13.2. Lok-bo‘yoq qoplamalar texnologiyasi
Qoplamalar olish uchun kimyoviy tabiati har xil bo‘lgan
lok-bo‘yoq materiallardan (LBM) foydalaniladi. Ularni yuzaga
surtish, qotirish va yuqori sifatli qoplamalar olish uchun LBM
m a ’lum xossalarga ega boMishi lozim . Suyuq lo k lar va
bo‘yoqlarning muhim xossalari quyidagilar: qovushqoqlik, yuza
ning taranglashuvi, qotish tezligi; agar kukunsimon bo'lsa, u
holda disperslik, to ‘kilish, qoplama hosil bo‘lish harorati va
davomiyligi (vaqt).
Bu ko‘rsatkichlar va ularni boshqarish yo‘llarini bilish, qop
lamalar olish texnologiyasi va ular xossalariga maqsadli *ta’sir
qilish imkonini beradi.
L ok-bo‘yoq qoplam alari (LBQ) asosini organik tabiatli
polimer plyonkalar tashkil qiladi, shuning uchun ularni ko‘pincha
organik LBQ deb atashadi. Ularga tarkibida turli ingrediyentlar:
plyonka hosil qiluvchilar (polimer), pigmentlar, modifikatsiya-
lovchilar va boshqa qo‘shilmalar saqlagani uchun kompozitsion
polimer materiallar sifatida qarash mumkin.
100
Plyonka deyilganda, moddaning yaxlit yupqa qatlam holatidagi
ko‘rinishi tushuniladi. Plyonkalar ozod va adgeziyalangan boiadi.
Qattiq sirtlar bilan adgezion kuchlar orqali bog‘langan plyonkalar
LBQ — lok-bo‘yoq qoplam i deyiladi. Bu holat lok-bo‘yoq
texnologiyasining o‘ziga xosligi bilan ta’minlanadi, ya’ni LBQ
qattiq sirt-yuzaga tayyor plyonka quyish bilan emas, balki plyonka
hosil bo‘lish jarayonida yuzaga keladi.
LBQ o ‘ziga xos xususiyatlarga ega, ularning qalinligi 10^300
mkm atrofida boiadi. Juda yupqa bo‘lganligi sababli, yuqori
solishtirma yuzaga, ya’ni 10—1000 sm2/sm 3 ga ega.
Qoplamalar plyonkasimon holatda boiganligi uchun o‘ziga hos
shakllanish yuz beradi, ya’ni plyonka qancha yupqa b o is a ,
yuzasining roli shuncha nam oyon b o ia d i. LBM qoplam asi
solishtirma yuzasining qalinligi nomaqbul ekspluatatsiya sharoitini
keltirib chiqaradi.
LBQ ikki xil kontakt yuzaga ega: birinchisi — tashqi muhit
bilan (odatda, gazsimon yoki suyuq), ikkinchisi — qattiq jism yoki
asos (подложка) bilan. Bu ularning yelimli birikmalardan farqidir.
Yelim qatlami ikkitomonlama qattiq jism bilan bogiangan boiadi.
Tashqi muhit va asos ta ’siri plyonka kontakt yuzasining kimyoviy
tarkibi va strukturasida namoyon boiadi. Shuning uchun LBQ ga
flzik va kimyoviy jihatdan bir jinsli boim agan sistemalar sifatida
qarash kerak.
Shunday qilib, plyonka hosil qiluvchining eritm asi yoki
suyuqlanmasidan shakllangan qoplamalarda oralarida uzluksiz
chegara boigan uchta qatlamni farqlash mumkin: yuqori (yoki
«havo»), oraliq (yoki «o‘rta») va pastki — adgeziyalovchi, yoki
«оупа». Yuqori qatlami shakllanishi 0?jarayonida qoplam havo bilan
ta ’sirlashgani uchun ko‘proq darajada havoga bog iiq boiadi.
Oksidlanish destruksiyasi va plyonka hosil qiluvchining havo
kislorodi va namligi ishtirokida boradigan boshqa kimyoviy
o‘zgarishlari shu qatlamda sezilarli boiadi; o ‘rta qatlamga, ayniq-
sa, pastki qatlamga (adgeziyalovchi va g‘ovaksiz asoslar) havo
kislorodi va namligi kirishi sekinlashadi. Asos — podlojka ham
kimyoviy reaksiyalar borishida qatnashadi, qoplam alar shakl-
lanishida, ayniqsa yuqori haroratda, ularning katalitik yoki ingi-
birlish roli namoyon boiadi.
101
Asosdagi qoplamning fiksatsiyasi va qattiq yuza kuch may-
donining unga ta ’siri adgezion qatlamning fizik jarayonlari:
kirishish, shishalanish, oriyentatsion belgilar (effekt)iga ham ta ’sir
qiladi. Bulaming hammasi qoplama strukturasiga m a’lum darajada
ta ’sir etadi. Adgeziya qatlam ida qoplam hosil qiluvchining
molekulasi ko‘ndalang yuza oriyentatsiyasiga duch keladi, bunda
polimer massasiga nisbatan kuchsiz struktura shakllanadi. Asosdan
uzoqlashgan sari qoplamning oriyentatsiya darajasi va anizotropiyasi
keskin pasayadi, polimerning sirtki molekular tashkil bo‘lish jara-
yoni ortadi, jadaliashadi. Kristall polimerlardan tayyorlangan qop-
lamalarda bir jinssiz struktura, ayniqsa, sezilarli bo‘ladi. Polimer
makromolekulalarining sust qo‘zg‘aluvchanligi va kristallanish
markazlari sonining ko‘pligi (qattiq yuzaning fiksatsiyalovchi hara-
kati) tufayli adgeziya qatlamida kristallanishda qiyinchiliklar yuzaga
keladi. Bu holat oraliq va yuqori qatlamlarda kuzatilmaydi, kristal
lanish darajasi adgeziya qatlamiga nisbatan ko‘proq.
Sferolitlanish ham birlamchi kristallanishga ma’lum darajada
o'xshash. Hajmi bo‘yicha maksimal sferolitlar qoplamning o ‘rta
qismiga to ‘g‘ri keladi, periferiyaga (chetga) va podlojkaga yaqin-
lashgan sayin ular kichiklashadi yoki boshqacha morfologik shakl
qabul qiladi. Sferolitlar adgezion qatlamda faqat bir yo'nalishda
o‘sgani uchun uzunlashgan (ustunsimon) shaklga ega bo'ladi. Bunda
chegaraviy transkristall qatlam hosil bo'lish ehtimoli bo‘ladi. Uning
uzunligi qoplam shakllanish sharoitiga bog‘liq bo‘lib, turli poli-
merlarda turlicha bo‘ladi, polietilen qoplamalarda u 20 mkmga teng
bo‘ladi.
Ayrim qatlamlarning strukturaviy farqi ularning xossalarida
namoyon bo‘ladi. Shundan, amorf polimerlar eritmasidan olingan
qoplamning pastki qatlami kuchli sorbsion xususiyatga va qoidaga
muvoflq, oraliq qatlamga nisbatan pastroq qattiqlikka ega bo‘ladi.
Bunda (transkristallanish holati bundan mustasno) u kichik
zichlikka ega bo‘ladi, ammo hajm bo‘yicha yuqoriroq shishalanish
harorati (makromolekulalarning qo‘zg‘aluvchanligi cheklanganligi
sababli) kuzatiladi.
K o‘p qoplam alar k o ‘p kom ponentli sistemalarga kiradi,
ularning qalinligidagi bir jinslimaslik (ba’zan hajmda ham) plyonka
1 02
hosil qiluvchining mikro- va makroqatlamlanishi, plastifikatorlarning
yuzaga chiqib qolishi yoki kristallanishi, plyonka hosil bo'lishi
paytida pigmentlaming yuqoriga ko‘tarilib chiqishi (flotatsiya) yoki
c h o ‘kib qolishi, asos yuzasidagi k o m p o n en tlarn in g tanl ab
adsorbsiya qilishi natijasida sodir bo'lishi mumkin.
Qoplama har bir qatlami bir jinslimasligini LBM ning retsep-
turasi orqali ham o ‘zgartirish mumkin, masalan, o‘zaro qovush-
maydigan qoplam hosil qiluvchi aralashmadan foydalanganda.
Podlojkada qoplamaning shakllanishi unda kirishish hodisasi
bilan bog‘liq. To'la relaksatsiya bo‘lmaganida kirishish natijasida
qoldiq kuchlanishlar yuzaga keladi. Shunday qilib, qattiq zanjirli
am orf yoki kristall polimerlardan olingan LBQ ichki kuchlanishli
sistemalardir. Bunga qog‘ozga surtilgan akvarel bo‘yog‘ining yupqa
qatlamini misol sifatida keltirish mumkin. Bunda bo‘yoqning o ‘zi
ham qog‘ozni biroz bug‘lanishiga sabab bo‘ladi.
Eng yupqa lok-bo‘yoq qatlamini ham suyuq va gaz adsorb-
siyasidan farq qilish kerak. Suyuqlik va gazlar faqat adsorbent
yuzasida bo‘ladi, LBQ qoplamlari esa yuzada kogezion mustahkam-
ligi hisobiga saqlanib turadi.
Qoplamalarning yuqorida keltirilgan xususiyatlarini LBM olish
va ekspluatatsiya qilishda hisobga olish lozim. Hozirgi paytda
ekspluatatsiyaga moyil qoplamalar plyonkalarini kamaytirish ustida
ishlar olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |