Takrorlash uchun savollar
Sertifikat nima?
Sertifikatlashtirish nima uchun kerak?
Sertifikatlashtirish kim tomonidan amalga oshiriladi?
Sertifikatlashtirishda nechta tomon ishtirok etadi?
Milliy sertifikatlashtirish tizimi deganda nimani tushunasiz?
Sertifikatlashtirishdan ko‘zda tutilgan maqsad?
Sertifikatlashtirishning qonuniy asoslari.
Sertifikatlashtirish to‘g‘risida qonunning mohiyati nimadan iborat?
Milliy sertifikatlashtirish tiizimining asosiy vazifalari.
Tayanch iboralar
Muvofiqlik; ixtiyoriy; sertifikatlashtirish; O‘zdavstandart; sertifikatlashtirish; mahsulot sifati; sifatni boshqarish; sertifikatsiya bo‘yicha tadbirlar; sertifikatsiyaning huquqiy ta’minoti; sertifikat.
Mavzu: 4. SERTIFIKATLASHTIRISH TIZIMLARI, OMILLARI, SXEMALARI
Reja:
1.Sertifikatlashtirish sxemalari
2.Sertifikatlashtirish omillari
3.Sertifikatlashtiriluvchi mahsulot
4.Sertifikatlashtirishni me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlanishi
Sertifikatlashtirish sxemalari
Sertifikatlashtirish bo‘yicha ISO tarkibidagi qo‘mita tomonidan tayyorlangan hujjatda uchinchi tomon tarafidan amalga oshiriladigan sertifikatlashtirishning sakkizta sxemasi berilgan:
Birinchi sxema. Bu sxema bilan faqat mahsulot namunalari turlarinii standartlar talablariga muvofiqligini maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida sinovdan utkaziladi. Bu xildagi sertifikatlashtirishda sinovga takdim etilgan namunani belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiklanadi, xolos. Sxema umumlashgan (tipovoy) namunalarni sertifikatlashtirishda ko‘llaniladi va maxsulotni majburiy ko‘rsatkichlar, birnchi navbatda xavfsizlik bo‘yicha ASL da sinashni nazarda tutadi. Mazkur sxema maxulotga anik MX bo‘lmaganda xam ko‘llaniladi. Bu yo‘l o‘zining soddaligi va uncha ko‘p harajat talab kilmasligi tufayli milliy va xalqaro savdo munosabatlarida muayyan darajada tarkalgan.
Ikkinchi sxema. Bu sxemada mahsulotning namuna turlarini maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra uning sifatini savdo shahobchalaridan vaqti - vaqti bilan olinadigan namunalar asosida nazorat qilib boriladi. Bu usul takdim etilgan numunalar sifatini ham baholash imkonini beradi. sxema umumlashgan namunalarni sertifikatlashtirishda ko‘llaniladi va majburiy ko‘rsatkichlarni tekshirish uchun maxsulotni ASL da sinashni nazarda tutadi. Mazkur sxema savdo soxasida (iste’molchidan) olingan namunalarni sinovlardan o‘tkazish yo‘li bilan maxulotni inspeksion tekshiruvdan o‘tkazishni nazarda tutadi.
Usulning afzalligi uning soddaligidadir. Uning kamchiligiga esa nazorat sinovlar natijasiga qarab, agar mahsulot standart talablariga nomuvofiqligi aniqlanilsa, baribir uni savdo shahobchalaridan chiqarib tashlash uchun birmuncha qiyinchiliklar tug‘iladi.
Uchinchi sxema. Mahsulot namunalarining turlarini maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida o‘tkazish, so‘ngra sotuvchi yoki iste’molchiga yubormasdan turib vaqti – vaqti bilan namunalarning tekshiruvini nazorat qilishga asoslanadi. Ikkinchi sxemadan farqlanuvchi tomoni shuki mahsulot savdo shaxobchalariga tushmasdan turib, sinov nazorati o‘tkaziladi va standartga omuvofiqligi aniqlansa, mahsulotning iste’molchiga jo‘natilishi to‘xtatiladi. Ьu sxema ishlab chikariladigan maxsulotni sertifikatlashtirishda ko‘llaniladi va majburiy ko‘rsatkichlarni tekshirish uchun maxsulotni ASL da sinashni va ishlab chikarishni tekshirishni nazarda tutadi. Mazkur sxemada tayyorlovchi-tashkilotdan olingan maxsulotni sinovlardan o‘tkazib va muvofiklik belgisining ko‘llanilishini tekshirish uchun korxonada inspeksion tekshiruvni o‘tkazish mo‘ljallanadi.
Turtinchi sxema. Mahsulot namunalarning turlarini xuddi 3 - sxemalaridan sinovdan o‘tkazishga asoslangan bo‘lib, so‘ngra savdo shaxobchasidagi hamda ishlab chiqarishda olingan namunalarning tekshirish nazorati vaqti – vaqti bilan o‘tkazish orqali mahsulotning sifati hisobga olinadi. Bu holda mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lib, uning chiqarilishiga ma’lum harajatlar bo‘lgandan keyin standart talablariga nomuvofiqligi aniqlanadi. sxema ishlab chikariladigan maxsulotni sertifikatlashtirishda ko‘llaniladi va majburiy ko‘rsatkichlarni tekshirish uchun maxsulotni ASL da sinashni va ishlab chikarishni tekshirishni nazarda tutadi. Mazkur sxemada, xam savdo soxasida (iste’molchidan), xam ishlab chikarishdan olingan namunalarni sinovlardan o‘tkazish yo‘li bilan maxsulotni, shuningdek muvofiklik belgisining ko‘llanilishini inspeksion teshiruvdan o‘tkazish mo‘ljallanadi.
Beshinchi sxema. Bu sxema mahsulot namuna turlarini tasdiqlangan sinov tashkilotlarida o‘tkazishga va mahsulot ishlab chiqarishining sifatini baholashga asoslangan bo‘lib, so‘ngra savdo shaxobchasida va ishlab chiqarishda namunalar sifatini vaqti - vaqti bilan tekshirilib nazorat qilib boriladi. Bu sertifikatlashtirish usuli faqat mahsulotning sifatini kerakli darajada bo‘lishini ham nazorat qiladi. Tabiiyki, korxonadagi mahsulot sifatini ta’minlashda, tizimning baholanishida uning mezonini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Ushbu usul sanoati rivojlangan mamlakatlarda hamda xalqaro sertifikatlashtirish tizimlarida eng ko‘p tarqalgan sxemadir. Birinchi, to‘rtinchi sxemalarga qaraganda bu sxema eng murakkab va nisbatan qimmatrok turadigan sxema bo‘lib, uning afzalligi iste’molchi mahsulot sifat darajasini yuqori ekanligiga ishonch hosil qiladi, bu esa asosiy mezon hisoblanadi.
Bu sxema ishlab chikariladigan maxsulotni sertifikatlashtirishda ko‘llaniladi va majburiy ko‘rsatkichlarni tekshirish uchun maxsulotni ASL da sinashni va ishlab chikarishni tekshirishni yoki sifat tizimini baxolashni nazarda tutadi. Mazkur sxemada maxsulotni sinovlardan o‘tkazish va ishlab chikarishni tekshirish (yoki sifat tizimini baxolash) yo‘li bilan inspeksion tekshiruvni o‘tkazish mo‘ljallanadi.
Oltinchi sxema faqat korxonadagi mahsulotning sifatini ta’minlash bilan tizimning baholanishini o‘tkazishga mo‘ljallangan. Bu usul ayrim vaqtda korxona – tayyorlovchini attestatlash deb ham yuritiladi. Bu xil sertifikatlashtirishda faqat korxonaning belgilangan sifat darajasidagi mahsulotni chiqarish qobiliyati baholanadi.
Bu sxema sifat tizimini sertifikatlishtirishda ko‘llaniladi va uni baxolashni xamda keyinchalik inspeksion tekshiruvni o‘tkazishni nazarda tutadi.
Ettinchi sxema. Mahsulotning har bir tayyorlanadigan tadsidan sinovlarga tanlab olishga asoslangan. Tanlab olish sinovlarining natijalariga qarab to‘dani ortishi uchun qaror qabul qilinishi aniqlanadi. Bu xildagi sertifikatlashtirish uchun tanlanmaning hajmi aniqlanishi lozim, u esa tayyorlangan to‘daning katta – kichikligiga makbul bo‘ladigan sifat darajasiga bog‘liq. Qabul qilingan qoidaga asosan tanlanmani to‘plash vakolatlangan sinov tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Bu xil sertifikatlashtirish qo‘llanilishi statistik usulni qo‘llash bilan bog‘liqdir.
Bu sxema maxsulot to‘pining sertifikatlashtirishda ko‘llaniladi va maxsulotni sinashni nazarda tutadi.
Sakkizinchi sxema. Har bir tayyorlangan, ayrim buyumning standartlar talabiga muvofiqligi sinovlar o‘tkazib aniqlashga asoslangan. Bu sertifikatlashtirish usulida yuqorida 1-7 sxemalariga karaganda ta’minlovchining mas’uliyati ancha yuqori. Tabiiyki muvaffakiyatli sinovlardan o‘tgan buyumlargina sertifikat yoki muvofiqlik belgisini oladi. 8 - sxema mahsulotga nisbatan yuqori va qat’iyroq talablar qo‘yilganda ishlatilishga asoslangan yoki mahsulotlarning ishlatilishi natijasida standart talablariga mos kelmasligi iste’molchiga katta iqtisodiy zarar etkazganida qo‘llaniladi. Bu xil sertifikatlashtirish qimmatbaxo metallardan va qotishmalardan tayyorlanadigan buyumlarda ko‘proq qo‘llaniladi. Bundan asosiy maqsad qimmatbaxo metallarning belgilangan miqdorini, tarkibini va buyumning tozaligini tekshirishdir.
Bu sxema xar bir dona buyumni sertifikatlishtirishda ko‘llaniladi.
Buyuk Britaniya instituti tomonidan sertifikatlashtirishning yangi xili yaratilib, bu usul bilan faqat ishlab chiqarishdagni texnologik jarayonlarining tasdiqlanishi /attestatlanishi/ ga asoslangan.
To‘qqizinchi sxema. Bu sxema maxsulotni sertifikatlashtirishda ko‘llaniladi va maxsulotning xavfsizlik talablariga muvofikligini deklaratsiya kilishni nazarda tutadi. Mazkur sxemada, ishlab chikaruvchining xoxishiga ko‘ra, muvofiklik belgisi ko‘llanilishi mumkin.
Majburiy tartibda sertifikatlashtiriladigan, shuningdek ularning muvofiqligi muvofiqlik deklaratsiyasi bilan tasdiqlanishi mumkin bo‘lgan maxsulotlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi.
Hozirgi zamon adabiyotida har bir sertifikatlashtirish sxemasining afzalligi va kamchiliklari tahlil etilgan. Bularning ichida eng mukammal va murakkabi beshinchi sxemadir. Bu sxema to‘liq bo‘lganligi uchun uni asos qilib olib, hozirgi zamon xalqaro sertifikatlashtirish tizimi yaratilmoqda.
3; 4; 5; 7; 8; 9; sxemalar bo‘yicha sertifikatlashtirilgan maxsulot muvofiklik belgisi bilan tamgalanishi (markirovka kilinishi) mumkin.
Sertifikatlashtirish tizimlarini boshqaruvchi idora muayyan turdagi mahsulot sifatining nazoratini tashkil etish, standartlarga rioya qilishni majburiy talab etishini, iste’molchi va savdo talablarini e’tiborga olib, mamlakatdagi amalda bo‘lgan qonunlar va me’yoriy hujjatlar asosida o‘z ishini tashkil etadi.
Sertifikatlashtirish idorasi sinovlarni o‘tkazish, korxonadagi va savdo shahobchasidagi mahsulotning sifatini nazorat qilish hamda nazoratni tashkil qilish va ushanga o‘xshashlarni bajarib uchinchi tomon vazifasini bajaradi. Buning uchun sertifikatlashtirish idorasida sinov bo‘limlari, maxsus nazoratchilar shtati bo‘lishi kerak. Ammo bu hamma vaqt ham iqtisodiy tomondan oqlay olmaydi. SHunday hollarda u o‘z vazifasining bir qismini boshqa idoraga yoki tashkilotga topshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |