MeO + H2 (CO) = Me + H2O (CO2) (6.10.1)
Bu jarayonni elektron balans usulida quyidagicha yozish mumkin:
2H0 – 2ē = 2H+ yoki C+2 – 2 ē = C+4
(H0 va C+2 – qaytaruvchilar, jarayon – oksidlanish);
Me+2 + 2 ē = Me0
(Me+2 – oksidlovchi , jarayon – qaytarilish).
Tiklanish jarayonlari termodinamikasi
Kimyoviy reaksiyalarning o‘z holicha yo‘nalishi ikki omilning ta’siri bilan aniqlanadi.
Sistemaning ichki energiyasi kamayishi tomoniga reaksiya
yo‘naladi.
Sistemaning ko‘p ehtimollik holatga o‘tishi tomoniga yo‘naladi.
Sistemada zarrachalarning “tartibsizlik” holatini miqdoriy tavsifnomasi sifatida entropiya funksiyasi kiritilgan bo‘lib, u S harfi belgilanadi va kJ/mol·K yoki J/mol·K birliklarda o‘lchanadi. Jarayonlar o‘z-o‘zidan borishi uchun sistemaning entropiyasi reaksiyadan oldingi holatiga nisbatan reaksiyadan keyin oshishi kerak, ya’ni ΔSreak. keyin > 0 bo‘lishi kerak. Masalan, suvning agregat holati o‘zgarishida molekulalarning tartibsizlik darajasi ortib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |