Per Lepezan de Buagilber 1646-yilda Fransiyaning Ruan okrugida huquqshunos oilasida tug’ilgan. U xuddi otasiga o’xshab huquqshunoslikdan ta’lim olgan. 31 yoshida Normandiyada sudyalik lavozimini egalladi. U bu lavozimda 25 yil mobaynida, ya’ni deyarli umrining oxirigacha ishlagan. Per Lepezan - iqtisodchining asl familiyasi bo'lib, de Buagilber - bu oila er pomestesining nomi edi.
Frantsiyaning kambag’allik holati ko’rsatildi, merkantilizm qoralandi. Iqtisodiy islohotlar o’tkazish to’g’risida yangi g’oyalar ilgari surildi.
«Fransiyaning to'la tavsifi» (1696-yil)
«Boylik, pul va o'lponlarning tabiati to'g'risida mulohaza»
«Boyliklar tabiati to'g'risida traktat»(1707-yil)
iqtisodiy inqiroz davrida nima ro'y berishini yorqin va obrazli ifodalab beradi, uningcha, odamlar faqat etishmovchilikdangina emas, ortiqcha boylikdan ham o'lishi mumkin ekan.
Buagilberning islohotlari
1. Soliq tizimini o‘zgartirish
Soliq tizimi dehqonlar mehnatidan manfaatdorlik tamoyiliga asoslanishi kerak, davlat to'g'ri soliq tizimi orqali mamlakatda iste'mol va talabni yuqori darajada ta'minlashi mumkin.
Buagilberning islohotlari
2. Ichki savdoni har xil cheklashlardan ozod qilish
Bu chora ichki bozorni kengaytirish, mehnat taqsimotining o'sishini ta'minlash, tovar-pul muomalasini kuchaytirishga yordam beradi
Buagilberning islohotlari
3. Donning erkin sotilishiga yo'l berish
Mamlakatda donga sun'iy ravishda baho belgilangan bo'lib, ishlab chiqarish harajatlari qoplanmas edi. Uning fikricha, iqtisodiyot erkin raqobat sharoitida va tovarlar bozorida «haqiqiy qiymat»ga ega bo'lganda rivojlanadi.
Buagilber V.Pettidan holi, mustaqil ravishda qiymatning mehnat nazariyasiga asos soldi
Bozor bahosi
Haqiqiy baho
Mehnat va xomashyo sarfi bilan belgilanadigan narxi