Personalning mehnatga qiziqishini oshirish Personalni moddiy rag’batlantirish



Download 0,61 Mb.
bet25/39
Sana24.03.2022
Hajmi0,61 Mb.
#507553
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39
Bog'liq
Personalni rag’batlantirish

Ijtimoiy to’lovlar. Ular ta’til, shu jumladan ijtimoiy ta’tillar, malaka oshirish, hayotni sug’urta qilish va shu kabilar uchun to’lovlardan iboratdir.

  • Korxona aktsiyalari bo’yicha dividendlar (foydaga sheriklik). Bu xodimlarni moddiy jihatdan rag’batlantirishning juda muhim usuli bo’libgina qolmasdan, qator hollarda mulkka egalikning o’zgarishiga (agar korxona aktsiyalarining salmokli ulushi xodimlar tomonidan sotib olinsa) olib kelishi mumkin.

    Kompaniya va firmalar aktsiyalarining o’z xodimlariga sotilishi bir-biri bilan bog’liq ikki: kompaniya va firma hamda personal manfaatlarini birlashtirish, iqtisodiy - xodimlar mablag’larini ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun jalb qilish maqsadiga xizmat qiladi.
    Personalning korxona kapitalidagi ishtirokining quyidagi shakllari mavjud:

    • bepul aktsiyalar;

    • aktsiya kursidan muayyan foiz chegirmasi bo’lgan oddiy aktsiyalar;

    • korxona aktsionerlari umumiy yig’ilishida ovoz berish huquqini bermaydigan imtiyozli aktsiyalar;

    • xodimlarning pay shaklida ishtirok etishi ko’zda tutilgan jamiyatlarni tashkil qilish;

    • aktsiyalarga opsionlar;

    • faoliyat yakunlari bo’yicha, ishtirok etish birligiga aktsiyalar va hokazolar.

    Pensiya ta’minoti. O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi tayinlanishi belgilab qo’yilgan.
    Yoshga doir pensiya sug’urta qilingan xodimlarga umumiy asoslarda: erkaklar - oltmish yoshga to’lgan bo’lib, umumiy mehnat staji yigirma besh yildan kam bo’lmagan taqdirda, ayollar - ellik besh yoshga to’lgan bo’lib, umumiy mehnat staji yigirma yildan kam bo’lmagan takdirda tayinlanadi.
    Pensiya sug’urta qilingan xodimlarning ayrim toifalariga pensiya yoshi kam bo’lganda, tegishli hollarda esa, - mehnat staji kam bo’lganda ham tayinlanadi.
    Nogironlik pensiyasi sug’urta qilingan xodimlarga - nogironlik mehnatda mayib bo’lish yoki kasb kasalligiga chalinganligi tufayli kelib chiqqan bo’lsa, mehnat faoliyatining muddatidan qat’iy nazar, nogironlik boshqa sabablar tufayli kelib chiqqanda esa, - tegishli umumiy mehnat stajiga ega bo’lganda tayinlanadi, bunday mehnat stajining muddati sug’urta qilingan xodimning nogironlik ro’y bergan vaqtdagi yoshiga bog’liq bo’ladi.
    Boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi mehnatda mayib bo’lish yoki kasb kasalligi tufayli vafot etgan boquvchining mehnatga qobi-liyatsiz oila a’zolariga, uning mehnat faoliyatining muddatidan qat’iy nazar tayinlanadi, agar u boshqa sabablar natijasida vafot etgan bo’lsa, shunga muvofiq keladigan umumiy mehnat stajiga qarab tayinlanadi, bunday mehnat stajining muddati sug’urta qilingan xodimning vafot etgan kuniga qadar bo’lgan yoshiga bog’liq bo’ladi.
    Turli xildagi davlat pensiyalarini olish huquqiga ega bo’lgan sug’urta qilingan xodimlarga (boquvchisini yo’qotgan hollarda esa - ularning oila a’zolariga) ularning o’zlari tanlagan pensiyaning bitta turi tayinlanadi.1
    Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasida Pensiya jamg’armasi ham tashkil etilgan bo’lib, u fuqarolarni keksalik paytida moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlashga qaratilgan. Pensiya jamg’armasiga majburiy to’lovlar bilan birga xodimlar o’z ish haqlaridan hamda korxonalar mablag’lari hisobidan tegishli badallar o’tkazib turishlari mumkin.



    Download 0,61 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish