Polimerlanish reaksiyasi deb ikki yoki ortiq monomerlarning o’zaro initsiator yordamida yuqori molekulali birikmalar hosil qilish jarayoniga aytiladi. Polimerlanish monomerlar tarkibidagi qo’shbog’ hisobiga ketadi. Monomer bu polimer hosil qiluvchi eng kichik birlikdir ya’ni polimer hosil qiluvchi modda. Elementar zveno deb polimer hosil qilishda takrorlanuvchi qismga aytiladi.
Polimer materiallar, jismlar va moddalarning xossalari ularni tashkil qilgan makromolekulalarning eng asosiy xarakteristikasi ikkita: kimyoviy tuzilishi (tabiati va tarkibi) va kattaligi- molekulyar massasi. Ana shu o`lchamning xususiyatlari va imkoniyatlari jihatidan ham polimer moddasi oddiy moddalardan ancha farq qiladi. Polimerlarning tuzilishi shunchalik xilma-xilki ularni bu xarakteristikasini uni kimyoviy belgilariga qarab sinflarga bo`lmasdan tushunib olish qiyin
Makromolekulasining asosiy zanjirini tashkil qilgan elementlarga qarab 2 guruhga bo`linadi: a) faqat uglerod atomidan tashkil topgan bo`lsa- karbozanjirli polimerlar deyiladi — С —С — С — С — С —. b) asosiy zanjirni tashkil qilgan atomlar 2 va undan ortiq elementdan iborat bo`lsa polimerni geterozanjirli polimerlar deb yuritiladi. Oqsil va sintetik poliamidlar makromolekulalarining asosiy zanjiri 3 xil element S, H, N atomlaridan, mochevina-formaldegid smolasi va poliamidlarniki 3 xil S, O va N atomlaridan atomlaridan tashkil topgan. Polimerlar makromolekulasidagi bo`g`inlar bir xil bo`lsa- gomopolimerlar, har xil bo`lsa- sopolimerlar deyiladi.
Makromolekulalarning kimyoviy tuzilishi- konfigurasiyasiga oid yana bir omil- bo`g`inlarning o`zaro tuzilishi, ya'ni makromolekula stereoizomeriyasidir. Ma'lumki, uglerod atomidagi o`rinbosarlar 2 xil bo`lsa (R va H, yoki R1 va R2) uglerod atomi asimmetrik atom bo`lib, u L- yoki D- shaklda (o`ng va chapga buruvchi) bo`la oladi. Agar makromolekulaning asimmetrik atomlari faqat L- yoki faqat D- shaklda bo`lsa (asosiy zanjir yotgan tekislikka nisbatan) o`rinbosarlar asosiy zanjirning bir tomonida bo`ladi:
1) Aktiv markazni hosil bo’lishi ( monomerni initsirlash)
Monomerni inisiirlash- faollashtirish: uni boshlanishi uchun monomerni faollash zarur. Bu birinchi jarayon monomerga alohida qo`shilgan inisiator yoki katalizatorlarni beradigan faol zarrachalari (radikal yoki ion) yoki monomer moddasini nurlantirganda hosil bo`ladigan radikal yoki ion kabi faol zarrachalarni (R* bilan belgilaylik) monomer molekulasiga birikishidan iborat: J→2R* yoki katalizator →R* R*+M→RM* Bu yerda J- inisiator. Bu jarayon monomerni inisiirlash deyilad
2) Zanjirning o`sishi: faollashgan monomerni RM* monomer molekulalari bilan to`qnashib ularga birikishi va faol markazni oxirgi monomer bo`g`iniga ko`chishidan iborat:
RM*+M→RMM*+ M→RMMM*→... R~M*
O`sayotgan R~M*- kinetik zanjir deyiladi.
3) Zanjirning uzilishi: O`sayotgan kinetik zanjir biror bir zarracha yoki modda molekulasiga (monomer, erituvchi yoki ikkinchi kinetik zanjir) to`qnashib faolligini yo`qotadi va o`sishdan to`xtaydi: R~М*+*M~R→R~R ѐки R~М*+R1→R~M-R Shu bilan makromolekula hosil bo`ladi. Ammo polimerlanishda ko`pincha yana bir bosqich sodir bo`ladi. Uning nomi zanjirning uzatilishidir.