5. TERMINALDAN FOYDALANISh ShARTLARIGA DOIR TALABLAR
Savdo terminalini o‘rnatish uchun xona va joyni tayyorlash bo‘yicha biron bir maxsus tadbirlar amalga oshirilishi talab qilinmaydi. Savdo terminali va mijozning ko‘chma klaviaturasidan foydalanish shartlari ofis va maishiy elektr-texnika vositalariga qo‘yiladigan shunday talablarga muvofiqdir. To‘liq funksional statsionar terminallar o‘zgaruvchan tok kuchlanishi 220 voltni va chastotasi 50 gersni tashkil etadigan birlamchi elektr tarmog‘iga ulab ishlatiladi.
To‘liq funksional ko‘chma terminallar o‘z ishida ularga o‘rnatilgan akkumulator batareyalaridan foydalanadi. Bu batareyalar o‘z navbatida o‘zgaruvchan tok kuchlanishi 220 voltni va chastotasi 50 gersni tashkil etadigan birlamchi elektr tarmog‘iga ulanadigan zaryad berish maxsus qurilmalaridan kuch oladi.
Miniterminallar ularning har ikki tomonida joylashgan tegishli bokslarga o‘rnatiladigan 1,5 volt kuchlanishli ikkita standart batareyka kuchi bilan ishlaydi.
Foydalanish qoidalari savdo nuqtasining xodimlari va boshqa shaxslar (masalan, karta ushlovchi) og‘ishmay bajarishi shart bo‘lgan quyidagi talablarni o‘z ichiga oladi:
-har qanday operatsiya bajarilayotganda terminal riderlaridan uning savdo kartasini yoki ushlovchi kartasini chiqarib olmaslik. Albatta, operatsiya tugashini va keyin operatsiya cheki qog‘ozga chiqishi yoki terminal yoxud uning ko‘chma klaviaturasi displeyida tegishli xabar paydo bo‘lishini kutish va shundan keyingina kartochkalarni riderlardan chiqarib olish;
-operatsiya bajarilishidan oldin savdo nuqtasining xodimi terminalda qog‘oz borligiga va u yozuv qurilmasiga kiritilganiga ishonch hosil qilishi zarur;
-operatsiya bajarilayotgan vaqtda terminalni elektr tarmog‘idan uzmaslik;
-savdo kartasi terminal orqali inkassatsiya qilinayotganda yoki ushlovchi kartasi bilan “mablag‘larni tushirish”, “mualliflashtirish”, “hisobvaraq balansini ko‘rish”
operatsiyalari bajarilayotgan vaqtda terminalning modem simini telefon liniyasidan uzmaslik;
-miniterminal orqali operatsiya bajarilayotganda avtonom elektr ta’minoti elementlari – batareykalarni undan chiqarmaslik;
-operatsiya cheki yoki nazorat tasmasi qog‘ozga chiqarilayotganda terminal
klaviaturasining tegishli tugmasini bosib, qog‘ozni o‘tkazib yubormaslik hamda yozilayotgan chek yoki nazorat tasmasini majburlab (qo‘lda) tortmaslik;
-plastik kartalar ishdan chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida savdo kartasi yoki
ushlovchi kartasining mikroprotsessori yoxud umuman plastik kartochkaning o‘ziga nisbatan mexanik kuch ishlatmaslik, shuningdek har xil turdagi va xususiyatdagi boshqa ehtimoliy ta’sirlar ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
-bank xodimlari ilgari savdo terminali bilan ishlashni hamda plastik kartochkalar ushlovchilarga xizmat ko‘rsatish qoidalarini o‘rgatgan savdo nuqtasining xodimi almashgan hollarda savdo-servis korxonasi yangi xodimga sobiq xodim yoki bank vakili bu narsalarni o‘rgatishini ta’minlashi shart. Bank vakili o‘rgatishi uchun bankka tegishli buyurtmanoma (og‘zaki yoki yozma) berilishi zarur;
-terminal riderlariga bu riderlarning o‘zini, terminal savdo kartasini, ushlovchi kartasini va umuman terminalni ishdan chiqarishi mumkin bo‘lgan begona buyumlar va namlik kirib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Faqat buning uchun maxsus tayinlangan va bank vakili tomonidan o‘rgatilgan savdo nuqtasining xodimi terminal, mijozning ko‘chma klaviaturasi, savdo kartasi bilan ishlashiga yo‘l qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |