Muvofiklik sertifikati va muvofiklik belgisi
Maxsulotning belgilangan talablarga muvofikligi tasdiklangani takdirda sertifikatlashtirish organi muvofiklik sertifikati beradi, tayyorlovchi ana shu sertifikat asosida muvofiklik belgisini ishlatish xukukiga ega bo‘ladi.
Sertifikatlashtirish tizimida foydalaniladigan muvofiklik sertifikatlarining, akkreditatsiya kilinganlik to‘grisidagi guvoxnomalarning namunalari, milliy muvofiklik belgisining shakllari va xajmlari "O‘zstandart" agentligi tomonidan tasdiklanadi. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Konuni taxriridagi kism)
Muvofiklik sertifikatlari, muvofiklik belgilari, sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarining (markazlarining) akkreditatsiya kilinganlik to‘grisidagi guvoxnomalari "O‘zstandart" agentligi tomonidan belgilangan tartibda Davlat reestridan o‘tkazilishi shart. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Konuni taxriridagi kism)
Davlat reestrida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan muvofiklik sertifikatlari, muvofiklik belgilari, sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarining (markazlarining) akkreditatsiya kilinganlik to‘grisidagi guvoxnomalari xakikiy emas.
Muvofiklik sertifikatidan, muvofiklik belgisidan foydalanish xukukini xamda sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarining (markazlarining) akkreditatsiya kilinganlik to‘grisidagi guvoxnomalarini arizachi boshka yuridik yoki jismoniy shaxsga berishi man etiladi.
Ixtiyoriy sertifikatlashtirish.
Ixtiyoriy sertifikatlashtirish deganda ishlab chiqaruvchi /bajaruvchi/, sotuvchi /ta’xminlovchi/ yoki iste’molchi tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda utkazilladigan sertifikatlashtirish tushuniladi.
Hozirgi sharoitda tashqi mamlakatlar bilan savdoni, mamlakatlararo iqtisodiy aloqalarni, fan va texnikaning rivojlanishi uchun hamda chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini yaxshilash, ularning raqobatbardoshlik qobiliyatini oshirish uchun muntazam ravishda sinovlardan o‘tkazish ehtiyoji ortib bormokda. Sinovlarni ko‘pincha uchinchi tomon deb ataluvchi shaxs yoki tashkilot amalga oshiradi. U ko‘riladigan masalada qatnashayotgan tomomnlar odatda ta’minlovchining //birinchi tomon va xaridorning /ikinchi tomon/ manfaatlarini himoya qilib, mutlaqo mustaqil ravishda ish ko‘radilar.
Uchinchi tomon tarafidan kilinadigan sertifikatlashtirish ishlab chiqaruvchilarning ishonchligiga sazovor bulmokda va shu sababli bunday yo‘lkeng kullanilib, salmoqli ravishda tarkalmokda. Turli mamlakatlarda uchinchi tomon tarafidan bajarilayotgan sertifikatlashtirish tizimini tashkil etish amalda shuni ko‘rsatmoqdaki, uni turlicha tashkil qilish mumkin ekan: ishlab chiqaruvchi assotsiatsiyalar, yirik iste’molchilar, sertifikatlashtirish milliy tashkilotlari tomonidan, masalan, Fransiya va Angliyada 60 - yillar boshida iste’molchilar tomonidan harbiy maqsadlar uchun elektronika mahsulotlarini sertifikatlashtirish tizimi yaratildi.
Ayrim olingan mamlakat miqyosida yaratilgan milliy tizimlar majburiy bo‘lgan standartlar doirasini qamrab oladi. Masalan, birinchilar qatorida milliy miqyosida qimmatbaxo toshlarni sertifikatlashtirish tizimlari qo‘llanilgan.
Sertifikatlashtirish tushunchasi keng ma’noda uchinchi tomon tarafidan o‘tkaziladigan texnikaviy me’yorga, ish uslubiga, qoidaga muvofiqligini qamrab olgan har qanday tekshiruvdir. SHuning uchun sertifikatlashtirishni tekshiruv deb hisoblab, bosim ostidagi idishlarni, portlash xavfidan ximoyalangan qurilmalarni, kemalarni, suzish vositalarni, tayyorlarini, aviatsiya qurilmalarni, atom reaktorlarining va tog‘ texnikasini ishlatishdagi xavfsizligini ta’minlash uchun texnikaviy nazorat urnatuvchi idoralar shartli tekshiruvni amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |