ISSUE 9. SENTABR
O„ZBEK XALQ ERTAKLARIDA
SAFAR MOTIVI
Mashrapova Gulsanam Axadovna
Farg„ona davlat universiteti tadqiqotchisi
O„zbekiston, Farg„ona
mashrapovag83@mail.ru
Annotatsiya
: Ushbu maqolada safar
motivining xalq og‗zaki ijodi janrlari,
xususan, ertak janrida tutgan o‗rni haqida
ayrim mulohazalar misollar asosida bayon
qilingan.
Kalit so„zlar
: motiv, safar, ertak, xalq
dostonlari, syujet, voqealar rivoji
Аннотация
: В статье приведение
примеры роли мотивов путешествий в
фольклорных жанрах, особенно в жанре
сказки.
Ключевые слова
: мотив, путешествие,
сказка, народые сказки, сюжет
Annotation
: This article provides examples
of the role of travel motifs in folklore
genres, particularly in the fairy tale genre
Keywords
: motive, journey, fairy tale, folk
tales, plot
Ertak xalq nasrining yetakchi janrlaridan
biri bo‗lib, xalqning ulug‗vor g‗oyalari,
dunyoqarashi, ruhiy kechinmalari ijtimoiy-
siyosiy, oilaviy-maishiy, diniy, ahloqiy
ideallari o‗ziga xos badiiy aks ettirgan
mustaqil turi [1,104]. Ertak eng keng
tarqalgan folklor janr sifatida har bir xalq
ijodida yashovchanlik xususiyatiga
ega,chunki insoniy sifatlarni kamol toptirish,
go‗zallikni his etish, yurtni sevish va
himoya qilish, xalqning orzu-istaklarini
ro‗yobga chiqarish ertaklarning azaliy
mavzulari hisoblanadi. Folklorshunoslik
bo‗yicha olib borilgan tadqiqotlarda ham
ertak mavzusi salmoqli o‗rin tutadi.
Yetakchi olimlarimiz tomonidan
ertaklarning mavzusiga ko‗ra turlari,
struktural tahlili, boshqa janrlar bilan
aloqasi, yetakchi qahramonlari, ertaklardagi
turli motivlar masalasi atroflicha
o‗rganilgan. Ushbu tadqiqotlar, shuningdek,
xalqimizning ertak janridagi boy adabiy
merosi shuni ko‗rsatadiki, safar motivi ham
boshqa motivlar singari ertak syujetida
muhim o‗rin tutgan holda voqealarni tashkil
etuvchi, rivojlantiruvchi, qahramonni
sinovdan
o‗tkazuvchi, maqsadiga yo‗llovchi va
yetkazuvchi muhim omil hisoblanadi.
Ko‗p tomli ―O‗zbek tilining izohli
lug‗ati‖da
safar
so‗ziga shunday izoh
berilgan: ―safar – sayohat, sayr, biror joyga
borish. Xizmat yo‗li bilan yoki sayohat
qilish, uchrashish maqsadida biror yerga
borish; yo‗l [2:460].
Alisher Navoiy ―Mahbub ul-qulub‖ asarida
bu tushunchani juda keng ta‘riflaydi:
―Safar – ayriliqqa uchraganlarni maqsadiga
yetkazuvchi va mahrumlarni murod uyiga
olib kiruvchidir. Safar xom odamlarni
pishiruvchi va taomlarni singdiruvchidir.
Safar kishilarni olam ajoyibotlaridan
bahramand qiladi, g‗aroyibotlar dunyosidan
xabardor qiladi‖ [3:538]. Shuningdek, shoir
- 167 -
Volume 1 Issue 05, May 2021
ISSN 218
Do'stlaringiz bilan baham: |