rasm. Mehnatga to’lashni tashkil etish
Alohida bir korxona uchun mehnatga haq to’lashning asosiy tamoyillari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
- davlat tomonidan belgilangan ish haqi eng kam mikdorini hisobga olish;
mehnatni tashkil etish masalalarida korxonaning mutlaq mustaqilligi;
mehnat unumdorligi o’sishi sur’atlarining ish haqi o’sishi sur’atlaridan yuqori bo’lishi;
ishlab chiqarishning pirovard natijalari va sarf etilgan mehnat miqdoriga muvofiq ish haqi to’lash;
yuksak sifatli mahsulot, mehnat, ish va xizmatlarni rag’batlantirish;
xodimlarning mehnatunumdorligini o’stirishdan manfaatdorligi, murakkab va oddiy, akdiy va jismoniy mehnatga haqto’lashda oqilona nisbatni ta’minlash;
alohida kasblar, toifalar, guruxlar mehnatiga haq to’lash nisbatini ta’minlash;
pul qadrsizlanishini hisobga olgan holda ish haqi miqdorini indeksatsiya qilish;
mahsulot tannarxida ish haqining eng maqbul ulushini ta’minlash;
tarmoqdagi turdosh korxonalarda o’rtacha ish haqi miqdorini hamda mintaqa (viloyatda) o’rtacha ish haqi miqdorini tahlil etish va korxonada bu o’rtacha ish haqlaridan yuqori bo’lgan ish haqi miqdorini ta’minlashni rejalashtirish;
xodimlarning alohida toifalari uchun mehnatga haq to’lashning eng maqbul (ishbay, vaqtbay) turini tanlash;
davlat hamda kompaniyaning o’zidagi mehnat kafolatlari yordamida xodimlarni ijtimoiy jihatdan himoya qilishni ta’minlash;
mehnatga haq to’lash va uning tarkibiy qismlari (maoshlar, tarif stavkalari, mukofotlar va hokazolar) ning dinamikasini tahlil qilish.
Bozor iqtisodiyoti mehnatga haq to’lashga juda qat’iy talablar qo’yadi. Bir tomondan, korxonalar mehnatini tashkil etish va unga haqto’lash, ish haqi fondi miqdorini belgilash, xodimlarga tarif stavkalari va maosh belgilash, xodimlarni ish sifati va miqdori uchun mukofotlashda to’la mustaqildirlar.
Ikkinchi tomondan esa, kompaniya va firmalar o’z mahsulotlari bozorda raqobatbardosh bo’lishi uchun mehnatga haq to’lash bo’yicha xarajatlarni kamaytirish va mahsulot sifatini yaxshilash imkoniyatlarini muttasil izlashlari kerak. Ba’zi korxonalar bu muammoni oddiygina - ish haqi miqdorini hamda mahsulot narxini oshirish hisobiga hal qilmoqchi bo’ldilar. Oqibatda ular bozor iqtisodiyotining shafqatsiz qoidalariga amal qilishiga o’zlari guvoh bo’ldilar. Yuqoridagidek, o’ylamasdan ish tutish tayyor mahsulotlarning omborda taxlanib ketishi, aylanma mablag’lar tugashi, ish haqi to’lay olmaslik, oqibat natijada malakali ishchiva xizmatchilarni ishdan bo’shatib, sinishga (bankrotlikka) duchor bo’lishga olib keldi.
Shunday ekan bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatga haq to’lash tamoyillariga qat’iy amal qilish korxona muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishining asosiy omillaridan biridir. Bu tamoyillarning asosiylari quyidagilardan iboratdir:
Ish haqi mikdorini muttasil oshirib borishi.
Mehnat me’yorlarining mehnatga haq to’lash me’yorlariga muvofiqligi.
Mehnatkashlarning mehnatda yuksak pirovard natijalarga erishishdan manfaatdorliklari.
Mehnat unumdorligi sur’atlari o’sishining mehnatga haq to’lash sur’atlari o’sishidan yuqori bo’lishi.
Yuqorida keltirilgan har bir tamoyil bir necha iqtisodiy qonunlar amal qilishi bilan bog’liq. Masalan, mehnat me’yorlarining mehnatga haq to’lash me’yorlariga muvofiq bo’lishida mehnat va qiymat bo’yicha taqsimlash qonunlari bir yo’la amal qiladi.
Mehnatga haqto’lash tamoyillari bazisli va asosan barqarordir. Mehnatga haq to’lashga talablar esa (rasm) dinamik va o’zgaruvchan tusga egadir.
Mehnatga haq to’lash talablari mehnatga haq to’lashni tashkil etish tamoyillarini hayotga to’laroq tadbiq etishga ko’maklashadi hamda iqtisodiyotning ahvoli, uning vazifalariga bog’liq ravishda bu tamoyillarga aniqlik kiritish, qayta ko’rib chiqish va o’zgartirish maqsadlariga xizmat qiladi. Mehnatga haq to’lashga talablar odatda me’yoriy hujjatlarda aniq ko’rsatmalar, yo’l qo’yish mumkin bo’lgan eng ko’p va eng kam chegaralarning o’rtacha ko’rsatkichlari sifatida aks ettiriladi. Mehnatga haqto’lashni tashkil etishda ularga rioya etish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |