ishsizlik bo’yicha nafaqalar, mehnat organlarining taklifiga binoan ishlash uchun boshqa joyga
ixtiyoriy ravishda ko’chib o’tish uchun kompensatsiyalar to’lash va qonun hujjatlariga muvofiq
ishsizlarga moddiy yordam berish;
ishsizlarga muddatidan oldin pensiya tayinlanganligi sababli byudjetdan tashqari Pensiya
jamg’armasi xarajatlarini qoplash;
haq to’lanadigan jamoat ishlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mablag’ bilan
ta’minlash;
nogironlar va fuqarolarning ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan boshqa toifalari mehnatidan
foydalanish uchun ixtisoslashtirilgan ish o’rinlari (ishlab chiqarishlar) tashkil etish tadbirlarini
mablag’ bilan qisman ta’minlash;
mehnat organlari ta’minoti, barcha darajalardagi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
organlarini (tuman va shahar ijtimoiy ta’minot bo’limlaridan tashqari) joylashtirish uchun binolar
qurish va ularni rekonstruktsiya qilish, ularni moddiy-texnikaviy ta’minlash, kompyuterlar, nusxa
ko’chirish va boshqa zarur texnika bilan jihozlash;
axborot-ma’lumotlar va reklama-noshirlik ishlarini amalga oshirish;
demografiya, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish, mehnatni muhofaza qilish,
mehnat munosabatlarini tartibga solish, mehnatni normalash va unga haq to’lash masalalari
bo’yicha normativ-uslubiy va yo’riqnoma materiallar ishlab chiqishni mablag’ bilan ta’minlash;
belgilangan tartibda respublika darajasida va hududiy darajada ijtimoiy kuzatuvlarni tashkil
etish va o’tkazish, ish bilan ta’minlash masalalari bo’yicha aholining ayrim guruhlari o’rtasida
anketa so’rovlari o’tkazish;
respublika va hududiy mehnat bozori axborot tizimlarini yaratish va ularning dasturiy
ta’minotini ishlab chiqish, shu jumladan texnika vositalari sotib olish;
ish bilan band bo’lmagan aholiga yordam ko’rsatish, shu jumladan ishga joylashtirishga
ko’maklashish va maslahat xizmatlari ko’rsatish bilan bog’liq xarajatlarni mablag’ bilan
ta’minlash;
aholini ish bilan ta’minlashga doir muammolar bo’yicha xalqaro hamkorlikni mablag’ bilan
ta’minlash;
ishchi kuchi eksport qilish masalalari bo’yicha xalqaro loyiha va shartnomalarni amalga
oshirish, O’zbekiston Respublikasining chet ellarga ishga yuborilgan fuqarolarini ishga
joylashtirishni tashkil etish, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash bilan bog’liq xarajatlarni
mablag’ bilan ta’minlash;
Ish bilan ta’minlash jamg’armasi mablag’larini ko’paytirishga yo’naltirilgan, aholini ish bilan
ta’minlashga bevosita ko’maklashuvchi tijorat va xo’jalik hisobidagi faoliyatni amalga oshirish,
mulkchilik va xo’jalik yuritishning turli shakllaridagi korxonalar tashkil etish;
tijorat banklari tomonidan ochiladigan kredit liniyalari orqali xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga, shu
jumladan kichik biznes sub’ektlariga, dehqon va fermer xo’jaliklariga, oilaviy tadbirkorlik
sub’ektlariga hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to’lov,
ta’minlash va qaytarish shartlarida yangi ish o’rinlari yaratish uchun qisqa muddatli va o’rta
muddatli kreditlar berish. Bunda Ish bilan ta’minlash jamg’armasidan kreditlar ustuvor tartibda va
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda uning hududiy bosh boshqarmalari
takliflariga ko’ra yangi ish o’rinlari ustuvor ravishda yaratiladigan hududlarda, uzoqda joylashgan,
borish qiyin bo’lgan va chegara tumanlarda, murakkab vaziyatda va ekologik noqulay sharoitli
mintaqalarda yangi ish o’rinlari yaratish, shuningdek "Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida"gi
O’zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasida ko’rsatilgan aholining alohida toifalarini ish
bilan ta’minlash bilan bog’liq maqsadlar uchun beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: