Pensiya ishi


O’zbekiston  Respublikasida  fuqarolar  bandligini  ta’minlash  siyosatining



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/212
Sana31.12.2021
Hajmi2,26 Mb.
#208913
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   212
Bog'liq
Davlat maqsadli va bujetdan tashqari jamgarmalar

O’zbekiston  Respublikasida  fuqarolar  bandligini  ta’minlash  siyosatining 
strategiyasi va taktikasi 
Mamlakatimizda  kuchli  ijtimoiy  siyosat  olib  borilar  ekan,  Prezidentimiz  ko’rsatmalari 
bo’yicha quyidagi muammolarga alohida e’tibor beriladi: 
   ishsizlikka  qarshi  kurashish,  mehnatga  qobiliyatli  aholini  ish  joylari  bilan  ta’minlash 
muammolarini echish; 
   iqtisodiyotning ijtimoiy sohalarini, ijimoiy infrati-zimni rivojlantirish, 
   ta’lim, sog’liqni saqlashni, sportni rivojlantirish bo’yicha dasturlarni amalga tatbiq etish; 
   kam ta’minlangan oilalarni kuchli ijtimoiy himoyalash. 
Ish bilan band bo’lgan aholini tarkibiy jihatdan qayta taq-simlash hamda mehnatga layoqatli 
yoshlarni faoliyatning yangi ilg’or tarmoqlariga va sohalariga jalb qilish mehnat salohiyatidan sa-
marali foydalanishning xususiyatlaridir. Hozir qishloq xo’jali-gida barcha ijtimoiy ishlab chiqarish 
xodimlarining  uchdan  bir  qismidan  ko’prog’i  band.  Ularni  bo’shatib  olish  va  iqtisodiyotning 
boshqa  sohalariga  yo’naltirish,  tarkibiy  o’zgarishlar  qilish  hamda  uni  jadal  rivojlantirish  uchun 
keng imkoniyatlar ochib beriladi. Shuning uchun ham hozir respublikada har bir fuqaroga mehnat 
faoliyatining turi va shaklini erkin tanlash uchun chinakam imkoniyatlar yaratilmoqda. 
Respublikamizda islohotlarning ikkinchi bosqichida xotin-qizlarni, ayniqsa, onalarni mehnat 
bilan  band  qilish  va  ularning  salomatligini  yaxshilash  masalalarini  ijtimoiy  siyosatning  mu-him 
yo’nalishi sifatida hal etish vazifasi qo’yildi.  
Ijtimoiy  barqarorlikka  davlatning  ijtimoiy  siyosatining  yo’nalishlari  orqali  erishilishi 
ma’lum.  Iqtisodiy  adabiyotlarda  ko’rsatilishicha,  ijtimoiy  siyosatni  asosiy  yo’nalishlari  quyida-
gilar hisoblanadi: 
1.  Fuqarolarning iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi,  kasb va mehnat 
sohasini  erkin  tanlash  bo’yicha  kafolatlangan  konstitutsiyaviy  huquqlarini  ta’minlash.  Mehnatga 
layoqatli aholining o’zi mehnat faoliyati shaklini erkin tanlash huquqidan foydalana borib, o’zini 
va o’z oilasini moddiy jihat-dan zarur darajada ta’minlashi, oilasining farovonligi, sog’lom avlodni 
kamol toptirish uchun javobgar bo’lishi kerak. 
2.  Ijtimoiy  muhofazalash  aniq  va  maqsadli  yo’naltirilgan  bo’lishi  kerak.  Aholini  turli 
qatlamlariga  alohida-alohida  yonda-shish  —  ijtimoiy  muhofazaning  yangi  tizimini  o’ziga  xos 
xususiya-ti bo’lib qolmog’i lozim. 
Samarali  ijtimoiy  muhofazalash  deganda  jamiyatning  har  bir  a’zosiga  ma’lum  turmush 
darajasini, o’z qobiliyatining (mehnat, tadbirkorlik, shaxsiy) rivojlantirish va ulardan foydalanish, 


u  yoki  bu  kobiliyatlar  yo’qotilgan  taqdirda  (keksalar,  nogironlar,  kasallar,  bolalar  va  boshqalar) 
kafolatlarini ta’minlaydigan iqtisodiy munosabatlar tizimi tushuniladi. 
Quyidagi kafolatlar uning tarkibiy qismlari bo’ladi:  
  mehnatga layoqatlilarni ish bilan bandligini ta’minlash (ishliksizdan muhofaza qilish); 
  mehnatga  layoqatsizlar,  nogironlar  va  aholining  ooshqa  ijtimoiy  zaif  guruhlarini 
nafaqalar bilan taminlash; 
  mehnat  faoliyatidan  olingan  daromad  yoki  nafaqa  asosida  normal  turmush  darajasini 
ta’minlash (bunga asosiy moddiy boyliklar, eng avvalo, oziq-ovqat mahsuloti iste’moli ham kiri-
tiladi); 
  turar-joy  madaniy  xizmatlar  va  sog’liqni  saqlash  xizmat-larini  minimal  teng  me’yorda 
ta’minlash; 
  zamonaviy  malakaviy  ishchi  kuchini  shakllantirish  uchun  zarur  bo’ladigan  ma’lumotni 
olish. 
O’zbekistonning  ijtimoiy  siyosatida  ham,  aholini  ijtimoiy  himoyalashning  muhim  sharti 
sifatida ham ish bilan bandlik va ishsizlikdan himoyalash siyosatini davlat byudjetidan moliyalash-
tirish  dunyodagi  ko’pgina  rivojlangan  mamlakatlarning  boy  taj-ribasiga  asoslangan.  Ammo  bu 
tajribalarni  ko’pchiligi O’zbekis-tonning ijtimoiy  siyosatining  chora-tadbirlariga mos  holda tako-
millashtirilmoqda. 
Ish bilan bandlikning to’rt jihatini hisobga olish kerak bo’ladi: 

  ish bilan bandlik insonning Konstitutsiyada belgilab beril-gan eng muhim huquqi-mehnat 
huquqi bilan mustahkam bog’liqli-gidir; 

  ish  bilan  bandlik  -  hozirgi  kunda  mehnat  faolligini  oshi-rish,  mehnatga  qobiliyatli 
fuqarolar va ularning oilalarini tur-mush darajasini oshirishning eng muhim kafolatidir

  har  kimning  va  jamiyat  farovonligining  negizi  bo’lgan  yuqo-ri  unumli  mehnatni 
shakllantirilishidir; 

  mehnat  faoliyati  insonni  o’zgartirishi,  uning  kasbiy  imko-niyatlarini  ochib  berishi  va 
ko’paytirishi hamda shaxsning rivoj-lanishini rag’batlantirilishidir. 
Ijtimoiy  yo’naltirilgan  iqtisodiyotning  eng  muhim  mezoni  ish  bilan  bandlikka  bog’liq 
munosabatlardir. Ish bilan bandlikka ijtimoiy siyosatning ajralmas qismi sifatida qaraladi. Ish bilan 
bandlik muammosining ijtimoiyligi uning avval boshdan insonga, uning manfaatlariga va mehnat 
sohasidagi  ehtiyojlariga  qaratilganligi  bilan  belgilanadi.  «Agar  o’tish  davrida  aholining  aksariyat 
qismi  kam  ta’minlangan  oilalarga  mansub  ekanligini  inobatga  olsak,  bu  toifa  odamlarni  ayrim 
korxona hamda tashki-lotlarning va byudjetdan tashqari mablag’lari, shuningdek, davlat byudjeti, 
kasaba  uyushma  mablag’lari,  mulkdor  tabaqaning  xayriya  fondlari  hisobiga  «chorasizlik» 
darajasiga tushirmaslikka qara-tilgan chora-tadbir sifatida qarash maqsadga muvofiq bo’ldi»
1

Ijtimoiy  siyosatning  boshqa  jihatlari  bilan  birga  qo’shib  qaralganda  ish  bilan  bandlikka 
rivojlanishning  asosiy  yo’na-lishlaridan  biri  deb  qaralishi  kerak,  Ushbu  yo’nalishlar  milliy 
iqtisodiyotdagi moliyaviy, moddiy va mehnat resurslarini qayta guruhlarga ajratishni, fan-texnika 
taraqqiyotining  ustuvor  yo’na-lishlarini,  shuningdek,  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarni  joylashtirish, 
turmush  sifati  darajasini  oshirish  yo’llarini  belgilab  beradi.  Ish  bilan  bandlik  muammolarini  hal 
qilishga,  iqtisodiyotni  isloh  qilishning  muvaffaqiyatini  e’tirof  qilish  va  hal  etish  ham  ma’lum 
darajada bog’liqdir. 
Ijtimoiy  yo’naltirilgan  bozor  iqtisodiyotida  ish  bilan  band-likning  asosiy  xususiyatlari 
quyidagilardan iborat: 
  ish bilan to’liq va samarali bandlikni birga qo’shib olib borish; 
  mehnat samaradorligini oshirish yo’lida uning tarmoq-lari, sohalari;  
  kasblar va hududlar o’rtasida ishchi kuchining erkin harakatini shakllantirish; 
  yangicha mehnat, tadbirkorlik va xodimlarning yuqori unum-li mehnat qilishdan kuchli 
manfaatdorligini ta’minlash; 
                                                           
1
 Mamarahimov X. Ijtimoiy siyosat va siyosiy tizim barqarorligi. Iqtisodiyot va ta’lim. 2003. 2-son. -44 bet. 


  mehnatkashlar  manfaatlarini  bozor  iqtisodiyotining  sal-biy  oqibatlaridan  aniq  maqsad 
bilan himoyalash;  
  mehnat  qilishning  ixtiyoriyligi  va  mehnat  sohasida  inson  huquqlari  hamda 
vazifalarining  uyg’unlashuvi,  xodimlarning  ijtimoiy  boqimandaligiga  barham  berish,  munosib 
turmushni  ta’minlaydigan  ish  topish  imkoniyati  uchun  fuqaro  bilan  davlatga  baravar  mas’uliyat 
yuklanganligidir. Bu xususiyatlar ish bilan bandlikning yangi sifat xususiyatlarini belgilab beradi, 
ularning shakllanishiga tegishli ish bilan bandlik sifati mos kelishi lozim. Biz ish bilan bandlik va 
ijtimoiy  siyosatga  qo’yilgan  maqsadlarga  erishish  uchun  jamiyatning  ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishiga bevosita va bilvosita ta’sir ko’rsatish choralari majmui sifatida qaraymiz. Bunda ish 
bilan  bandlik  siyosatining  maqsadlari  ish  bilan  bandlikning  normativ  holatini  aks  ettirishi  kerak. 
Hozirgi kun muammolarini hal qilish bilan bunday holatga erishish mumkin. 
Ish bilan bandlik siyosati umumdavlat, mintaqaviy va mahal-liy darajaga ega:. 
Umumdavlat ish bilan bandlik siyosati ijtimoiy bozor iqti-sodiyotidagi ish bilan bandlikning 
asosiy xususiyatlarini shakl-lantirishga; fuqarolarning mehnat qilish huquqini amalga oshi-rish va 
yuqori turmush darajasiga erishishning zarur sharti bo’lgan ish bilan to’liq bandlikni ta’minlashga 
qaratilganligidir. 
Ma’lumki,  bozor  iqtisodiyoti  boshqaruv  usullarida  iqtisodiy  samaradorlikni  oshirishga, 
xo’jalik yuritish sohasi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lmagan ish o’rinlarini siqib chiqa-
rishga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va aholining iste’mol talabini qondirish uchun ish 
kuchini qayta guruhlarga bo’-lishga qaratilganligidir. Bunday sharoitda ish bilan to’liq band-likka 
ko’maklashish davlatning strategik maqsadi bo’lib qoladi. Eng yaqin taktik maqsad ish o’rinlariga 
bo’lgan  talab  va  taklfning  balanslashtirishdir.  Bunga  faqat  ishchi  kuchiga  bo’lgan  talab  va  taklif 
balansli bo’lishiga erishish shartlariga komleks yondashuv bilan erishish mumkin. Bu muammoni 
echishda ko’pincha ommaviy ishsizlikning oldini olishning zarur sharti bo’lgan ish o’rin-larining 
tizimini rivojlantirishga e’tibor beriladi. 
Ishsizlik  va  u  bilan  bog’liq  muammolar  mehnat  bozoridagi  ij-timoiy-mehnat 
munosabatlarining  asosiy  mazmunini  tashkil  qi-ladi.  Ishsizlik  muammosini  o’rganishdan  asosiy 
maqsad  aholining  ish  bilan  bandligini  yaxshilash  orqali  mamlakatda  ishlab  chi-qarishni 
kengaytirish  va  aholi  turmush  darajasini  yanada  yaxshi-lashga  aloqador  chora-tadbirlar  ishlab 
chiqishdir. Jamiyatdagi ishsizlik darajasini pasaytirish uchun qo’shimcha ishchi o’rinlarni yaratish, 
ularni ishga tushirish aholining tabiiy o’sishidan orqada qolmasligi kerak. 
Mehnatga  layoqatli  yoshga  etmagan  aholini  ijtimoiy  muhofa-zalashdan  maqsadning  bozor 
sharoitlariga  moslashish  imkonini  jismoniy  hamda  ma’naviy  normal  rivojlanishini  ta’minlashdir. 
Ijtimoiy  yo’naltirilgan  iqtisodiyotning  eng  muhim  mezoni  ish  bilan  bandlikka  bog’liq 
munosabatlardir.  Ish  bilan  bandlikka  ijtimoiy  siyosatning  ajralmas  qismi  deb  qaraladi.  Ish  bilan 
bandlik muammosining ijtimoiyligi uning avval boshdan inson-ga, uning manfaatlariga va mehnat 
sohasidagi ehtiyojlariga qara-tilganligi bilan belgilanadi.  
 «Respublikamizda  2000-  2008  yillarda  o’rtacha  yillik  o’sish  sur’atlari  aholi  o’rtasida  1,3 
foizga, mehnat resurslari o’rtasida esa 2,8 foizga teng bo’ldi. Natijada mehnat resurslarining aholi 
o’rtasidagi  soni  va  salmog’i  uzluksiz  tarzda  oshib  bormoqda.  Mehnat  resurslarining  soni  1991- 
2000  yillarda  2,5  mln.  kishiga,  2000-  2008  yillarda  esa  3,1  mln.  kishiga  o’sdi.  Uning  salmog’i 
1991 yilda 49,5 % va 2000 yilda 51,8 % dan 2007 yilga kelib 58,3 % ga etdi»
1
. Bunday vaziyat o’z 
navbatida,  aholining  ish  bilan  band-ligini  oshirish,  buning  uchun  esa  ishlab  chiqarishni 
kengaytirish,  yangi  ish  o’rinlarini  yaratish  borasida  uzluksiz  ish  olib  borishni  taqozo  etadi.  Aks 
holda,  aholining  turmush  darajasining  pasayib,  mamlakatda  ishsizlar  sonining  ortib  borishi  bilan 
bog’liq muammolar kelib chiqadi. 
Iqtisodiy  nuqtai  nazardan  ishsizlik  deganda  ishchi  kuchining  ish  joyi  bilan 
ta’minlanmaganligi  va  natijada,  uning  biron-bir  qonuniy  daromad  manbaiga  zga  bo’lmasligining 
                                                           
1
  Qayumov  A.  Mintaqalarning  demografik  salohiyati  va  mehnat  resurslarining  shakllanishi.  «Iqtisodiyotni 
modernizatsiyalash  sharoitida  mintaqalarning  barqaror  rivojlanishi»  mavzusidagi  Respublika  ilmiy-amaliy 
konferentsiya materiallari. Toshkent. Moliya. 2008 yil. 30 may. -17b.  


muayyan  holati  tushuniladi.  Odatda,  «ishsizlik»  tushunchasi  BMT,  Xalqaro  Meh-nat  Tashkiloti, 
Iqtisodiy  hamkorlik  va  rivojlanish  jamiyati  talablariga  ko’ra  ishlab  chiqiladi.  Xalqaro 
tashkilotlarning ber-gan ta’rifiga ko’ra «ishsiz shaxslar» deganda - ishga ega bo’lmagan, ishlashga 
tayyor va ish izlayotgan fuqarolar tushuniladi. Mana shu asosiy shartlarga rioya qilgan holda, turli 
mamlakatlarda  fuqa-roni  ishsiz  shaxs  deb  e’tirof  etish  uchun  qo’shimcha  shartlar  talab  etiladi. 
Masalan,  Amerika  Qo’shma  Shtatlarida,  so’nggi  bir  hafta  mobaynida  ish  bilan  band  bo’lmagan, 
so’nggi  to’rt  hafta  davomida  ishga  joylashishga  harakat  qilgan,  mehnat  qilish  qobiliyatiga  ega 
bo’lgan fuqarolar, ishsiz shaxs deb e’tirof etiladi. Yaponiyada ishsiz shaxs deb, so’nggi bir hafta 
davomida  bir  soat  ham  ishlama-gan,  Buyuk  Britaniyada  esa,  so’nggi,  bir  hafta  mobaynida 
ishlamagan,  shu  davr  mobaynida  ish  qidirgan  yoki  kasalligi  tufayli  ish  qidirish  imkoniyatiga  ega 
bo’lmagan  fuqarolar  tushuniladi.  Ayrim  mamlakatlarning  qonun  hujjatlariga  binoan,  ishsiz  deb, 
ishdan bo’shatilgan va mehnat stajiga ega bo’lganlar tushuniladi. 
O’zbekiston  Respublikasining  «Aholini  ish  bilan  ta’minlash  to’g’risida»gi  qonunga  binoan 
ishsiz  shaxs  deb,  «o’n  olti  yoshdan  boshlab,  pensiya  bilan  ta’minlash  huquqini  olishgacha 
yoshdagi  meh-natga  qobiliyatli,  ishga  va  ish  haqiga  ega  bo’lmagan,  ish  qidiruvchi  shaxs  sifatida 
mahalliy  mehnat  organida  ro’yxatga  olingan,  meh-nat  qilishga,  kasbga  tayyorlash  va  qayta 
tayyorlashdan  o’tishga,  mala-kasini  oshirishga  tayyor,  mehnatga  qobiliyatli  shaxslar  e’tirof 
etiladi»
1

Respublikamizda  ijtimoiy  yordam  tizimini  huquqiy  asosda  barpo  etish  va  bu  boradagi 
qonunlarni  ijro  etilishini  ta’min-lash  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  muhim  vazifalardan  biri  hi-
soblandi.  Kuchli  ijtimoiy  siyosat  murakkab  o’tish  davrida  odam-larning  manfaatlarini  ishonchli 
ravishda  himoya  qilishdangina  iborat  emas.  Bu  eng  avvalo,  sermahsul  mehnat  qilish  uchun 
yaxshiroq  rag’bat  va  imkoniyatlar  yaratishdan,  iqtisodiy  yo’l  tanlash  va  fao-liyat  ko’rsatish 
erkinligiga  bo’lgan  kafolatli  huquqni  qaror  top-tirishdan,  aholining  mehnat  va  ijtimoiy  faolligini 
oshirish-dan iborat. 
Islohotlarning eng muhim vazifalaridan biri har bir shaxs mehnatining qadrini oshirish, uning 
ijodiy  faoliyat  ko’rsatish  imkoniyatlarini  namoyon  etishi  uchun  sharoit  yaratishdan  iborat.  O’z 
ijodiy  qobiliyatlari  va  imkoniyatlariga  tayanishni  nazarda  tutgan  munosabatlar  har  bir  kishi 
farovonligining yagona va barqaror manbaidir. Mehnat qilish huquqi, tadbirkorlik bilan shug’ulla-
nish  imkoniyati  hamda  o’z  mehnatidan  daromad  olish  huquqi  meh-natga  yaroqli  aholining  ish 
bilan bandligi muammosini hal etish bilan bog’liq. 
Aholi turmush darajasi tushunchasi ularning hayot kechirish uchun zarur bo’lgan moddiy va 
ma’naviy ne’matlar bilan ta’min-lanishi hamda kishilar ehtiyojini shu ne’matlar bilan qondiri-lish 
darajasi sifatida aniqlanadi. Shunga ko’ra aholi turmush darajasiga ta’sir etuvchi omillarni ko’rib 
chiqish mumkin. 
Iqtisodiyotda bozor qonunlari va talablariga muvofiq ravish-da ro’y berayotgan o’zgarishlar 
ish bilan bandlik kontseptsiyasining o’zgarishini keltirib chiqaradi. Mulkchilik munosabatlari bir-
lamchidir,  ular  ikkilamchi  ishlab  chiqarish  munosabatlari  sifati-da  namoyon  bo’ladigan  ish  bilan 
bandlikning  munosabatlarini  bel-gilaydi.  Hozirgi  paytda  ishlab  chiqilayotgan  ish  bilan  bandlik-
ning yangi kontseptsiyasida kasanachilik, uy xo’jaligida bajarila-digan mehnat faoliyati shakllarini 
mutlaqo qonuniy va ijtimoiy e’tirof etilgan shakllar sifatida ko’rsatiladi. 
Shunday  qilib,  O’zbekistonda  davlatning  uzoq  muddatli  stra-tegiyasi  mavjudligi  bozor 
iqtisodiyotining ehtiyojlariga javob beradigan ish bilan bandlikning zamonaviy ko’rinishini qaror 
topishiga sabab bo’lmoqda 
Ingliz  olimi  Jon  Meynard  Keyns  davlat  bozor  iqtisodiyo-tini  tartibga  solishga  aralashuvi 
zarurligini asoslab chiqdi. J. Keyns «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» asarida 
yalpi talabning  yalpi taklifga tengligi to’g’risidagi  «Sey qonuni»ni tanqid qilib, bozor o’zini-o’zi 
tartibga  sola  oladigan  ko’ngildagidek  mexanizm  bo’la  olmaydi,  u  samarali  talabni  ta’minlashga 
qodir emas, chunki  bozor sub’ektlarining daromad-lari  undan  yuqoriroq bo’ladi, deb ta’kidlaydi. 
                                                           
1
 O’zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida»gi qonuni. 3-modda. 


Shu  bois  Keyns-ning  fikricha,  davlat  pul-bandlik  va  byudjet  siyosati  yordamida  to’lovga 
qobiliyatli talabning oshib borishini rag’batlantirishga aralashib borishi zarur. 
Prezident  I.Karimov  birinchi  chaqiriq  Oliy  Majlisning  o’n  to’rtinchi  sessiyasidagi 
"O’zbekiston  XXI  asrga  intilmoqda"  mavzusidagi  ma’ruzasida  XXI  asr  arafasida  va  uning 
dastlabki  yillarida  O’zbekistonning  rivojlanish  strategiyasi,  islohot-larni  chuqurlashtirish  va 
jamiyatni yangilash borasidagi ustuvor yo’nalishlaridan biri — xalq turmush darajasining izchil va 
barqaror o’sishi aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilishini ifoda etadi. Ushbu vazifani amalga 
oshirish uchun quyidagilar bajariladi: 
1.  Mamlakatimizda  vujudga  kelayotgan  makroiqtisodiy  vaziyat-ga  hamda  iqtisodiyotning 
amalda  yuksalishiga  asoslanib,  yaqin  besh  yil  ichida  ish  haqining  eng  kam  miqdorini  15  baravar 
oshirilishi  mo’ljallanmoqda.  Eng  kam  ish  haqi  miqdorining  bunday  oshiri-lishi  iqtisodiy 
yuksalishning  boshqa  omillari  bilan  qo’shilib,  shu  davrda  aholi  jon  boshiga  to’g’ri  keladigan 
o’rtacha daromadni 1,8-2,0 barobar oshirilishiga imkon beradi. 
2.  Aholi  daromadlarini  oshirish  bilan  bir  qatorda  ularning  xarid  quvvatini  ham  oshirish 
ko’zda tutiladi. Buning uchun pul-ning qadrsizlanishiga qarshi o’rnatilgan qat’iy choralarni ko’rish 
natijasida yaqin besh-olti yil ichida pulning qadrsizlanishi darajasini 6-8 foiz kamayishiga erishish 
vazifasi  belgilangan.  Pulning  xarid  quvvatini  oshirish  uchun  ichki  iste’mol  bozorini  milliy 
kundalik  zarur  tovarlar  bilan  to’ldirish  chora-tadbir-larini  ko’rish  zarur  bo’ladi.  Shu  maqsadda 
sanoat ishlab chiqarish-ning umumiy hajmida iste’mol tovarlarining ulushini yaqin besh yil ichida 
50% ga etkazish vazifasi qo’yiladi. 
3. Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo’llab-quvvatlash hajmi va miqdorini ko’paytirish va 
shu bilan bir qatorda faqat haqiqatda yordamga muhtoj bo’lgan kishilar va oilalargagina ijti-moiy 
yordam  berilishini  ta’minlash.  Bunda  fuqarolarning  o’zini-o’zi  boshqarish  organlari  (mahalla) 
orqali  aholini  ijtimoiy  qo’l-lab-quvvatlash  va  himoyalash  tajribasini  yanada  keng  joriy  etish 
maqsadga muvofiq deb topildi. Ushbu vazifani amalga oshirish maqsadida nogiron bolalarni tibbiy 
va  ijtimoiy  jihatdan  reabilitatsiya  qilishni,  bolalar  nogironligining  oldini  olishni,  ularga  tibbiy, 
ijtimoiy jihatdan madad  berish va mehnat  qobi-liyatini  tiklashni,  kasb  o’rganish  va so’ngra ishga 
joylashtirishni  ko’zda  tutadigan  maxsus  Davlat  dasturini  ishlab  chiqish  va  qabul  qilish  vazifasi 
belgilangan. Bu ishlarni bajarish uchun esa dav-latga qarashli bo’lmagan jamg’armalarni, xayriya 
tashkilotlarini, tadbirkorlar va homiylarning mablag’ini keng jalb etish ko’zda tuti-ladi.  
4. Mehnat bozorini shakllantirish, yangi ish joylarini barpo etish va aholini ish bilan oqilona 
bandligini ta’minlash bo’yicha faol ijtimoiy siyosat o’tkazish vazifasi qo’yildi. 
5.  Aholining  turmushini  yaxshilash  maqsadida  qishloq  joylar-da  ijtimoiy  infratuzilmani, 
yanada rivojlantirish, aholini tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan ta’minlash yuzasidan qabul kilingan 
Davlat dasturini bajarish lozimligi ko’rsatab o’tildi. Unga ko’ra 2005 yilga qadar qishloq aholisini 
ichimlik suv bilan ta’minlash 80% ga, tabiiy gaz bilan ta’minlash 82% ga etkazildi. Buning’ uchun 
esa,  1999-  2005  yillarda  qishloq  joylarda  30  ming  kilometrga  yaqin  gaz  tarmoqlari,  18  ming 
kilometr  suv  quvuri  tarmoqlari  ishga  tushirildi.  Ushbu  vazifalarni  bajarilishining  ahamiyati 
to’g’risida  to’xtalib,  I.  Karimov  xalq  farovonligini  barqaror,  muttasil  oshirishni,  aholini  ijtimoiy 
himoyalashni  ustuvor  yo’nalish  qilib  belgilab,  shu  yo’l  bilan  islohotlar  faqat  inson  manfaatlarini 
ko’zlab,  uning  farovonligi  uchun  amalga  oshiriladi,  degan  asosiy  qoidamizni  yana  bir  bor 
tasdiqlagan bo’lamiz, — deb ta’kidladi. 
Jamiyat haddan tashqari boylarga va kambag’allarga ajralib ketishiga yo’l qo’ymaslik kerak. 
Aholining  yordamga  muhtoj  qat-lami-  bolalar,  yolg’iz  qariyalar,  nogironlarga  ijtimoiy  yordam 
ko’r-satish  va  ularni  qo’llab-quvvatlash  ishlarini  amalga  oshirish  za-rur.  Shu  bois  ijtimoiy 
ko’maklashuv tizimini takomillashtirish, aholini ijtimoiy himoyalashning ta’sirchan mexanizmini 
shakl-lantirish yo’lini davom ettirish lozim. Moddiy yordam muayyan oilalarga etib borishi, biroq, 
bu  muayyan  kishilarga  mo’ljallangan  tabaqalashtirilgan  yordam  bo’lishi  darkor.  Shu  bois  o’ta 
muhim  ij-timoiy  muammolarni  hal  etishda  fuqarolarning  o’zini-o’zi  bosh-qarish  organlari  rolini 
bundan  buyon  ham  butun  choralar  bilan  oshirish,  ularni  zurur  moddiy  vositalar  bilan  ishonchli 
darajada  mustahkamlash  lozim.  Davlat  ushbu  o’ta  muhim  ijtimoiy  masalani  hal  etishda 


fuqarolarning o’zini-o’zi  boshqarish organlariga  butun  choralar bilan ko’maklashishi  va  yor-dam 
ko’rsatishi lozim. Demak, mahalliy hokimiyat organlarining huquqiy vakolatlarini oshi-rish kerak. 
Shu  bilan  bir  qatorda  mahalliy  hokimiyat  organlari  faoliyatida  ijtimoiy  yo’nalishni  kuchaytirish 
zarur. Bugungi kun-da ayni hokimliklar aholini kundalik zarur iste’mol mollari, ijtimoiy, maishiy 
xizmatlarning  xilma-xil  turlari  bilan  bog’-liq  tizilmalarning  beto’xtov  ishlashi,  mehnatga  yaroqli 
aholining ish bilan bandligi muammolarini hal etish uchun mas’uldir. 
Ijtimoiy muhofaza mazmunini aniqlashga yondashilganda quyidagi kafolatlar uning tarkibiy 
qismlariga aylanadi: 
  mehnatga layoqatlilarni ish bilan bandligini ta’minlash; 
  mehnatga  layoqatsizlar,  nogironlar  va  aholining  boshqa  ijtimoiy  zaif  guruhlarini 
nafaqalar bilan ta’minlash; 
  mehnat  faoliyatidan  olingan  daromad  yoki  nafaqa  asosida  normal  turmush  darajasini 
ta’minlash (bunga asosiy moddiy boy-liklar, eng avvalo, oziq-ovqat mahsuloti iste’moli ham kiriti-
ladi); 
  turar-joy,  madaniy  xizmatlar  va  sog’liqni  saqlash  xizmat-larini  minimal  teng  me’yorda 
ta’minlash; 
  zamonaviy malakaviy ishchi kuchini shakllantirish uchun za-rur bo’ladigan ma’lumotni 
olish»
1

Milliy  ijtimoiy  muhofaza  tizimlarini  tashkil  etishdagi  xilma-xillik  bir  qator  sabablari  bilan: 
mamlakatlarning ijti-moiy-iqtisodiy va huquqiy rivojlanish darajasi, ularning jo’g’rofiy joylashish 
xususiyatlari,  davlat  qurilishi  shakli,  madaniy  va  tarixiy  an’analari,  fuqarolik  jamiyatining 
mavjudligi va shu kabilar bilan izohlanadi.  
2.  Mehnat bozorining shakllanishi va ish o’rinlarini yaratish muammolari 
O’zbekistonda  ishsizlikning  keskin  ko’payishi  ish  bilan  ban-dlik  siyosatining  normal 
evolyutsiyasi  yo’lidan  izchil  borishga  im-kon  bermaydi.  Shuning  uchun,  ish  bilan  bandlikni 
ta’minlashning xilma-xil dasturlarini davlatning haqiqiy moliyaviy imkoniyat-lari bilan yaxshilab 
muvofiqlashtirmay,  ish  bilan  bandlik  ishi-ning  barcha  yo’nalishlarini  bir  yo’lga  qamrab  olishga 
e’tibor qara-tish mumkin emas. 
Bozor  iqtisodiyotining  tarkibiy  qismlaridan  biri  mehnat  resurslari  bozoridir.  Mehnat 
resurslari bozoridagi muvozanatni belgilaydigan quyidagi mezonlar mavjud: 
• aholining demografik holati; 
• pensiya yoshi; 
• nafaqalarning miqdori va xarakteri; 
• iqtisodiy o’sish sur’ati; 
• xususiylashtirish sur’ati; 
• o’z-o’zini band qilish imkoniyati
• ilmiy-texnika siyosati; 
• ichki mehnat migratsiyasi; 
• tashqi mehnat migratsiyasi. 
Respublikada  ish  bilan  bandlikning  faol  siyosatini  olib  borishda  ishsizlarni  hisobga  olish, 
ro’yxatga  qo’yish,  ularni  samarali  qo’llab-quvvatlash  maqsadida  ijtimoiy  himoyalash  uslublari 
amalga  oshirilishi  zarur.  Mazkur  chora-tadbirlarga  yo’naltirilgan  mablag’larning  samaradorligini 
oshirish lozim. 
Eng  avvalo,  ish  bilan  bandlik  siyosatini  amalga  oshirishga  yo’naltirilgan  moliyaviy 
mablag’larni  muvofiq  tarzda  taqsimlab,  mehnat  bozorini  tartibga  solishning  umumdavlat  va 
mintaqaviy sohalarini belgilab olish kerak. Mahalliy mehnat bozorini tahlil qilish asosida ajratilgan 
mablag’larning har bir so’mini ish bilan bandlikning o’sishi ko’rinishidagi samara bilan qaytishi, 
uni qaerga yo’llash kerakligini aniqlash zarur bo’ladi. Ish bilan bandlik siyosatini amalga oshirish 
usullari ham qayta ko’rib chiqilishi kerak. Ma’muriy usullar mehnat bozori ishiga bevosita, ba’zida 
                                                           
1
 Abdurahmonov Q. X. Mehnat iqtisodiyoti. Darslik. “Mehnat” nashriyoti. 2004yil. 117-6. 


hatto  bozor  mexanizmini  buzib,  aralashuvni  nazarda  tutadi.  Tartibga  solishning  iqtisodiy  usullari 
buyruq beradigan emas, tavsiyaviy, rag’batlantirish usullari asosida amalga oshadi. 
Shunday  qilib,  ish  bilan  bandlikni  tartibga  solishning  faol  iqtisodiy  usullariga  quyidagi 
tadbirlarni kiritish mumkin: 

 
mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni umumiy sog’lomlashtirishda Davlat byudjetining o’rnini 
oshirish, investitsiyaviy faollikni rag’batlantirish, barqarorlashtirish va iqtisodiy o’sishga erishish; 

 iqtisodiyotning  nodavlat  sektorlarini  rivojlantirish  va  kengaytirish  uchun  shart-sharoitlar 
yaratish, jumladan, xususiy biznes va o’z-o’zini ish bilan band qilishni ko’llab-quvvatlash; 

 ish bilan bandlikling oqil tuzilmasini yaratish maqsadida kasbiy o’qitish, qayta tayyorlash 
va maslahat berishni ta’minlash. 
Yuqoridagilardan  ko’rinib  turibdiki,  bu  vazifalarni  amalga  oshirish  bugun  ham,  kelajakda 
ham  muhim  hisoblanadi.  Aholining  ish  bilan  bandligini  ta’minlash  ishsizlik  darajasining 
kamayishiga  va  respublikamizda  kuchli  ijtimoiy  siyosat  olib  borishga  imkon  beradi. 
Respublikamizda  «xodimning  ish  joyiga  va  bajarayotgan  ish  xususiyatiga  bog’liq  bo’lmagan 
holda, ish vaqtida o’qishni davom ettirishi huquqi berilishi nafaqat ishlab chiqarish zaruriyatidan, 
balki,  shaxsning  o’zining  manfaati  hamda  ehtiyoji  uchun  kerak  bo’ladi»
42
,bunda  ishsizlarning 
maktabda  olgan  boshlang’ich  bilimlariga  mos  ravishda  dasturlar  tuziladi,  shu  yo’l  bilan  davlat 
ularg’a ta’lim olish imkoniyatini yaratadi. 
O’zbekiston  Respublikasining  “Aholini  ish  bilan  ta’minlash  to’g’risida”gi  qonunining 
“Aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplari” nomli 5-moddasida 
ta’kidlanganidek,  «davlat  ish  qidirayotgan  va  mehnat  organlariga  murojaat  qilgan  fuqarolarni 
yangi kasbga bepul o’qitishni, mahalliy mehnat organlarida yoki ularning yo’llanmasi bilan boshqa 
o’quv  yurtlarida  stipendiya  to’lab,  malakasini  oshirishni  kafolatlaydi  »
43
.  Aholini  ish  bilan 
ta’minlash  sohasidagi  davlat  siyosatini  amalga  oshirish  chora-tadbirlarini  moliyalashtirish  va 
mehnat organlarini samarali faoliyat ko’rsatishi uchun Davlat byudjeti tarkibida jamlantiriladigan 
maqsadli  «Ish bilan ta’minlashga ko’maklashuvchi» davlat maqsadli jamg’armasi mablag’laridan 
foydalaniladi. 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2000  yil  25  iyuldagi  F-1218-son  farmoyishi  bilan 
tashkil etilgan fuqarolarning  yollanib  (kunbay) ishlashi  to’g’risidagi  masalani o’rganish  bo’yicha 
Respublika komissiyasi tomonidan fuqarolar tomonidan vaqtinchalik bir martalik ishlar bajarilishi 
masalalari o’rganib chiqildi. 
Tahlillar vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajaruvchi ko’pchilik shaxslar, eng avvalo yoshlar, 
ishga  joylashishda  qiyinchiliklarga  duch  kelayotganligini,  zarur  mehnat  ko’nikmalari,  kasblar  va 
malakaga ega emasligini ko’rsatdi. Shu bilan birga, fuqarolarning muayyan qismi vaqtinchalik bir 
martalik  ishlarni  bajarish  bahonasi  bilan  o’z  oilaviy  majburiyatlarini  bajarishdan,  o’z  oilalarini 
moddiy  ta’minlashdan  bosh  tortishining  ko’plab  hollari  mavjud;  ular  pasport  tizimi  qoidalarini 
buzmoqdalar.  Joylardagi  hokimiyat  va  boshqaruv  organlari  tomonidan  ko’rsatib  o’tilgan 
hodisalarni keltiruvchi sabablarni o’rganish bo’yicha ishlar juda qoniqarsiz olib borilayotganligini 
normal  hol  deb  hisoblash  mumkin  emas,  biznesni,  xizmat  ko’rsatish  sohasini,  kasanachilik 
mehnatini  hamda  aholini  mehnat  faoliyatiga  jalb  etishning  boshqa  shakllarini  keng  rivojlantirish 
uchun zarur shart-sharoitlar ta’minlanmayapti. 
Ishsizlikning  sabablarini  o’rganish  va  uni  bartaraf  etish  bo’yicha  aniq  chora-tadbirlarni 
amalga  oshirish  yuzasidan  Mehnat  va  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish  vazirligi  va  uning 
joylardagi  organlarining  ishini  qoniqarli  deb  bo’lmaydi.  Mehnat,  aholini  ish  bilan  ta’minlash  va 
ijtimoiy  muhofaza  qilish  mahalliy  organlari  tomonidan  o’tkazilayotgan  bo’sh  ish  o’rinlari 
yarmarkalari  zarur samara bermayapti, ularda vaqtinchalik bir martalik  ishlarni  izlovchi shaxslar, 
shuningdek, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlar faol qatnashmayapti. 
                                                           
42
  Xudoyberdiev  3.  Professionalnaya  podgotovka  kadrov:  kak  eto  delaetsya  v  Zapadnoevropeyskix  kompaniyax? 
Ekonomicheskiy vestnik Uzbekistana. 2001.№ 11. -42str. 
43
 O’zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida»gi qonuni, 5-modda. 


Ish bilan mashg’ul bo’lmagan aholi bilan ishlash, fuqarolarni ishga joylashtirish uchun zarur 
shart-sharoitlar  yaratish  yuzasidan  ichki  ishlar,  mehnat,  aholini  ish  bilan  ta’minlash  va  ijtimoiy 
muqofaza qilish, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarining o’zaro hamkorligi sust tashkil 
etilgan. 
Fuqarolar vaqtinchalik bir martalik  ishlarga  yollanishi o’z-o’zidan shakllanayotgan joylarda 
zarur  jamoat  tartibi  va  ijtimoiy-maishiy  shart-sharoitlar  etarli  emas.  Vaqtinchalik  bir  martalik 
ishlarni  bajaruvchi  fuqarolarning  mehnat  faoliyatini  tartibga  solish,  ular  uchun  zarur  ijtimoiy-
maishiy  shart-sharoitlar  yaratish  va  ularni  ishga  joylashtirishga  ko’maklashish  maqsadida 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 18 mayda «Vaqtinchalik bir martalik 
ish bilan ta’minlash markazlarini tashkil etish to’g’risida»gi Qarori qabul qilindi. 
Vaqtinchalik ish bilan ta’minlash markazlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

 vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollanishda fuqarolarga ko’maklashish; 

 
vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajaruvchi fuqarolarga yangidan tashkil etilgan va bo’sh 
ish joylarida ishga joylashish, kasb-kor tayyorgarligi, o’z ishini tashkil etish va yuritish masalalari 
bo’yicha maslaqat va kasbga yo’llash xizmatlari ko’rsatish; 

 vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarish uchun fuqarolarni yollashda ish beruvchi xususiy 
shaxslarga ko’maklashish; 

 vaqtinchalik  bir  martalik  ish  izlovchi  fuqarolarni  keng  xabardor  qilish  uchun  xususiy  ish 
beruvchilar tomonidan beriladigan ish turlari to’g’risidagi ma’lumotlar bankini shakllantirish; 

 vaktinchalik bir martalik ishga yollanuvchi fuqarolarni ishlarni bajarishda jamoat tartibiga 
rioya  qilish,  pasport  rejimi  qoidalari,  shuningdek,  mehnat  xavfsizligining  asosiy  qoidalari 
to’g’risida xabardor qilish

 manfaatdor  ish  beruvchilar  va  vaqtinchalik  bir  martalik  ish  izlovchi  shaxslar  ishtirokida 
bo’sh ish o’rinlari yarmarkalarini muntazam ravishda o’tkazish; 

 vaqtinchalik  bir  martalik  ish  izlovchi  fuqarolar  uchun  zarur  ijtimoiy-maishiy  shart-
sharoitlar yaratish, ovqatlanish shoxobchalari tashkil etish; 

 jamoat  tartibini  saqlash, vaqtinchalik  bir  martalik  ishlarni  bajaruvchi  fuqarolar  tomonidan 
qonun hujjatlari buzilishining oldini olish. 
«Fuqarolarni vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishga yollayotgan ish beruvchilar: 
 yollangan fuqarolarga xavfsiz mehnat sharoitini yaratib berishga; 
 fuqarolar tomonidan bajarilgan ishlar uchun ish  haqini og’zaki kelishuvga muvofiq to’liq 
hajmda va o’z vaqtida to’lashga; 
 fuqarolar vaqtinchalik bir martalik ishni bajarayotgan vaqtida ularni zarur ijtimoiy-maishiy 
shart-sharoitlar bilan ta’minlashga; 
 yollangan  xodim  tomonidan  amaldagi  qonun  hujjatlari  talablari  buzilishi  va  xodim 
vaqtinchalik  bir  martalik  ishlarni  bajarayotgan  vaqtida  u  bilan  yuz  bergan  baxtsiz  hodisalar 
to’g’risida Markazga yoki vakolatli organlarga zudlik bilan xabar berishga majburdir»
44

 Ichki  ishlar  organlari  fuqarolarning  o’zini-o’zi  boshqarish  organlari  bilan  birgalikda 
vaqtinchalik  bir  martalik  ishlarni  bajarish  uchun  doimiy  yashash  joyidan  tashqariga  muntazam 
ravishda ketib qolayotgan, oilani moddiy ta’minlashga oid majburiyatlarini bajarishdan bosh tortib 
yurgan, jamiyatga zid turmush tarzi olib borayotgan shaxslarni, ular doimiy yashaydigan joylarda 
ish bilan ta’minlash maqsadida monitoring olib boradi. 
Davlat  tomonidan  tartibga  solish  tadbirlari  yordamida  va  bandlikka  ta’sir  etuvchi  tarkibiy 
soha  strukturalarini  yaratishni  rag’batlantirish  bilan  bandlik  muammolarini  echish  mumkin.  Ana 
shunday muassasalardan biri – Ish bilan ta’minlashga ko’maklashuvchi davlat jamg’armasi bo’lib, 
u  yangi  ish  o’rinlari  yaratish,  kadrlarni  tayyorlash  va  qayta  tayyorlashga,  shuningdek,  biznes  va 
tadbirkorlikni rivojlantirish orqali bandlikni qo’llab-quvvatlashga ko’maklashadi. 
 
                                                           
44
 O’zbekiston Respublikasining 2001 yil 18 maydagi 223-son Qarori bilan tasdiqlangan «Vaqtinchalik bir martalik ish 
bilan ta’minlash markazi to’g’risida»gi Namunaviy Nizom. 12-bandi. 



Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish