Polimer materiallar



Download 4,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/165
Sana22.01.2022
Hajmi4,01 Mb.
#399649
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   165
Bog'liq
polimer materiallar

14 – MA’RUZA 
MAVZU: POLIMER ELASTOMER MAXSULOTLAR 
Reja 
1.
 
Elastomer materiallarning xossalari.  
2.
 
Olish usullari. 
3.
 
Rezinaning dizik mexanik xossalari. 
Elаstоmеr mаtеriаllаrning хоssаlаri. 
Bugungi  kunda  dunyo  miqyosida  organik  materiallar  asosida  olinayotgan 
buyumlar  turlari  80  mindan  oshib  ketdi.  Ular  asosida  ishlab  chiqarilayotgan 
buyumlarning  teng  yarmini  avtomobil  shinalari,  uchdan  bir  qismini  har  xil 
sharoitda  ishlatiluvchi  rezina-texnika  buyumlari  tashkil  etadi.  Undan  bir  qismini 
esa  rezina  poyafzal  va  xalq  xo’jaligida  ishlatiluvchi  va  boshqa  buyumlar 
(meditsinada  ishlativchi,  o’yinchoqlar,  sport  anjomlari,  uzatish  lentalari  va 
remenlari,  rukava,  rezina  surkalgan  matolar  va  ular  asosida  olingan  buyumlar) 
tashkil  qiladi.  Rezina-texnika  buyumlarini  asosiy  miqdori  avtomobilsozlikda,  suv 
va  havo  transportlarida  ishlatiladi.  Hozirgi  vaqtda  zamonoviy  avtomobillarni  600 
dan  ortiq buyumlari kompozitsion  organik  materiallardan tashkil  topgan va uning 
umumiy  og’irligi  120  kg  tashkil  qiladi.  Demak  yuqori  texnologik  va  texnik 
xossalarga  ega  bo’lgan  organik  kompozitsiya  materiallar  tarkibi  va  olish 
texnologik jarayonlarini yaratishga ilmiy tadqiqotlar yo’naltirilgan. Respublikamiz 
mustaqillikka  erishgandan  keyin  kimyo  sanoati  rivojlanishiga  aloxida  etibor 
qaratilib,  bu  borada  maxalliy  mineral  xomashyolarni  fizik-kimyoviy  xossalarini 
aniqlash,  qayta  ishlash  usullarini  ishlab  chiqish,  ularni  qo’llab  kompozitsion 
organik  materiallar  tarkibi  va  ular  asosida  har-xil  sharoitlarda  ishlatiluvchi 
raqobatbardosh  rezinatexnika  buyumlari,  shina  olish  texnologiyalarini  yaratish 
borasida  keng  kamrovli  chora-tadbirlar  amalga  oshirildi.  Bugungi  kunda  jaxon 
miqyosida  kauchuk  va  ingredientlarni  yangi  avlodini  yaratish  va  ular  asosida 
kompozitsion  elastomer  materiallar  tarkibi  va  buyumlarini  olish  ustida  bir  qator 
ilmiy ishlar olib borilmoqda: nanozarrachali organik va noorganik to’ldiruvchilarni 
yaratish;  mineral  to’ldirgichlarni  organik  oligomerlar  bilan  modifikatsiya  qilish 
texnologiyasini  yaratish;  organik  tezlashtirgichlar  sintezi;  spetsifik  xossaga  ega 
bo’lgan  kompozitsion  elastomer  materiallar  tarkibini  tuzish;  kompozitsion 
elastomer  materiallar  uchun  dispergator  va  plastifikatorlar  yaratish;  elastomer 
kompozitsiyalar asosida nanomateriallar va  ular asosida buyumlar olish tarkibi va 
texnologiyasini yaratish dolzarb yo’nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. 
Elastomer  kompozitsiyalari  tarkibi  va  olish  texnologiyasini  yaratishga  oid 
jahonda  olib  borilgan  tadqiqotlar  natijasida  qator,  jumladan,  quyidagi  ilmiy 
natijalar olingan: kompozitsion elastomer materiallar uchun modifikatsiya qilingan 
yuqori strukturaga ega mineral to’ldirgichlar olish texnologiyasi yaratilgan (Tokyo 


Institute of technology, Yaponiya); sirt faol moddalar bilan modifikatsiya qilingan 
to’ldirgichlar  qo’llash  asosida  elastomer  kompozitsiyalari  tarkibi  va  olish 
texnologik  jarayoni  yaratilgan  (Cflifornia  Institute  of  technology,  AQSH); 
kauchuklar  kombinatsiyasi  va  tolali  to’ldirgichlar  qo’llab  maxsus  xossaga  ega 
bo’lgan material taklif qilingan (Rezina ishlab chiqarish ilmiy  tekshirish instituti, 
Rossiya);  maxsus  xossaga  ega  bo’lgan  organik  materiallar  olish  uchun  azot 
biriktirgan moddalar bilan modifikatsiya qilingan to’ldirgichlar ishlab chiqarishga 
qo’llanilgan  (Polimerlar  fizika  va  kimyosi  instituti,  Ukraina),  Mineral 
to’ldirgichlarni  strukturasini  issiqlik  bilan  ishlov  berish  usuli  bilan  o’zgartirish 
texnologiyasi  taklif  etilgan  (Toshkent  kimyo-texnologiya  instituti,  O’zbekiston). 
Dunyoda  maxsus xossalar ega  bo’lgan kompozitsion organik materiallar olish va 
ularni  fizik-kimyoviy,  texnologik,  texnik  va  ekspluatatsiya  xossalarini  o’rganish 
bo’yicha  qator,  jumladan,  qo’yidagi  ustivor  yo’nalishlarda  tadqiqotlar  olib 
borilmoqda: mineral to’ldirgichlarni issiqlik bilan ishlov berish jarayonida tuzulish 
o’zgarib,  nisbiy  solishtirma  yuzasini,  moy  shimishini  va  erkin  radikallar  miqdori 
oshishi  qonuniyatlarini  aniqlash;  kauchuk  makromolekulalari  va  modifikatsiya 
qilingan  mineral  to’ldirgichlar  yuzasi,  struktura  ko’rsatgichlari,  o’rtasidagi 
bog’liqlikni  aniqlash;  yuqori  elektr  qarshishga  va  radiatsiyaga  chidamli  organik 
kompozitsion  materiallar  aralashtirish  jarayoniga  va  vulkanlash  strukturasi  hosil 
bo’lishiga,  zarrachalar  yuzasidagi  organik  appret  katlami  axamiyatini  aniqlash; 
kompozitsion  elastomer  materiallar  asosida  nanokompozitsiyalar  yangi  avlodini 
yaratish
 
Ishlatish sohasiga ko‘ra rezinalar umumiy ishlarga mo'ljallangan va maxsus 
turlarga  bo‘linadi.  Birinchi  guruhga  kiruvchi  rezinalar  havoda,  suvda,  kislota  va 
ishqorlaming  kuchsiz  eritmalarida  ishlay  oladi.  Ularni  tabiiy  kauchukdan  ham, 
sintetik  kauchukdan  ham  olish  mumkin.  Ulardan  shinalar,  tasmalar,  transportyor 
lenta-  lari  va  hokazolar  tayyorlanadi.  Alohida  xossalarga  ega  bo‘lgan  (neft 
mahsulotlari ta’siriga chidamli juda yuqori va juda past haroratda ishlay oladigan 
va hokazo) rezinalar maxsus rezinalar deb ataladi. 
Tabiiy  kauchukdan  olinadigan  texnik  rezinalaming  cho‘zilishga 
mustahkamligi va elastikligi yuqoridir. Tabiiy kauchukdan olinadi¬gan xom rezina 
yelim yordamida yaxshi yopishadi. Ular 60 °C dan 100 °C gacha haroratda ishlay 
oladi.  Bundan  ortiq  qizdirilganida  kauchuk  yumshaydi  va  ekspluatatsion 
xossalarini yo‘qotadi, past haroratda esa mo‘rt bo‘lib qoladi. 
Umumiy  ishlarga  mo‘ljallangan  rezinaning  asosiy  qismi  traktor  va 
avtomobil  shinalarini  tayyorlashga  sarflanadi.  Butadiyenstirol  (CKC,  CKMC)  va 
izopren  kauchuklar  (СКИ)  asosida  olingan  rezinalar  yaxshi  xossalarga  ega.  Ular 
cho‘zilishga  mustahkamli¬gi,  yemirilishga  chidamliligi  bilan  farq  qiladi.  80-100 
°C  haroratda  ishlay  oladi,  sovuqqa  chidamliligi  yuqori  (minus  75°C  gacha). 


Kauchuklaming  mexanik  xossalari  (ayniqsa,  elastikligi)  tabiiy  kauchuklarnikiga 
yaqin  bo‘lgani  uchun  kordga  mustahkam  birikadi.  Mexanik  mustahkamligi, 
yeyilishga va sovuqqa chidamliligi qo‘yiladigan talablarga javob beradigan maxsus 
shinalar  divenil  kauchuklar  (СКД)  asosida  olinadigan  rezinalardan  tayyorlanadi. 
Bu kauchuklar yuqorida aytilgan xossalari bo‘yicha tabiiy kau- chuklardan ancha 
ustun turadi. 
Kameralar,  shuningdek,  kamerasiz  shinalar  jipslovchi  qatlamini  tayyorlash 
uchun gaz o‘tkazmaydigan va kislorod ta’siriga chidam¬li rezinalar kerak bo‘ladi. 
Butilkauchuklar (СКБ) bu talabga javob beradi. Ularning mexanik mustahkamligi 
yaxshi  bo‘lishi  bilan  birga  issiqqa  chidamliligi  yuqori  (120°C  gacha).  Poliuretan 
kau¬chuklar  ham  yuqorida  keltirilgan  xossalarga  ega,  bundan  tashqari,  azon  va 
neft  mahsulotlariga  chidamlidir.  Ulardan  almashtiriladigan  protektorli  shinalar 
tayyorlanadi. 
Moy, benzin ta’siriga chidamli rezinalardan erituvchilarga tegib ishlaydigan 
tasmalar,  shlanglar,  zichlash  qistirmalari,  manjetlar  va  boshqa  detallar 
tayyorlanadi. Ular yonilg‘i va moyda ko‘pi bilan 
1- 
3  foiz  shishadi.  Nairitdan  olingan  moy,  benzinga  chidamli  rezi-nalar 
(xloropren  kauchuk)  keng  tarqalgan.  Bu  rezina  oltingugurt-  siz  harorat  ta’sirida 
vulkanizatsiyalanadi.  Nairit  asosida  olingan  rezinalar  neft  mahsulotlari  muhitida 
120-130°C  gacha  haroratda  ishlay  oladi.  Ular  elastik,  tezda  eskirmaydi. 
Butadiyennitril  kau¬chuk  (CKH)dan  tayyorlangan  rezinaning  ekspluatatsion 
xossalari  yana-da  yaxshiroq.  Bundan  tashqari,  ular  suyultirilgan  kislota  va 
ishqorlar ta’siriga chidamli hamdir. 
Ko‘pgina  hollarda  yuqori  harorat  ta’siriga  yaxshi  chidash  beradi-  gan 
rezinalar  kerak  bo‘ladi.  Ular,  asosan,  minus  60°C  dan  +300°C  gacha  harorat 
doirasida  uzoq  muddat  ishlay  oladigan  kremniyor-  ganik  kauchuklardan  (CKT) 
olinadi.  Yuqori  dielektrik  xossalarga  ega.  Ularning  o‘ziga  xos  xususiyatlari 
shundan  iboratki,  sernam  sharoitda  ham  ekspluatatsion  xossalari  o‘zgarmaydi. 
Shuning  uchun  ulardan  tropik  iqlimda  ishlatiladigan  buyumlar  tayyorlana¬di. 
Ularning  neft  mahsulotlarida  tez  erishi  katta  kamchiligidir.  Bu  kamchilikni 
kauchuk  molekulasiga  ftor  atomini  qo‘shib  yo‘qotish  mumkin.  Bunda  СКФ 
kauchuk  olinadi.  Bu  kauchuk  yonmaydi,  is-  siqqa  chidamli  (300°C  gacha), 
gidrotizim  shlanglar  birikmalarini  ishonchli,  samarali  zichlash  uchun  ishlatiladi. 
Pnevmatik  shlang-  larni  ta’mirlashda  vulkanizatsiyalanmagan  materiallar 
chiqariladi. Ularga protektorli profillangan rezinalar kiradi. Ular  yurish yo‘li yoki 
to‘la profilli protektor hosil qilish uchun mo‘ljallangan. Bu materiallarga qatlamli 
jipslovchi  kamerabop  rezina  listlar  ham  kira¬di.  Ular  kamerasiz  shinalar  va 
kameralami ta’mirlashda ishlatiladi. Xom rezinadan elastik rezina olish uchun uni 
140-150°C harorat¬gacha qizdirish (yaxshisi, bosim ostida) kifoya. 


Rezina buyumlarni armirlash. Rezina detallaming mustah-kamligini oshirish 
uchun  ular  boshqa  puxtaroq  (gazlama,  simli  karkas,  metall  tolalari)  elementlar 
(armaturalar) bilan kuchaytirila- di. Buning natijasida olinadigan rezina buyumning 
mustahkamligi 
rezina 
tarkibidagi 
armaturaning 
mustahkamligiga 
asosan 
aniqla¬nadi.  Armirlangan  rezina  detallarning  cho‘zilishdagi  elastikligi  sof 
rezinaning elastikligidan sezilarli darajada kam bo‘ladi, ammo  ularning egilish va 
siqilishdagi  talab  etilgan  chegaradagi  deformat-  siyalanish  xususiyatlarini  saqlab 
qoladi. 
Avtomobillarda  ishlatiladigan  armirlangan  rezina  buyumlar  jumlasiga 
rezina-gazlamali shlanglar, uzatish tasmalari va bosh¬qalar kiradi. 
Avtomobil pokrishkalari avtomobillarda ishlatiladigan qimmat- baho va juda 
katta talablar qo‘yiladigan armirlangan buyum bo‘lib, ularni tayyorlashda maxsus 
gazlamalar - kord, chefer va boshqalar- dan foydalaniladi. 
Karkasning,  pokrishkalar  bortining  shikastlangan  joylarini  ta’mirlash, 
karkasning  shikastlangan  joylarini  kuchaytirish  uchun  rezina  qo‘shilgan  kord, 
rezina  qo‘shilgan  chefer  va  plastirlar  kabi  materiallardan  (rezina  qo‘shilgan 
korddan  tayyorlangan  xochsimon  yamoqlardan)  foydalaniladi.  Ta’mirlanadigan 
pokrishka  karkasi  tayyorlangan  korddan  foydalanish  tavsiya  etiladi.  Ayniqsa, 
kapron tolalardan tayyorlangan korddan foydalangan ma’qul, chunki u mustahkam 
bo‘lgani  uchun  yamoqning  qalinligi  va  massasini  ka-maytirish  mumkin  bo‘ladi, 
g‘ildiraklarning titrashi kamayadi. 

Download 4,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish