6-MA’RUZA. Перспектива ясаш усуллари. Архитекторлар усули.
Perspektiva yasash usullari
Bino va inshootlar perspektivasi ishonarli, haqiqiy,tabiiy ko’rinishda chiroyli chiqish uchun ko’rish nuuqtasi, bosh chiziq(nur) va tasviroyna tekisligini ko’rinayotgan narsa(ob’ekt)ga nisbatan to’g’ri tanlash katta ahamiyatga ega. Shuning uchunham bular ixtiyoriy ravishda tanlanmasdan, balki perspektiva tajribasidan olingan ma’ium qonun-qoidalar asosida bajariladi.
Binoning perspektivasi uning rejasi va bosh fasadi bo’yicha uch bosqichda bajarilishi mumkin:
Birinchi bosqichda bino fasadiga nisbatan gorizont chizig’I, rejaga nisbatan esa tasviroyna tekisligi, ko’rish nuqtasi va boshqa nuqtalar tanlanadi. Rejadagi asosiy nuqtalar ko’rish nuqtasi bilan tutashtirib tasviroyna asosi(izi)ga proeksiyalanadi. Tasviroyna izida rejadagi to’g’ri chiziqlarning tushish nuqtalari va tasviroyna izlari aniqlanadi.
Ikkinchi bosqichda tasviroyna asosi va gorizont chiziqdan iborat tasviroyna tekisligida topilgan tushish nuqtalari gorizont chizig’iga, to’g’ri chiziqlarning tasviroyna izlari va nuqtalarning perspektivalari esa tasviroyna asosiga ko’chriladi. Bu nuqtalar yordamida bino rejasining perspektivasi yasaladi.
Uchinchi bosqichda yasalgan reja perspektivasiga fasad bo’yicha bino elementlarining balandliklari o’lchab qo’yiladi.sungra topilgan nuqtalar ma’lum tartibda tutashtirilib, binoning perspektivasi bajariladi.
Mana shu jihatlarni hisobga olgan holda perspektiva yasashning birnecha turlari mavjud, bular, arxitektorlar usuli, rejasi pastga tushirilgan usul, koordinatalar usuli, radial usuli va to’rlar usulidir.
2.3.1. Perspektiva yasashning radial usuli
XVI asirning boshlarida nemis rassomi Al’brext Dyurer (1417 - 1528) narsalar perspektivasini raqdial usulda yasashni taklif qiladi. Bunda perspektiva narsa, kuzatish nuqtasi va kartina tekisliklarining ortogonal proeksiyadagi tasvirlari orqali yasaladi. Qarash nurining gorizontal proeksiyalari narsaning rejasi orqali, Qarash nurining frontal proeksiyalari harsaning fasadi orqali o’tkazilib, kartina bilan kesishtiriladi. Natijada narsaning perspektiv tasviri hosil bo’ladi. Fazoda AB to’g’ri chiziq berilgan,uning perspektivasini yasash uchun A1B1ni O1 bilan tutashtiriladi, bu chiziq kartina asosi bilan kesishgan nuqtadan vertical chiqarilsa, ABning perspektivasi ApBp hosil bo’ladi(36-rasm).
36-rasm.
Endi to’g’ri turtburchak(parallelogram)ning perspektivasini yasash talab qilinsin. Buning uchun kartinani kuzatish nuqtasi O bilan to’g’ri turtburchakning rejasi oralig’ida olsak, perspektiv tasvir uzidan kichikroq, rejadan tashqarida olinsa, uzidan kattaroq bo’ladi. Tasviroyna izi x1 da ko’rish nurining gorizontal proeksiyalari O1A1B1, O1C1B1ni Ax, Bx, Ex, Cx nuqtalarda kesishtirib, frontal tekislikda uning perspektivasi qisqarib ko’rinadi. Shuning uchun kartinani frontal holatga kelguncha aylantiramiz yoki kartina izidagi Ax, Bx, Ex, Cx masofani o’zgartirmasdan x o’qi davomiga o’lchab qo’yamiz. Radial usulda narsalarning perspektivasi gorizont chizig’idagi parallel to’g’ri chiziqlarning uchrashish nuqtalaridan foydalanmasdan yasaladi. Bu usulning boshqa usullardan farqi ham shundadir. Og’ma tekisliklarga ega bo’lgan ob’ektlarning perspektivasini yasashda radial usulidan foydalanish birmuncha qulayliklar to’g’diradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |