“PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS xalqaro tadqiqotlarining mamlakatimiz ta`lim tizimidagi ahamiyati” mavzusida o`tkazilgan seminar treningi
BAYONNOMASI
2021 – yil 3 - noyabr Forish tumani
Raislik qiluvchi: Forish XTB “Tabiiy fanlar” metodisti F.Ergashev
Trener o`qituvchi: X.Erdoshev
Yordamchi o`qituvchi: B.Eshonqulov
Qatnashdi: 30 nafar tabiiy fanlar yo`nalishi o`qituvchilari
Kun tartibida:
Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha biriktirilgan maktab o`qituvchilari bilan trening mashg`ulotlarini o`tkazish.
2021-yil 3-noyabr kuni Forish tumani 12-umumiy o`rta ta`lim maktabida xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha o`quv seminari tashkil etildi. Ko`zlangan maqsad Jizzax viloyati xalq ta`limi boshqarmasi boshlig`i D.Sadriddinova tomonidan 2021-yil 25-oktabrda o`tkazilgan videoselektor yig`ilishi qarori ijrosini ta`minlash.
Seminarda Forish tumani xalq ta`limi bo`limi tabiiy fanlar metodisti F.Ergashev so`zga chiqib mamlakatimiz 2022-yili aprel oyida ilk marta PISA xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etishi, xalqaro iqtisodiy hamkorlik tashkiloti tomonidan o`tkaziladigan tadqiqotlarda 90 ga yaqin mamlakat ishtirok etishi va reyting natijalaridan kelib chiqib yurtimizning kelgusi rivojiga baho berilishini takidlab o`tdi.
Bu borada barcha o`qituvchilarni berilayotgan vazifa va topshiriqlar ijrosini mas’uliyat bilan bajarishga chaqirdi.
Zero, xorijiy investitsiya kiritadigan yirik kompaniyalar tomonidan ushbu reyting natijalari inobatga olinishidan ham ushbu jarayon mamlakatimiz uchun qay darajada muhim ekanligini anglash mumkin.
Biriktirilgan maktablardan tashrif buyurgan tabiiy fanlar yo`nalishidagi o`qituvchilar davomati aniqlandi.
Trener o`qituvchi X.Erdoshev tomonidan tayyorlangan taqdimot namoyish etildi.
Ta`lim sifatini baholash bo`yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tomonidan tayyorlangan axborotnoma, o`quv dasturi, videoqo`llanma va onlayn vebinar materiallari asosida trening mashg`ulotlari o`tkazildi.
Qaror qilindi:
1. “PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS xalqaro tadqiqotlarining mamlakatimiz ta`lim tizimidagi ahamiyati” mavzusida o`tkazilgan seminar treningi o`quv materiallari va tabiiy fanlar metodisti F.Ergashev tomonidan berilgan topshiriqlar ma`lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Berilgan topshiriqlar ijrosi trener va fan o`qituvchilari zimmasiga yuklatilsin.
3.Topshiriqlar ijrosini nazorat qilish F.Ergashev zimmasida qoldirilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |