75
mo’jizalariga yana bir bor amin bo’ladilar. Shunday imkoniyatlarga ega bo’lgan bu hududda endi
turistlar oqimini yanada oshirish uchun ularni qiziqtiruvchi yangi-yangi
marshrut va ekskursiyalar
dasturini ishlab chiqish, qolaversa, quyidagi masalalarga e’tibor qaratish lozim deb o’ylaymiz:
Birinchidan, mintaqa turizmida transport infrastrukturasining o’rni ham nihoyatda katta
ahamiyatga ega. Aksariyat turistik obyektlar avtomobil yo’llariga yaqin joylashgan bo’lib, bu esa o’z
navbatida turizmini rivojlantirishda qulay sharoitlar tug’diradi. Viloyatda turistlarga transport
xizmatlarini ko’rsatish faoliyati bir muncha yaxshi. Lekin shuni ham ta’kidlash joizki viloyatda yengil
avtomobillarni ijaraga beruvchi firmalar deyarli yo’q. Shunday firmalarni
tashkil etilsh soha
rivojlanishining samaradorligini oshishiga xizmat qiladi.
Ikkinchidan, viloyatida faqatgina tarixiy-me’moriy va diniy turizm yaxshi rivojlangan.
Shaharga 1 hafta 10 kunga kelgan sayohatchi har kuni bir xil uslubdagi obidalarni ko’raverib zerikib
qolishi mumkin. Shu bois shahar atrofida turizmning boshqa ko’rinishlarini ham rivojlantirib, turistlar
vaqtini chog’ o’tkazishini ta’minlash lozim. Masalan, tarix bilan uzviy holda bugungi o’zbekona
o’ziga xos zamonaviy, takrorlanmas bino va inshoatlar yoki, eng so’nggi zamonaviy
texnologiyalardan foydalangan holda milliyligimizni o’zida aks ettirgan milliy bog’
va istirohat
bog’lar barpo etilsa nur ustiga a’lo nur bo’lar edi.
Uchinchidan, viloyatda umumiy ovqatlanish joylari faoliyatini tashkil qilishga e’tiborni
yanada kuchaytirish lozim. Chunki, har bir xalqning milli taomlari bo’lganidek, o’zbek xalqining ham
bir qancha milliy taomlari mavjud. Masalan, yevropaliklar birinchi marta ko’rayotgan ovqatini oldin
yaxshilab o’rganib, tayyorlanish texnologiyasini ko’rib, keyin iste’mol qiladi. Balki ular o’zlarining
Yevropa taomlarini iste’mol qilishni xohlashar yoki, turistlar orasida vigiterianlar bor bo’lishi
mumkin. Shularni inobatga olgan holda restoran va kafelarda turli xil davlatlarning kamida bir turdagi
ovqatlarini tayyorlash yo’lga qo’yilsa, ularning xizmat ko’rsatish darajasi yaxshilansa, sayyohlarning
ehtiyojlari o’z vaqtida qondirilsa, viloyatga tashrif buyurgan sayyohlar mamnun bo’lishadi. Bu esa
turistlar oqimining oshib borishiga sabab bo’ladi.
To’rtinchidan, viloyatga kelayotgan turistlar uchun yaratilgan xizmatlar va mehmonxonalarga
qo’yilgan narxlar bir muncha yuqori. Bunga mehmonxonalarga davlat tomonidan qo’yilgan soliq va
majburiyatlar ham sabab bo’lishi mumkin. Bu esa turistlar oqimining kamayishiga olib keladi. Shu
boisdan mehmonxonalarda bir qancha chegirmalar joriy qilish zarur.
Beshinchidan, Sayohatchilarni kundalik ekskursiyadan keyingi vaqtlarini mazmunli o’tkazish
maqsadida ko’proq tadbirlar uyushtirish zarur. Samarqandga kelayotgan turistlarning aksariyat qismi
Yevropa mamlakatlaridandir. Shu bois ularning kuy-qo’shiqlari yangrab turuvchi diskotekalar va
tungi klublarni tartibli ravishda tashkil qilish har bir turist uchun o’zgacha zavq bag’ishlaydi. Bir
narsani
aniq aytish mumkinki, turistlar ichida asosan nafaqa yoshidagi kishilar 90-95 % ni tashkil
qiladi. Shuning uchun ularga milliy o’zbek folklorlarini namoyish qilish, hamda mahalliy aholi bilan
kelishilgan holda turistlar xavfsizligini ta’minlab, to’ylar va urf-odatlarni namoyon qiluvchi
tadbirlarga olib borish mehmonlarda katta taasurot qoldiradi.
Viloyat turizm infrastrukturasini rivojlantirish, mehmonxona va umumiy ovqatlanish joylari,
transport, sport-sog’lomlatirish hamda turistik firmalar va tashkilotlar xizmatlarini jahon andozalari
darajasiga yetkazish, viloyatga keluvchi turistlar sonini oshiradi. Mamlakatimiz milliy iqtisodiytida
turizmning rolini oshirish, undan keladigan daromadni va shu sohada band aholini ko’paytirish,
bugungi kunda davlatimiz oldiga qo’ygan asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Shunday ekan,
«Markaziy Osiyo gavhari» deb atalmish Samarqand viloyatining keng imkoniyatlaridan unumli va
samarali foydalanishimiz zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: