Nazariy tadqiqotlarning ikkinchi bosqichi Nazariya deb ma’lum bir xodisani tushuntirib berish va aniqlashga yo’naltirilgan g’oyalar yig’indisiga aytiladi. U tor va maxsus ma’noda ilmiy bilimni tashkil etishning eng yuqori va rivojlangan shaklidir. Nazariya ob’ektni uning ichki bog’lanishlarini e’tiborga olgan xolda va tizim sifatida bir butun xolda tushunish imkonini beradi. Nazariyani qurish metodlariga aksiomatik va genetik metodlar kiradi, ular deduktsiya va induktsiyaga tayanib bir –birini inkor etmaydi va bir –biridan ajralmaydi. Ilmiy qonun ilmiy nazariyaning asosini tashkil qiladi. Uning yordamida ilmiy dalillar tegishli nuqtai-nazar bo’yicha umumlashtirilib, bir tizimga solinadi va shunga ko’ra olingan dalillar asosida ichki bog’lanishlar ochiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |