aksiyadorlik jamiyati yopiq aksiyadorlik jamiyati, deb hisoblanadi.
Aksiyadorlik jamiyatini aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi,
kuzatuv kengashi va ijroiya organi boshqaradi.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi mutlaq vakolatlariga
quyidagilar kiradi:
— jamiyat Nizomiga qo‘shimchalar kiritish, yangi tahrirdagi
Nizomni tasdiqlash;
— jamiyatni qayta tashkil etish va tugatish;
— jamiyat kuzatuv kengashining tarkibini belgilash, uning
a’zolarini saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari
tugallash;
55
— e’lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash;
— Nizom jamg‘armasini ko‘paytirish va kamaytirish, o‘z
aksiyalarini qaytarib sotib olish;
1.8-chizma.