xodimlari savdo kartasi muvaffaqiyatli inkassatsiya qilinganini tasdiqlaganlaridan keyingina yuqorida aytilgan tranzaksiyalar ro‘yxatini terminal xotirasidan o‘chirishi kerak.
Bu talab bajarilmagan taqdirda yuqoridagi tranzaksiyalar bo‘yicha mablag‘larni savdo-servis korxonasining hisob-kitob varag‘iga o‘tkazishning iloji yo‘qligi uchun bank ular oldida javobgar bo‘lmaydi.
Savdo kartasi haqida axborot olish. Savdo nuqtasining xodimi istalgan vaqtda, agar bu vaqtda terminalda operatsiya
bajarilmayotgan bo‘lsa, savdo kartasining balansini tekshirish imkoniga ega. Buning uchun terminalda menuning “Do‘kon” bandini tanlash kerak. Shunda terminal displeyida savdo kartasining balansi hamda bajarilgan “To‘lov” operatsiyalari miqdori haqidagi axborot aks etadi.
Bu ma’lumot yashil tugmani bosish orqali chek qog‘oziga chiqarilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |