Pirometallurgik jarayonlar kinetikasi. Kimyoviy reaksiya tezligi
Bizga kimyo kursidan ma’lumki, kimyoviy reaksiya turlari to‘rttani tashkil etadi. Bular: birikish, o‘rin olish, almashinish va parchalanish reaksiyalaridir. Shulardan uchtasi ya’ni – birikish, o‘rin olish va parchalanish reaksiyalarida oksidlanish – qaytarilish jarayonlari sodir bo‘ladi. Bu reaksiyalar kimyoviy o‘zgarishlarning asosi bo‘lib, ularning tezligi hamda bu reaksiyalarning borishi yoki bormasligi, kimyoviy reaksiya tezligiga ta’sir qiluvchi omillar, kimyoviy reaksiyada vujudga keladigan kimyoviy muvozanat kabi qonunlarni o‘rganish katta ahamiyatga ega. Chunki bu jarayonlarni o‘rganib tahlil qilish orqali ularni jadallashtirib sanoatda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |