4.
Ish bilan ta’minlashga ko’maklashuvchi jamg’arma faoliyatining moliyaviy
muammolarini hal etish yo’llari
Iqtisodiy tizimlarning rivojlanishi ish bilan bandlikning belgilangan aniq darajasiga kelishi
lozim. Bunda ish bilan bandlik darajasi, ijtimoiy foydali mehnat sohasida mehnatga layoqatli
aholidan foydalanish darajasini xarakterlaydi. Bu ko’rsatkichning ko’tarilishi mamlakatda iqtisodiy
holatlar murakkablashuvining oldini oladi. Shunday bo’lsada, ishchi kuchiga talab va taklif
o’rtasidagi munosabatning o’zaro bog’liqligi, pirovardida ishsizlikni yoki ishchi kuchi taqchilligini
yuzaga keltirishi mumkin. Tabiiyki, yangicha munosabatlar sharoitida bandlik xizmati faoliyatini
baholash uchun yangi usullar, mezonlar muvofiqligida yangicha yo’nalishdagi strategiyani ishlab
chiqilmloqda.
Bandlik xizmatining mehnat bozori segmentidagi joylashuvining jiddiy ravishda o’zgarishi
ish beruvchilar bilan ishsizlar o’rtasida ustun darajada faoliyat yuritishning bevosita vositachilik
rolidan bilvosita vositachilik roliga o’tishi ishsiz yurgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash va bush
ish joylarini kadrlar bilan to’ldirishni tezlashtirish maqsadida, har ikkala mijozning mustaqil
faoliyat yuritishlariga olib keladi. Bandlik xizmati o’z ishini asosiy mijozlari bilan shunday tashkil
qiladiki, bunda ish beruvchi mehnat bozorining holatiga qarab, kelajakda ishchi kuchiga bo’lgan
talabning o’zgarishi bo’yicha oldindan o’z strategiyasini ishlab chiqishi va oldinrok kadrlar
tayyorlash masalasini hal kilishi zarur bo’ladi. Ishsizlarda esa, kasbiy malakalarni o’stirish va
mehnat bozoridagi raqobat kurashiga psihologik jihatdan tayyor bo’lishlari zarurligini ifodalaydi.
Bandlik xizmati faoliyatining samaradorligini baholash uchun optimal usullardan foydalanish
maqsadga muvofiqdir. Bu bilan bog’liq holda:
1. Bandlik hizmati faoliyatining samaradorligini baholash uchun tatbiq etilayotgan usullarni
tizimlashtirish.
2.Hududiy bandlik xizmati faoliyati samaradorligini baholashda ko’rsatkichlar tizimi va
usullarini tahlil etish.
3.Bandlik xizmati faoliyatining samaradorligini baholash usullarini takomillashtirish
bo’yicha tadqiqotlar o’tkazish va tavsiyanomalar ishlab chiqish kabi masalalar ham muhim
hisoblanadi.
Mehnat sohasida bandlik xizmati ar qanday davlat tashkiloti singari pog’onali tuzilmalarga
ega, shuning uchun uning faoliyatini baholash turli darajalardagi boshqaruv organlari sifatida,
ya’ni: yuqori darajada respublika miqyosida; o’rta darajada hudud (viloyat) miqyosida; kuyi
darajada joylardagi mehnat organlari (tuman) miqyosida amalga oshiriladi.
Respublika Mehnat vazirligi tavsiyasiga muvofiq, hududiy bandlik xizmati organlari faoliyati
samaradorligini hisoblash uslubiyatini qarab chiqadigan bo’lsak, Respublika Mehnat va aholini
ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hududiy bandlik hizmati organlarining faoliyatlarini
takomillashtirish hamda mehnat bozori monitoringini mustahkamlash maqsadida, hududiy bandlik
hizmati organlari faoliyatining samaradorligini baholash bo’yicha ko’rsatkichlar tizimidan
foydalaniladi.
Bandlik xizmati organlari faoliyatining samaradorligini baholash uch qismga bo’linadi.
1. Ish izlovchi fuqarolarning bandlik xizmatiga murojat etganlik darajasini baholash.
2. Ish topish maqsadida murojaat qilgan fuqarolarni ishga joylashtirishga ko’maklashish
bo’yicha bandlik xizmati faoliyatining samaradorligini oshirish.
3. Ish beruvchilar bilan ishlash»
45
.
Ish izlovchi fuqarolarning bandlik xizmatiga murojat etilganlik darajasini baholash.
1. Korxonalardan bo’shatilgan xodimlarni bandlik xizmatiga talab etilganlik darajasi,
bandlik xizmatiga murojaat qilganlar sonining iqtisodiy faol aholi soniga nisbati.
2. Bandlik xizmati ko’magi bilan ishga joylashtirish darajasi, muayyan davrda jami korxona
va tashkilotlarga qabul qilinganlar ichida bandlik xizmati yordami bilan ishga joylashganlar
hissasi.
Ish topish maqsadida murojaat qilgan fuqarolarni ishga joylashtirishga ko’maklashish
bo’yicha bandlik xizmati faoliyatining samaradorligi.
45
Arabov N. Davlat bandlik xizmati faoliyatini baholash. // Bozor, pul va kredit. 2006 yil. №3. -56 b.
1.Ishga joylashtirish ko’rsatkichlari va xarajatlarini baholash.
2.Bandlik xizmati ko’magi bilan ishga joylashganlar salmog’i, hisobot davrida jami ishga
joylashganlarning ish izlash maqsadida hisobda turgan jami fuqarolar soniga nisbati.
3.Ishsizlarga nafaqa tayinlash muddatining bajarilishi, muddatida ishsizlik bo’yicha nafaqa
tayinlanmaganlarning qonun bo’yicha jami nafaqa oladiganlar soniga nisbati.
4.Ishsizlik nafaqasi to’lanishining kechiktirilishi, o’z vaktida nafaqa olmaydigan ishsizlar
sonining hisobot davridagi jami nafaqa oluvchilarga nisbati.
5.Ishsizlik bo’yicha nafaqa to’lovlarining tayinlanish sifati, nafaqalarning tayinlanishi
bo’yicha shikoyat qilganlarning talabi qondirilishi miqdorining jami nafaqa oluvchilar soniga
nisbati.
b.Noqonuniy yo’llar bilan olingan nafaqalarning qaytarilishi hisobiga, aholini ish bilan
ta’minlash jamg’armasiga qaytarilgan mablag’larning hissasi, qaytarilgan mablag’lar summasini
ish bilan ta’minlash jamg’armasi jami xarajatlariga nisbati.
7.Maxsus dasturlarga qilingan xarajatlar, hisobot davrida aholini ish bilan ta’minlash
jamg’armasi tomonidan jami maxsus dasturlarga qilingan xarajatlarni ishsizlar soniga nisbati.
Xodimlar ishining samaradorligini belgilash yo’llari.
Ishga joylashtirish bo’yicha xodimlar ishlarining samaradorligi, muayyan davr
mobaynida ishga joylashganlar sonining asosiy xodimlar soniga nisbati.
Aholini qabul qilish bo’yicha hodimlarning ish bilan ta’minlanganligi, bandlik xizmatiga
ish topish maqsadida murojaat qilgan fuqarolar sonining asosiy xodimlar soniga nisbati.
Ish beruvchilar bilan ishlash:
ishchi kuchiga talabning qondirilishi;
bandlik xizmatida mavjud bo’sh ish o’rinlarini ifodalash koeffitsienti, bandlik xizmati
organlariniig oy oxiridagi bo’sh ish o’rinlari miqdorining statistka organlarining oy oxiridagi bo’sh
ish o’rinlariga nisbati;
Ish bilan taminlashga ko’maklashuvchi davlat jamg’armasiga sug’urta ajratmalarining
kelib tushish darajasi, hisobot davrida ish bilan taminlashga ko’maklashuvchi davlat jamgarmasiga
kelib tushgan mablag’lar summasini hududdagi haqiqiy ish haqi jamg’armasidan ajratilgai sug’urta
ajratmalariga nisbati.
Hududiy bandlik xizmati organlari faoliyatiiing samaradorligini baholash bo’yicha yuqorida
keltirilgan ko’rsatkichlar bandlik xizmati organlari rivojlanishining turli bosqichlarida kengayib
bormoqda hamda faoliyat yo’nalishlariga bog’liq ravishda o’zgarmoqda. Mutaxassislar fikricha,
viloyatlar bandlik xizmati organlari faoliyatlarining natijalarini har tomonlama o’zaro solishtirish
mumkin bo’lgan ko’rsatkichlar tizimining dasturiy ta’minotini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq
etish kerak.
Endi quyidagi ko’rsatkichlarni o’rganishga fikrimizni qaratsak.
Ish izlovchi fuqarolarning bandlik xizmatiga talab etilganlik darajasi (D
t
), quyidagicha
hisoblangan:
Bu erda: MF
I
(kishi hisobida) - ish topish maqsadida bandlik xizmati organlariga murojaat
qilgan fuqarolar soni;
MF
M
(kishi hisobida) - maslahat uchun bandlik xizmati organlariga murojaat qilgan fuqarolar
soni;
IFA - iqtisodiy faol aholi soni.
2002 yilda D
t
ko’rsatkichi katta bo’lgan va 5,5 foizni tashkil etgan.
Bandlik xizmati organlari ko’magi bilan ishga joylashtirish darajasi (Dij)
Bu erda: S
ij
(kishi hisobida) - bandlik xizmati organlari ko’magi bilan ishga joylashganlar
soni;
S
ik
(kishi hisobida) hududda korxonalarga ishga qabul qilinganlar soni.
Yuqorida keltirilgan barcha ko’rsatkichlar nafaqat ishsizlik holagini har tomonlama
tariflaydi, balki bandlik xizmati organlari faoliyatining samaradorligini baholashda asos
hisoblanadi. Birok, bandlik xizmati o’zining ishga joylashtirishga ko’maklashish maqsadi yo’lida,
ish beruvchilar va ishsizlar o’rtasidagi vositachilik rolidan bilvosita vositachilik roliga o’tishi
orqali o’z mijozlari harakatlarini koordinatori sifatida yangi ish bilan bandlik kontseptsiyasiii
takomillashtirishi zarur.
Respublikamizda ishga joylashtirishga ko’maklashish masalasi ish beruvchilar va ishsizlar
o’rtasida murosaviy munosabatlarni shakllantirishni nazarda tutadi. Murosaga kelishning bunday
baholash mezoni ish beruvchilar va ishsizlar talabini qondirish imkoniyatlari hisoblanadi. Shunday
ekan, bandlik xizmati ishining samaradorligini baholash uchun ish beruvchilar va ishsizlar
talabining qondirilish darajasini aniqlash zarur.
N. Arabov tomonidan mehnat bozori kon’yukturasi nuqtai nazaridan quyidagi
ko’rsatkichlarni bandlik xizmati organlari faoliyati samaradorligini baholashning amaldagi
kompleks ko’rsatkichlar tizimiga qo’shishni taklif etiladi:
1.Mehnat bozori segmentidagi talab va taklifning nomuvofiqligi darajasi.
Bu erda : B (ming kishi) bandlik xizmati hisobidagi bo’sh ish joylari soni;
S
i
ro’yxatdagi ishsizlar soni.
2. Ish izlovchi fuqarolarni ishga joylashtirish koeffitsienti (K
IJ
)
Bu erda: S
ii
(ming kishi) - bandlik xizmatiga ish topish maqsadida murojaat qilgan
fuqarolardan ishga joylashganlari soni; S
ii
(ming kishi) - iqtisodiyot tarmoqlarida ishlaydiganlar
soni.
I
k
(ming kishi) - iqtisodiyotda jami ishga qabul qilinganlar soni.
3. Bandlik xizmati organlarinipg mehnat bozorini qamrab olish darajasi.
a) bo’sh ish joylari soni bo’yicha;
Bu erda: B (ming kishi) - hisobot davrida bandlik xizmati organlarida mavjud bo’sh ish
o’rinlari soni;
I
k
(ming kishi) - hisobot davrida xalq xo’jaligida jami ishga qabul qilinganlar soni.
b) korxonalarga jalb qilinganlar soni bo’yicha:
Bu erda: K (mingga) - bandlik xizmati organlariga bo’sh ish joylarini taklif etgan korxonalar
soni;
K
jami
(mingta) - viloyatdagi jami korxonalar soni Ro’yxatdagi ishsizlar soni bo’yicha:
Bu erda: S
Do'stlaringiz bilan baham: |