Personalni boshqarish tamoyillari va uslublari. Personalni boshqarish xizmati vazifalari va funksiyalari. Personalni boshqarishning chet el tajribalari



Download 300,8 Kb.
bet10/14
Sana22.06.2023
Hajmi300,8 Kb.
#952751
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
3-mavzu PB

Personalni boshqarish xizmatlari korxonada personal bilan ish olib boruvchi asosiy bo‘g‘indir. Ishlab chiqarishda inson omilining ortishi, hozirgi bozor sharoitida raqobatning kuchayishi, moliyaviy muvaffaqiyatga erishish zarurati personalni boshqarish xizmat-larining roli va ahamiyatini kuchaytirib yuboradi.
Samarali faoliyat ko‘rsatayotgan kompaniya va firmalar bugungi kunda innovatsiya strategiyalari, yangi mahsulot turlari, tashkiliy tuzilmalar yaratish bilan inson resurslarini boshqarish, mehnat salohiyatini rivojlantirish uslublari o‘rtasidagi mavjud uzilish-larni bartaraf etishga eng asosiy masala sifatida qaramoqdalar. Muammoni ijobiy hal etish ko‘p jihatdan personalni boshqarish xizmatiga bog‘liq bo‘lib qoladi.Iqtisodiyotda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar an’anaviy kadrlar bo‘limlarining funksiyalari yo‘q bo‘lib ketadi, degan ma’noni ber-maydi. Ishga qabul qilish, kadrlarni tayyorlash, ish haqi, ijtimoiy imtiyozlarni taqsimlash masalalari bundan buyon ham personalni boshqarish xizmati funksiyalarida asosiy o‘rinlarni egallashi aniq. SHu bilan bir qatorda, bu funksiyalarni amalga oshirish shakl va uslublarida sifat jihatidan o‘zgarishlar qilish ham hayotiy zaruratga aylanmoqda.
Personalni boshqarish xizmatlari jahondagi etakchi kompaniyalar va firmalarda korxonaning asosiy bo‘linmasi hisoblanadi. Amaliyotda ular zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilgan:

  • kompaniya yoki firmani yuqori malakali va manfaatdor xodimlar bilan ta’minlash;

  • personalni ishga qiziqtirish tizimlarini takomillash-tirish;

  • personalning barcha toifalarini o‘z mehnatidan qoniqish hosil qilish darajasini oshirish;




  • personal malakasini oshirish va kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish va yuksak darajada ushlab turish;

  • qulay ma’naviy muhitni saqlash;

  • xodimlar va rahbariyat uchun o‘zaro foyda keltirishini ko‘zlagan holda personalni korxona ichida almashinuvlarini boshqarish;

  • martabani rejalashtirish;

  • personal ijodiy faolligini oshirish, kompaniya yoki firma innovatsiya rejalarini amalga oshirishda ko‘maklashish;

  • personal faoliyatini baholash va boshqaruv personalini attestatsiyadan o‘tkazish uslublarini takomillashtirish.

Personalni boshqarish xizmati va menejerlar korxona (firma) uchun kadrlar tanlar ekan, ularda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni (oilaviy ahvol, funksiyalari o‘zgartirilgan holda xizmat vazifa-larining o‘zgartirilishi va hokazolarni) ham hisobga olishni talab etadi.
Personalni o‘qitish, malakasini oshirish yoki qayta tayyorlashda xodimlarni chet ellarda stajirovkadan o‘tkazishni ko‘zda tutish, faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha zarur maxsus adabiyotlar, video va audio materiallar bilan ta’minlashni ham talab etadi.
Personalni samarali mehnat qilishi, ularga yaratilgan qulay sharoitlar (psixologik muhit, qulay ish joyi, transport, ovqat-lanish va hokazolar)ga bog‘liqligini hisobga olgan holda rahba-riyatga ishchi, xizmatchilarning maishiy sharoitini yaxshilash yuza-sidan tegishli tavsiyalar tayyorlashi kerak bo‘ladi. Ijtimoiy masalalarga e’tibor katta bo‘lgan kompaniya va firmalarda personalning sihat-salomatligi, uy-joy sharoitlari haqida g‘am-xo‘rlik qilinadi, xodimlarni tug‘ilgan kuni bilan tabriklash, bayramlarda sovg‘a berish, turli imtiyozlar (masalan, nufuzli kurortlarga imtiyozli yo‘llanmalar) berish ham an’anaga aylanadi.
Personalni boshqarish xizmaty xodimlarga ma’muriyat bilan shartnomalar tuzishda yordam beradi. SHuningdek, tashqi tashkilotlar — mehnat inspeksiyalari, huquq-tartibot idoralari, yuqori tashkilotlar, tarmoq kasaba uyushmalari, ta’lim muassasalari, mahalliy hokimiyat idoralari va boshqatar bilan aloqada bo‘lishi ham xizmat vazifalari hisoblanadi.
Ko‘pgina kichik xususiy va oilaviy korxonalar personalni bosh-qarish xizmatiga ega emas, bu vazifani ushbu korxona egasi bajaradi. Kichik firmalar ish hajmi ortgandan so‘ng hisob-kitob va idora ishlarini olib borish uchun xodim yoki mutaxassis yollaydi.
Bugungi amaliyotda personalni boshqarish bo‘yicha mutaxassisga ehtiyoj xodimlar soni 100 — 150 taga etganda tug‘ilishini ko‘rsatadi. Korxona faoliyatiga qarab undagy jamoa a’zolari soni 200—500 kishiga etganda, odatda, personal xizmati tashkil qilinadi.
Uncha katta bo‘lmagan firmalarda (100 — 200 kishi) kadrlar xizmati tarkibi 1 — 2 mutaxassis (shu jumladan, xizmat rahbari), 1 — 2 yordamchi xodimdan iborat bo‘ladi. Personal mikdori 201 — 300 bo‘lganda 2 — 3 mutaxassis va 2 ta yordamchi xodimni tashkil etadi. Personal soni 500 tagacha kompaniyalarda xizmat rahbari 1 — 4 mutaxassis va 2 — 3 yordamchi xodim bilan ishlaydi. Ishlab chiqarishda band bo‘lganlar 1000 kishini tashkil etsa, kadrlar xizmati 10—13 kishidan, shu jumladan, rahbar, 5 — 6 mutaxassis va deyarli shuncha yordamchi xodimlardan iborat bo‘ladi. Personal 2,5 ming kishiga etganda esa kadrlar xizmati 17—18 mutaxassis va rahbar, 15 taga yaqin texnik xodimni tashkil qiladi.
Hozirgi vaqtda amalda bo‘lgan me’yorlar 1 ming kishilik mehnat jamoasiga 10 nafar personalni boshqarish xodimining to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqsa. Odatda, ularning 6 tasi maxsus oliy ma’lumotga, 4 tasi to‘liqsiz oliy ma’lumotga ega bo‘lishi talab qilinadi.
Personalni boshqarish xizmati funksiyalari har bir korxona faoliyatiga bog‘liq. SHunday bo‘lsa-da, odatda ularning funksiyali tuzilmasi (4.14- rasm) quyidagicha bo‘ladi:
Bu tuzilmada kadrlar bo‘limi:

  • personalni yollash va tanlash, shu jumladan, ularni test sinovidan o‘tkazish;

  • yangi xodimlarni xizmat vazifasiga joylashtirish;

  • xizmatni o‘tash va xizmat vazifasida ko‘tarilishini rejalash;

  • faoliyatni baxrlash;

  • kasbga yo‘naltirish;

  • ishdan bo‘shayotganlar bilan suhbat o‘tkazish funksiyalarini bajaradi.







Download 300,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish