2.3.4. Perspektiv tasvirlar yasashda «To’rlar» usuli
Bu usulda landshaft arxitekturasiga taaluqli xiyobonlar, sport maydonchalari, maktablar, bog’cha maydonchalari va shunga o’xshash joylarning perspektivasini tasvirlash uchun ancha qo’lay hisoblanadi. Buning uchun maydonchaning rejasi ustida ma’lum masshtabda kvadrat to’rlar chiziladi. Shu kvadrat to’rlarning perspektivasi bajariladi, unga rejadagi kvadratlar ichidagi tasvirlar aynan o’ziday qilab perspektivadagi kvadratlarga chizib chqiladi. Kvadratlar qanchalik mayda bo’lsa, tasvirlanayotgan ob’ekt shuncha aniqlikda chiqadi. Tasvirdagi narsalar balandligi esa blandlik masshtabidan foydalanib qo’yiladi. 41-rasmda ikkita bino va bitta daraxt bilan maydoncha berilgan, uning perspektivasini «to’rlar» usulida bajarish talab qilinsin. Buning uchun reja ustida kataklar chiziladi, ularni 1,2,3,4 va hokozo sonlar bilan belgilaniladi. Gorizont chizig’I unda distension nuqta D va kartina markazi P tanlanadi, uning yuqorisida to’rning perspektivasi yasaladi. Rejadagi shakillarning qaysi katakda qanday joylashganligiga qarab, perspektiva katagiga xuddi shunday shakilda ko’chirib chiziladi. Tasvirlanaytgan maydoncha ustida chizilgan kataklar qanch kichik bo’lsa, uning perspektivasi shuncha aniqlikda chiqadi. Yon devor usulida kartinaning chap tomonida balandlik masshtabi yordamida maydonchadagi narsalar, binolar, daraxtlar va hokozolarning balandliklari aniqlanadi, buni bajarish bosqichlari strelkalar bilan ko’rsatilgan. Hosil qilingan perspektiva shartli ranglarda bajarilsa, u yanada chiroyli bo’lib, tabiiy mo’hitga yaqinlashadi.
41-rasm.
2.4. Zinapoyaning perspektivasini yasash
Zinaning perspektivasini yasash uchun perspektiva masshtabi usullaridan ko’proq foydalanib bajariladi. Masalan, ma’lum o’lchamlarga ega bo’lgan 4 bosqichli zinapoya berilgan bo’lsin. Uning perspektivasini yasash 42-rasmda ko’rsatilanidek bajariladi, yani to’g’ri turtburchakdan iborat va ABCDning qiyaligi 1:2 nisbatda, AB va CDning fokus nuqtasi F3 topiladi, bu F1 dan vertikal chqqan chiziqda joylashgan bo’ladi. Endi AA1 kesma teng 4 bo’lakka bo’linadi, ularni F1 bilan tutashtirilsa, AB chiziqni ma’lum nuqtalarda kesib o’tadi, bu nuqtalardan vertical chiziqlar tushirilsa, zinapoya bosqichlari hosil bo’ladi, ularni F2 bilan tutashtrish natijasida to’liq zinapoya bosqichlari yasaladi.
42-rasm.
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar.
Atrofingizni qurshab turgan narsalarni geometric sirtlarga taqqoslang, hamda ularning ba’zilarining perspektivasini chizing?
Kubning perspektivasini yasashda birinch nimaga e’tibrni qaratish kerak?
Silindir perspektivasi nimaga asoslanib chiziladi?
Frontal silindir perspektivasi-chi?
5. Perspektiva yasashning nech xil usuli bor?
6. Perspektivada radial usulining afzalligi nimada?
7. Arxitektorlar usulichi?
8.Qaysi paytlarda to’rlar usuli ishlatiladi?
9. «Rejasi tushirilgan» va «yon devor» usullarining ahamiyatini ayting?
Do'stlaringiz bilan baham: |