Tasvir nutq tipida tasvirlanayotgan narsa-hodisaning belgilarini sanashning o’zi yoki uning belgilari muhim o’rin tutgani uchun bu nutq tipida dinamikalik, izchil rivojlanuvchi harakat bo’lmaydi, balki turg’un holat mavjud bo’ladi, hatto harakat tasvirlangan taqdirda ham uning ma’lum bir qirqib olingan parchasi qotib qolgan tarzda namoyon bo’ladi, harakatlar parallel tarzda yuzaga chiqadi. Uni o’quvchi rasm, surat tarzda idrok qiladi: Tasvir nutq tipida tasvirlanayotgan narsa-hodisaning belgilarini sanashning o’zi yoki uning belgilari muhim o’rin tutgani uchun bu nutq tipida dinamikalik, izchil rivojlanuvchi harakat bo’lmaydi, balki turg’un holat mavjud bo’ladi, hatto harakat tasvirlangan taqdirda ham uning ma’lum bir qirqib olingan parchasi qotib qolgan tarzda namoyon bo’ladi, harakatlar parallel tarzda yuzaga chiqadi. Uni o’quvchi rasm, surat tarzda idrok qiladi: Dildor astoydil o’ynardi. U endi nihoyatda ochilib ketgan, uni ko’rgan odam bolali xotin deb o’ylamasdi. Chaqnagan ohu ko’zlari suzilar, sambitdek nozik bellari egilib, buralib hammani mahliyo qilgandi. Uning qoshi ham, ko’zi ham, jamiki a’zoyi badani silkinib o’ynardi. (S. Ahmad, “Ufq bo’sag’asida Narsa-hodisa tasvirlangandek ularning harakati ham tasvirlanadi. Shunga ko’ra tasvir nutq
Bunday tasvirda narsa va uning belgisi
ko’rsatiladi,uning harakati berilmaydi,
balki borliqdagi mavjud narsalar sanaladi
yoki aynan olingan bir narsaning belgilarini
sanash orqali tasvir nutq tipi shakllantiriladi
Turg’un tasvir o’ziga xos belgilari bilan rivojlantiruvchi tasvirdan farq qiladi. Avvalo, turg’un tasvirda harakatning yo’qligi uning asosiy belgisi sifatida ko’rinsa, ana shuning ta’sirida til birliklari ham tanlab ishlatiladi. Turg’un tasvirda predmetning nomini va uning belgisini bildirgan so’zlar umumqo’llash jihatdan harakatni bildirgan so’zlarga nisbatan salmoqli o’rin tutadi:
|
Qalin daraxtlarga burkangan katta hovlining etak tarafida yangigina shuvoqdan chiqqan uy-dahliz, oldi ayvon. Hovli o’rtasida atrofidan ariq aylanib o’tadigan supa. Ariq bo’ylarida rayhonlar qulf urib yashnab turipti. Suvi qochib qoqiga aylana boshlagan suxan o’rik tagi bilan bitta bo’lib to’kilgan. Supa ustida pashshaxona ichida Tursunboy barq urib uxlab yotipti. Tut tagida chog’roq so’riga nonushta tayyorlangan. Oshxona oldida sariq samovar parillab qaynab turipti. (S. Ahmad, “Qirq besh kun)
|
Do'stlaringiz bilan baham: |