Po'lat mo'minning ijodi hikoya va qissalari po’lat Mo’min – bolalar shoiri



Download 28,97 Kb.
bet2/2
Sana29.04.2022
Hajmi28,97 Kb.
#594352
1   2
Bog'liq
PO\'LAT MO\'MINNING IJODI HIKOYA VA QISSALARI

Ibrohim Hamroyev (1916.25.12, Buxoro — 1999.17.1, Toshkent) — kompozitor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1975), Oʻzbekiston xalq artisti (1988). Toshkent konservatoriyasi (A.F. Kozlovskiy sinfi; 1945)ni tugatgan. 1939-yildan Toshkent konservatoriyasida pedagog (1977-yildan dotsent). Toshkent musiqa bilim yurti direktori (1950-57). Operalar ("Oyjamol", 1969; "ChoʻL chaq-mogʻi", 1973), musiqatkdrama va komediyalar ("Shoir-nitxg orzusi", "Meli xobbonu Nabi tovon", "Bir gʻuncha ochilguncha"), vokal-simfonik asarlar ("Oʻzbekiston xotin-qizlari" kantatasi va boshqalar), orkestr joʻrligida chang uchun, fortepi-ano joʻrligida rubob uchun konsertlar, qoʻshiqlar ("Tinglang meni, say-yoralar", "Oʻzbekistonim mening" va boshqalar), shuningdek, bolalar uchun musi-qali spektakllar, xorlar muallifi. Musiqa oʻquv yurtlari uchun darslik va metodik qoʻllanmalar yozgan (2 qismli "Solfejio", T., 1971, 1978 va boshqalar). Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1959, 1970).
Bolalarning sevimli shoiri Poʻlat Moʻmin yoshligidanoq adabiyotga havas qoʻydi. U Toshkent pedagogika bilim yurtida oʻqib yurgan vaqtida adabiyot toʻgaragiga faol qatnashdi. Adabiyotni qunt bilan oʻqidi, oʻrgandi. Oʻrta maʼlumot olgach, hozirgi Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universitetining oʻzbek tili va adabiyoti fakultetiga oʻqishga kirib, uni muvaffaqiyatli tamomladi, aspiranturada oʻqidi, maktablarda oʻqituvchilik qildi. Soʻngra Oʻzbekiston davlat nashriyotida ishladi. Poʻlat Moʻmin qayerda ishlamasin, doimo adabiyotga muhabbat bilan qaradi, uni qunt bilan mutolaa qildi, oʻrgandi. Kichik-kichik sheʼrlar yoza boshladi. 1944 yilda “Bahorga sayohat” nomli birinchi sheʼri bosilib chiqdi. Birinchi sheʼrlar toʻplami esa 1949 yilda “Sayrang, qushlar” nomi bilan nashr etildi. Kitob adabiy jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi. Toʻplamdan munosib oʻrin olgan “Sayrang, qushlar”, “Obod oʻlkam”, “Haykal”, “Alla va Jalla” (ertak) singari asarlari mazmundorligi, qiziqarliligi bilan kitobxonlarning eʼtiborini oʻziga jalb etdi.
Bolalarga atab ijod etish, bu sohada muvaffaqiyat qozonish uchun qobiliyat va istakning oʻzigina yetmaydi. Belinskiy taʼrifi bilan aytganda, bolalar yozuvchisi boʻlib tugʻilish kerak. Bu bolalar yozuvchisi mohir pedagoglarday bola qalbining bilimdoni boʻlsin, nozik taʼb egasi, goʻdak tabiati va psixologiyasining bilimdoni, mehribon va bolajon, kamtarin va samimiy, bolalarcha soddadil ham dono boʻlsin, degan mazmunni taqozo etadi. Biz Poʻlat Moʻmin ijodida ana shunday oliyjanob xususiyatlar mujassamligini his etamiz. Shoir butun umrini bolalar orasida oʻtkazib kelmoqda. U oʻz yosh kitobxonlarining oʻy-fikrlarini, orzu-umidlarini yaqindan biladi. Ularning dillaridagini tillarga chiqara biladi.
Shoirning tinimsiz ijodiy mehnati tufayli “Hunardan unar”, “Toʻgʻri oʻsgan gul boʻlar”, “Aql qayerda boʻlar?”, “Oʻrinbosarlar”, “Oltin nay”, “Bir yarim Karim”, “Endi adashmaydi”, “Barcha bola doʻst boʻlsa”, “Rahmatga rahmat”, “Gazpolvon ertak aytar”, “Chang yutar botir”, “Doʻsting qancha koʻp boʻlsa”, “Oftob va odob”, “Yaxshilarga oʻxshasam”, “Bu juda soz”, “Eson va omon”, “Oltmish olti oltin qoʻl”, “Ustozlar izidan”, “Bolalarning baxti kulgan”, “Bir yuz bir oltin qoʻl” sheʼriy toʻplamlari: “Chanoqvoy bilan Qovoqvoy”, “Bahodirning botirligi”, “Oq fil yoʻqoldi”, “Suqatoy-konfetvoy”, “Ona bolam deydi” kabi ertaklari, pesalari yuzaga keldi. Bu kitoblarga kirgan eng yaxshi sheʼr va qoʻshiqlari, doston va ertaklari bolalar adabiyoti xazinasiga munosib hissa boʻlib qoʻshildi, uni boyitdi. Bu asarlardan bir qanchasi jahon xalqlari tillariga tarjima qilinganki, bu faqat shoirning emas, balki oʻzbek bolalar adabiyotining ham yutugʻi, obroʻsi hisoblanadi.
Kimda-kim aʼlo va yaxshi baholarga oʻqish uchun astoydil intilsa, harakat qilsa, zahmat cheksa, shubhasiz, u maqsadga erishadi, samarali bilim oladi. Agar bu intilish jismoniy mehnat bilan qoʻshib olib borilsa, yanada muvaffaqiyatli boʻladi. Poʻlat Moʻmin taʼlim va jismoniy mehnatga bagʻishlangan sheʼrlarida mehnat va mehnatsevar bolalar haqida fikr yuritadi. Baʼzan ishyoqmas, dangasa, yalqov oʻquvchilarni tanqid qiladi, ularning kamchiliklarini ochib tashlaydi. Masalan, “Besh oldim, besh!” degan sheʼrini olaylik. Asar qahramoni uzoq vaqt past bahoga oʻqib yuradi, fanlarni koʻngildagidek oʻzlashtira olmaganligidan doʻstlari, ota-onasi va oʻqituvchilar oldida oʻzini gunohkordek his qiladi. Oʻquvchi bunday qiyin ahvoldan faqat koʻproq dars tayyorlashi, kitob oʻqishi bilan qutulib ketishi mumkinligiga ham ishonmaydi. Nima boʻladi-yu, bir kuni u uyga berilgan topshiriqni qayta-qayta oʻqiydi, dars va kitobdan boshqa hech narsani oʻylamaslikka harakat qiladi. Natijada ertasi kuni “besh” baho oladi. Shu-shu bola kitobni sevib qoladi. Qunt qilish, berilgan topshiriq ustida koʻp mehnat qilish lozimligini tushunib yetadi. Oʻzidagi bunday ijobiy oʻzgarishdan xursand boʻladi. Boladagi bu quvonch va hayajonni shoir yosh kitobxon ruhiyatiga mos ravishda chizib beradi:
Shunday qilib, doʻstlarim,
Aytsam yurak soʻzlarim,
Yurishib qoldi ishim,
Koʻpayib ketdi “besh”im.
Bolalar shoirining “Tuganmas kon”, “Oʻqituvchi baho qoʻyganda”, “Koʻchalarni toʻldirib”, “Sizga nima boʻldi, oʻgʻil bolalar?”, “Yuqumli “2”lar”, “Bilsa boʻlar ekan-ku!”, “Sentabrdan kim sevinar?” kabi sheʼrlari ham aʼlo va yaxshi oʻqish uchun intilayotgan, harakat qilayotgan bolalar toʻgʻrisida yozilgandir.
Baʼzan oʻquvchi-yoshlar orasida mugʻambir-u pismiq bolalar ham topilib qoladi. Shoirning “Qoʻl koʻtarib qoʻlga tushdi” degan asari ana shunday bolalarga bagʻishlangan. Asar qahramoni aslida dangasa, ishyoqmas, qoloq oʻquvchi. U buni oʻqituvchisiga sezdirmaslik uchun har kuni dars paytida “Men aytaman, deb koʻtaradi qoʻl”. Oʻqituvchi esa bolaning bunday mugʻambirligini sezmaydi, u darsni yaxshi oʻzlashtiribdi, deb undan soʻramaydi. Oxiri bir kuni “Mayli, ayta qol” deydi. Shunda haligi bola savolga javob bera olmay, oʻqituvchi va oʻrtoqlari oldida izza boʻladi:
Darvozasiga
Urilganday gol
Qoʻlga tushgandi
U koʻtarib qoʻl.
Shoir sheʼrlarida kichkintoylarning jismoniy ishga intilishlari ham yaxshi ochib beriladi. Uning “Oftob chiqdi olamga”, “Yer chopildi – javob topildi” sheʼrlari fikrimizning dalilidir. “Oftob chiqdi olamga” asarida u xalq ogʻzaki ijodidan unumli foydalangan. Sheʼrda bolalarning harakati, urinishi, kattalar ishiga koʻmaklashishi nihoyatda taʼsirli va shirali ifodalangan.
Poʻlat Moʻmin haqiqatan ham oftob – bu olam-olam quvonch, shodlik, mehnat, yashash, yasharish ramzi ekanligini kichkintoy bolalar timsoli orqali yanada yorqinroq, taʼsirliroq aks ettirishga harakat qiladi:
Oftob chiqdi olamga,
Chopib bordim dalamga,
Dadam koʻchat ekardi,
Salom berdim dadamga.
Poʻlat Moʻminning “Yer chopildi – javob topildi” asarida mehnatdan zavqlanish tuygʻusi yorqin ifodalangan. Asar qahramoni dastlab uyga berilgan topshiriq – misollarni ishlay olmaydi. Shunda u jismoniy mehnat qilishga kirishadi – yer chopadi, terlab-pishadi. Natijada koʻngli yorishadi, fikri oydinlashadi. Uyga berilgan misollarni ham yechadi, yerni ham chopadi.
Barcha savolga
Javob topildi.
Shu bahonada
Yer ham chopildi.
Poʻlat Moʻminning “5” baho qoʻshigʻi”, “Xursandmisiz?, Xursandmiz!”, “Sentabrim”, “Uch baho – puch baho” singari qoʻshiqlari oʻqish, ilmli boʻlish mavzusiga bagʻishlangan. Oʻz ustida koʻp ishlash, kitob oʻqish, dars qoldirmaslik “aʼlo” oʻqishning mustahkam noydevori ekanligini shoir “Uch baho – puch baho” qoʻshigʻida yoritib beradi. Onalarni, keksalarni hurmat qilish, eʼzozlash (“Achom-achom buvijon”, “Mehribonim onajon!”), oʻzaro hurmat, doʻstlikni joyiga qoʻyish (“Bir jahon bolalarmiz”), har bir shodiyona, bayramlarni zoʻr tayyorgarlik bilan kutib olish, chevarlik kasbini bolalikdan bilib borish (“Koʻylagim”) mavzulariga bagʻishlab shoir oʻnlab qoʻshiqlar yaratganki, bunday qoʻshiqlar bolalarning jon-dilidir.
Poʻlat Moʻmin axloq va odob kuychisi hisoblanadi. Bu masala koʻproq uning “Birovlar”, “Bir odamning afsusi”, “Soʻzi shunaqa – oʻzi shunaqa”, “Behzodni bilasizmi?”, “Ulgʻaydimi aqlingiz?”, “Qoʻling oltin – yoʻling oltin”, “Birinchi boʻl, birinchi!” kabi sheʼr va qoʻshiqlarida ochib beriladi.
Poʻlat Moʻmin “Alla bilan Jalla”, “Ziyrak fil va ziqna baqqol”, “Har kimniki oʻziga, oy koʻrinar koʻziga”, “Unutgan oʻgʻil”, “Oltin nay”, “Dono bola”, “Bilganni qari – bilmaydi pari” singari ertak, dostonlarida xalq ogʻzaki ijodi namunalaridan unumli foydalangani koʻrinib turadi.
Poʻlat Moʻmin dostonchi shoir sifatida ham juda qadrlidir. Uning “Oltin nokli bogʻ”, “Koʻcha – koʻpchilik uchun”, “Eh, rosa shirin ekan!”, “Xolning jiyron velosipedi”, “Koʻngil istar yaxshilik” degan poyemalari allaqachon kichkintoylarning sevimli asarlariga aylanib ketgan. Shoirning dostonlarida bolalar oʻrtasidagi doʻstlik, birodarlik, oʻqituvchi va jonajon maktabga muhabbat, birlik, baynalmilallik kabi masalalar ilgari surilgan. Bolalar hayotida sodir boʻladigan yutuq va kamchiliklar badiiy boʻyoqlarda, qiziqarli lavhalarda chizib berilgan. Bir soʻz bilan aytganda: maktab oʻquvchilarining hayoti zavq-shavq bilan tasvirlanadi.
Poʻlat Moʻmin oʻzining ertak-pesalari bilan ham yosh kitobxonlar oʻrtasida shuhrat qozondi. Uning “Qovoqvoy bilan Chanoqvoy”, “Suqatoy-konfetvoy”, “Ona bolam deydi, bola onam deydi” nomli fantastik ertak-pesalari uzoq vaqtlardan beri bolalarning quvonchiga quvonch qoʻshib kelayotir.
Qovoqvoyning dangasaligi, lapashangligi, erkaligi, tantiqligini oʻtkir kulgi ostiga oluvchi va Chanoqvoyning bilimdonligi, donoligi va mehribon doʻstligini ulugʻlovchi “Qovoqvoy bilan Chanoqvoy” bolalarni yaxshilikka daʼvat etadi.
Bu asardagi yaxshi fazilatlar dramaturgning boshqa bir ertak-pesasi “Suqatoy-konfetvoy”da ham koʻringan. Tematika va gʻoyaviy yoʻnalishi, uslubi jihatidan bu ikki asar bir-biriga yaqin. Unda ham ilm, odob, halollik va mehnatsevarlik ulugʻlanadi. Voqea Bilim xola, Janjal xola, Qurt oʻrtasidagi kurash asosida rivojlanadi.
Poʻlat Moʻminning butun eʼtibori, ijodining mohiyati bolalarga pokiza hayot yoʻlini koʻrsatib berishga intilishdan iborat:
Aql, Odob, Fan yoʻli,
Yoʻllaming eng maʼquli.
Kimki yursa uch yoʻldan,
Ishi keladi oʻngdan.
Yoʻllar eltar maktabga,
Yetkazadi maqsadga.
Bugina emas, bolalar Poʻlat Moʻminning oʻnlab topishmoqlarini ham sevib oʻqib oʻrganadilar va zehnlarini charxlaydilar.
Po‘lat Mo‘min adabiyot ixlosmandlariga, xususan, yosh avlodga shoir, dramaturg sifatida tanish va yaqindir. U o‘zining quvnoq she’rlari, zavqli qo‘shiqlari, qiziqarli doston va ertaklari bilan bolalarning sevimli shoirlaridan biri bo‘lib qolgan. 1992 yilda unga O‘zbekiston xalq yozuvchisi faxriy unvoni berilgan. Po‘lat Mo‘min 1998 yilda «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan.
U 1922 yil 24 dekabrda Toshkent shahrida tavallud topadi. Avval pedagogika bilim yurtida tahsil oladi. So‘ng, Toshkent Davlat pedagogika institutini tugatib (1944), o‘qituvchilik qiladi. 1948-1950 yillarda gazetalarda adabiy xodim, 1951-1952 yillarda O‘zbekiston Davlat nashriyotida bolalar adabiyoti bo‘limining mudiri bo‘lib ishlaydi. 1954-1960 yillarda Yozuvchilar uyushmasida, 1962-1964 yillarda Madaniyat vazirligi qoshidagi San’at ishlari boshqarmasida xizmat qiladi. Po‘lat Mo‘minning adabiyot oldidagi xizmatlari xalq va hukumat tomonidan yuqori baholangan. 1992 yilda unga O‘zbekiston xalq yozuvchisi faxriy unvoni berilgan. 1998 yilda esa «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan.
Po‘lat Mo‘min dramaturg sifatida ham «Qovoqvoy bilan Chanoqvoy» (1970), «Suqatoy va Konfetvoy», «Bahodirning jasorati» kabi asarlarini yaratgan.
U, ayniqsa, mohir qo‘shiqchi shoir sifatida elga tanilgan. Shoirning «Indamadi», «Onadur ul, onadur», «Senga bir gap aytaman» kabi o‘nlab qo‘shiqlari o‘zining sodda va ravonligi, musiqiy va xalqchilligi bilan xalqimiz yuragidan o‘rin olgan.
U mohir tarjimon sifatida A.S.Pushkin, V.Mayakovskiy, S.Marshak, S.Mixalkov, A.Barto, N.Nosov asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
U 2003 yilda vafot etgan.
1949 yilga kelib uning “Sayrang, qushlar” nomli ilk toʻplami chop etiladi. Ketma-ket “Boʻl tayyor!”, “Tish choʻtkasi ertagi” (1955), “Hunardan unar” (1958), “Toʻgʻri oʻsgan gul boʻlar” (1960), “Aql qayerda boʻlar?” (1962), “Oltin nay” (1967), “Rahmatga rahmat” (1969), “Eson va omon” (1971), “Odob va oftob” (1971), “Yaxshilarga oʻxshasam”, “Gul va piyoz”, “Kuldi xiyol”, “Men sevaman, sen sevasanmi?”, “Oltin boshoqlar”, “66 oltin qoʻl”, “Ertakdan ertakka” (1990), “Fardlar kitobi” (1993) va boshqa toʻplamlari nashr etildi. Uning “Bolajon, bolajonim” kitobi 2004 yilda kitobxonlar qoʻliga tegdi. Bu toʻplamlarning hammasida yoshlarning begʻubor ruhiy dunyolari, qalb harorati va iztiroblari ifodalangan.
Poʻlat Moʻmin dramaturg sifatida ham “Qovoqvoy va Chanoqvoy” (1970), “Suqatoy va Konfetoy”, “Bahodirning jasorati” kabi asarlarini yaratgan.
U, ayniqsa, mohir qoʻshiqchi shoir sifatida elga tanilgan. Shoirning “Indamadi”, “Onadur ul, onadur”, “Senga bir gap aytaman” kabi oʻnlab qoʻshiqlari oʻzining sodda va ravonligi, musiqiy va xalqchilligi bilan xalqimiz yuragidan oʻrin olgan.
U mohir tarjimon sifatida A. Pushkin, V. Mayakovskiy, S. Marshak, S. Mixalkov, A. Barto, N. Nosov asarlarini ona tiliga oʻgirgan.
Isteʼdodli bolalar shoiri Qudrat Hikmat qisqa va samarali ijodini kichkintoylarni ilmga ishtiyoq, ona-Vatanga, jonajon yurtimizga sadoqat ruhida tarbiyalashga bagʻishladi.
Qudrat Hikmat 1925 yilda Toshkent shahrida kambagʻal oilada tugʻildi. Boʻlajak shoir Quddus Muhammadiy rahbarlik qilgan adabiyot toʻgaragida faol ishtirok etdi. Uning bu toʻgarakka qatnashishi sheʼriyat sirlarini egallashida katta ahamiyatga ega boʻldi.
Qudrat Hikmatning ijodiy oʻsishida Oybek, Abdulla Qahhor, Uygʻun, Mirtemir, Quddus Muhammadiylarning murabbiylik roli katta boʻldi.
Qudrat Hikmat bolalar uchun 1945 yildan boshlab sheʼrlar yoza boshladi. Uning dastlabki sheʼrlari bolalar va yoshlar gazetalarida hamda jurnallarida bosilib chiqdi.
Qudrat Hikmat bir qancha vaqt Chirchiq shahar gazetasida ishladi. Shu bilan birga mehnatdan ajralmagan holda hozirgi Toshkent davlat pedagogika universitetida oʻqidi. 1957 yildan umrining oxirigacha turli nashriyotlarda muharrir, boʻlim boshligʻi sifatida yosh avlodga kitoblar chop etishda fidoyilik qildi.
Qudrat Hikmatning “Mening Vatanim” (1950), “Baxtli bolalar” (1951 1952), “Odobli” (1953), “Doʻstlik” (1954), “Rodnoy Uzbekistan” (1955) kabi qator toʻplamlari nashr etildi. Keyinchalik “Ilonshoh va uning amaldori ari haqida ertak” (1963), “Soatjonning soati” (1964), “Toshbaqalar hujumi” (1965), “Daydi bola”, “Oʻgʻlim bilan suhbat” (1970) singari kitoblari bilan oʻzbek bolalar adabiyoti taraqqiyotiga samarali hissa qoʻshdi.

Shoir asarlarining mavzu doirasi keng va rang-barang. Turli yoshdagi kitobxonlar Qudrat Hikmat asarlarini sevib oʻqiydilar, ulardan estetik zavq oladilar. Shoir oʻz asarlarida bolalarni qiziqtirgan, ularning bilgisi, eshitgisi kelgan narsa va voqealarni ixcham, oʻynoqi vazn va qofiyalari pishiq ishlangan misralarda ifodalaydi.



Qudrat Hikmat ijodining yana bir muhim tomoni shundaki, u bolalar tilini yaxshi oʻzlashtirgan, oʻrgangan. Shuning uchun ham uning sheʼrlari goʻzal va yoqimli, sodda va ravon.
Download 28,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish