208
1. O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari.
Mustaqillik davrida O’zbekiston jahon arenasida xalqaro munosabatlarning o’z ovoziga ega
bo’lgan teng huquqli subyekti sifatida namoyon bo’la boshladi. asrning so’nggi o’n yilligida
dunyoda tub o’zgarishlar yuz berdi. Turli qarama-qarshiliklar avj olib, xalqaro vaziyat alg’ov-
dalg’ov holatiga kelib qoldi. Tabiiyki, O’zbekistonning boy tabiiy zahiralari, muhim geografik
joylashuvi, buyuk merosi, bag’rikeng, tanti hamda zahmatkash xalqi, mamlakatning boshqa qator
o’ziga xos jihatlari ham jahon hamjamiyatida katta qiziqish uyg’otar, ayrim g’arazli kuchlarning
"ishtahasini" qo’zg’otar edi. Mamlakatimiz tevarak atrofida unga go’yoki "beg’araz yordam"
qo’lini cho’zayotgan, nima qilsa "to’g’riyu", nima qilsa "noto’g’ri" bo’lishini chetdan turib
"o’rgatishga, "yo’riqnomalar berib turishga harakat qilayotgan davlatlar yo’q emasdi.
Bu davrda qo’shni mamlakatlardagi ijtimoiy-iqtisodiy tanglik, siyosiy boshboshdoqlik,
ayniqsa, ayrim davlat boshqaruv organlarining "falajlik" holatiga tushib qolishi O’zbekistonning
tinchligiga rahna soluvchi ichki va tashqi kuchlarga qulay sharoit yaratdi. Bularning hammasini
tahlil qilgan xorijiy sharhlovchilar Bolqon yarim orolida yuz berayotgan fojialarning Markaziy
Osiyoda takrorlanishi yoki Afg’oniston mojarosi mintaqani o’z domiga tortib olishini "bashorat
qilardi. Bu hududning "bolqonlashuvi" yoki "afg’onlashuvi haqida turli siyosiy sharhlar tayyorlab
qo’yilgan edi.
Mustaqillikning ilk yillarida va undan keyin ham O’zbekiston juda katga sinovlarga duch
keldi, mamlakat atrofida turli murakkab vaziyatlar, qurolli mojarolar, fojiaviy voqealar to’xtovsiz
yuz berib turgan bir paytda davlat va jamiyatni taraqqiyotga yetaklash, xalqning tinchligi va
barqarorligini ta‘minlash mamlakat rahbaridan o’ta donolik, mislsiz shijoat va metin irodani talab
etardi. Prezident Islom Karimov O’zbekiston aholisini ana shunday sinovlardan, bo’hron va
larzalardan eson-omon olib chiqish sharafiga muyassar bo’ldi.
Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, biron mustaqil davlatning jahon siyosat maydonidagi
o’rnini birov chetdan kelib, tayyorlab bermaydi. Davlat bu yo’lda xorijiy hamkorlar tomonidan
ko’rsatiladigan do’stona munosabat, qo’llab-quvvatlash bilan birga, jiddiy muammolarga,
kutilmagan vaziyatlar, shuningdek, ba‘zi xalqaro kuchlar tomonidan bildirilayotgan ishonchsizlik,
ochiqdan-ochiq tazyiq o’tkazishga urinish holatlariga doimo tayyor turishi kerak. Bu fikrimizga
mustaqil O’zbekiston tarixi misol bo’la oladi.
Har bir davlat va uning rahbari, avvalo, o’z xalqi kuchiga ishonib, beminnat tashqi
hamkorlikka tayangan holda, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligini ta‘minlashga,
mamlakatni turli qaltis vaziyatlardan talofatsiz olib chiqishga erishmog’i darkor. Hozirgi kunda
Yer yuzida 3,5 mingdan ortiq millat va elatlar yashab turib, ulardan faqat 200 ga yaqinigina o’z
davlagchiligiga ega ekanligi bunday vazifa naqadar murakkab va uni amalga oshirish qat‘iyatli,
eng sobitqadam xalq uchungina munosib bo’lishini tasavvur qilish qiyin emas.
O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga davlat tashqi siyosatining bosh tamoyillarini
o’zida aniq va ochiq-oydin ifoda etgan alohida bob kiritildi. Qomusning "Tashqi siyosat" deb
nomlangan 4-bobi "Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki
kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizlgi, nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, boshqa
davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume‘tirof etilgan
boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi", deya bayon etildi. 17-moddada "Respublika
davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta‘minlash maqsadida ittifoqlar
tuzishi, hamdo’stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi
mumkin", degan qoida muhrlab qo’yildi.
Milliy manfaatlarni sobitqadamlik bilan ilgari surish, davlat mustaqilligi va suverenitetini
mustahkamlash, Markaziy Osiyoda geosiyosiy muvozanatni saqlash; siyosiy, iqtisodiy, savdo-
sotiq, transport va boshqa sohalardagi xalqaro aloqalarni keng diversifikatsiya qilish O’zbekiston
tashqi siyosatining ustuvor yo’nalishlari etib belgilandi.
Tashqi aloqalarning qonuniy asosini yaratish jarayoni bilan bir paytda xorijiy mamlakatlar
bilan diplomatik munosabatlar o’rnatish va izchil rivojlantirib borish mexanizmlarini zudlik bilan
shakllantirishga kirishildi. Shu tariqa O’zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi, chet
209
ellardagi elchixonalari va konsullik xizmatlari tashkil etildi. Davlat uchun yangi bo’lgan xalqaro
munosabatlar sohasini milliy kadrlar bilan muntazam ta‘minlab borish maqsadida 1992 yil 23
sentabrda mamlakat tarixida va Markaziy Osiyoda birinchi bo’lib, Toshkentda Jahon iqtisodiyoti
va diplomatiya universiteti ochildi.
1991-2001 yillarda O’zbekistonni dunyoning 165 ta davlati tan oldi, 120 dan ortiq davlatlar
bilan diplomatik munosabatlar o’rnatildi. Mamlakatimiz 100 dan ziyod xalqaro tashkilotlarning
to’laqonli a‘zosi bo’ldi. O’zbekiston dunyoning 46 davlatida o’zining diplomatik va konsullik
vakolatxonalarini ochdi. Mamlakatimiz poytaxti Toshkentda 44 xorijiy davlatlarning
elchixonalari, 9 konsullik vakillari, 15 xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko’rsata
boshladi.
O’zbekiston nafaqat siyosiy va iqtisodiy jihatdan barqaror mamlakat, xalqaro maydonda
ishonchli hamkor sifatida, balki global va mintaqaviy xavfsizlikni, xalqaro barqarorlikni
ta‘minlashga bevosita daxldor davlat sifatida ham jahon hamjamiyatidan munosib o’rin egalladi.
Bu borada O’zbekiston xalqaro "xavfsizlikning bo’linmasligi tamoyiliga" amal qildi (Karimov
I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va
taraqqiyot kafolatlari. -T.: O’zbekiston, 1997. B. 167,325), globallashuv davrida har qaysi
davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo’shnilar, balki jahon miqyosida boshqa
mintaqa va hududlar bilan chambarchas bog’liq ekanligi, biron mamlakatning bu jarayondan
chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini yaxshi anglagan holda ish tutdi (Karimov I.A.
Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch. -T.: Ma‟naviyat, 2008. B.111.).
O’zbekiston bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik tamoyiliga
amal qildi. O’zi ilgari surgan ilk xalqaro tashabbuslardayoq O’zbekiston Markaziy Osiyoda
xavfsizlikni ta‘minlashga va shu orqali global barqarorlikni mustahkamlashga hissa qo’shish
yo’lidan borishi aniq namoyon bo’ldi. Xususan, O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom
Karimovning mintaqaviy xavfsizlik tizimini yaratish va shu orqali jahonda tinchlik va
barqarorlikni ta‘minlashga qaratilgan muhim tashabbuslari qatorida BMT Bosh assambleyasining
minbaridan turib, (1993 yil 28 sentabr) Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona tuzish
g’oyasini aytib o’tish o’rinlidir. Ushbu tashabbusni amalga oshirish bo’yicha olib borilgan xalqaro
muzokaralar, tinimsiz say-harakatlar natijasida 2009 yili 21 martda mintaqadagi beshta davlat
tomonidan imzolangan "Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud tuzish to’g’risidagi
shartnoma kuchga kirdi. Bu xalqaro hujjatga binoan, mintaqa davlatlari yadroviy qurol ishlab
chiqarmaslik va uni o’z hududida joylashtirmaslik majburiyatini zimmalariga oldilar. Mazkur
shartnomaning o’ziga xos jihatlaridan biri shundaki, u Markaziy Osiyodagi beshta davlatni bir-
biriga bog’lab turuvchi xavfsizlik sohasidagi eng birinchi va shu kungacha yagona fundamental
shartnomadir.
Mintaqada barqarorlik va tinchlikni saqlashga yo’naltirilgan eng muhim tashabbuslardan biri
sifatida Islom Karimovning qo’shni Afg’onistondagi qurolli mojaroga chek qo’yish, mintaqa
xavfsizligi va barqarorligiga xavf solayotgan terrorizm va aqidaparastlik, noqonuniy qurol va
giyohvand moddalar savdosiga qarshi birgalikda kurashish bilan bog’liq ham siyosiy, ham iqtisodiy,
ham ijtimoiy masalalarni qamrab olgan qator amaliy takliflar majmuasini aytib o’tish mumkin
(Karimov I.A. Bunyodkorlik yo’lidan. 4-j. -T.: O’zbekiston. 1996. B. 30-38.).
Jumladan, 1997 yili Prezident Islom Karimov Afg’oniston bilan qo’shni olti mamlakat,
shuningdek, AQSH va Rossiya davlatlari ishtrokida BMT shafeligi ostida afg’on muammosini
muzokaralar yo’li bilan yechishga qaratilgan "6+2" muloqot guruhini tuzish tashabbusi bilan
chiqdi. Ushbu tashabbusni amalga oshirish maqsadida qator siyosiy-diplomatik chora-tadbirlar
ko’rildi. Toshkent, Nyu-York va Afg’oniston hududida mazkur mamlakatda davom etayotgan
qurolli to’qnashuvlarning ishtirokchilari bilan maxsus muzokaralar olib borildi va 1999 yilga
kelib, O’zbekistonda BMT shafeligida "6+2" muloqot guruhining Afg’oniston muammosi
yechimiga bag’ishlangan xalqaro anjumanini o’tkazishga erishildi. Toshkent shahrida bo’lib
o’tgan ushbu tadbirda birinchi bor Afg’onistonda o’zaro nifoqlashayotgan kuchlar vakillarini
umumiy muzokaralar davrasida jamlashga muvaffaq bo’lindi. Bu o’zbek diplomatiyasining tarixiy
yutuqlaridan biri edi.
210
Shuni alohida ta‘kidlash joizki, mazkur yig’ilishda qabul qilingan "Afg’onistondagi
ziddiyatni tinch yo’l bilan hal etilishining asosiy tamoyillari" to’g’risidagi Toshkent deklaratsiyasi
BMTning muhim hujjati sifatida e‘tirof etilgan.
Mustaqillikning ilk davridanoq davlatimiz rahbariyati Afg’onistonda yig’ilib qolgan
muammolarga o’z vaqtida e‘tibor qaratilmasa, tegishli xalqaro chora-tadbirlar amalga oshirilmasa,
mazkur mamlakatda yuz berayotgan qonli voqealar avj olishi, oxir-oqibatda, nafaqat qo’shni
davlatlarga, balki, xalqaro barqarorlikni ta‘minlashga ham salbiy ta‘sir ko’rsatishi haqida
ogohlantirib keldi. Jahon hamjamiyatini afg’on muammosini hal etishga chorlovchi chaqiriqlar
BMT Bosh assambleyasi majlisi minbaridan turib aytilgan paytlarda, "bu muammo O’zbekiston
uchun juda dolzarbdir, lekin biz uchun juda yiroqda" degan fikrda befarq o’tirgan siyosatdonlar
qattiq yanglishdilar. Terrorchi kuchlar tomonidan 2001 yil 11 sentabrda aynan BMT qarorgohi
joylashgan Nyu-York shahrini larzaga solgan dahshatli terroristik tajovuz natijasida minglab
kishilarning qurbon bo’lishigina ularni uyg’ota oldi.
Ushbu voqeadan keyin Afg’onistonda harbiy operatsiyalarni boshqarayotgan NATOning
2008 yil 2 aprelda Buxarestda o’tkazilgan yalpi yig’ilishida Prezident I.A.Karimov "afg’on
muammosi"ni faqat harbiy kuch ishlatish yo’li bilan bartaraf etib bo’lmasligi, bu zaminda tinchlik
va xotirjamlikka asosan muloqot yo’li bilan erishish mumkinligini ta‘kidladi. O’z paytida ijobiy
natija bergan "6+2" muloqot guruhini "6+3" shaklida, yani mavjud voqelikni inobatga olib, ushbu
guruh tarkibiga Afg’onistondagi vaziyatga bevosiga aloqador bo’lgan NATOni qo’shgan holda
qaytadan ishga tushirish tashabbusini ilgari surdi.
Eng muhimi, O’zbekiston o’zining taklif va g’oyalarini amaliy ishlar bilan mustahkamlab
bordi. Chunonchi, mamlakatimiz Afg’onistonda yo’llar, temir yo’llar, ko’priklar qurilishida faol
ishtirok etdi. Afg’oniston tarixida eng birinchi zamonaviy temir yo’l aynan O’zbekiston tomonidan
"Termiz-Hayraton-Mozori-Sharif" yo’nalishida qurib bitkazildi va 2010 yili ishga tushirildi.
Qo’shni mamlakat poytaxti Qobul shahrini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta‘minlay boshlagan
mamlakat ham aynan O’zbekiston bo’ldi. Hozirgi kunda ham O’zbekiston mazkur qo’shni
mamlakat iqtisodiy infrastrukturasini rivojlantirishga katta hissa qo’shib kelmoqda. Ikki
tomonlama munosabatlarda o’zaro foydali savdo-sotiq aloqalarini ravnaq toptirish, siyosat
borasida ichki ishlarga aralashmaslik, yaxshi qo’shnichilik an‘analariga sodiq qolish yo’lidan
bormoqda.
2018 yilning mart oyida Afg’oniston bo’yicha o’tkazilgan yuqori darajadagi Toshkent
konferensiyasi zamonaviy Afg’oniston tarixida xalqaro miqyosdagi eng qamrovli anjuman
bo’lganini ta‘kidlash lozim.
Konferensiya yakuni bo’yicha qabul qilingan, uning barcha qatnashchilarining yakdil
pozitsiyasi ifoda etilgan Toshkent deklaratsiyasi Afg’onistonda tinchlik o’rnatish bo’yicha o’ziga
xos Dastur bo’ldi.
Ma‘lumki, Afg’onistondagi vaziyatni barqaror etishning muhim sharti – mamlakatni
iqtisodiy jihatdan tiklashdan iborat.
Bu borada biz Afg’onistonda transport va logistika, energetika, savdo va ta‘lim sohalarida
yirik qo’shma loyihalarni amalga oshirishga kirishdik.
O’zbekiston tomonidan qurilayotgan Surxon – Puli Xumri elektr uzatish liniyasi, Termiz
shahrida afg’on fuqarolarini o’qitish uchun ochilgan Ta‘lim markazi, bojxona terminaliga ham ega
bo’lgan Termiz-kargo logistika markazi, Mozori Sharif-Hirot va Mozori Sharif-Kobul-Peshavor
temir yo’l liniyasi loyihalari ishlab chiqilayotgani shundan dalolat beradi.
O’zbekiston rahbariyatining butun Markaziy Osiyo taqdirini hal qila oladigan darajada o’ta
keskin, o’ta tahlikali vaziyatlarda ham vazminlik bilan eng maqbul qarorlar qabul qilishga
qodirligini amalda tasdiqlagan yana bir mashaqqatli sinov 2010 yili 10 iyun kuni Qirg’iziston
janubida yuz bergan xunrezlik va fojiali voqealar bo’ldi.
O’sha yilning 11-14 iyun kunlari qo’shni Qirg’izistonning O’sh va Jalolobod viloyatlarida
o’zbek millatiga mansub fuqarolarga qarshi xunrezliklar mintaqamizda misli ko’rilmagan
gumanitar halokat yuz berishiga olib keldi. Qirg’izistonning qariyb yarim million aholisi halokatli
qirg’inbarotdan qutulish ilinjida o’z uy-joylarini tashlab, boshqa hududlarga qochib o’tishga
211
majbur bo’ldi. Yuz mingdan ko’proq o’zbek millatiga mansub kishilar najot izlab O’zbekiston
chegarasida to’plandi. Ularni qutqarish uchun chegarani ochishga va Andijon viloyatida
qochqinlar uchun zaruriy shart-sharoitlarni zudlik bilan yaratishga to’g’ri keldi.
Chegara hududi va O’zbekistonning ichkarisida, ayniqsa, qirg’iz va o’zbek millatiga mansub
aholi yonma-yon istiqomat qiladigan joylarda osoyishtalikni saqlash, mamlakatimizda
kutilmaganda paydo bo’lgan yuz mingdan ortiq qochqinlar, bolalar, xotin-qizlar, qariyalarni
vaqtinchalik yashash joylari, oziq-ovqat, kiyim-kechak, tibbiy yordam va boshqa zaruriy narsalar
bilan ta‘minlash maqsadida katta kuch, mehnat va resurslar safarbar etildi.
O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun bilan
telefon orqali muloqotida mazkur tashkilotni Qirg’iziston janubida sodir etilayotgan xunrezliklarni
to’xtatish, vaziyatni o’nglash, jabrdiydalarga zudlik bilan yordam ko’rsatishga da‘vat etdi. Shu
bilan birga, tomonlar o’rtasida yuzaga kelgan murakkab vaziyatdan tinch yo’l bilan chiqish
yo’llari, avvalo, Qirg’izistondagi vaziyatni barqarorlashtirish yuzasidan fikr almashildi.
O’zbekiston rahbariyati xunrezlik va zo’ravonliklarni jazosiz qoldirmaslikka, bu musibat
bo’yicha mustaqil xalqaro tekshiruv o’tkazish, ushbu qonli vahshiyliklarning barcha
buyurtmachilari, tashkilotchilari va ijrochilarini jinoiy javobgarlikka tortishda BMT boshchiligida
xalqaro hamjamiyat amaliy ishlarni bajarishi lozimligini ta‘kidladi. O’zbekiston rahbariyati qabih
niyatda tashkil etilgan ushbu voqealarning yanada rivojlanishiga, shafqatsiz zo’ravonlikning avj
olib, millatlararo nizodan davlatlararo mojaroga aylanishiga yo’l qo’ymaslik, tomonlar orasida
o’zaro qahru-g’azabni jilovlash, ekstremizmning shiddatli tus olishining oldini olishda tezkor va
keng qamrovli choralar ko’rdi. "Faqat aql-idrok, oddiy haqiqatni, ya‘ni ushbu zaminda ko’p asrlar
davomida o’zbeklar va qirg’izlar yonma-yon yashab kelgani va bundan buyon ham ularning
farzandlari hamda avlodlari ko’p asrlar mobaynida birga yashashini teran anglash bizga va
xalqimizga mazkur fojianing Markaziy Osiyoda qarama-qarshiliklarning yangi, keng ko’lamli
o’chog’iga aylanib ketishining oldini olishda muhim omil bo’ldi", deb ta‘kidlagan edi Prezident
Islom Karimov.
O’zbekiston rahbari aytib o’tganidek, o’sha kunlari qirg’izlarning o’zi ham, Qirg’iziston
janubida yashayotgan ko’p sonli o’zbeklar ham uchinchi kuchlar tomonidan puxta o’ylangan va
uyushtirilgan aksiyaning qurboniga aylandi, deyish uchun bugun barcha asoslar bor. Qabih niyatda
amalga oshirilgan bu to’qnashuvdan maqsad mamlakatda nafaqat tartibsizlik va parokandalikni
yuzaga keltirish, balki O’zbekistonni ushbu vahshiyona xunrezlikka tortish, pirovard natijada,
millatlararo qarama-qarshilikni ikki qo’shni mamlakat Qirg’iziston hamda O’zbekiston o’rtasidagi
davlatlararo qarama-qarshilikka aylantirishdan iborat edi (Karimov I.A.
Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish –
mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir. 19-j. -T.: O’zbekiston. 2011. B. 13-14.).
O’zbekiston o’zining tashqi siyosatida Markaziy Osiyoda tinchlik va xavfsizlikni saqlash,
ushbu mintaqani barqaror taraqqiyot hududiga aylantirishga yo’naltirilgan boshqa qator
tashabbuslarni ham ilgari surib, mintaqaviy masalalardan tortib, Yer shari va insoniyat taqdiriga
daxldor bo’lgan ulkan vazifalarni ham jahon hamjamiyati e‘tiboriga havola etmoqda. Orolbo’yi
hududidagi ekologik fojia oqibatlarini bartaraf etish, mintaqadagi transchegaraviy suv
zahiralaridan oqilona foydalanish, O’rta Osiyo Fors ko’rfazi transport koridorini yaratishga
qaratilgan taklif va tashabbuslar shular jumlasidan.
Tajriba shuni ko’rsatadiki, mavjud muammolarni hal etishda asosiy rolni mintaqa
davlatlarining o’zlari o’ynashlari darkor. Bu g’oya 2012 yil 10 sentabrda qabul qilingan
O’zbekiston Respublikasining "Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi"da rasman e‘lon qilingan
(O’zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi // "Xalq so’zi" gazetasi, 2012
yil 7 avgust.).
Ushbu Konsepsiyada Markaziy Osiyo mintaqasiga alohida e‘tibor qaratilgan va
"O’zbekistonning hayotiy muhim manfaatlari shu mintaqa bilan bog’liq" ekanligi rasman e‘tirof
etilgan. Unda Markaziy Osiyo o’zining muhim geosiyosiy joylashuvi va mineral xom ashyo
resurslarining ulkan zahiralariga ega ekanligi tufayli jahon miqyosida kuchli e‘tibor obyektiga, yirik
davlatlarning strategik manfaatlari to’qnashadigan hududga aylanib borayotgani ta‘kidlangan. Yirik
davlatlar Markaziy Osiyo davlatlarining o’z rivojlanish modeli va siyosiy yo’lini belgilashiga ta‘sir
212
o’tkazishga urinayotgani, mintaqada o’z maqsadlarinigina ko’zlayotgan tashqi kuchlarning o’zaro
raqobati kuchayib borayotgani ko’rsatilgan. Shuningdek, dunyoning yirik davlatlari tomonidan
mintaqada olib borilayotgan o’zaro geosiyosiy raqobat inobatga olinib, "Markaziy Osiyo muammolari
tashqi kuchlarning aralashuvisiz, mintaqadagi davlatlarning o’zlari tomonidan yechilmog’i zarur",
degan fikr bayon etilgan.
Konsepsiyada xavfsizlikka rahna solayotgan an‘anaviy va noan‘anaviy tahdidlarning turlari
kengayib borayotgani, mamlakatimiz chegaralari yaqinida keskinlik va tanglik o’choqlarining
saqlanib qolayotgani e‘tirof etilgan. Shu munosabat bilan ushbu hujjatda bayon etiladiki,
O’zbekiston tinchliksevar siyosat yuritadi va harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi, har qanday
davlatlararo tuzilmalar harbiy-siyosiy blokka aylangan taqdirda, ulardan chiqish huquqini o’zida
saqlab qoladi. Konsepsiyada birinchi bor quyidagi muhim qoidalar muhrlab qo’yildi: "O’zbekiston
o’zini qo’shni davlatlardagi qurolli ziddiyatlarga tortilishining oldini olish maqsadida tegishli
choralarni ko’radi; o’z hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalari va obyektlari
joylashtirilishiga yo’l qo’ymaydi; O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xorijdagi
tinchlikparvarlik operatsiyalarida ishtirok etmaydi".
O’zbekiston xalqaro munosabatlarda tinchliksevarlik yo’lidan borib, xalqaro va davlatlararo
muammolarni urush yo’li bilan hal etishga qat‘iyan qarshi chiqadi va jahon hamjamiyati davlatlari
o’rtasida harbiy mojarolar chiqishini preventiv diplomatiya vositasida bartaraf qilishda faol ishtirok
etishni, ziddiyatlarni keskinlashtiradigan sabablarga barham berishga yoki ularni yengishga kuch-
g’ayrat sarflashni o’z tashqi siyosatining asosiy vazifasi deb hisoblaydi. Mudofaa doktrinasiga binoan,
O’zbekiston jahondagi birorta ham davlatni o’zining dushmani deb hisoblamaydi, o’z harbiy
qo’shinlarini faqat milliy chegaralar doirasida joylashtirish, ayni vaqtda, o’z fuqarolarining hayoti va
qadr-qimmatini himoya qilish vazifasini o’z zimmasiga oladi, o’zini o’zi mudofaa qilishdek muhim
hayotiy huquqini amalga oshiradi, davlatning harbiy qudrati va mudofaa qobiliyati oqilona zarurat
darajasida bo’lishini ta‘minlaydi, xorijiy davlatlar bilan harbiy-texnikaviy hamkorlikni izchillik bilan
rivojlantirib boradi.
Bunday oqilona siyosat butun dunyoda qurolli mojarolar borayotgan bugungi davrda
umumbashariy tinchlikni saqlash yo’lida milliy darajada tashlangan muhim qadamlardan biri
bo’ldi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Yana shuni ham ta‘kidlash kerakki, hozirgi zamonda dunyo
hamjamiyatiga izchil integratsiyalashuvni ta‘minlashda, eng avvalo, harbiy kuch emas, balki
oqilona siyosat va diplomatiya, aql-idrok, fikr-mulohaza hamda izchil rivojlanib borayotgan
iqtisodiy salohiyat xal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.
Tashqi savdo va iqtisodiy aloqalar. Jahon tarixidan ma‟lumki, globallashuv davrida mustaqil
taraqqiyot yo’liga kirgan hech bir mamlakat o’z qobig’iga o’ralgan, xalqaro hamjamiyatdan
ajralgan holda rivojlana olmaydi. O’zbekiston ham bundan mustasno emas, Prezident Islom
Karimov "Iqtisodiyotimizning kelajagi uning jahon xo’jaligiga qo’shilishiga bog’liq", deb
ta‟kidlagan edi (Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-j. -T.: O’zbekiston, 1996. B.
248.). Bunga erishishning muhim shartlaridan biri sobiq mustabid tuzumdan qolgan yopiq,
ma‟muriy buyruqbozlik asosida ishlaydigan iqtisodiyotni ochiq, bozor munosabatlari negizida
rivojlana oladigan butunlay yangicha modelga o’tkazishdan iborat edi. Shu bois O’zbekiston
tashqi iqtisodiy aloqalari uchun mustahkam poydevor yaratish, zarur siyosiy, huquqiy va tashkiliy
mexanizmlarni shakllantirish yo’lidan bordi. Bu yo’lda uchragan mashaqqatli vaziyatlarni qat‟iyat
bilan yengib o’ta boshladi.
SSSR parchalanganidan keyin ilgari yagona mexanizmni hosil qilgan ishlab chiqarish tizimi
ham parokandalikka yuz tutdi. Markaz esa MDH doirasidagi qator kelishuvlarga qaramasdan,
Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotini "ortiqcha yuk" deb hisoblay boshladi, o’z
muammolarini hal qilish bilan band bo’lib, sherik davlatlardagi dolzarb masalalarga kerakli
darajada e‘tibor qaratmadi.
Bundan tashqari, MDH davlatlari bilan savdo-sotiqda erkin valyuta bilan emas, imkon qadar
barter yo’li bilan hisob-kitob qilishga urinish avj oldi. Sobiq Ittifoq davridan qolgan markaziy bank
tizimi esa, asosan, Rossiya Federatsiyasi manfaatlari doirasida ish yurita boshladi. Butun MDH
doirasida pulning qadrsizlanishi jarayoni misli ko’rilmagan giperinflyatsiya darajasiga ko’tarildi,
Hamdo’stlik davlatlarining barchasida iqtisodiy beqarorlik vujudga keldi.
213
O’zbekiston bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’lini tanlash jarayonida
rivojlangan mamlakatlarning ko’p asrlik tajribasiga, shuningdek, o’zbek xalqining milliy tarixiy
merosi, turmush tarzi, an‘analari va ruhiyatiga tayandi. Prezident Islom Karimov tomonidan
xalqimizning "Yangi uyni qurmasdan, eskisini buzmang", degan fikriga asoslanib, "Davlat – bosh
islohotchi" tamoyili asosida iqtisodiy islohotlarning ijtimoiy yo’naltirilgan bosqichma-bosqich
usuli tanlab olindi. Milliy iqtisodiy tizim asoslari, institut va boshqaruv mexanizmlarini yaratishda,
milliy valyuta, milliy bank va moliya infratuzilmasini shakllantirishda, tashqi savdo, iqtisodiy
hamkorlik, chet el sarmoyalarini jalb etish sohalarida o’ta mas‘uliyatli tarixiy qadamlar tashlandi.
1992 yil 26 martda O’zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tashkil
etildi. O’zbekiston Respublikasi "Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida"gi Qonuni qabul qilinishi
tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda asosiy tamoyillarni belgilab berdi, bu borada yagona
davlat siyosatini olib borishda muhim omil bo’ldi. Bu "avval iqtisod, keyin siyosat" shiori ostida
ish tutib, xalqaro hamkorlar bilan ularning mafkuraviy qarashlaridan qat‘i nazar, teng huquqli va
o’zaro manfaatli sherikchilik munosabatlarini o’rnatishga kirishildi. Bunda umume‘tirof etilgan
xalqaro huquq normalariga rioya qilish, xalqaro tartiblar va standartlarga izchillik bilan o’tish
ko’zda tutildi.
1993-1994 yillar davomida bosqichma-bosqich tarzda o’ta mas‘uliyatli vazifa milliy
valyutani
joriy
etish
chora-tadbirlari
amalga oshirildi. O’zbekiston Respublikasi
Konstitusiyasining 122-moddasi va "O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining asoslari
to’g’risida"gi Qonunning 11-moddasi, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
1993 yil 3 sentabrdagi qaroriga muvofiq 1994 yil 1 iyuldan boshlab, O’zbekiston Respublikasi
hududida qonuniy to’lov vositasi bo’lgan milliy valyuta "so’m" muomalaga kiritildi.
1994 yildan O’zbekiston Jahon Savdo tashkilotining savdo va tariflar bo’yicha bosh bitimi
(GATT)ga qo’shildi va uning xalqaro savdo-sotiq borasidagi qoidalarini bosqichma-bosqich
tarzda amalga tadbiq qila boshladi. Shu bilan birga, O’zbekistonning dunyo hamjamiyatidagi
o’rnini mustahkamlash va tobora kengaytirib borish maqsadida tashqi savdo va iqtisodiy
hamkorlik aloqalarini tartibga soluvchi qonunlar, normativ hujjatlarning dastlabki majmuasi
yaratildi. O’zbekiston Respublikasining "Chet el investitsiyalari to’g’risida"gi (1998 yil 30 aprel),
"Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida"gi
(1998 yil 30 aprel), "Xorijdan mablag’ jalb qilish to’g’risida"gi, "Tashqi iqtisodiy faoliyat
to’g’risida"gi (2000 yil 26 may) va boshqa qator qonunlar shular jumlasidan. Ularda yurtimizning
xorijiy mamlakatlar bilan faol va keng ko’lamli hamkorlik o’rnatishi uchun mustahkam huquqiy
poydevor yaratib berildi.
Milliy istiqlolning ilk davridanoq chet el investorlari ishtirokida strategik ahamiyatga ega
bo’lgan qator ustuvor loyihalarni amalga oshirishga erishildi. Ulardan eng yiriklari qatorida AQSH
va Yaponiya firmalarining "Kellog-Nisho Ivai" konsorsiumi bilan hamkorlikda Ko’kdumaloq
konida zamonaviy kondensant kompressor stansiyasi qurilishi, Fransiyaning "Teknip" va
Yaponiyaning "Marubeni Djey Djisi" kompaniyalari bilan hamkorlikda Buxoro neftni qayta
ishlash zavodini qurib bitkazish, Markaziy Osiyodagi eng yirik Farg’ona neftni qayta ishlash
zavodini Yaponiyaning "Mitsui" firmasi ko’magida modernizatsiya qilish, AQShning "ABB
Lummus Global" firmasi bilan SHo’rtan gaz-kimyo majmuini qurish va boshqa shu kabi yirik
loyihalarni sanab o’tish mumkin.
Xalqaro hamkorlar bilan samarali sherikchilik asosida ishlab chiqarish va eksport borasida
O’zbekiston uchun mutlako yangi sohalar yaratildi. Bunga misol tariqasida Prezident Islom
Karimov tashabbusi bilan Asaka shahrida qurilib, 1996 yilning 19 iyulida ishga tushirilgan
avtomobil zavodini aytib o’tish joiz. Bu yirik loyihaning amalga oshirilishi xalqimiz bunyodkorlik
salohiyatining, mamlakatimiz iqtisodiyoti, xususan, sanoat ishlab chiqarishining yorqin
timsollaridan biriga aylandi. Avtomobilsozlik sanoati mustaqil O’zbekiston iqtisodiyotining eng
yosh, ammo shiddat bilan rivojlanayotgan muhim tarmoqlaridan biriga aylandi. Yurtimiz dunyoda
avtomobil ishlab chiqaruvchi 28 davlat safiga qo’shildi. Avtomobilsozlik, motorsozlik va ularga
butlovchi qismlar tayyorlaydigan, neft va gazni ilg’or zamonaviy texnologiyalar yordamida qayta
ishlaydigan, zamonaviy uy jihozlari va boshqa qator yangidan-yangi mahsulot va tovarlar ishlab
214
chiqaruvchi sohalar rivojlanishi natijasida mamlakatimizning dunyo bozorlaridagi o’rni
mustahkamlanib bordi. Mamlakatda 900 turdagi yangi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi
yo’lga qo’yildi. Dunyo bozorlari mahsulotlarida "O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan" "Made in
Uzbekistan" degan belgi paydo bo’ldi.
2000 yilda respublika eksporti dunyoning 80 dan ortiq mamlakatlari bozorlariga kirib bordi.
Bu davrga kelib, O’zbekiston uzoq xorij mamlakatlarining 38 tasi bilan o’zaro qulay savdo-
iqtisodiy rejimiga ega bo’lib, ular bilan "Sarmoyalarni o’zaro himoya qilish to’g’risida bitimlar
tuzdi. Bunday bitimlar Germaniya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Misr, Indoneziya, Malayziya,
Pokiston, Finlyandiya, Koreya Rsspublikasi, AQSH, Fransiya kabi davlatlar bilan imzolandi.
Kanada, Xitoy Xalq Respublikasi, Turkiya, Gollandiya, Germaniya, Shveysariya banklari va
firmalari bilan hukumatlararo 32 ta yirik kredit bitimlariga imzo chekildi.
Shu asnoda mustaqillikning dastlabki yillaridan beri izchillik bilan bilan hayotga tadbiq etib
kelinayotgan va xorijiy mutaxassislar tomonidan "taraqqiyotning o’zbek modeli" deb e‘tirof
etilgan islohotlar strategiyasi amaliyotda o’z ijobiy natijasini berayotgani yaqqol namoyon bo’ldi.
Bu jarayonlarga izoh berar ekan, Prezideng Islom Karimov o’zining BMT sammitining Mingyillik
rivojlanish maqsadlariga bag’ishlangan yalpi majlisidagi nutqida shunday dedi: "Biz avval
boshdan "shok terapiyasi" deb atalgan usullarni chetdan turib joriy etishga urinishlardan, "bozor
iqtisodiyoti o’zini o’zi tartibga soladi", degan o’ta jo’n va aldamchi tasavvurlardan voz kechdik,
"yangi uyni qurmasdan turib, eskisini buzmang" degan hayotiy tamoyilga tayangan holda,
ma‘muriy buyruqbozlik, mustabid tizimdan boshqaruvning bozor tizimiga o’tish jarayonida
tadrijiy yondashuvni tanladik" (Karimov I.A. Demokratiya: islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini shakllantirish – mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir. 19-j. -T.:
O’zbekiston, 2011-B. 19.)
2008 yil 14 iyulda Xalqaro valyuta jamg’armasi (XVJ) Ijrochi direktorlari kengashi
O’zbekistonni iqtisodiy rivojlantirishning yuqori iqtisodiy o’sish sur‘atlari, makroiqtisodiy
barqarorlikni izchil mustahkamlash va muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan tarkibiy
o’zgarishlarda o’z ifodasini topayotgan natijalarini yuksak baholadi. XVJ mutaxassislari
O’zbekistonda yuritilayotgan qat‘iy soliq-byudjet siyosati, puxta o’ylangan makroiqtisodiy
strategiya va izchil amalga oshirilayotgan tuzilmaviy islohotlar yuqori iqtisodiy o’sish sur‘atlari
barqarorligi, savdo va to’lov balansining ijobiy saldosini yanada mustahkamlash, oltin-valyuta
zahirasini ko’paytirish, shuningdek, mamlakat qarzini o’tish davri iqtisodiyotini boshidan
kechirayotgan mamlakatlar orasida eng past darajagacha kamaytirishni ta‘minladi, degan xulosaga
kelishdi.
Jahon iqtisodiy inqirozi davrida O’zbekiston yalpi ichki mahsulotining yillik o’sishi 8
foizdan kamaymadi. Bunday o’sish sur‘atini dunyoning kamdan-kam davlatlarida kuzatish
mumkin. 2008-2011 yillari global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz tufayli ko’plab rivojlangan
mamlakatlarda ishlab turgan zavod va fabrikalar faoliyati to’xtab qolayotgan bir paytda
O’zbekistonda yangi zavodlar ishga tusha boshladi. Toshkent viloyatida "Jeneral Motors"
kompaniyasi bilan hamkorlikda 2009-2011 yillarda qurib ishga oshirilgan General Motors
Powertrain Uzbekistan avtomobillar uchun motor ishlab chiqarish korxonasi bunga misol bo’la
oladi.
Xalqaro hamjamiyat tomonidan O’zbekiston yutuqlarining, qolaversa, uning global
retsessiya paytida ishlab chiqilib, amalga oshirilgan "Inqirozga qarshi choralar dasturi"
muvaffaqiyatining tan olingani 2010 yili Osiyo Taraqqiyot banki boshqaruvchilari yillik yig’ilishi
mamlakatimiz Toshkent shahrida o’tkazilganida ham yorqin namoyon bo’ldi.
Hozirgi kunga kelib, O’zbekiston dunyoning 160 dan ortiq mamlakati bilan savdo-iqtisodiy
aloqalar o’rnatgan, tashqi savdo bo’yicha geografik qamrovini sezilarli darajada kengaytira olgan.
Respublikamiz tashqi savdo aylanmasi muttasil o’sib bormoqda. Bu ko’rsatkich 2011 yilda 25,5
mlrd. AQSH dollarini tashkil etib, 2000 yilga nisbatan 4,1 barobar o’sdi. Eksport hajmining 2011
yilda 2010 yilga nisbatan o’sishi 15,4 foizni tashkil etdi. 2000-2011 yillar davomida eksportni
diversifikatsiya qilish, uning tarkibini takomillashtirish borasidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi
215
Istiqlol yillarida mamlakatimiz iqtisodiyotida 165 milliard dollardan ortiq kapital mablag’
o’zlashtirilgan bo’lib, buning 56 milliard dollardan ziyodi xorijiy investitsiyalar. 2013 yil kapital
investitsiyalar hajmi 14 milliard dollarni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 23 foizni tashkil
etdi.
Jahon bozoridagi konyunkturaning beqarorligiga qaramasdan, 2013 yilda O’zbekiston
eksporti hajmining o’sishi 10,9 foizdan iborat bo’ldi. Tashqi savdo faoliyatidagi umumiy saldo 1
milliard 300 million dollarni tashkil etdi. So’nggi yillarda eksport tarkibida raqobatbardosh tayyor
mahsulotlar ulushi barqaror sur‘atlar bilan o’sib borayotgani yaqqol ko’zga tashlanmoqda. 2013
yilda umumiy eksport hajmining 72 foizidan ortig’i tayyor tovarlar hissasiga to’g’ri kelgani
iqtisodiyotimizning diversifikatsiya qilinayotgani, unda modernizatsiya jarayonlari jadal
kechayotganidan dalolat.
2013 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, "O’zbekistonning jami tashqi qarzi miqdori yalpi ichki
mahsulotga nisbatan 16,0 foizdan oshmagani, bu ko’rsatkich esa xalqaro mezonlar bo’yicha
"o’rtachadan ham kam" darajada baholangani buni isbotlab bermoqda".
O’zbekistonning jahon xo’jalik tizimida munosib o’rin egallashida mamlakatimizda tashkil
etilgan tarmoqlararo ko’rgazmalar o’zining ijobiy natijalarini bera boshladi. "Paxta va ipak", "Neft
va gaz mahsulotlari", "Qurilish mollari" va boshqa qator shu kabi muhim xalqaro yarmarkalar
mamlakatimizning dunyo bozorlarida
o’z
o’rniga ega bo’lishida muhim ahamiyat kasb etdi.
Bugungi kunda O’zbekistonda yana boshqa qator sohalarda xalqaro ko’rgazmalar muntazam
o’tkazilib kelinmoqda.
Madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik. Milliy qadriyatlarimizni tiklash, tarixiy
yodgorliklar, muqaddas qadamjolarni asrab-avaylash, ajdodlarimizning boy merosini o’rganish va
targ’ib etish, ilm-fan, ta‘lim, madaniyat va sport sohalarini izchil rivojlantirish, shu yo’l bilan
umumbashariy taraqqiyotga hissa qo’shish borasida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli davlat
siyosati O’zbekistonning dunyo hamjamiyatidagi o’rnini mustahkamlashda, uning xalqaro
miqesda keng tanilishida muhim omillardan biri bo’lib xizmat qilmoqda. O’zbekiston davlat
byudjeti xarajatlar qismining 60 foizga yaqini ta‘lim, sog’liqni saqlash, ilm-fan, madaniyat va
san‘at, sport sohalari rivojlanishiga sarflanayotgani bu borada ijobiy natijalar bermoqda.
Aloqalarimizning ushbu sohalardagi muhim yo’nalishlari xorijiy davlatlar bilan ikki
tomonlama munosabatlar va xalqaro tashkilotlar, jumladan, YUNESKO, TSESCO va boshqa
tuzilmalar doirasida izchil rivojlanib bormoqda.
1993 yil 26 oktabrda O’zbekiston BMTning ta‘lim, fan va madaniyat bo’yicha tuzilmasi
YUNESKOga mustaqil davlat sifatida a‘zo bo’lib kirdi, u bilan faol, o’zaro manfaatli hamkorlikni
yo’lga qo’ydi. 1996 yil 26 aprelda mazkur tashkilot Bosh direktori Federiko Mayor taklifiga
binoan Prezident Islom Karimov YUNESKOning Parij shahrida joylashgan bosh qarorgohiga
rasmiy tashrif buyurdi. Tashrif mobaynida mamlakatimizning mazkur tashkilot bilan hamkorligi
istiqbollari belgilab olindi. Oliy darajadagi muzokaralar O’zbekiston va YUNESKO o’rtasidagi
munosabatlarning yildan-yilga rivojlanib, doirasi kengayib borishida muhim omil bo’ldi.
1997-2001 va 2009-2013 yillari O’zbekiston YUNESKOning Ijroiya kengashiga saylandi
va ushbu global tashkilot ishini boshqarishda bevosita ishtirok etdi.
Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabzning qadimiy obidalari YUNESKOning Jahon
madaniy merosi ro’yxatiga kiritilib, xalqaro muhofazaga olindi. "Shashmaqom" va Navro’z
bayrami insoniyatning og’zaki va nomoddiy merosi durdonasi deb e‘lon qilindi. Toshkent shahrida
saqlanayotgan Usmon Qur‘oni va Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Sharqshunoslik institutidagi nodir qo’lyozmalar "Jahon xotirasi" ro’yxatiga kiritildi. YUNESKO
qaroriga muvofiq, 2001 yilda Buxoro "Tinchlik shahri" deb e‘lon qilindi. Davlatimiz rahbari
tashabbusi bilan YUNESKO shafeligi ostida dunyoning eng qadimiy shaharlaridan bo’lmish
Samarqandda tashkil etilgan "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali xalqlar o’rtasida
hamkorlik rishtalarini mustahkamlash, musiqa va qo’shiq orqali odamlar qalbida ezgu tuyg’ularni
uyg’otish, mushtarak tomirlarni bir-biriga yaqinlashtirishdek olijanob maqsadlarga xizmat
qilmoqda.
216
Milliy madaniyatni rivojlaitirish, madaniy-tarixiy yodgorliklarni asrab-avaylash va bu
borada xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qo’shgan hissasi, xalqlar o’rtasidagi do’stlik
rishtalarini, madaniyatlararo va dinlararo muloqotni rivojlantirish, madaniy rang-baranglikni
qo’llab-quvvatlash borasidagi ulkan xizmatlari uchun Prezident Islom Karimov 1998 yilda
YUNESKOning "Abu Ali ibn Sino" oltin medali, 2006 yilda esa "Borobudur" oltin medali bilan
taqdirlandi.
ISESCO tomonidan Toshkent shahrining 2007 yilda Islom madaniyati poytaxti deb e‘lon
qilinganini ham alohida e‘tirof etish zarur. Bunday yuksak maqomni qo’lga kiritish O’zbekiston
xalqi uchun ulkan tarixiy voqea bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |