ISSUE 9. SENTABR
hikoyatlarda ham muallif ilgari surmoqchi
bo‗lgan g‗oya safar motivi orqali yuzaga
chiqadi, qahramonlar o‗zligini, xarakter-
xususiyatini safar chog‗ida namoyon
qiladilar.
Har qanday epik ijod, birinchi navbatda,
ertak va dostonlar ham o‗z qurilmasiga ega.
Motiv ana shu qurilmada asosiy o‗rin
tutadi. Shunday ekan, folklor asarlar tahlili
motivlar tahlili orqali amalga oshmog‗i
kerak. Epik asarlardagi motivlarni aniqlash,
har bir motivning boshqa motivlar bilan
bog‘liq jihatlarini, ichki harakat va
xususiyatlarini, badiiy estetik vazifalarini
tahlil etish folklorshunoslikdagi muhim
vazifalardan biridir [ 5:137]. Shunga ko‗ra
motiv tushunchasiga folklorshunoslikda
juda ko‗plab ta‘rif berilgan va shu sohaga
oid tadqiqotlarning deyarli barchasida ushbu
atamaga alohida e‘tibor qaratilgan. Rus
olimlari V.Propp, B.Putilov va
A.N.Veselovskiyning qarashlariga tayangan
holda chiqarilgan xulosalar o‗zbek
folklorshunosligida ham yetarli. Motivlar
birlashib, syujet xalqalarini yuzaga keltirar
ekan [ 6: 494] , hech bir epik asar faqat
birgina motivga tayanmasligi, bir-birini
to‗ldiruvchi yoki biri ikkinchisini yuzaga
keltiruvchi motivlar birlashib syujetni
tashkil etishi ayon haqiqat. Ya‘ni birgina
motivning o‗zini ajratib olib o‗rganish
imkonsiz. Turli motivlar tadqiqiga
bag‗ishlangan ilmiy izlanishlarda motivlar
o‗rtasidagi aloqadorlik masalalari ochib
berilgan. Zero, xalq dostonlari va ertaklari
syujetida befarzandlik, g‗ayritabiiy tug‗ilish,
tush , safar, sinov kabi motivlar bir-birini
taqozo etadigan yondosh motivlar desak,
adashmaymiz. Folklorshunos olim Jabbor
Eshonqul ―Ozodachehra‖,
―G‗ulombachcha‖, ―Susambil‖,
Bulbuligo‗yo‖, ―Qiron aka‖ ertaklarida
qahramon ma‘lum tushni ko‗rgach safarga
otlanishini qayd etsa [5:139], Shahnoza
Nazarova shartlarning qo‗yilishi, bajarilishi,
syujetdagi joylashuvi, sinov motivlarining
safar motivlari bilan parallel kelishini ―Sirli
gilamcha‖, ―Kenja botir‖, ―Baxt izlagan
yigit‖, ―Cho‗loq bo‗ri‖, ―Bulbuligo‗yo‖
ertaklari tahlili misolida yoritishga harakat
qiladi [7:109]. Darhaqiqat, ―Bulbuligo‗yo‖
ertagida oltin qushni izlab safarga chiqish
kenja shahzodaga tushida ayon bo ‗ladi(tush
– safar motivi): ―Podshohning kenja o‗g‗li
tush ko‗ribdi, tushida bir parcha bulut uzilib
qo‗yniga tushibdi. Cho‗chib uyg‗onibdi va
podshohning yoniga kelib: Ey otajon!
Menga ham safar yo‗li tushdi. Tush
ko‗rdim, tushimda safarga chiqishni xush
ko‗rdim. Yaxshilik bilan javob bersangiz
ham, yo‗q desangiz ham ketaman, - debdi‖.
[4:99] Parchadan ko‗rinib turibdiki, tushida
―bir parcha bulutning uzilib tushishi‖ni
kenja botir safarga chiqishga ishora deb
bilmoqda. O‗z ixtiyorlari bilan avvalroq
safarga chiqqan ikki aka ―Borsa kelar‖ va
―Borsa xatar‖ yo‗llarini tanlab hech qanday
natijaga erisholmaydilar, aksincha, kenja
ukalariga nisbatan zulm qilib, oyoq-
qo‗llarini yaralab, cho‗l-u biyobonga tashlab
ketadilar. Bu yerda ―bir parcha bulut‖ni
imkonsiz, juda olis, qo‗l yetmas bir narsa
- 169 -
Volume 1 Issue 05, May 2021
ISSN 218
Do'stlaringiz bilan baham: |