Pochta xizmatlari sifatini oshirish yo'llari


Pochta tizimini daromadli sohaga aylantirish choralari muhokama qilindi



Download 0,64 Mb.
bet3/15
Sana31.12.2021
Hajmi0,64 Mb.
#212451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
O



Pochta tizimini daromadli sohaga aylantirish choralari muhokama qilindi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-oktabr kuni milliy pochta tizimini isloh qilish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Pochta tizimini xat, jo‘natma va tovarlar yetkazib berish, bank, moliya va davlat xizmatlari ko‘rsatishga ixtisoslashtirish orqali sohani barqarorligini ta’minlash muhim masala hisoblanadi. “O‘zbekiston pochtasi” AJ tizimida mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab olgan 2 mingdan ziyod bo‘linma, 7 ming nafar xodim bor. Lekin yillar davomida e’tibor berilmagani oqibatida pochta xizmatining o‘rni pasayib ketdi. Xususan, so‘nggi o‘n besh yilda 1 ming 300 ta pochta bo‘linmasi yopilgan. O‘tgan yili xorijdan kelgan 6 ming tonna jo‘natmalarning atigi 10 foizi, kurerlik xizmatlarining 30 foizi milliy pochta hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 Shu bois joylardagi ahvol o‘rganilib, Osiyo taraqqiyot banki ekspertlari ishtirokida pochta tizimini isloh qilish bo‘yicha takliflar tayyorlandi. Yig‘ilishda ushbu chora-tadbirlar Sergeli, Yangiqo‘rg‘on va Toshkent tumanlari pochtasi misolida taqdimot qilindi.

Davlatimiz rahbari sohani rivojlantirish uchun pochta tizimini daromad keltiradigan sohaga aylantirish zarurligini ta’kidladi. Xususiy operatorlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish orqali pochta bo‘limlari daromadini oshirish mumkinligi aytildi.

Masalan, hozirgi kunda elektron savdo rivojlanmoqda. Internet orqali sotib olingan tovarni egasiga yetkazib berishga doim talab bor. Qolaversa, yurtimizga kirib kelgan xalqaro tashuvchi kompaniyalarning hududlarda filiallari yo‘q. Bu imkoniyatlardan oqilona foydalanib, pochta jo‘natmalari va mahsulotlarni yakuniy manzilga yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish yaxshi samara beradi.

– Pochta sohasidagi eng asosiy vazifa odamlarning og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilishdir, – dedi Prezident.

Yig‘ilishda yakuniy manzilga yetkazish tizimini tumanlarda tajribadan o‘tkazib, kelgusi yil 1-martdan viloyat markazlarida, 1-iyuldan mamlakat bo‘yicha joriy etish rejasi belgilandi. Buning uchun jo‘natmalarni qabul qilish, saralash va onlayn kuzatish imkonini beruvchi avtomatlashgan axborot tizimini ishga tushirish kerakligi ta’kidlandi.

Shuningdek, shu yil yakunigacha milliy onlayn savdo maydonchasini joriy etish bo‘yicha topshiriq berildi. Bu tizim orqali tadbirkorlar ishlab chiqargan mahsulotini respublika bo‘yicha savdoga chiqaradi, milliy operator ularni manziliga yetkazib beradi. Bunda “O‘zbekiston pochtasi” xaridor va sotuvchi o‘rtasida kafil bo‘ladi. Shu maqsadda kelgusi yili Toshkent shahrida logistika markazini tashkil etish zarurligi qayd etildi. 

Soha daromadini ta’minlash uchun yana bir manba – uncha murakkab bo‘lmagan davlat xizmatlarini pochta bo‘limlarida ham yo‘lga qo‘yish. Shu nuqtai nazardan, “O‘zbekiston pochtasi” AJning olis hududlardagi 300 ta bo‘linmasida 13 xil davlat xizmati ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi. Shuningdek, dastlab Sergeli, Yangiqo‘rg‘on va Toshkent tumanlaridagi pochta bo‘linmalarida naqd pul inkassatsiyasi, plastik karta amaliyoti kabi bank xizmatlarini joriy etish vazifasi qo‘yildi.

So‘nggi to‘rt yilda “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan matbuot tarqatish hajmi 3 barobarga kamayib, uning jami matbuot tarqatishdagi ulushi 13 foizni tashkil etmoqda.

Mutasaddilarga bosma nashrlarni qo‘llab-quvvatlash uchun matbuot tarqatish tizimini rivojlantirish, davriy nashrlarga onlayn obuna xizmatini yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.

Yangi pochta xizmatlarini yo‘lga qo‘yish uchun xodimlarni qayta tayyorlash, pochta binosini davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlar bilan birga ishlatish masalalariga ham e’tibor qaratildi.





2020-yilda mamlakatimizda barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, pochta tizimida ham zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, pochta xizmatini daromad keltiradigan sohaga aylantirish, xususiy operatorlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish orqali pochta bo‘limlari daromadini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, aholining pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishi uchun qulayliklar yaratish maqsadida, 38 ta pochta aloqasi bog‘lamalari va 88 ta aloqa bo‘limlarining faoliyati qayta tiklandi. Natijada 275 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Ma’lumki, 2020-yil davomida butun dunyoda COVID-19 tarqalishini oldini olish bo‘yicha karantin choralari ko‘rilib, chegaralar yopilgan bo‘lsada, 32 davlat bilan yer usti transporti orqali va 38 davlat bilan havo transporti orqali o‘zaro xalqaro pochta almashinuvlari o‘tkazildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida pochta aloqasi ob’ektlari orqali 60 dan ortiq turdagi to‘lovlarni qabul qilish yo‘lga qo‘yildi va o‘tgan yilga nisbatan 1,6 barobar ko‘p to‘lovlar qabul qilindi. Shu bilan birga, ustama to‘lovli pochta jo‘natmalarini yetkazib berish xizmati tiklanib, 2020-yil yakuniga qadar 19 milliard so‘mlik jo‘natmalar yetkazib berildi.

Aytish joizki, pochta aloqasi ob’ektlarini modernizatsiya qilish va iqtisodiy barqarorligini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan bir qancha choralar ko‘rildi. 2020 yilda “gibrid pochta” tizimi takomillashtirilib, uning negizida Yagona milliy tizimi joriy etildi.

Bugungi kunda, Yagona milliy tizimdan foydalanilgan holda pochta jo‘natmalarini yuborish bo‘yicha Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, “O‘zarxiv” agentligi va boshqa davlat organlari bilan shartnomalar tuzilib, tizimli ishlar davom etirilmoqda.

Pochta jo‘natmalarini yetkazib berish mexanizmlari va logistika tizimi qayta ko‘rib chiqilib, elektroskuterlardan foydalangan holda viloyat va tuman markazlariga xizmat ko‘rsatuvchi pochtalonlarni markazdagi saralash bo‘limidan “bog‘lama-mijoz” tamoyili asosida pochta jo‘natmalarini manzilgacha yetkazib berish amaliyoti joriy etilib, 45 ta elektro-mopedlar sotib olindi. Pochta va davriy matbuot nashrlarni tashishda foydalanilayotgan avtotransport vositalarini yangilash maqsadida, 47 ta yangi avtotransport vositalari xarid qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 14 dekabrdagi “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 23 ta pochta aloqa ob’ektlarida davlat xizmatlari ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yildi. 1 ta avtomat konvertlash uskunasi sinov tariqasida “Toshkent pochtamti” filialiga o‘rnatildi. Milliy onlayn savdo maydonchasiga tadbirkorlarning ishlab chiqqan mahsulotlarini joylashtirish bo‘yicha 30 ta tadbirkor bilan shartnomalar tuzildi.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ sayti orqali sayti orqali (www.pochta.uz) davriy matbuot nashrlariga onlayn obuna xizmati yo‘lga qo‘yilib, 250 turdan ortiq davriy matbuot nashrlariga onlayn ravishda obuna uyushtirish imkoniyati yaratildi.

Shuningdek, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda yangi zamonaviy xizmatlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan bir nechta loyihalar ustida ishlar olib borilmoqda. Jumladan, elektron tijorat bozorida faol ishtirok etishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan “Milliy onlayn savdo maydonchasi”ni yaratish (hozirgi kunda mazkur loyiha test rejimida ishga tushirilgan), internet do‘konlarga to‘laqonli xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan zamonaviy logistika markazlarini tashkil etish ishlari bajarilmoqda.

Pochta aloqasi ob’ektlarida autsorsing asosida ayrim bank xizmatlarini ko‘rsatish, pochta aloqasi ob’ektlarini zamonaviy kompyuter texnikasi va mobil qurilmalar bilan ta’minlash, mijozlar nomiga kelgan pochta jo‘natmalarini olishi uchun mo‘ljallangan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi avtomatlashtirilgan komplekslari va to‘lovlarni qabul qilish avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish, pochta jo‘natmalarini qabul qilish, saralash va onlayn kuzatish imkonini beruvchi avtomatlashgan axborot tizimini joriy etish bo‘yicha ham vazifalar belgilangan.

Masalan, hozirgi kunda jadal sur’atlari bilan elektron tijorat rivojlanmoqda. Internet orqali sotib olingan tovarni egasiga yetkazib berishga doim talab bor. Bu imkoniyatlardan oqilona foydalanib, pochta jo‘natmalari va mahsulotlarni yakuniy manzilga yetkazib berishni yo‘lga qo‘yilishi yaxshi samara berib kelmoqda.

Shuningdek, pochta xizmati muhim strategik ahamiyatga ega hisoblanadi. Har qanday ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, epidemiologik vaziyatlarda ham unga bo‘lgan talab hech qachon to‘xtab qolmaydi. Balki, muntazam ravishda o‘sib boradi.

Bu esa, tizimga yangi innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, barcha hududlardagi soha xodimlarini doimiy ravishda o‘z ustida ishlash, sohada tizimli islohotlarni amalga oshirish va pochta xavfsizligini ta’minlash kabi muhim yo‘nalishlarni doimiy takomillashtirishni talab etadi.





Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish