Abissal tog’ jinslari. Gabbro teng, o'rta va katta donali jins
bo'lib, asosan plagioklaz va piroksendan tashkil topgan. Ikkinchi
darajali minerallar olivin, shoh aldamchisi va biotitdan, aksessor
minerallar magnetit, ilmenit, apatitdan iborat bo'lib, ahyon-ahyonda
pirrotin, xromit va pikotit uchraydi. Normal gabbroning tarkibida
35-70 foiz piroksen bo'lib, leykokratli gabbroda uning miqdori
15-35 foizgacha kamayib, melanokratli turida esa 70-85
foizgacha ortib boradi. Gabbro tog’ jinsining tarkibida rombik va
monoklinal piroksenlar uchraydi. Monoklinal piroksen asosan
diallag, ayrim hollarda avgitdan tashkil topgan. Diallag ichida
rombik piroksen, yashil yoki qo'ng’ir shoh aldamchisining parallel
o'simtalari uchraydi. Rombik piroksen bronzit va giperstendan
tashkil topgan bo'lib, yumaloq shakldagi kristallar hosil qiladi.
Ayrim hollarda esa ularning idiomorf kristallari ham uchraydi.
Ahyon-ahyonda olivin donasi atrofida piroksen reaksion halqa
hosil qiladi. Olivin ikkinchi darajali mineral holida uchraydi. Shoh
aldamchisining gabbroda bo'lishi epimagmatik bosqichda jins
sovishi jarayonida piroksen o'rniga amfibollar rivojlanishi bilan
bog’langan.
Plagioklaz tarkibi Labrador – bitovnit – anortit qatoriga to'g’ri
keladi. Jins tarkibida plagioklazning ko'p miqdorda uchrashiga
qaramasdan, labrador to'q kulrang va to'q yashil bo'lgani uchun
gabbro ham to'q kulrangdir. Jins tarkibida qaysi rangli mineral
uchrashiga qarab gabbro bir necha turga bo'linadi:
Normal gabbroda rangli minerallardan monoklinal piroksen-
diallag, avgit uchraydi. Norit normal gabbrodan rombik piroksen
turlari - bronzit va giperstenning kelishi bilan farq qiladi. Gabbro
– noritda piroksenning ikkala turi uchraydi. Agar jins tarkibida
olivin uchrasa, olivinli gabbro va olivinli norit deb ataladi. Shoh
aldamchisili gabbroda rangli minerallar oddiy shoh aldamchisidan
16
tashkil topgan. Olivin va labrador (biotovnit) tarkibli jins troktolit
deb nomlanadi.
Anortozit leykokratli tog’ jinsi bo'lib, tarkibida asosli
plagioklaz (№50-90) uchraydi. Uning tarkibida oz miqdorda
piroksen va olivin (10-15%) uchrashi mumkin. Plagioklaz
labradordan (№ 50-70) tashkil topgan bo'lsa, tog’ jinsi
labradorit deb nomlanadi.
Gabbroidlar o'rta donali, labradorit va pegmatoidli gabbro turi
yirik va gigant kristallidir. Gabbroidlarga ko'proq gabbro strukturasi
xosdir. Plagioklaz va piroksen prizmatik va kalta ustunsimon
kristallar hosil qiladi, ularga bir xil idiomorfizm darajasi xosdir.
Piroksen va plagioklaz ko'pincha ksenomorf shaklida uchraydi.
Gabbroidlarda yana poykilit va sideronit strukturalari bo'ladi. Tog’
jinsi teksturasi massiv va yo'l-yo'lsimon.
Do'stlaringiz bilan baham: |