Polikondensatlanish



Download 69,62 Kb.
bet3/4
Sana07.07.2022
Hajmi69,62 Kb.
#755289
1   2   3   4
Bog'liq
Polikondensatlanish

Mikanit. Slyudani gliftal va pentaftal qatroniga botirib olish natijasida olinib, texnik murakkab tovarlarning ba’zi qismlari uchun ishlaliladi.

Diflon. Bisfenolpropan va fosgenni polikondensatsiya qilib olinadi. Sarg‘ish rangli, tiniq, issiqqa chidamli, tutab yonadigan plastmassa. Yengil zararsizlantirilish (dezinfeksiya bo‘lish) qobiliyatiga ega bo‘lganligi uchun undan kasalxonalar va havo yo‘Li transportida ishlatiladigan idishlar ishlab chiqariladi.

Polivinilbutiral. Polivinil spirti va yog‘ aldegidini polikondensatsiya qilib olinadi. Tosh tekkanda parchalanmaydigan avtomashina oynalarining o‘rta qatlami uchun ishlatiladi.
11.4. Tarkibi o‘zgartirilgan tabiiy polimerlardan
olingan plastmassalar

Bunday plastmassalar tabiiy yuqori molekulali organik moddalardan tarkibini ba’zi moddalar ta’sirida o‘zgartirib (modi-fikatsiyalab) olinadi. Ular ikki guruhga bo‘linadi.Proteinoplastlar. Bular oqsil (protein) moddalaridan olinib, tovar ishlab chiqarishda, asosan, galalit nomli turi ishlatiladi. U kazeindan (sut mahsulotlarining qoldiqlaridan) mochevina (karbamid) va dimetilanilin yoki difenilamin ta’sirida olinadi. Kazeinda bo‘yoqlar turli kattalikdagi kolloid zarrachalari shaklida eriganligi tufayli har xil tovlanadigan plastmassalar tayyorlanadi. Galalitdan, asosan, sadaf, kahrabo va fil suyagiga o‘xshash tugmalar ishlab chiqariladi. Bu plastmassaning kamchiligi issiqlikka chidamsizligidir.



Efiroselluloza plastmassalari. Bular sellulozaga (C6H10O5)n turli kimyoviy moddalar ta’sir ettirish natijasida olinadi. Tovar ishlab chiqarishda ularni olti turi ishlatiladi.

  1. Selluloid. Sellulozadan azot kislotasi (HNO3) ta’sirida olinib, puflash usulida bolalar uchun shaqildoqlari ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Tez alangalanib yonishi sababli ishlatilishi chegaralangan.
  2. Triatsetat plyonkasi. Sellulozaga sirka kislotasi (CH3COOH) ta’sir ettirib olinadi. Tiniq va pishiqligi uchun kinofotoplyonkalar va ultrabinafsha nurlarini o‘tkazish qobiliyatiga egaligi sababli issiqxonalar ustini yopish uchun plyonka ishlab chiqarishda ishlatiladi.


  3. Atsetat tolasi. Triatsetat qatronidan olinib trikotaj buyumlar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Uning salbiy xususiyati - issiq suvda ilrishishidir.


  4. Sellofan plyonkasi. Sellulozadan natriy ishqori (NaOH) va serouglerod (CS2) ta’sirida olinib, tiniqligi uchun gullarni o‘rashda ishlatiladi. Ammo u namga chidamsiz va qog‘ozday yonadi.


  5. Viskoza tolasi. Bu sellulozani ksantogenatidan ROC(SH)=S olinib, gazlama to‘qishda ishlatiladi. Viskoza gazlamasi tabiiy ipakdan yaltiroqligi, qog‘ozday yonishi va namga chidamsizligi bilan farq qiladi.


  6. Etrol. Sellulozani triatsetati asosida bo‘r, pigment (bo‘yoq kukuni) va to‘yingan yog‘och massalari qo‘shib olinadi. Yonmaydigan va yaxshi silliqlanadigan bo‘lganligi sababli, avtomashinani nil chambaragi, telefon apparatining qobig‘i (ust qismi) ko‘zoynak gаrdishi va avtoruchkalar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Etrol so‘zi keng ishlatiladigan sohalar (elektro-teleradio) nomlarining bosh harflaridan kelib chiqqan.





Download 69,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish