MAVZU;
Pironometr yordamida quyosh yig`indi radiatsiyasini o`lchash. Maksvell nazariyasidan yorug`lik nafaqat energiyani, balki impulsni ҳam tashishi kelib chiqadi. Yassi monoxromatik to’lqinda impulsning ҳajmiy zichligi quyidagicha aniqlanadi:
bu erda I intensivlik, c yorug`lik tezligi. Mexanika qonunlariga binoan, yorug`likni yutuvchi, qaytaruvchi va sindiruvchi jismlarga yorug`lik bosimi deb atalgan kuch ta’sir qiladi. To’liq yutuvchan jismga bo’lgan yorug`lik bosimi quyidagichadir:
bu erda yorug`lik tebranishlari bo’yicha o’rtachalangan maydon energiyasining ҳajmiy zichligi. Agar jism qisman yorug`likni qaytarsa va qaytish koeffistienti bo’lsa, unda impulsning saqlanish qonuniga binoan
Yorug’likning bosimini birinchi bo’lib o’lchagan 1899 – yilda rus fizigi Lebedev yorug’likning qattiq jismlarga ko’rsatadigan bosimini o’lchash uchun o’tkazgan tajribasining sxemasi ko’rsatilgan. Qurilma havosi so’rib olingan idishda o’rnatilgan bo’lib, ingichka ipga osib qo’yilgan va “qanotchalar” biriktirilgan yengil osmadan iborat. Qanotchalar qalinligi 0,01mm dan 0,1 mm gacha bo’lgan oq va qoraytirilgan disklar shaklida bo’ladi. Ular osma atrofida aylanadigan o’qqa nisbatan simmetrik qilib o’rnatilgan. Tushgan yorug’lik oq va qoraytirilgan disklarga turli xil bosim ko’rsatadi. Natijada osmani tutib turgan ingichka ip aylantiruvchi moment ta’sirida buraladi. Yorug’likning bosimi aynan shu ipning burilish burchagi yordamida aniqlanadi. O’z navbatida, bu burilish qanotchalarga tushayotgan yorug’likning bosimi mavjudligini, bu bosim jism sirtining qaytara olish qobiliyatiga va tushayotgan yorug’lik oqimiga bog’liqligini ko’rsatadi.
Kometalar quyruqlarining paydo bo`lishi, kometalar quyoshga yaqinlashgan sari bu quyruqlarning kattalashib borib quyoshdan teskari tomonga qarab joylashishi Keplerni kometalarning quyruqlari zarralardan iborat bo`lib , kometa quyoshga yaqinlashayotgan paytda bu zarralar yorug`lik bosimi ta`sirida quyosdan uzoqlashadi degan xulosani chiqarishga majbur qildi.
Piranometr (yun. rug — olov, apo — yuqorida va ...metr) — yotiq sirtga tushayotgan yigʻma yoki tarqoq quyosh radiatsiyasini oʻlchash uchun moʻljallangan asbob. Quyosh radiatsiyasi (nuri) ni qabul qiluvchi sirt sifatida manganin va konstanta polosalarini ketma-ket ulab (kavsharlab) hosil qilingan termoelektr batareya ishlatiladi. Batareyaning juft polosalari qorakuya bilan, toq polosalari oq magneziya bilan qoplanadi. Qorakuya quyosh nurini oq magneziyaga nisbatan koʻproq yutgani uchun polosalar oʻrtasida temperaturalar farqi vujudga keladi, shunda sirtda e. yu. k. hosil boʻladi. Uning quvvati tushayotgan quyosh radiatsiyasiga mutanosib ravishda oʻzgarib turadi. Radiatsiya miqdori galvanometr bilan oʻlchanadi. Faqat tarqoq radiatsiyani oʻlchash uchun asbobni toʻgʻri tushadigan quyosh nuridan toʻsadigan ekran qoʻllanadi.[ Foydalanilgan adabiyotlar
I.V.Savelyev. "Umumiy fizika kursi." III-qism. Toshkent: O’qituvchi,1973
Landsberg.G.S. Optika. Т.:1981.
S.E.Frish A.V.Timoreva Umumiy fizika kursi Toshkent 1972
V.V.Losev T.V.Morozova Optika
B.Qo’yliyev.Optika. Т.: 2009.
O.Gadoyev va b.Fizikadan praktikum. Optika va kvant fizika
A.A Axmedov, Sh.O.Toshpo’latova Optika va atom yadro fizikasi
Sh.K.Niyozov Ma'ruzalar matni
A.No'monxo'jayev, M.Fattohov va b. Ma'ruzalar matni
Internet ma’lumotlari.
www.arxiv.uz
www.ziyonet.uz
www.refer.uz