Reja: - 1. Po’lat Mo’min – bolalar shoiri
- 2. Po’lat Mo’min she’rlarining bolalar hayotidagi o’rni
- 3. Po’lat Mo’min ijodida odob-ahloq masalalari
- Po`lat Mo`min 1922 yilda Toshkentda dehqon oilasida tug`ildi. O`rta maktabni tamom qilganidan so`ng pedagogika institutining til va adabiyot fakultetinida va O`zbekiston fanlari akademiyasining A.S.Pushkin nomidagi til va adabiyot institutining aspiranturasida taxsil oldi.
- Po`lat Mo`min 1945-1946 yillarda kinoaktyorlar maktabida dars berdi. 1946-1951 yillarda “Lenin uchquni” gazetasida san`at va adabiyot bo`limining boshlig`I bo`lib ishladi.
- Po`lat Mo`min shoir sifatida asosan urushning so`nggi yillarida tanildi. U pionerlar gazetasida ishlar ekan, o`z o`quvchilarining seminarlariga faol qatnashdi.1940 yillarda she`r yozishni mashq qilgan bo`lsada, asosan 1944 yildan boshlab matbuotda ko`rina boshladi.
- 1949 yilda uning bolalar uchun “Sayrang qushlar” nomli to`plami, undan so`ng “Tosh kuylari” (1951), “Oltin boshoqlar” (1951), “Bo`l tayyor” (1953), “Tish cho`tka, poroshok va atir sovun haqida ertak” (1954), “Do`stlarga” (rustilida), “Oftobchiqdi olamga” kabi to`plamlari nashr etildi.
- 1954 yildaPo`lat Mo`minning “Orinbosarlar” poemasi nashr etildi. Poema kasb tanlash, hunar maktablari o`quvchilarining hayoti, o`qishi, mexnati, o`z kasblsrini qiziqib o`rganishlari yoritilgan.
- 1958 yilda shoirning bolalar uchun “Hunardan unar”, rus tilida “Smelo shagaem” to`plamlari nashr etildi. Uning birin-ketin e`lon qilgan kitoblari “Bo`l tayyor” (1953), “Do`stlarimga” (1961), “Raxmatga raxmat” (1968), “Odob va oftob”, “Oltmish olti oltin qo`l” (1977), “Ertaklar yaxshilikga etaklar” (1985), “Eng maza, exmaza”(1981), “Ustozlar izidan” (1980), “Do`stin qancha ko`p bo`lsa” (1982), “Bolalar qalbining bayrami” (1984), “Axil bo`lib,dadil bo`lib” (1984), “Bir yuz bir oltin qo`l” (1985), “Bolalarning baxtikulgan” (19860, “Gullar ham so`zlashadi” (1988), kabi qator to`plamlari uning o`ziga xos ovozga ega talantli shoir ekanligidan dalolat beradi.
- Mazkur to`plamlaridagi she`r va qo`shiqlarida shoir zamonamizning baxtli bolalar hayotidan jonli lavhalar chizib ko`rsatadi. Po`lat Mo`min o`zining lirik she`rlari, dilrabo qo`shiqlari, ajoyib ertak va dostonlari, sahna asarlari bilan elga tanildi. U shu kunlarda ham serqirra ijodi bilan bolalar adabiyoti taraqqiyotiga o`z xissasini qo`shib kelmoqda. Xususan, odob, axloq mavzui shoir ijodidan asosiy o`rin olgan. Po`lat Mo`minning ijodiy jixatdan tinmay o`sayotganligi g`oyat quvonchlidir.
- Po`lat mo`min ijodining fazilatlaridan yana biri shundaki, u o`lkamizning go`zal tabiatini, kichkintoy zamondoshlarimizning qaxramonona mehnat zafarlarini, ularning his-hayajonini, ichki olamini ishonarli vat a`sirli qilib ifodalashga ko`rinadi.
- Po`lat Mo`minning ijodi ham kattalar ham, bolalar uchun ham mos keladi, shuning uchun ham uning qiymati balanddir. Po`lat Mo`min bolalarning qo`shiqchi shoir sifatida o`z o`rniga, ovoziga ega.
- Aytish mumkinki, po`lat mo`min bolalarning qo`shiqchi shoiri sifatida o`z o`rniga, ovoziga ega aytish mumkinki, Po`lat Mo`min bolalarning qo`shiqchi shoiri sifatida o`z o`rniga ega. Po`lat mo`min o`zbek bolalar adabiyotining qo`shiq janrini doimo avaylab, parvarish etib kelayotgan, unga yangi sayqal, yangi qanot bag`ishlayotgan shoirlardan biridir. U Hazil she`rlar, marshlar, qo`shiqlar, ho`r tarzida aytiladigan qo`shiqlar ijod qiladi.
- Po`lat Mo`min katta hayotiy materiallarni ham bolalarbop qilib tasvirlashga mohir “O`rinbosarlar” poemasida yoshlarni kasb, hunar o`rganishga da`vat etsa, “Eh rosa shirin ekan” dostonida mehnatni qadrlashga chaqiradi. Bu bilan yoshlarni ham ma`naviy, ham sog`lom bo`lishiga undaydi.
- Po`lat mo`min bolalarga qanday ertaklar ma`qul bo`lishini yaxshi biladi. U o`ziga to`qigan ertaklarda bolalarga yangilik beradigan, ular fikrini boyitadigan, tarbiyasiga ijobiy ta`sir etadigan masalalarni qalamga oladi. Po`lat Mo`minning bolalar uchun yozgan she`rlari, ertaklari yosh avlodni vatanga, hayotga, mehnatga muhabbat, do`stga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
- Shoirning o`zi aytganidek: “Bolalar adabiyoti bir daraxt bo`lsa, uning rang-barang janrlari turfa shoxlaridir. Bir shoxida hikoya, bir shoxida she`r, boshqasida ertak, yana ba`zilarida p`esalar, doston, qo`shiq romanlar…” Binobarin, Po`lar Mo`min ijodi ham xuddi shunday. U adabiyot janrlarininng rang-barang turlaridan unumli foydalangan birgina “Oltmish olti oltin qo`l” turkumining o`zida she`riy vaznning o`n ikki xil formasini ishga sola oldi. Muhimi, faqat mavzu va janrlar rang-barangligidagina emas, balki ana shu adabiyot forma va usul, uslublarini yagona maqsadga bolalarning g`oyaviy estetik takomiliga xizmat ettira bilashda edi.
- Po`lat Mo`min izlanuvchi , mehnatsevar talent sohibi. Bu hol undan yanada samarali, yuksak g`oyaviy-badiiy asarlar yozib, bolalar adabiyoti rivojiga samarali hissa qo`sha berishga ishonch bag`ishladi.
Адабиётлар: - 1. И. Каримов – «Юксак маънавият енгилмас куч» Тошкент 2008
- 2. Мамасоли Жумабоев – «Болалар адабиёти» Тошкент Ўқитувчи 1994
- 3. Мамасоли Жумабоев – «Ўзбек ва чет эл болалар адабиёти» Дарслик Тошкент 2002
- 4. www.kitob.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |