Перспектива ясаш усуллари. Архитекторлар усули. Perspektiva yasash usullari


Perspektiv tasvirlar yasashda «Rejasi tushirilgan» va



Download 2,15 Mb.
bet2/3
Sana24.06.2022
Hajmi2,15 Mb.
#698194
1   2   3
Bog'liq
6-MA\'RUZA.

2.3.2. Perspektiv tasvirlar yasashda «Rejasi tushirilgan» va
«Yon devor» usullari
Bu usullarni XVII asr oxiri XVIII asr boshlarida yashagan Andrea Patsso(1642 - 1709) taklif qilgan. Ba’zida ob’ektlarning perspektivalarini bajarishda ularning ta’sirli, hashamatli yoki mahobatli ko’rinishini ta’minlash maqsadida gorizont chizig’i tasviroynaning pastrog’idan o’tkaziladi. Bunday hollarda narsalar tekisligida yotgan ob’ekt asosining perspektivasi «ensiz» tasvirlanadi va undagi gorizontal chiziqlar kesishib hosil qilgan burchaklar juda kichik bo’lib, tasvir yasashni anchgina qiyinlashtiradi. Bunday paytda perspektivasi yasaladigan ob’ektnining rejasi shartli ravishda pastga tushiriladi yoki yuqoriga ko’tariladi va ob’ekt rejasining perspektivasi yasaladi, so’ng o’z o’rniga qo’yiladi. Quyida to’g’ri prizmaning perspektivasini yasash misol keltirilgan.
Buning uchun prizma rejasiga nisbatan tasviroyna tekisligi va fasadiga nisbatan gorizont chizig’i hamda qarash nuqtasi S tanlab olinadi. Rejadagi nuqtalar S bilan tutashtiriladi va gorizont chizig’idan pastga tushirilgan rejani ifodalash uchun ixtiyoriy masofada unga parallel qilib yordamch chiziq o’tkaziladi. Tasviroyna izidagi nuqtalar yordamch izigqa olib o’tiladi va F1,F2 nuqtalar gorizont chizig’ida belgilaniladi va reja hosil qilinadi. prizmaning balandligi esa «yon devor» usulidan foydalanib topiladi (38-rasm). Yon devorni ifoda qiluvchi vertikal tekislikni kartinaga nisbatan ixtiyoriy burchakda perspektiv tasvirning chap yoki o’ng tomonida tanlash mumkin.


37-rasm.
2.3.3. Perspektiva yasashning arxitektorlar usuli
Me’moriy loyihalash usuli arxitektorlar orasida keng tarqalgan. Berilgan inshootning reja va fasadidagi parallel to’g’ri chiziqlarning uchrashuv nuqtalaridan foydalanib perspektiv tasvirlar yasash arxitektorlar usuli deb ataladi. Tekis shakillarning perspektivasini arxitektorlar usulida yasashni 39-rasmda tennis kordi(maydonchsi) misolida ko’rsatilgan. Buning uchun maydonchaning birinch burchgidan gorizont chizig’iga nisbatan taxminan 350 qiyalikda tasviroyna o’tkaziladi va kuzatish nuqtasi S tanlanadi. S nuqtadan maydoncha tomonlariga parallel qilib chiziqlar o’tkaziladi,ular kartina tekisligi bilan kesishib F1,F2 fokus nuqtalar, S nuqtadan tasviroynaga perpendikulyar tushrilib markaziy nuqta P topiladi(39-a,rasm). Maydoncha rejasidagi 1,2,3 va hokozo nuqtalar S nuqta bilan tutashtirilib, tasviroyna asosida 20, 30, 40 va h.k. nuqtalar topiladi. Endi ikkinchi bosqichda tasviroyna asosiga parallel h gorizont chizig’i chiziladi. Rejada tasviroyna asosidagi F1,F2 va 1, 20, 30, 40 va h.k. nuqtalar ulchab frontal tasviroyna asosiga qo’yiladi(buni oddiy bir varaq qog’oz parchasidan foydalanib bajarish mumkin). Asos t chiziqdagi 1 nuqtani F1,F2 fokus nuqtalar bilan tutashtiriladi, 20, 30, 40 va h.k. nuqtalardan vertical chiziqlar chqarib maydonchning perspektivasi yasaladi va bu chiziq yug’onlashtiriladi(38-b,rasm).
a) b)
38-rasm.
39-rasmda geometrik jism sifatida to’g’ri turtburchkli prizmaning gorizontal va frontal proeksiyalari berilgan, uning perspektivasini arxitektorlar usulida yasash talab qilinsin. Buning uchun rejada 1,2,3,4 nuqtalar tanlanadi,narsalar tekisligida tasviroyna asosi t chiziladi va ma’lum masofada kuzatish nuqtasi S tanlanadi, undan t ga perpendikulyar o’tkazilib kartina .markazi P va parallel chiziqlar yordamida F1 , F2 lar topiladi(39-a,rasm). 11,21,31 nuqtalar S bilan tutashtirilsa, kartina asosida 1,20, 30 nuqtalar hosil bo’ladi. Endi prizmaning perspektivasini yasash uchun tasviroyna asosi t va gorizont chiziq h chiziladi, tasviroyna asosi t ga F1 , F2 , 1,20, 30 , va P nuqtalar o’lchb qo’yiladi. Bunda 1 nuqtani F1 , F2 nqtalar bilan tutashtiriladi, 20, 30 lardan vertikal chiziq chiqarib prizma asosining perspektivasi 1,2,3,4 nuqtalar, 1 nqtadan chiqarilgan chiziqqa prizma balandligi o’lchab qo’yiladi va F1 , F2 nqtalar bilan tutashtiriladi, natijada prizmaning perspektivasi hosil bo’ladi, uni yug’n chiziqlar bilan chzib chiqiladi(39-b,rasm).

  1. b)


39-rasm.
Arxitektorlar usulida perspektiva yasashning ikkinchi bir ko’rinishi bor unda to’g’ri to’rt burchakli prizma tomonlarini kartina bilan kesishguncha davom ettiriladi, kesishgan nuqtalarni kartina asosiga o’lchab qo’yiladi va fokus nuqtalar bilan tutashtirish natijasida perspektiva yasash mumkin. 40-rasmda ko’rsatilganidek, prizma tomonlari 2131 va 3141 lar davom ettirilib, kartina izida A0 va B0 nuqtalar aniqlanadi. Endi fasad asosining o’ng tomoni davomiga kartina izi k1 barcha nuqtalari bilan o’zgartirilmasdan ko’chirib qo’yiladi va F1 , F2 lar gorizont chizig’ida belgilaniladi. A0 va 10ni F2 bilan B0 va 10 ni F1 bilan tutashtirilsa, prizma asosining perspektivasi hosil bo’ladi. 10,2,3,4 nuqtalardan vertikal chiziqlar o’tkazilsa, prizmaning vertikal qirralari yasaladi. Kartina prizmaning 1T qirrasi orqali o’tganligi uchun perspektivada u o’zining haqiqiy kattaligida tasvirlanadi. Shuning uchun 10 T qirrasining perspektivadagi balandligi fasaddan olib o’tiladi va T nuqtani F1 , F2 lar bilan tutashtiriladi. Shunda prizmaning perspektivasi yasaladi.

40-rasm.

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish