harakatlari boshlandi.
 
1990 yil 24 mart kuni Oliy Kengashning birinchi sessiyasida Islom Karimov 
"Bundan
 
buyon 
barcha rejalarimizda madaniyat, ma‟rifat, jismoniy tarbiya va sport birinchi darajali vazifalar 
qatoridan  joy  olishi  lozim" 
(Karimov  I.A.  Demokratik  islohotlarni  yanada
 
chuqurlashtirish  va 
fuqarolik  jamiyatani  shakllantirish  mamlakatimiz  taraqqiyotining  aso-siy  mezonidir.  19  j.  -T.: 
O’zbekiston, 2011. B. 96-97.), deb ta‘kidlagan edi.
 
Albatga, bu davr tarixini o’rganish uchun o’tgan davrga ham nazar tashlab, haqqoniy baho 
berish kerak bo’ladi. O’rta Osiyo hududida jismoniy tarbiya va sport qadimdan rivojlanib kelgan 
va  ular  asosan  aholining  turmush  tarzi  bilan  bog’liq  bo’lgan.  Dastlabki  jismoniy  harakatlarga 
tayyorgarlik o’zini, oilasini, Vatanini himoya qilish bilan bog’liq bo’lib, ulardan harbiy mudofaa 
maqsadida foydalanilgan. Mahalliy aholi orasida hozirgi ko’rinishdagi sport turlari uchramasa-da, 
milliy  bayram  va  to’y-tomoshalarda  erkaklar  o’rtasida  o’ziga  xos  musobaqalar  tashkil  etilgan. 
Xalq milliy o’yinlari (ko’pkari, uloq, chovgon, dorbozlik, kurash) bugungi kunga asl holicha yetib 
keldi.
 
Aholining  salomatligini  yaxshilash,  o’quvchi  yoshlar  va  talabalarning  jismoniy 
barkamolligini ta‘minlash, iqtidorli sportchilarning mahoratini davr talabi va xalqaro andozalar 
asosida takomillashtirib borish, shuningdek, ziyolilarning ish qobiliyati va mehnat unumdorligini 
oshirish,  eng  muhimi,  sog’lom  turmush  tarzini  shakllantirish,  sog’lom  avlodni  tarbiyalashga 
alohida e‘tibor berildi.
 
Respublikada sport sohasini rivojlantirishga yo’naltirilgan dasturlarning bosh maqsadi aholi 
barcha qatlamlarining jismoniy tarbiyaga qiziqishini oshirish va zarur shart-sharoitlar yaratish, deb 
belgilandi.  Jismoniy  tarbiya  va  sportning  ijtimoiy-tarbiyaviy  xususiyati  shundaki,  u  inson 
salomatligini  mustahkamlash,  yosh  avlodning  jismoniy  barkamolligi  hamda  sport  mahoratini 
oshirishning  muhim  omili  hisoblanadi.  Uning  tarixiy  xususiyati  esa  ta‘lim-tarbiya  va  ijtimoiy 
turmushdagi afzalliklarni yanada takomillashtirishga xizmat qiluvchi muhim jarayon ekanligida. 
1-bosqichda,  1991-2001  yillarda  jismoniy  tarbiya  va  sport  sohasini  rivojlantirishga  qaratilgan 
tegishli qonunlar, Prezident Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi. Ularda 
jismoniy  tarbiya  va  sportning  huquqiy,  iqtisodiy,  tashkiliy  asoslari  belgilanib,  sport  turlarini 
rivojlantirish  chora-tadbirlari  ko’rsatib  berildi.  Chunonchi,  jismoniy  tarbiya  va  sportni 
boshqarishning tashkiliy asoslari takomillashtirildi. O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi hamda 
sport  turlari  bo’yicha  federatsiyalar  tashkil  etildi,  jismoniy  tarbiya-sog’lomlashtirish,  ommaviy 
sport,  milliy  sport  turlari  va  o’yinlari  rivojlantirildi.  Respublikamizda  MDHga  a‘zo  davlatlar 
ichida birinchilardan bo’lib, 1992 yil 14 yanvarda O’zbekiston Respublikasining Jismoniy tarbiya 
va  sport  to’g’risidagi  Qonuni  qabul  qilindi.  1999  yil  27  mayda  Vazirlar  Mahkamasining 
O’zbekistonda  jismoniy  tarbiya  va  sportni  yanada  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to’g’risidagi 
Qarori  qabul  qilindi.  Unda  joylarda  aholi  salomatligini  yaxshilash  maqsadida  sport-
sog’lomlashtirish klublari tashkil etish, ularning faoliyatiga sportning ommaviy, milliy turlari va 
xalq o’yinlarini keng joriy etish belgilandi.
 
Shu  yillarda  ommaviy  sport  turlarini  rivojlantirishga  alohida  e‘tibor  berila  boshlandi. 
Xususan, 1992 yildan milliy kurash bo’yicha jahon chempionatlari, 1994 yildan tennis bo’yicha 
Prezident kubogi xalqaro turniri, 1996 yildan Toshkent Open xalqaro ayollar turniri, shuningdek, 
Farg’ona, Samarqand, Guliston, Buxoro, Qarshi shaharlarida Chelenjer, Fyuchers va Satellit kabi 
xalqaro turnirlar o’tkazila boshlandi. Bundan tashqari, boks bo’yicha Osiyo chempionati (1996) 
va kurash, boks, sharq yakkakurashlari bo’yicha rasmiy musobaqalar, xalqaro turnirlar Toshkent, 
Buxoro, Qarshi, Termiz va boshqa shaharlarda o’tkazildi, ularda dunyo mamlakatlarining nufuzli 
sportchilari ishtirok etdi. Bu, o’z navbatida, ushbu sport turlariga bo’lgan qiziquvchilar sonining 
oshishi, ommaviyligining o’sishiga sabab bo’ldi.
 


166 
O’zbekiston  mustaqil  davlat  sifatida  xalqaro  sport  hamjamiyatiga  a‘zo  bo’lib  kirish 
maqsadida  1992  yil  21  yanvarda  Milliy  Olimpiya  qo’mitasi  (MOQ)ni  tashkil  etdi.  Xalqaro 
Olimpiya  qo’mitasi  (XOQ)  xartiyasi  asosida  va  jahon  sport  harakatining  ilg’or  tajribalariga 
tayangan holda MOQ Nizomi ishlab chiqildi va qabul qilindi.
 
Olimpiya  o’yinlarida  mustaqil  ravishda  qatnashish  oson  bo’lmadi.  1992  yili  Barselonada 
(Ispaniya) o’tkazilgan Olimpiya o’yinlarida respublikamiz mustaqil bo’lganiga qaramasdan, hali 
XOQ  tarkibiga  rasmiy  ravishda  a‘zo  bo’lmaganligi  sababli  Mustaqil  Davlatlar  Hamdo’stligi 
(MDH) terma jamoasi tarkibida ishtirok etishga majbur bo’ldi. Bu o’yinlarda yurtimiz vakillari 
sport tarixida ilk bor 17 kishidan iborat jamoa bilan qatnashdi. Kam sonli bo’lishiga qaramasdan, 
sportchilarimiz  Vatanimizga  3  ta  oltin,  2  ta  kumush  va  1  ta  bronza  medallarini  olib  kelishga 
muvaffaq bo’ldilar (O.Chusovitina, R.Galiyeva sport gimnastikasi, M.Shmonina yengil atletika, 
A.Asraboyev miltiqdan o’q otish, S.Sirpov og’ir atletika, V.Zaxarevich qilichbozlik).
 
1993 yilda XOQning 101-sessiyasida O’zbekiston XOQ a‘zosi sifatida tan olinib, xalqaro 
sport  hamjamiyatining  to’laqonli  subyektiga  aylandi.  Bu  mamlakatimizga  o’z  jamoa  va 
sportchilari bilan barcha xalqaro musobaqalarda, Olimpiya va Osiyo o’yinlarida mustaqil ravishda 
qatnasha olish imkonini berdi. Bu sport olamida eng muhim va olamshumul voqea bo’ldi.
 
1993  yildan  buyon  O’zbekiston  MOQ  tarkibida  tashkil  etilgan  Olimpiya  Akademiyasi 
olimpiya harakati, g’oyalari, jismoniy tarbiya va sport nazariyasi hamda amaliyotini o’rganish va 
ularni targ’ibot qilishga xizmat qilmoqda.
 
O’zbekistonning xalqaro sport tarixidagi eng muhim voqea 1994 yil fevralida XVII qishki 
Olimpiya  o’yinlarida  respublikamiz  sportchilari  mustaqil  ravishda  birinchi  marotaba 
qatnashishlari  bilan  boshlandi.  Unda  chang’ida  akrobatik  sakrash  bo’yicha  hamyurtimiz 
L.Cheryazova yana bir bor o’z mahoratini namoyish etdi va oltin medal sohibi bo’lib, O’zbekiston 
bayrog’ini baland ko’tarish va respublika madhiyasining yangrashiga erishdi.
 
1994 yil 2-15 oktabrda Yaponiyaning Xirosima shahrida XII Osiyo o’yinlari bo’lib o’tdi. 
Unda  ilk  bor  O’zbekiston  sportchilari  ham  ishtirok  etdi,  futbol  bo’yicha  mamlakatimiz  terma 
jamoasi final uchrashuvida xigoylik futbolchilar ustidan g’olib keldi. Respublikamiz sportchilari 
ushbu o’yinlarda jami 40 ta medalni (10 ta oltin, 11 ta kumush, 19 ta bronza) qo’lga kiritdi.
 
1995 yil 3-8 sentabrda Toshkentda Markaziy Osiyo respublikalarining o’yinlari o’tkazildi. 
Tantanali ochilish marosimida XOQ Prezidenti X.A.Samaranch tabrik so’zi bilan qatnashdi.
 
1994-2001  yillarda  Respublika  Prezident  kubogi  uchun  tennis  bo’yicha  xalqaro  turnirlar, 
boks bo’yicha Osiyo chempionati (1996 yil sentabr), kurash, boks, sharq yakkakurashlari bo’yicha 
rasmiy  musobaqalar  bo’lib  o’tdi.  Ayniqsa,  tennis  bo’yicha  Prezident  kubogi  xalqaro  turnirida 
Marat Safin, Yevgeniy Kafelnikov, Tim Xenman, Karlos Moya kabi taniqli tennis yulduzlarining 
ishtirok etishi ushbu musobaqa nufuzini yanada oshirdi. Xalqaro tennis federatsiyasi bu turnirni 
Yilning eng a‘lo turniri, deb e‘tirof etdi.
 
Vatanimizda sportning tennis turi rivojlandi. 168 ta tennis korti, eng zamonaviy Yunusobod 
tennis  majmuasi  barpo  etildi.  Yunusobod  tennis  saroyida  1994-2002-yillarda  O‘zbekiston 
Prezidenti kubogi uchun 9 marta xalqaro tennis musobaqalari o’tkazildi. 1999-yilning iyul oyida 
Londonda o’tgan tennis bo’yicha yoshlar xalqaro turnirida toshkentlik sportchi Iroda To‘laganova 
„Uimbldon turnirida g’olib chiqib, kumush kubokning kichraytirilgan nusxasini qo’lga kiritdi.
 
Mamlakatimizning  xalqaro  sport  tashkilotlari  bilan  amaliy  aloqalarida  O’zbekiston 
Respublikasining  birinchi  Prezidenti  Islom  Karimovning  hissasi  katta  bo’ldi.  XOQ  Prezidenti 
X.A.Samaranch  O’zbekistonning  olimpiya  harakatiga  qo’shayotgan  ulkan  hissasini  yuqori 
baholab, Xalqaro Olimpiya Ko’mitasining bosh shtabi Lozannada (Shveysariya) Islom Karimovga 
Olimpiya oltin ordenini tantanali ravishda topshirdi.
 
1996 yil avgustda Toshkentda Olimpiya shon-shuhrati muzeyi ochildi. Unda mamlakatimiz 
sport  tarixi,  Olimpiya  harakati,  sportchilar  erishgan  yutuqlar  o’z  ifodasini  topdi.  XOQning 
Prezidentimiz Islom Karimovga topshirgan "Olimpiya oltin ordeni", Osiyo Olimpiya kengashining 
"Oltin  ordeni",  beshta  qita  ramzi  bo’lgan  oltin  zanjir  va  kumush  plastina,  Xalqaro  havaskorlar 
kurash  federatsiyasining  "Oltin  marjoni"  hamda  ko’plab  sportchilarning  g’oliblik  nishonlari 
muzey eksponatlari qatoridan o’rin oldi.
 


167 
1996  yilda  XXVI  yozgi  Olimpiya  o’yinlarida  (Atlanta,  AQSH)  O’zbekiston  sportchilari 
mustaqil  jamoa  sifatida  ilk  bor  qatnashdi.  Unda  76  nafar  sportchi  ishtirok  egib,  13  sport  turi 
bo’yicha bellashuvlarda qatnashdilar. O’zbekiston medallar soni bo’yicha 197 mamlakat ichida 
58-o’rinni  egalladi.  A.Bagdasarov  dzyudo  bo’yicha  kumush  medalga,  K.To’laganov  boks 
bo’yicha  bronza  medaliga  sazovor  bo’ldi.  Boshqa  sport  turlarida  ham  sportchilarimiz  yaxshi 
natijalarga erishib, kuchli o’nlikdan joy olishga muvaffaq bo’lishdi. Ushbu Olimpiya o’yinlarida 
g’oliblikni qo’lga kiritgan sportchi va murabbiylar O’zbekiston Prezidenti Farmoniga ko’ra orden 
va medallar bilan taqdirlandi.
 
1998  yil  XIII  Osiyo  o’yinlarida  (Bangkok)  respublikamiz  sportchilari  21  tur  bo’yicha 
bellashishdi, umumiy hisobda 10 o’rinni egalladilar. V.Shin boshchiligidagi bokschilar jamoasi 
a‘zolari: M.Abdullayev, S.Mixaylov, R.Chagayev Osiyo o’yinlari chempioni bo’lishdi. Suv sporti 
turlarida jamoalarimiz 2-3-o’rinlarni egalladi. Yengil atletikachilarimiz 6 ta oltin, 2 ta kumush, 12 
ta bronza medalini qo’lga kiritishdi.
 
1999 yil Toshkentda boks bo’yicha Osiyo chempionati bo’lib o’tdi.  Unda D.Yo’ldoshev, 
A.Rahimov, T.Turgunov, S.Mixaylov, R.Chagayev, R.Saidovlar oltin medalga sazovor bo’lishdi. 
Shu  yil  Xyustonda  boks  bo’yicha  jahon  chempionati  bo’lib  o’tdi.  O’.Haydarov  va 
M.Abdullayevlar jahon chempioni unvoniga sazovor bo’ldilar.
 
Mustaqillik  yillarida  L.Cheryazova  (fristayl),  A.Taymazov  (erkin  kurash),  O.Chusovitina 
(sport gimnastikasi), A.Bagdasarov (dzyudo), R.Qosimjonov (shaxmat), A.Ryaxov (baydarkada 
suzish)  kabi  ko’plab  sportchilar  jahon  chempionatlarida  muvaffaqiyatli  qatnashib,  davlatimiz 
sporti sharafini dunyoga tarannum etdilar.
 
Sidney  (Avstraliya)  shahrida  XXVII  Olimpiya  o’yinlari  2000  yil  15  sentabrdan  1 
oktabrgacha  davom  etdi.  Unda  O’zbekistondan  77  nafar  sportchi  sportning  13  turi  bo’yicha 
qatnashdi. Umumiy medallar soni bo’yicha O’zbekiston 41-o’rinni, Osiyo mintaqasidagi davlatlar 
orasida  esa  7-o’rinni  egalladi.  Boks  bo’yicha  sportchilar  g’oyat  qattiq  kurash  olib  borishdi. 
Muhammadqodir Abdullayevga oltin medal, erkin kurashchi Artur Taymazovga kumush  medal 
nasib etdi. Bokschilar Sergey Mixaylov va Rustam Saidov bronza medallari sohibi bo’ldilar.
 
1998  yili  "Alpomish"  dostonining  1000  yilligiga  bag’ishlab  Termizda  "Alpomish  o’yinlari" 
respublika festivali bo’lib o’tdi. 2000 yildagi festival Farg’ona shahrida, uchinchi festival esa Guliston 
shahrida  2002  yilda  tashkil  etildi.  Xalq  milliy  o’yinlari  respublika  musobaqalari  va  "Alpomish 
o’yinlari" dasturlaridan kurash, poyga, ko’pkari (uloq), "Bo’ron", arqon tortish, bilak kuchini sinash, 
"Mindi", "Qirqtosh" (qizlar o’yini) kabi harakatli o’yinlar o’rin oldi.
 
Ushbu  milliy  o’yinlar  festivallarini  o’tkazishdan  maqsad  qadimiy  an‘ana  va  urf-
odatlarimizni asrash, avloddan-avlodga o’tib kelayotgan milliy tadbirlarni tiklash, kelajak avlod 
uchun ularni asl holida yetkazib berishdan iborat.
 
1998-yil  may  oyida  mamlakatimiz  alpinistlari  Himolay  tog’ining  eng  baland  Everest 
cho’qqisiga chiqib, O‘zbekiston dovrug’ini dunyoga taratdilar.
 
1999-yilda Germaniyada yoshlar o’rtasida bo’lib o’tgan karate bo’yicha xalqaro turnirda 200 
mamlakatdan 900 nafar sportchilar qatnashdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston komandasi faxrli 
uchinchi o’rinni egalladi.
 
2002  yil  24  oktabrda  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  O’zbekiston  Respublikasi 
bolalar  sportini  rivojlantirish  jamg’armasini  tuzish  to’g’risidagi  Farmoni  e‘lon  qilindi.  Bolalar 
jismoniy  tarbiya  va  sportini  rivojlantirish  borasida  davlat  siyosatini  ishlab  chiqish  va  amalga 
oshirish,  o’sib  kelayotgan  yosh  avlodni  jismoniy  kamolotga  intiltirish,  vatanparvarlik  ruhida 
tarbiyalash,  qishloq  joylarda  sportning  moddiy-texnik  bazasini  shakllantirish,  zamonaviy  sport 
majmualarini barpo etish, tibbiyot muassasalari va tashkilotlari bilan hamkorlikda ish olib borish 
jamg’armaning asosiy vazifasi deb belgilandi
 
Mustaqillik  yillarida  respublikamizning  barcha  viloyat,  shahar  va  tumanlarida  sportni 
ommalashtirish  va  rivojlantirish  maqsadida  sport  inshootlari  qurilishi  jadallashdi.  Respublikada 
bugungi  kunda  51198  ta  sport  inshootlari  ommaviy  sport  hamda  bolalar  sporti  rivojlanishiga 
xizmat qilmoqda. 
O’quvchi  va  talaba  yoshlarning  Umid  nihollari,  Barkamol  avlod,  Universiada  sport 
musobaqalarini uch bosqichda o’tkazish an‘ana tusini oldi.
 


168 
2000  yilda  Namanganda  birinchi  universiada  sport  musobaqalari  bo’lib  o’tdi.  Dastlabki 
"Barkamol  avlod"  sport  musobaqasining  final  qismi  2001  yilda  Jizzax  shahrida,  2003  yilda 
Andijonda, 2005 yilda Toshkent viloyatida, 2008 yilda Nukus, 2011 yilda Surxondaryo, 2014 yilda 
Namanganda  o’tkazilib,  bo’lajak  kasb-hunar  egalarining  jismoniy  barkamolligi  sinovdan 
o’tkazildi.
 
Mustaqillikning dastlabki yillarida respublika miqyosidagi 14577 ta jismoniy jamoalarda 5,5 
mln. kishi jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullangan bo’lsa, 2012 yilga kelib jismoniy jamoalar 
soni 16 425 ta, shug’ullanuvchilar soni 7,2 mln. nafarga yetdi
 
Mustaqillik  yillarida  Prezident  va  hukumat  tomonidan  xotin-qizlar  salomatligi,  ularning 
ijtimoiy-moddiy  jihatdan  ta‘minlanishi  va  doimiy  ravishda  tibbiy  xizmat  ko’rsatishni  yaxshi 
yo’lga qo’yish kabi masalalar borasida olib borilayotgan ibratli tadbirlar ham e‘tiborga molik.
 
Bugungi  kunda  ijtimoiy  turmush  va  madaniy  hayotda  ayollarning  o’rni  beqiyos  va  katta 
ahamiyat  kasb  etmoqda.  Har  yili  xotin-qizlarning  8  Mart  bayramiga  bag’ishlab  vazirlik  va 
tashkilotlar  o’rtasida  ayollar  sporti  o’n  kunligini  o’tkazish  yaxshi  an‘anaga  aylandi.  Mazkur 
musobaqalarda  stol  tennisi,  badmingon,  shaxmat,  shashka,  badiiy  gimnastika  va  yengil  atletika 
bo’yicha 1 milliondan oshiq xotin-qizlar faol ishtirok etmoqda.
 
Oksana  Chusovitina  (sport  gimnastikasi),  Iroda  To’laganova,  Oqgul  Omonmurodova 
(tennis),  Saida  Burxonxo’jayeva  (stol  tennisi),  Zarina  Muhitdinova,  Ulyana  Trofimova, 
Zamiraxon  Sanaqulova (badiiy  gimnastika), Yekaterina Xilko (tramplin),  Yulduz  Hamroqulova 
(shaxmat),  Go’zal  Xubbiyeva,  Svetlana  Radzivillar  (yengil  atletika)  jahon  sporti  yulduzlariga 
aylanishdi.  Sport  maktablari  va  turli  jamoalarda  mahalliy  millat  qizlarining  ishtiroki  kengayib 
bormoqda.  Jismoniy  tarbiya  va  sport  bilan  shug’ullanuvchi  xotin-qizlar  soni  1996  yilda  1180 
kishini tashkil qilgan bo’lsa, 2012 yilga kelib ularning soni 3 237 169 ga yetdi.
 
2002 yil 29-sentabr – 14-oktabr kunlari Pusanda (Koreya) o’tkazilgan XIV Osiyo o’yinlarida 
sportchilarimiz  katta  g’alabaga  erishganlarini  alohida  ta‘kidlash  zarur.  Ular  sportning  24  turi 
bo’yicha muvaffaqiyat bilan qatnashib, 15 ta oltin, 12 ta kumush, 24 ta bronza medallarini qo’lga 
kiritib, qirqdan ortiq mamlakatlar orasida faxrli beshinchi o’rinni egalladilar. Bu Osiyo o’yinlarida 
ko’rsatilgan eng yaxshi natija bo’ldi.
 
2004-yil  18-iyun  –  13-iyulda  Liviya  poytaxti  Tripoli  shahrida  bo’lib  o’tgan  shaxmat 
bo’yicha  jahon  chempionatida  56  mamlakatdan  128  nafar  shaxmatchi  qatnashdi.  Ular  orasida 
hamyurtimiz, xalqaro grossmeyster Rustam Qosimjonov ham bor edi. Rustam Qosimjonov barcha 
da‘vogarlar ustidan g alaba qozonib, jahon chempioni degan yuksak unvonni qo’lga kiritdi. Bu 
g’alaba butun xalqimizga cheksiz quvonch va g’urur iftixor bag’ishladi.
 
2004 yil 4-26-avgust kunlari Afinada (Gretsiya) o’tkazilgan XXVIII Olimpiya o’yinlarida 
mamlakatimiz  sportchilari  munosib  ishtirok  etib,  A.Doktorashvili  oltin  (yunon-rum  kurashi), 
A.Taymazov oltin (erkin kurash), M.Ibragimov bronza (erkin kurash), B.Sultonov kumush (boks), 
O’.Haydarov bronza (boks) medallariga sazovor bo’lishdi.
 
2006 yil 1-15-dekabrda mamlakatimiz terma jamoasi Doxada (Qatar) XV Osiyo o’yinlarida 
qatnashib, umumjamoa hisobida 7-o’rinni egalladi.
 
2008  yil  8-24-avgust  kunlari  Pekinda  o’tkazilgan  XXIX  yozgi  Olimpiya  o’yinlarida  205 
davlatdan  10500  sportchi  qatnashdi.  Mamlakatimiz  sharafini  15  sport  turi  bo’yicha  58  nafar 
sportchi  himoya  qilib,  umumjamoa  hisobida  40-o’rinni  egalladilar.  Artur  Taymazov  ikki  karra 
Olimpiya  chempioni  unvoniga  sazovor  bo’lib,  oltin  medalni  qo’lga  kiritdi.  Uning  jamoadoshi 
Soslan  Tigiyev  kumush,  Rishod  Sobirov  bronza  (dzyudo),  Anton  Fokin  bronza  (sport 
gimnastikasi), Yekaterina Xilko bronza (trampolin) medali sohiblari bo’ldilar.
 
2010  yil  12-27-noyabrda  Guanjouda  (Xitoy)  o’tkazilgan  XXI  Osiyo  o’yinlarida  ham 
sportchilarimiz muvaffaqiyatli qatnashib, umumjamoa hisobida 8-o’rinni egalladi, jami 56 ta (11 
ta oltin, 22 ta kumush va 23 ta bronza) medal qo’lga kiritildi.
 
O‘zbekiston  futbol  federatsiyasining  xalqaro  toifadagi  hakami  Ravshan  Ermatov  o’zbek 
futbolining shuhratini jahonga tanitish, xalqaro maydonda uning nufuzini yuksaltirishda ibrat va 
namuna ko’rsatmoqda. 2010 yil JARda va 2014 yil Braziliyada bo’lib o’tgan futbol bo’yicha jahon 
chempionatida vatandoshimiz Ravshan Ermatov o’ta mas‘uliyatli uchrashuvlarga hakamlik qilib, 


169 
O’zbekiston davlatini butun dunyoga mashxur qildi. FIFA referisi Ravshan Ermatov O‘zbekiston 
milliy  futbol  hakamlari  maktabini  rivojlantirish  ishiga  qo’shgan  munosib  hissasi  uchun 
O‘zbekiston iftixori faxriy unvoni bilan mukofotlandi.
 
2012  yilning  iyul  oyida  Buyuk  Britaniyaning  London  shahrida  XXX-yozgi  Olimpiada 
o‘yinlari  bo’lib  o’tdi.  Unda  erkin  kurashchi  Artur  Taymazov  uch  karra  Olimpiya  chempioni 
unvoniga sazovor bo’ldi.
 
2013 yili o’zbek shaxmatining yosh vakillari Bahora Abdusattorova 14 yoshgacha bo’lgan 
jahon  chempionatida  ikkinchi  o’rinni,  5  yoshli  Islombek  Sindarov  va  8  yoshli  Nodirbek 
Abdusatgorov Osiyo chempionlari bo’lishdi.
 
2017  yil  ayniqsa  o’zbek  milliy  kurashi  tarixida  yorqin  sahifa  bo’ldi.  Sentabr  oyida 
Turkmanistonda  bo’lib  o’tgan  Osiyo  olimpiya  kengashi  Bosh  assambleyasi  yig’ilishida  ushbu 
milliy  sport  turini  Osiyo  o’yinlari  dasturiga  kiritish  haqida  qaror  qabul  qilindi.  2018  yil 
Indoneziyada  bo’lib  o’tgan  18-Osiyo  o’yinlarida  qit‘amiz  sportchilari  o’zbek  milliy  kurashi 
bo’yicha  ham  o’zaro  bellashdilar.  Endi  jahon  sport  maydonlarida  “halol”,  “g’irrom”,  “chala”, 
“yonbosh”  degan  so’zlar  jaranglab,  o’zbek  nomini,  O’zbekiston  nomini  dunyoga  tarannum 
etmoqda.
 
2018  yil  yanvarda  XXRda  bo’lib  o’tgan  futbol  bo’yicha  23  yoshgacha  bo’lgan  yoshlar 
o’rtasida Osiyo chempionatida O’zbekiston yoshlar terma jamoasi g’olib bo’ldi.
 
2019  yilda  16  martda  poytaxtimizda  Humo  muz  sporti  saroyi,  shuningdek,  Toshkent 
viloyatida Amirsoy zamonaviy dam olish maskani ishga tushirildi.
 
2021-yil  Yaponiya  poytaxti  Tokio  shahrida  bo’lib  o’tgan  yozgi  olimpiya  o’yinlarida 
o’zbekistonlik  sportchilar  3  ta  oltin  (U.Rashidov  (tekvondo),  A.Jo’rayev  (shtanga),  B.Jalolov 
(boks) va 2 ta bronza (D.Bobonov (dzyudo), B.Abduraxmonov (kurash) madalini qo’lga kiritdilar. 
O’zbekistonlik  sportchilar  umumjamoa  hisobida  jahonda  32,  Mustaqil  Davlatlar  Hamdo’stligi 
davlatlari  orasida  uchinchi  va  Markaziy  Osiyo  mamlakatlari  orasida  birinchi  o’rinni  egallashga 
muvaffaq bo’lishdi.
 
Xulosa  qilib  aytganda,  mustaqillik  yillarida  O’zbekistonda  jismoniy  madaniyag  va  sport 
ishlarini rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratildi. Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun yetarli 
darajada  huquqiy-meyoriy  hujjatlar  ishlab  chiqilib,  ular  asosida  sportni  rivojlantirish,  xalqaro 
musobaqalarda  qatnashish  bilan  birga,  milliy  sport  turlarini  targ’ib  qilish  faollashdi.  Yuqorida 
aytib o’tilgan qaror va farmonlarning amalda bajarilishi natijasida sport davlat siyosatining muhim 
yo’nalishi  ekanligini,  uning  tobora  yuksalib  borayotgan  o’rnini  yurtimizda  sog’lom  turmush 
tarzini targ’ib qilish, insonlarning yoshi, jinsi, millatidan qat‘i nazar, sportga jalb etish, sportdagi 
erishilgan yutuqlar milliy g’ururning oshishiga xizmat qilayotganini ko’rishimiz mumkin.
 
 
 



Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish