PO'LAT MO'MINNING IJODI HIKOYA VA QISSALARI
1. Po’lat Mo’min – bolalar shoiri
2. Po’lat Mo’min she’rlarining bolalar hayotidagi o’rni
3. Po’lat Mo’min ijodida odob-ahloq masalalari
Poʻlat Moʻmin (taxallusi; asl ism-sharifi Poʻlat Moʻminov) (1922.24.12 – Toshkent – 2004.2.3) — bolalar shoiri. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1992). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1983). Dastlab pedagogika bilim yurtini (1939), soʻng Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini tugatib (1944), oʻqituvchilik bilan shugʻullangan (1944–1947). "Lenin uchquni" gazetasida adabiy xodim (1948–50), Oʻzbekiston davlat nashriyotida boʻlim mudiri (1951–1952), respublika Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi (1954–60), Madaniyat vazirligi qoshidagi Sanʼat ishlari boshqarmasida dramaturgiya boʻyicha bosh muharrir (1962–64).
Ilk sheʼrlar toʻplami – "Sayrang, qushlar" (1949). Shundan keyin uning "Tong kuylari" (1949), "Oltin boshoqdor" (1951), "Tish choʻtkasi ertagi" (1955), "Hunardan unar" (1958), "Toʻgʻri oʻsgan gul boʻlur" (1960), "Aql qayerda boʻlar" (1962), "Oltin nay" (1967), "Yaxshilarga oʻxshasam" (1975), "Rahmatga rahmat!" (1969), "Eson va Omon" (1973), "Ertaqdan ertakka" (1989), "Ertaklar yaxshilikka yetaklar" (1984), "Yurak zavqu dardlarim, aytar baytu fardlarim" (1993), "Bugʻdoy bobo" (1995), "Bolajon, bolajonim" (2003) va boshqa bolalarga bagʻishlangan sheʼr va ertaklardan iborat toʻplamlari, "Kul-di xiyol" (1964), "Gul va piyoz" (1971), "Qoʻshiq aytib" (1985) singari qoʻshiqlardan tashkil topgan kitoblari nashr etilgan. Poʻlat Moʻmin mumtoz oʻzbek adabiyoti anʼanalarini davom ettirib, gʻazal, tuyuq, fard janrlarida ham koʻplab asarlar yaratgan. Uning 500 dan ziyod qoʻshiqlari gʻazal janrida yozilgan. Poʻlat Moʻminning bolalar hayotidan olingan "Qovoqvoy bilan Chanoqvoy", "Suqatoy va Konfetvoy" (1970), "Bahodirning botirligi" (1972), "Ona bolam deydi, bola onam deydi" (1975), "Oq fil yoʻqoldi" (1983), "Tuyakush-boyaqish" (1987) pyesalari respublika teatrlarida sahnalashtirilgan. A.S. Pushkin, V. V. Mayakovskiy, S. Marshak, S. Mixalkov, A. Barto va boshqa rus yozuvchilarining bolalarga bagʻishlangan asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (1998).[
Po‘lat Mo‘min adabiyot ixlosmandlariga, xususan, yosh avlodga shoir, dramaturg sifatida tanish va yaqindir. U o‘zining quvnoq she’rlari, zavqli qo‘shiqlari, qiziqarli doston va ertaklari bilan bolalarning sevimli shoirlaridan biri bo‘lib qolgan. 1992 yilda unga O‘zbekiston xalq yozuvchisi faxriy unvoni berilgan. Po‘lat Mo‘min 1998 yilda «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan.
U 1922 yil 24 dekabrda Toshkent shahrida tavallud topadi. Avval pedagogika bilim yurtida tahsil oladi. So‘ng, Toshkent Davlat pedagogika institutini tugatib (1944), o‘qituvchilik qiladi. 1948-1950 yillarda gazetalarda adabiy xodim, 1951-1952 yillarda O‘zbekiston Davlat nashriyotida bolalar adabiyoti bo‘limining mudiri bo‘lib ishlaydi. 1954-1960 yillarda Yozuvchilar uyushmasida, 1962-1964 yillarda Madaniyat vazirligi qoshidagi San’at ishlari boshqarmasida xizmat qiladi. Po‘lat Mo‘minning adabiyot oldidagi xizmatlari xalq va hukumat tomonidan yuqori baholangan. 1992 yilda unga O‘zbekiston xalq yozuvchisi faxriy unvoni berilgan. 1998 yilda esa «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |