Borliqning ilmiy tasviri – bu tegishli falsafiy bilim va g’oyalar asosida qurilgan va ma’lum rivojlanish bosqichiga tegishli bo’lgan ma’lum fan sohasi bo’icha dastlabki nazariy tushuncha, tamoyil va taxminlarni o’z ichiga oladigan tabiat xaqidagi umumiy tasavvurlarning tizimidir. Borliqning mexanik, fizik va biologik tasvirlari mavjud. Tushuncha. Umumiy tushunchalarning kelib chiqishi turlicha talqin etiladi. Idealistlar tomonidan ular g’oyaviy muqaddimani tug’ulishi deyilsa, materialist umumiy tushunchalar tajribalar asosida yuzaga keladi va bizning tasavvurlarimizni umumlashtiradi deb xisoblaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |