Plastidalar. Ular (yumaloq yoki oval shaklida bo’lib, ikki qavatli oembnma bilan o‘ralgan bo’lib rangsiz (proplastidlar, leykoplastlar, etioplastlar) yoki rangli (xloroplastlar, xromoplastlar) organoiddir



Download 1,13 Mb.
bet1/2
Sana14.06.2022
Hajmi1,13 Mb.
#669608
  1   2
Bog'liq
xloroplastlar


Plastidalar. Ular (yumaloq yoki oval shaklida bo’lib, ikki qavatli oembnma bilan o‘ralgan bo’lib rangsiz (proplastidlar, leykoplastlar, etioplastlar) yoki rangli (xloroplastlar, xromoplastlar) organoiddir. Yuksak o‘simlik barg hujayrasida 20-50 dona plastida bo’ladi. Mesiderma to‘qimalari hujayralarida ko‘proq uchraydi.
Leykoplastlar. Pigmentsiz organoid, shakli deyarli dumaloq va unda zaxira moddalari ya’ni oqsil, kraxmal, lipid donachalari bo’ladi. Agarda leykoplastlar kraxmal tutsa-amiloplastlar, yog’lami tutsa- elayoplastlar, oqsillami tutsa-proteinoplastlar deyiladi. Leykoplastlar ko‘pchilik hosil qiluvchi to‘qimalar tarkibida, yer ostki organlari (ildizpoyalar) va urug‘da ko‘p uchraydi. Ular qo‘sh membranalardir. Yorug’lik ta’sirida ulardan xloroplastlar hosil bo’lishi mumkin. Etioplastlar o‘simliklami qorong‘ulikda o‘stirganda shakllanadi. Yomg’lik ta’sirida esa xloroplastlarga aylanadi.
Xloroplastlar. Ulaming rangi yashil, uzunligi 5-10 mkm, diametri 2-3 mkm atrofida bo’lib bargning bitta hujayrasida 15-20 dona yoki undan ko‘proq miqdorda bo’lishi mumkin. Ulaming tarkibida xlorofill va karotinoid pigmentlari bo’lib fotosintezda faol ishtirok etadi. Boshqa plastidalar kabi xloroplastlar ham tashqi va ichki membranalar,bilan o‘ralgandir. Xloroplastning ichki gomogen muhiti stroma deyiladi.
Xloroplastning ichki membranasi tilakoidlami hosil qiladi. Agarda tilakoidlar bir necha qavat bo’lib joylashsa, gran tilakoidlari deyiladi. Granlami bir-biri bilan tutashtiruvchi tilakoidlar stromalar tilakoidlari deyiladi (I.8-rasm). Tilakoidlar membranasida yashil (xlorofill), sariq va qizil (karotinoidlar) pigmentlar va boshqa yorug’lik energiyasini yutilishini va foydalanilishini ta’minlovchi komponentlar (redoks zanjirli H+- nasoslari) joylashgandir. Uglevodlaming biokimyoviy sintezi va o‘zlashtirilishi stromada ro‘y beradi hamda ularda kraxmal yig‘iladi.


I.1-rasm.Xloroplastning tuzulishi (B.B.Kuznetsov, G.A.Dmitriyev, 2005) a -rasm, b-tuzulislx sxemasi. 1-tashqi membrana, 2-stroma, 3-tilakoid stromalari, 4-granlar, 5-ichki membrana, 6-tilakoid granlari, 7-DNK, 8-ribosoma, 9-kraxmal donachalari.
Xromoplastlar-sariq, qizil va qo‘ng‘ir rangda bo‘lib, o‘simlikning turli xil organoidlarida, xususan, guli va mevalarida ko‘p uchraydi. Masalan, pomidor va boshqa ko‘pchilik mevalarning rangi xromoplastlar tarkibidagi karotinoidlarga bog‘liq. Ularda karotin- C40H56, lyutein- C40H56O2, violoksantin- C40H56O4 pigmentlari bo’ladi. Ulami shakli xilma-xildir (dumaloq, uchburchak, ignasimon va h.k.).
Xromoplastlar tufayli gullaming turli xil rangi hasharotlami jalb qilishda va chetdan changlanishda katta ahamiyatga ega. Hujayraning o‘sishi davomida xloro- va xromoplastlar bo’linib ko‘payadi. Ayrim hollarda bo‘rtib ko‘payishi ham mumkin. Ulaming bo linishi har 6-20 soatda ro‘y berishi mumkin va ushbu jarayon nurlaming tarkibiga ham bog‘liq. Masalan, qizil nurlar (660 nm), bo’linishni kuchaytirsa, uzun qizil nurlar (730 nm) va past harorat ushbu jarayonni sekinlashtirish va to‘xtatishi mumkin.
Ma’umki, fotosintez yashil o‘simliklaming bargida sodir bo‘ladi. Bargning huijayraviy tuzilishi fotosintezga, nafas olishga va traspirtatsiyaga moslashgan. Uning ustki va ostki tomoni po‘st bilan qoplangan. Qoplovchi to'qima epidermis bir qator zich hujayralardan iborat bo’lib ular yorug’likni yaxshi o‘tkazadi. Po‘stni o‘rtalarida barg og’izchalari joylashgan va ular ko‘proq barg plastinkasining ostida bo’ladi. OgMzchalar orqali gazlar almashinuvi sodir bo’ladi. Ustki po‘st ostida tayoqchasimon, zich joylashgan hosil qiluvchi hujayralar (mezofil) joylashadi. Ularda xloroplastlar ko‘p. Bulami tagida esa dumaloq formadagi hujayralar tarqoq holda joylashib bo‘shliqlar hosil qiladi, bu bo‘shliq gazlar va suv almashinuvida ishtirok etadi.
Xloroplastlar. Xloroplastlar barglarda va yashil novdalarda uchraydi, ularda fotosintetik sistema joylashgan bo’ladi. Har bir hujayrada 20-50 va undan ko‘p xloroplastlar uchraydi. Xloroplastlar tarkibining 75% suvdir. Quruq ogMrligiga nisbatan 40-45%-oqsillar, 20—30%—Iipidlar, nuklein kislotalar va mineral elementlar uchraydi. Ular oqsil sintez qiluvchi tuzilma ribosomalar mavjudligi bilan ajralib turadi. I'otosintezda ishtirok etuvchi hujayralar pigmentlar va fermentlar sistemasiga ega. Boshqa plastidalar kabi xloroplastlar ham tashqi va ichki membranalar bilan o‘ralgandir. Xloroplastning ichki gomogen muhiti strom a deyiladi. Xloroplastlaming ichki membranasi tilakoidlami hosil qiladi. Agar tilakoidlar bir necha qavat bo’lib joylashgan bo’lsa ular gran tilakoidlari deyiladi. Ular lamellar va plastinkasimon tuzilishga ega. Lamellalaming yuzasida mayda globulelar bo’ladi va ulami kvantosomlar deyiladi. Xloroplastlar uch xil yoM bilan hosil bo’ladi, ya’ni oddiy ikkiga bo’linish, kurtaklanish va hujayra yadrosi orqali ko‘payish. Hujayra yadrosi orqali ko‘payishda yadroning sirtida bo‘rtmacha hosil bo’ladi. So‘ngra u kattalashadi va membranadan ajraladi hamda siloplazmada shakllanadi. Bunda yorug’lik muhim ahamiyatga ega, chunki qorong‘ulikda xloroplastni stromasi va hajmi shakllansa, yorug’likda barcha ichki tuzilmalari va pigmentlari hosil bo’ladi.
Shuni ayib o‘tish Iozimki, barcha o‘simliklaming xloroplastlari bir xildagi vazifani bajarsada, lekin ulaming tuzilishi bir xilda emas. Pigmentlar. Xloroplastlar tarkibida, asosan, uch xil pigmentlar uchraydi: 1) xlorofillar; 2) karotinoidlar; 3) fikobilinlar. Xlorofillar 1817-yili fransuz kimyogarlari Pelte va Kavantu tomonidan yashil bargdan erkin pigment holida ajratib olingan (V.2-rasm). Nemis olimi Vilshtetter xlorofillaming xlorofill «а» - C55H72 0 5H4Mg; xlorofill «Ь» — C55H7o0 6H4Mg kimyoviy tarkibini o‘rgangan: Xlorofill «а» to‘q yashil rangda bo‘lsa xlorofill «Ь» sariq yashil rangga ega. Yashil barglarda .xlorofill «а» miqdori xlorofill «Ь» miqdoridan 20-40% ko‘p. Xlorofillar hujayrada oqsillar bilan bog’langan holda bo’ladi, shuning uchun bargniqg suvli ekstratli kalloid eritma hosil qiladi. Atseton va spirt xlorofillni bargdan osonlik bilan ajratadi. Xlorofillni oqsilli kompleksi mustahkam bo’lib, turli noqulay sharoitlarda ham buzilmasdan o‘z vazifasini bajaradi (VI.2 -rasm). Xlorofill «а» fotosintezlovshi organizmlar uchun umumiy yagona pigmentdir. Yutilgan energiya bu pigment orqali bevosita fotosintetik reaksiyalarda ishiatiladi. Xlorofill «а» qizil spektrdan 660-663 nm, ko‘kdan 428-430 nm, xlorofill «Ь» esa qizil spektrdan 642-644 nm va ko‘k spektrdan 452-455 nm toMqin uzunligidagi nurlami yutadi. Ular yashil va infraqizil nurlami yutmaydi. Spektroskopda xlorofill yutgan nurlarining o‘mi qoramtir bo‘lib ko‘rinadi. Xlorofillni optik xususiyatlaridan biri-flourestsentsiyadir, ya’ni u yutgan nurini qaytarish xususiyatiga ham ega. Aks etgan yorug‘Iikda xlorofill qizil rangda ko‘rinadi. Xlorofill yorug‘likda o‘sgan o‘simliklarda hosil bo’ladi, qorong‘ulikda o‘sgan o‘simliklarda bo’lmaydi. Shuning uchun qorong‘ulikda o‘sgan maysalaming rangi sariq yoki rangsiz bo’ladi va ulami etiollangan o‘simliklar deyiladi. Etiollangan o‘simliklaryomgMik- ga chiqarilganda yashil rangga kiradi. Ayrim hollarda yorug’likda o‘simlikIaming bargi ham sarg'ayishi mumkin. Buni xloroz deyiladi. Bu hodisa tuproqda magniy yoki temir moddasining yetishmasligi natijasida hosil bo’ladi. Bunda xlorofill sintezi keskin pasayadi. Buni ko‘p ohakli tuproqlarda kuzatamiz. O‘simlikka temir tuzining eritmasi purkalsa, u yashil rangga o‘ta boshlaydi. o’simlik quruq og’irligining 0,6-1,2% Xlorofillar miqdoriga to‘g‘ri keladi.
Karotinlar organik erituvchilarda, ya’ni xloroform, benzol aseton va efirlarda yaxshi eriydi. Ammo metil va etil spirtlarida deyarli erimaydi. Shuningdek, ular kuchli yorug’lik, yuqori harorat va kislotalar ta’sirida engil parchalanadi. Karotinoidlar quyidagi vazifalarni bajaradi: 1. Fotosintez jarayoni uchun kerakli yorug’lik nurini yutadi. 2. Xlorofillami kuchli yorug’likdan himoya qiladi. 3. Fotosintezda 0 2 ajralib chiqishida qatnashadi. Karotinoidlar quyosh nurlaridan ko‘k binafsha va ko‘k (480-530 nm) nurlami yutib ular energiyasini xlorofillga («а») uzatadi. Karotinoidlar. O‘simliklar yashil barglarida xlorofill bilan birgalikda sariq va qizil rangdagi pigmentlar ham mavjud bo’lib, ular karotinoidlar deb ataladi. Karotinoidlar sabzi ildizmevalari hujayralarida ko‘p bo’ladi. Karotinoidlar miqdori xlorofillga nisbatan uch marotaba kam bo’ladi, shunga ko‘ra sezilmaydi. Karatinoidlar ikki guruhga bo’linadi ya’ni karotinlar va ksantofillar. Karotinlar (С4оН5б) bir necha xil bo’ladi: a, p, y-karotin va ulardan a va p-karotin xloroplastlarda ko‘p uchraydi. Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha karotin 8 molekula izopren qoldig‘idan iboratdir. Ksantofillar ko‘p atomli spirtlar bo’lib vakillari lyutein (C40H56O2), violoksantin (C40H56O4) pigmentlaridir. Karotinning (6 ) struktura formulasi: Fikobilinlar. Suv o'tlaridan yuqoridagi pigmentlardan tashqari maxsus pigmentlar ham uchraydi. Ularga fikobilinlar deyiladi. Ularga fikoeritrin va fikotsianin kiradi. Fikoeritrin (C34H47H40 g) qizil suv o‘tida uchraydi, rangi qizil bo’ladi. Fikotsianin (C34H42H40 8) ko‘k yashil suv o‘tini pigmenti bo’lib, ko‘k rangda bo’ladi. Ular murakkab oqsillardir, tarkibida to‘rtta pirol halqasi uchraydi va ular qo‘sh bog’lar bilan bog’langan. Fikoeritrin—498-508 nm, fikotsianin esa 585-630 nm toMqin uzunlikda bo’lgan nurlarni yutadi va xlorofillga (a) uzatadi. Bu pigmentlarning chuqur suv ostida o'sadigan o‘simliklar uchun ahamiyati kattadir. Qizil nurlar 34 metr chuqurlikda, sariq nurlar-180 metr, yashil nurlar-320 metr, ko‘k yashil nurlar esa 500 metr chuqurlikda to’la yutiladi. Umuman fikobilinlar yutgan yorug’lik energiyasining 90% xlorofillga (a) uzatiladi.

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish