plastifikatorlar
ularning yumshash
temperaturasini pasaytiradi, bu esa ularni qoliplashni osonlashtiradi.
Plastifikatorlar sifatida hammadan ko`proq yuqori temperaturada qaynovchi
kichik molekulyar suyuqliklar: murakkab efirlar, xlorlangan uglevodorodlar va
boshqalar ishlatiladi. Polimerlar plastifikatorlarni shimib bo`kadi, bunda
plastifikatorning molekulyar qatlamlari zanjiriy makromolekulalar atrofida
joylashib, ular orasidagi bog`lanishlarni zaiflashtiradi. Polimerning yumshash
temperaturasining pasayishi va uning shishalanishiga, ya`ni qizdirilganda
shishasimon holatdan qovushqoq-oquvchan holatga va sovitilganda yana
shishasimon holatga o`tishining sababi ham ana shunda.
Do'stlaringiz bilan baham: |