Plastmassalarni shtamplash
. Bu usulda listovoy tayyorlanmadan iborat
termoplastlar buyumga aylantiriladi. Buyumning shakli qizdirilgan listni botirish
va uni sovutish yo`li bilan hosil qilinadi.
Shtamplashda shakl berishning
ikki usuli
bo`lib: yo`naltirilgan botirish va
erkin botirish usullaridir.
Yo`naltirilgan bostirishda buyum shakli matrisa bilan puansonning ish
yuzalari shakliga yoki matrisaning ish yuzasi shakliga bog`liq. Faqat matritsa
ishlatilganda (erkin) bosim ostidagi havo ishlatiladi yoki vakuumdan
foydalaniladi.
Erkin botirishda shakl hosil qilish usuli yirik buyumlar tayyorlashda
qo`llaniladi. Bu usulda havoning bosimidan hamda vakumli pnevmatik usulda
foydalaniladi. Bu paytda buyum shtamp devoriga ishqalanmaydi, bu esa
optikaviy tiniq buyum tayyorlashga qulaylik yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |