Pirometallurgiya jarayonlari nazariyasi


Metallurgiyada shlak eritmalari. Shlak eritmalari haqida ma’lumot



Download 5,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/141
Sana02.03.2022
Hajmi5,79 Mb.
#477891
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   141
Bog'liq
Pirometallurgiyajarayonlarinazariyas (1)

Metallurgiyada shlak eritmalari. Shlak eritmalari haqida ma’lumot
 
Shlak eritmalari deb, ruda yoki oraliq mahsulotlarni pirometallurgiya usuli 
bilan qayta ishlash natijasida paydo bo‘ladigan oksidlarning murakkab 
eritmalariga aytiladi. Shlak turli oksidlar va ularning o‘zaro bog‘lanishidan 
paydo bo‘ladigan birikmalardan tuzilgan. Shlak dastlabki xomashyo – tog‘ 
jinslari va maxsus qo‘shiladigan flyuslardan iborat bo‘ladi. Shlakning asosiy 
vazifasi – metall va shunga o‘xshash foydali moddalarni tog‘ jinslaridan ajratib 
olishdir.
Pirometallurgiyada shlakli eritmalarning ahamiyati juda katta. Shlak 
fazasida jarayonga ta’sir etuvchi asosiy fizik-kimyoviy reaksiyalar oqib o‘tadi. 


193
Jarayonning termodinamikasi va kinetikasi asosan shlakning xususiyatlariga 
bog‘liqdir. Dastlabki xomashyoda metallning miqdori kam bo‘lgani uchun va 
bo‘sh tog‘ jinsining miqdori ko‘proq bo‘lgani sababli metallurgik pechlarda 
juda ko‘p shlaklar paydo bo‘ladi. Ularning massasi dastlabki rudaning 
massasiga deyarli tengdir. Shlaklarning xususiyatlari bilan metallurgik 
jarayonning ishlab chiqarish unumdorligi, mahsulotning tan-narxi, yoqilg‘ining 
sarfi, metallning chiqindi bilan isrofi va boshqa ko‘rsatkichlari belgilanadi. 
Ko‘p jarayonlarda shlakning hosil bo‘lishi yuqori haroratda qizib turgan suyuq 
metallni oksidlanishidan muhofaza qiladi. Elektrometallurgik jarayonlarda 
shlak qarshilik vazifasini bajarib, elektr energiyasini issiqlik energiyasiga 
aylantirib beradi va natijada pechga yuklangan shixta massasini tezroq erishiga 
olib keladi. Bir necha metallurgik jarayonlarda shlak asosiy metallni tozalash 
uchun ishlatiladi.
Bitta moddani ikkita bir-biriga aralashmaydigan fazalarga taqsimlanish 
qonuniga ko‘ra shlaklarda bir necha foiz metall eriydi. Ko‘pincha shlaklarda 
metallning miqdorligi 0,5 – 3,5% ni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich ozdek 
ko‘rinsada, lekin shlak miqdori ko‘p bo‘lgani sababli shlak bilan metallning 
isrofi ham ko‘p bo‘lishi tayindir. Bu holat metallurgiyaning eng katta 
muammosidir.
Shlakni tashkil etuvchi asosiy moddalar: SiO
2
(kremnezem, kvars), Al
2
O
3
(glinozem), CaO (so‘ndirilmagan ohak), Fe
3
O
4
yoki FeO·Fe
2
O
3
(magnetit), 
MnO (marganes (II) oksidi), MgO (magnezit) va boshqalar.
Shlaklarda bir qancha sulfidlar ham (asosan, FeS ko‘rinishida) eriydi. 
Ularning miqdori 2 – 3% ni tashkil qiladi.
Bir necha shlak tarkibi namunalari:
1) Mis shteynini olishda:
33 – 50% SiO
2
; 2 – 12% CaO; 34 – 45% FeO.
2) Nordon muhitli po‘lat eritish pechida:
45 – 60% SiO
2
; 35 – 45% FeO.


194

Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish