Pirometallurgiya jarayonlari nazariyasi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Tiklanish jarayonlari haqida tushuncha



Download 6,39 Mb.
bet62/106
Sana28.05.2022
Hajmi6,39 Mb.
#613874
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   106
Bog'liq
Pirometallurgiyajarayonlarinazariyas

Tiklanish jarayonlari haqida tushuncha
Tiklanish jarayonlari rangli va qora metallar olishda nihoyatda katta ahamiyatga ega. Bu jarayon orqali toza metall olinadi. Demak, tiklanish jarayoni deganda, metallarni ularning birikmalaridan tiklovchi moddalar ta’sir ettirib toza metall holida ajratib olish jarayoni tushuniladi. Tiklanadigan moddalar bular metalli birikmalar, ya’ni, metall oksidlari, sulfidlari, karbonatlari va boshqa birikmalardir. Tiklovchi moddalar esa ko‘mir (C), is gazi (CO), vodorod gazi (H2), metan gazi (CH4), metall kationi (Men+), elektr toki (katod) va boshqalardir. Tiklanish jarayonida valent elektronlarini yo‘qotgan musbat zaryadlangan metall ioni tiklovchi moddadagi markaziy atomdan yetarli elektron tortib olib o‘zining tashqi qavatini neytral holatgacha to‘ldirib oladi va yaxlit metall holigacha qaytariladi. Tiklovchi moddadagi markaziy atom esa, o‘z elektronlarini metall atomiga berib yuqori oksidlanish darajasiga ega bo‘ladi va natijada oksidlanadi.
Metallurgiyada tiklanish jarayonlari juda keng tarqalgan. Bular: temirni rudadan bevosita olish; qo‘rg‘oshin aglomeratini shaxtali pechda eritish; shlaklarni fyuminglash; oksidlarni vels-pechda tiklash; olovli jarayon mobaynida xomaki misni tozalash; metallotermiya usullari bilan noyob va radioaktiv metallar olish va boshqalar.
Umumiy ko‘rinishda metall oksidini (MeO) vodorod (H2) yoki is gazi (CO) bilan tiklanish reaksiyasi quyidagicha:
MeO + H2 (CO) = Me + H2O (CO2) (6.10.1)
Bu jarayonni elektron balans usulida quyidagicha yozish mumkin:
2H0 – 2ē = 2H+ yoki C+2 – 2 ē = C+4
(H0 va C+2 – qaytaruvchilar, jarayon – oksidlanish);
Me+2 + 2 ē = Me0
(Me+2 – oksidlovchi , jarayon – qaytarilish).


Tiklanish jarayonlari termodinamikasi
Kimyoviy reaksiyalarning o‘z holicha yo‘nalishi ikki omilning ta’siri bilan aniqlanadi.

  1. Sistemaning ichki energiyasi kamayishi tomoniga reaksiya

yo‘naladi.

  1. Sistemaning ko‘p ehtimollik holatga o‘tishi tomoniga yo‘naladi.

Sistemada zarrachalarning “tartibsizlik” holatini miqdoriy tavsifnomasi sifatida entropiya funksiyasi kiritilgan bo‘lib, u S harfi belgilanadi va kJ/mol·K yoki J/mol·K birliklarda o‘lchanadi. Jarayonlar o‘z-o‘zidan borishi uchun sistemaning entropiyasi reaksiyadan oldingi holatiga nisbatan reaksiyadan keyin oshishi kerak, ya’ni ΔSreak. keyin > 0 bo‘lishi kerak. Masalan, suvning agregat holati o‘zgarishida molekulalarning tartibsizlik darajasi ortib boradi.

Download 6,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish