183
kamchiliklar va ularni bartaraf etishda qo`llanilishi lozim bo`lgan xorijiy tajribalar to`g`risida
maslahatlar berilgan.
Kalit so`zlar: erkin iqtisodiy zonalar, erkin turistik zonalar, imkoniyatlar, Xitoy va Rossiya tajribalari
Bugungi kunda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va ulardan foydalanish butunjahonda
hududlarni rivojlantirishning an’anaviy usullaridan biriga aylangan bo’lib, jahonda 4 mingdan ortiq
erkin iqtisodiy zonalar mavjud. Dastlabki erkin iqtisodiy zona 1595-yili Italiyaning Genuya porti
hisoblanadi (V.A.Shumayev, n.d). Undan keyin yana ko`plab muhim sanoat zonalariga “Erkin
iqtisodiy zona” yoki “Asosiy iqtisodiy zona” maqomi berish davom ettirildi. Erkin iqtisodiy zonalar
XX asrning 70-yillaridan boshlab dunyo iqtisodiyotida muhim o`rin egalladi va rasman tan olindi.
XXI asrda turizmning jadallik bilan rivojlanishi erkin iqtisodiy zonalar kabi erkin turistik iqtisodiy
zonalarni shakllantirish kerakligini ko`rsatdi.
Erkin iqtisodiy zona - bu hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mahalliy va xorijiy
investitsiyalarni, ilg'or texnologiyalarni va boshqaruv tajribasini jalb qilish maqsadida yaratilgan, aniq
belgilangan ma'muriy chegaralar va maxsus huquqiy rejimga ega bo'lgan maxsus ajratilgan maydon
hisoblanadi.
Erkin turistik iqtisodiy zona deganda muayyan chegaralarga ega bo’lgan, bir yoki bir necha
turistik resurslar (tabiiy, tarixiy. Ijtimoiy-madaniy, davolash, sog’lomlashtirish obyektlari,
shuningdek, turistlar va ekskursantlarning ehtiyojlarini qanoatlantira oladigan boshqa obyektlar)
joylashgan, kirish turizmini va ichki turizmni, turistik industriyani rivojlantirish, turistik resurslarni
muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish maqsadida tashkil etilgan hudud tushuniladi.
Erkin turistik iqtisodiy zonalar faoliyatini samarali tashkil etish iqtisodiyotda mavjud asosiy
muammolarni yechish imkoniyatlarni beradi. Masalan:
1.Yirik va kichik hududlarni birdan, birlashtirib boshqarish;
2.Mavjud ishchi mehnat kuchidan samarali foydalanish;
3.Yanada ko`proq yangi ish o`rinlarini yaratish;
4. Ichki va tashqi turizmni rivojlantirish;
5.Joylarda zamonaviy texnika-texnologiyalarni kirib borishini ta`minlash;
6.Aholiga arzon tovar va xizmatlarni taqdim etish;
7.Hududlar salohiyatidan to`laqonli foydalanish;
8.Tadbirkorlik faoliyati subyektlariga berilgan imtiyozlardan foydalanishni to`laqonli nazorat qilish;
9.Raqamli iqtisodiyotga o`tish siyosatini yuritish;
10.Bank sohasini isloh qilish va pul muomalasini tartibga solish;
11.Turizmga yondosh boshqa soha va tarmoqlarni takomillashtirish;
12.Hududlarni o`zini-o`zi ta`minlay olishini tashkil etish va boshqalar.
Erkin turistik iqtisodiy hududlarda barcha turizm faoliyati subyektlari O`zbekiston Respublikasi
qonunlarida ta`qiqlanmagan barcha faoliyat turlari bilan shug`ullanishlari mumkin bo`ladi. Erkin
turistik iqtisodiy hududlarda xo'jalik faoliyatini olib boruvchi yuridik va jismoniy shaxslar direksiyada
ro'yhatdan o'tkaziladi. Direksiya ro'yxatdan o'tgan yuridik yoki jismoniy shaxsga erkin turistik zonada
ro'yxatdan o'tganlik to'g'risida guvohnoma beriladi va bu haqda qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda tegishli davlat organlariga xabar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: