ularning boshlang’ich hujjatlarga (schyot-fakturalarga) va amalda bajarilgan ishlarga (xizmatlarga)
muvofiqligi to’g’risidagi hisobot ma’lumotlari asosida Jamg’arma mablag’laridan maqsadli va
oqilona foydalanilishi bo’yicha doimiy monitoring olib boradi.
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim
vazirligining O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tuzilmalaridagi Ta’lim muassasalarini
rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (to’liq jihozlash)ning aniq manzilli
ro’yxatlarini shakllantirish va monitoring guruhlari hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq
ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalaridagi, shuningdek
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining O’rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi markazi hududiy boshqarmalaridagi tegishli sho’’balar ishlab chiqiladigan baholash
mezonlari asosida, ta’lim standartlari talablarini hisobga olgan holda, o’quv jarayonida zamonaviy
o’quv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, mebellar va anjomlardan foydalanish
samaradorligi monitoringi qat’iyan ta’minlanishi yuzasidan shaxsan javob beradilar.
Jamg’arma mablag’laridan tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq qat’iyan maqsadli
va samarali foydalanilishi yuzasidan javobgarlik Jamg’arma mablag’larini oluvchilar —
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
huzuridagi tegishli yagona buyurtmachi xizmatlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi
vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalari, shuningdek O’zbekiston
Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi
hududiy boshqarmalari rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
O’zbekistonda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab jamiyatni isloh qilish va
yangilash jarayonining eng muhim bo’g’ini, jamiyatdagi demokratik o’zgarishlarning,
iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning, respublikani jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvining
zarur va majburiy sharti sifatida ta’lim sohasini isloh qilish siyosati izchillik bilan amalga
oshirilmokda.
Belgilangan maqsadga erishish uchun Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilinib,
muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Ushbu dastur 9-sinf bitiruvchilarini kasb-hunar ta’limi tizimi
bilan to’la qamrab olishni ta’minlashga, o’kuvchilarning umumiy o’rta ta’lim bilan bir qatorda
anik bir kasbni egallab olishlariga qaratilgan. Dasturga muvofiq printsipial yangi tipdagi o’rta
hunar o’kuv muassasalari tarmog’i shakllandi. Zamonaviy o’kuv-laboratoriya uskunalari bilan
jihozlangan 533 ta kasb-hunar kolleji va 54 ta akademik litsey barpo etildi. Kollejlar va litseylarni
qurish hamda jihozlash bo’yicha mamlakatimiz industriyasi yaratildi. Yangi ta’lim standartlari va
o’quv dasturlari ishlab chiqildi.
Bugungi kunda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yosh avlodga uzluksiz ta’lim berish va uni
tarbiyalash jarayonini yaxlit qamrab oladigan yagona ta’lim majmui hisoblanadi. Bunda ta’lim
tizimining har bir bo’g’ini alohida o’rin va mas’uliyatga egadir. Dasturni to’liq amalga oshirish,
ko’yilgan vazifalarga erishish ana shu bo’g’inlarning holati va rivojlanish darajasiga, ularning
o’zaro uyg’unligiga bog’likdir.
Shu bilan birga, tahlillar shuni ko’rsatadiki, butun tizimning eng muhim boshlang’ich
bosqichi bo’lgan maktab ta’limining ortda qolayotgani yaxlit uzluksiz ta’lim zanjirida eng zaif
bo’g’in bo’lib qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: