[Pereslano ot Otabek Bahromjonovich]
Azizlar, ҳar biringiz қuyidagi materiallar bilan tanishib, trening davomida ўzingiz xoҳlagan jamoa javobini tўldirishingiz mumkin. Қolaversa, ALIShER NAVOIY RAҲMATULLOҲI ALAYXNING RUҲLARINI ShOD ҚILIB, ALLOҲ ROZILIGI YЎLIDA XAYRLI ISh ҚILGAN BЎLAMIZ.
SAVOL: -Alisher Navoiy davlat arbobi sifatidagi faoliyatini қachon va қaysi vazifalardan boshlagan?
JAVOB: -1469-yilda Ҳirot taxtiga Ҳusayn Boyқaro chiқadi va Samarқandga xat yўllab, Alisher Navoiyni ўz yoniga chaқirib oladi. Davlat ishlariga jalb etadi, avval muҳrdor, sўng vazir қilib tayinlaydi. Muҳrdor — davlat ҳujjatlarini rasmiylashtiruvchi amaldor. 1487-1488-yillarda Astrobodga ҳokimlik қildi. Ҳusayn Boyқaro ҳokimiyat ishlarida Navoiyning aқl va sadoқatiga tayanib ish kўrdi. Uning қarshiligiga қaramasdan, shoirni yuқori martabalarga tayinladi. Buyuk shoir «amiri kabir» (uluғ amir), «amir ul-muқarrab» (podshoҳga eng yaқin amir) unvonlariga musharraf bўldi. Uning vazirlik yillari Ҳirotda obodonlik ishlari avj olgan, madaniyat gullab, yashnagan, adolat va ҳaқiқat tuғi baland kўtarilgan davr bўldi. «Ilgimdan kelganicha, — deb yozadi «Vaқfiya» asarida Navoiy, — zulm tiғin ushotib (sindirib), mazlum jaroҳatiғa intiқom malҳamini (қasos malҳamini) қўydum. Va ilgimdin kelmaganni ul Ҳazrat (Ҳusayn Boyқaro) arziғa yetkurdim».
SAVOL: -Navoiy ўz mulki ҳisobidan қanday bunyodkorliklarni amalga oshirgan?
JAVOB: -Alisher Navoiy muҳrdor va vazirlik choғida katta mulk egasiga aylanadi. 1480 yil Ҳirot shaҳrida va boshқa viloyatlarda ўz ҳisobidan bir nechta madrasa, 40 ta rabot (yўlovchilar uchun bekat), 17 ta masjid, 10 ta sўfiylar turarjoyi (xonaқoҳ), 9 ta ҳammom, 9 ta kўprik va boshқalarni қurdiradi. Biroқ, saroy amaldorlariga Navoiyning bu kabi faoliyati yoқmaydi va turli fitnalar orқali Ҳusayn Boyқaro bilan munosabatlarini buzishadi, PIROVARDIDA Navoiy Astrobod ҳokimligiga ketadi.
SAVOL: -Alisher Navoiy tomonidan turk tilida yaratilgan ilk she’riy asar қaysi?
JAVOB: -Navoiyning “Ҳamsa”si turkiy tildagi birinchi asar ҳisoblanadi. U – turkiy tilida ҳam bu kabi yirik kўlamdagi asar yaratilishi mumkinligini isbotlab berdi. Ҳaқiқatan ҳam, Navoiy chiғatoy tilida (eski ўzbek tili) ҳam fors-tojik adabiyoti bilan bir darajada turuvchi asar yaratish mumkinligini isbotlashga ҳarakat қilgan. Va u ўzining besh ҳazinasi orқali buning uddasidan chiққan.
SAVOL: -Navoiyning forsiy tildagi ijodiga dalillar keltiring.
JAVOB: -Navoiy forsiy tilida yozilgan ўz she’rlarini “Devoni Foniy” nomi ostida jamlagan. U fors shoirlari bilan ҳam bellashmoқchi bўlgan. Tўplam shaklida chiқarilgan ғazallarini ўzini ҳisoblasak, ular 3150 donani tashkil etadi. Navoiy yozgan she’rlarining miқdoriga kўra peshқadam, desak mubolaғa bўlmaydi. Shuningdek, Navoiy fors tilidagi қasidalarini jamlab, “Sittai zaruriya” (“Olti zaruriyat”) va “Fusuli arbaa” (“Yilning tўrt fasli”) nomli ikki tўplam yaratadi.
SAVOL: -Navoiy қanday tarixiy asarlar yaratgan?
JAVOB: -Navoiy tarixiy mavzularda bir қator risolalar yaratgan: “Tarixi muluki Adjam” (“Eron shoҳlari tarixi”), “Tarixi anbiya va xukama” (“Payғambarlar va donolar tarixi”). Badiiy maktublarini “Munshaat” tўplamiga jamlagan. Uning shoҳ asarlari: Abd Ar-Raҳmon Jomiy ҳayoti ҳaқida – “Xamsat al-mutaxayyirin”, 1494, “Xalati Sayyid Xasan Ardasher” (“Sayyid Xasan Ardasher ҳayoti”), “Xalati Paҳlavon Muҳammad” (“Paҳlavon Muҳammad ҳayoti”)lardan iborat.
SAVOL: -Alisher Navoiyning tўla ismi-shariflari va maқomlarini bayon қiling.
JAVOB: -Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Xuroson ўlkasining poytaxti Ҳirotda tuғildi. Zamondoshlari uni «Nizomiddin Mir Alisher» deb uluғlaganlar. «Nizomiddin» — din nizomi deganidir. Kўpincha, mansab egalariga nisbatan aytilgan «mir» — amir demakdir. Chunki u Ҳusayn Boyқaro saroyidagi eng nufuzli amir bўlgan. Alisher bolalikdan ma’rifatli oila muҳitida tarbiya topdi. Navoiyning otasi Ғiyosiddin Muҳammad (uni «Ғiyosiddin kichkina» ҳam der edilar) temuriylarga yaқin amaldorlardan bўlib, ўz davrining obrўli va ma’rifatli kishilaridan sanalgan.
[Pereslano ot Otabek Bahromjonovich]
SAVOL: -Ushbu ruboiy mazmunini sharҳlang:
Nokasu nojins avlodin kishi bўlsun debon,
Chekma meҳnatkim, latif bўlmas kasofat olami-
Kim, kuchuk birla xўtikka necha қilsang tarbiyat,
It bўlur, doғi eshak, bўlmaslar aslo odami.
JAVOB: - Taxliti odam-u, ammo fe’l-atvori ҳayvonda ҳam uchramaydigan zotlar bўladi. Insonchilik-da, deyiladi-da, odamiylik tmaoyillariga ўrgatmoқchi bўlinadi, ўrganmaydi. Takror-takror boshi berk kўchaga kirishlaridan xulosa chiқarsin, deya illatlarni soқit қilib, xayrli amallarga band etiladi, biroқ riyozatlaringizni zoe қiladi, yuzingizni yerga қaratadi. Ammo odamiylik degan uluғ ғoya қalbingizda umid chechaklarini gullatib, yaқiningizda yashab-ishlab yurgan ўsha nokasu nojins shaxsni odam қilishga yana va yana kirishasiz. Lekin u mas’uliyat, insof-diyonat, yaxshilik va meҳr-oқibat ҳaқidagi sўzlaringiz, ibratlaringizni bir pulga chiқarib, yana isқirt tabiati xoҳshidagi noma’қulchiliklarni қilib қўyaveradi. Chunki, alloma aytganidek, unga kasofat қon bilan kirgan. Shu bois uning xaromdan ҳuzur, faxshdan roҳat, yolғonu ҳiyonatdan ҳalovat topadigan қalbi ҳech қachon latif bўla olmaydi.
SAVOL: -Bu yozuқ bas kishigakim, eldin –
Ҳar na sўzkim eshitti –fosh etti.
Toғ eshitganin der, gunoҳidin –
Gўyiyo Tengri ani tosh etti.
Alloma ta’kidlamoқdaki, kishilardan eshitgan gapini boshқalarga aytish nechoғlik gunoҳ bўlsa-da, odam zotiga xos illat. Bu gunoҳ uchun beriladigan jazo beniҳoya oғirligini shundan bilki, deydi alloma, toғ eshitganini boshқalarga aks sado қilib tarқatgani uchun u toshga aylantirilgan.
SAVOL: Sўzdin kishikim ғamu balo ҳosilidur,
Ҳar nuқta tili desa balo doҳilidur.
Besifra degan kishiga tili қotilidur,
Alқissaki, kimsaning balosi tilidur.
JAVOB: -Darҳaқiқat, betamiz aқlning kimdir yo nimadir ҳaқidagi xom-xatala fikrini aytib yuborgan til ўz egasiga ғam va balo keltiradi. Noҳaқ, noўrin, beisbot aytilgan bittagina sўz ҳam til egasini malomatga қoldiradi. Alloma aytadi: қissadan ҳissa shuki, kishining balosi ўz tilida jo bўlgan. Demak, odam ўziga noaniқ bўlgan ish, shaxs ҳaқida aslo gapirmasligi, eshitsa boshқalarga yoymasligi kerak. Shunda boshi omon, қuloғi tinch, xalovati bardavom bўladi.
SAVOL:- Noқis uldurkim, ўzin komil degay,
Komil ulkim, nuқsin isbot aylagay.
Ўz kamolidin demas, aҳli kamol.
Aҳli nuқson ichradur bu қilu қol.
Kim ўzin komil kўrar, noқisdir ul,
Nuқs bergaydur kamoli sori yўl.
JAVOB: -Alloma ta’kidlaydiki, kim ўzini mukammalman, komilman, desa, ana shu uning nuқsoni, katta kamchiligi bўladi. Ҳaқiқiy komillik yўlidagi odam esa ўzini ҳamisha aybli sezadi. Bilmi ҳar necha boy bўlsa-da, borliқning ilmi oldida zarradek biladi. Nechoғlik xayrli ishlarni amalga oshirgan bўlmasin, ҳali қilishi kerak bўlgan say’-ҳarakatlarim kўp, deb biladi. Shuning uchun kamolotga yetishgan zotlar ўzini komillikda ustvor қilib kўrsatmaydi, deydi alloma. Bunday ҳol ayni nuқsonlari bisyor kimsalarda uchraydi. Zero, kim ўzini komilman, deb maқtayversa, uning mana shu nuқsi komillik yўliga ғov bўlib қolaveradi.
SAVOL: -Alisher Navoiy ғazali bilan aytiluvchi “Fido” қўshiғiga raқs tushing.
SAVOL: -Alisher Navoiy ғazali bilan aytiluvchi “Munojot” қўshiғiga raқs tushing.
SAVOL: -Alisher Navoiy ғazali bilan aytiluvchi қўshiқlarning biridan parcha aytib bering.
SAVOL: -Alisher Navoiy ғazali bilan aytiluvchi қўshiқlarning biridan parcha aytib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |