O’zbekiston Respublikasida fuqarolar bandligini ta’minlash siyosatining
strategiyasi va taktikasi
Mamlakatimizda kuchli ijtimoiy siyosat olib borilar ekan, Prezidentimiz ko’rsatmalari
bo’yicha quyidagi muammolarga alohida e’tibor beriladi:
ishsizlikka qarshi kurashish, mehnatga qobiliyatli aholini ish joylari bilan ta’minlash
muammolarini echish;
iqtisodiyotning ijtimoiy sohalarini, ijimoiy infrati-zimni rivojlantirish,
ta’lim, sog’liqni saqlashni, sportni rivojlantirish bo’yicha dasturlarni amalga tatbiq etish;
kam ta’minlangan oilalarni kuchli ijtimoiy himoyalash.
Ish bilan band bo’lgan aholini tarkibiy jihatdan qayta taq-simlash hamda mehnatga layoqatli
yoshlarni faoliyatning yangi ilg’or tarmoqlariga va sohalariga jalb qilish mehnat salohiyatidan sa-
marali foydalanishning xususiyatlaridir. Hozir qishloq xo’jali-gida barcha ijtimoiy ishlab chiqarish
xodimlarining uchdan bir qismidan ko’prog’i band. Ularni bo’shatib olish va iqtisodiyotning
boshqa sohalariga yo’naltirish, tarkibiy o’zgarishlar qilish hamda uni jadal rivojlantirish uchun
keng imkoniyatlar ochib beriladi. Shuning uchun ham hozir respublikada har bir fuqaroga mehnat
faoliyatining turi va shaklini erkin tanlash uchun chinakam imkoniyatlar yaratilmoqda.
Respublikamizda islohotlarning ikkinchi bosqichida xotin-qizlarni, ayniqsa, onalarni mehnat
bilan band qilish va ularning salomatligini yaxshilash masalalarini ijtimoiy siyosatning mu-him
yo’nalishi sifatida hal etish vazifasi qo’yildi.
Ijtimoiy barqarorlikka davlatning ijtimoiy siyosatining yo’nalishlari orqali erishilishi
ma’lum. Iqtisodiy adabiyotlarda ko’rsatilishicha, ijtimoiy siyosatni asosiy yo’nalishlari quyida-
gilar hisoblanadi:
1. Fuqarolarning iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi, kasb va mehnat
sohasini erkin tanlash bo’yicha kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash. Mehnatga
layoqatli aholining o’zi mehnat faoliyati shaklini erkin tanlash huquqidan foydalana borib, o’zini
va o’z oilasini moddiy jihat-dan zarur darajada ta’minlashi, oilasining farovonligi, sog’lom avlodni
kamol toptirish uchun javobgar bo’lishi kerak.
2. Ijtimoiy muhofazalash aniq va maqsadli yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Aholini turli
qatlamlariga alohida-alohida yonda-shish — ijtimoiy muhofazaning yangi tizimini o’ziga xos
xususiya-ti bo’lib qolmog’i lozim.
Samarali ijtimoiy muhofazalash deganda jamiyatning har bir a’zosiga ma’lum turmush
darajasini, o’z qobiliyatining (mehnat, tadbirkorlik, shaxsiy) rivojlantirish va ulardan foydalanish,
u yoki bu kobiliyatlar yo’qotilgan taqdirda (keksalar, nogironlar, kasallar, bolalar va boshqalar)
kafolatlarini ta’minlaydigan iqtisodiy munosabatlar tizimi tushuniladi.
Quyidagi kafolatlar uning tarkibiy qismlari bo’ladi:
mehnatga layoqatlilarni ish bilan bandligini ta’minlash (ishliksizdan muhofaza qilish);
mehnatga layoqatsizlar, nogironlar va aholining ooshqa ijtimoiy zaif guruhlarini
nafaqalar bilan taminlash;
mehnat faoliyatidan olingan daromad yoki nafaqa asosida normal turmush darajasini
ta’minlash (bunga asosiy moddiy boyliklar, eng avvalo, oziq-ovqat mahsuloti iste’moli ham kiri-
tiladi);
turar-joy madaniy xizmatlar va sog’liqni saqlash xizmat-larini minimal teng me’yorda
ta’minlash;
zamonaviy malakaviy ishchi kuchini shakllantirish uchun zarur bo’ladigan ma’lumotni
olish.
O’zbekistonning ijtimoiy siyosatida ham, aholini ijtimoiy himoyalashning muhim sharti
sifatida ham ish bilan bandlik va ishsizlikdan himoyalash siyosatini davlat byudjetidan moliyalash-
tirish dunyodagi ko’pgina rivojlangan mamlakatlarning boy taj-ribasiga asoslangan. Ammo bu
tajribalarni ko’pchiligi O’zbekis-tonning ijtimoiy siyosatining chora-tadbirlariga mos holda tako-
millashtirilmoqda.
Ish bilan bandlikning to’rt jihatini hisobga olish kerak bo’ladi:
ish bilan bandlik insonning Konstitutsiyada belgilab beril-gan eng muhim huquqi-mehnat
huquqi bilan mustahkam bog’liqli-gidir;
ish bilan bandlik - hozirgi kunda mehnat faolligini oshi-rish, mehnatga qobiliyatli
fuqarolar va ularning oilalarini tur-mush darajasini oshirishning eng muhim kafolatidir;
har kimning va jamiyat farovonligining negizi bo’lgan yuqo-ri unumli mehnatni
shakllantirilishidir;
mehnat faoliyati insonni o’zgartirishi, uning kasbiy imko-niyatlarini ochib berishi va
ko’paytirishi hamda shaxsning rivoj-lanishini rag’batlantirilishidir.
Ijtimoiy yo’naltirilgan iqtisodiyotning eng muhim mezoni ish bilan bandlikka bog’liq
munosabatlardir. Ish bilan bandlikka ijtimoiy siyosatning ajralmas qismi sifatida qaraladi. Ish bilan
bandlik muammosining ijtimoiyligi uning avval boshdan insonga, uning manfaatlariga va mehnat
sohasidagi ehtiyojlariga qaratilganligi bilan belgilanadi. «Agar o’tish davrida aholining aksariyat
qismi kam ta’minlangan oilalarga mansub ekanligini inobatga olsak, bu toifa odamlarni ayrim
korxona hamda tashki-lotlarning va byudjetdan tashqari mablag’lari, shuningdek, davlat byudjeti,
kasaba uyushma mablag’lari, mulkdor tabaqaning xayriya fondlari hisobiga «chorasizlik»
darajasiga tushirmaslikka qara-tilgan chora-tadbir sifatida qarash maqsadga muvofiq bo’ldi»
1
.
Ijtimoiy siyosatning boshqa jihatlari bilan birga qo’shib qaralganda ish bilan bandlikka
rivojlanishning asosiy yo’na-lishlaridan biri deb qaralishi kerak, Ushbu yo’nalishlar milliy
iqtisodiyotdagi moliyaviy, moddiy va mehnat resurslarini qayta guruhlarga ajratishni, fan-texnika
taraqqiyotining ustuvor yo’na-lishlarini, shuningdek, ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish,
turmush sifati darajasini oshirish yo’llarini belgilab beradi. Ish bilan bandlik muammolarini hal
qilishga, iqtisodiyotni isloh qilishning muvaffaqiyatini e’tirof qilish va hal etish ham ma’lum
darajada bog’liqdir.
Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotida ish bilan band-likning asosiy xususiyatlari
quyidagilardan iborat:
ish bilan to’liq va samarali bandlikni birga qo’shib olib borish;
mehnat samaradorligini oshirish yo’lida uning tarmoq-lari, sohalari;
kasblar va hududlar o’rtasida ishchi kuchining erkin harakatini shakllantirish;
yangicha mehnat, tadbirkorlik va xodimlarning yuqori unum-li mehnat qilishdan kuchli
manfaatdorligini ta’minlash;
1
Mamarahimov X. Ijtimoiy siyosat va siyosiy tizim barqarorligi. Iqtisodiyot va ta’lim. 2003. 2-son. -44 bet.
mehnatkashlar manfaatlarini bozor iqtisodiyotining sal-biy oqibatlaridan aniq maqsad
bilan himoyalash;
mehnat qilishning ixtiyoriyligi va mehnat sohasida inson huquqlari hamda
vazifalarining uyg’unlashuvi, xodimlarning ijtimoiy boqimandaligiga barham berish, munosib
turmushni ta’minlaydigan ish topish imkoniyati uchun fuqaro bilan davlatga baravar mas’uliyat
yuklanganligidir. Bu xususiyatlar ish bilan bandlikning yangi sifat xususiyatlarini belgilab beradi,
ularning shakllanishiga tegishli ish bilan bandlik sifati mos kelishi lozim. Biz ish bilan bandlik va
ijtimoiy siyosatga qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishiga bevosita va bilvosita ta’sir ko’rsatish choralari majmui sifatida qaraymiz. Bunda ish
bilan bandlik siyosatining maqsadlari ish bilan bandlikning normativ holatini aks ettirishi kerak.
Hozirgi kun muammolarini hal qilish bilan bunday holatga erishish mumkin.
Ish bilan bandlik siyosati umumdavlat, mintaqaviy va mahal-liy darajaga ega:.
Umumdavlat ish bilan bandlik siyosati ijtimoiy bozor iqti-sodiyotidagi ish bilan bandlikning
asosiy xususiyatlarini shakl-lantirishga; fuqarolarning mehnat qilish huquqini amalga oshi-rish va
yuqori turmush darajasiga erishishning zarur sharti bo’lgan ish bilan to’liq bandlikni ta’minlashga
qaratilganligidir.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti boshqaruv usullarida iqtisodiy samaradorlikni oshirishga,
xo’jalik yuritish sohasi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lmagan ish o’rinlarini siqib chiqa-
rishga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va aholining iste’mol talabini qondirish uchun ish
kuchini qayta guruhlarga bo’-lishga qaratilganligidir. Bunday sharoitda ish bilan to’liq band-likka
ko’maklashish davlatning strategik maqsadi bo’lib qoladi. Eng yaqin taktik maqsad ish o’rinlariga
bo’lgan talab va taklfning balanslashtirishdir. Bunga faqat ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklif
balansli bo’lishiga erishish shartlariga komleks yondashuv bilan erishish mumkin. Bu muammoni
echishda ko’pincha ommaviy ishsizlikning oldini olishning zarur sharti bo’lgan ish o’rin-larining
tizimini rivojlantirishga e’tibor beriladi.
Ishsizlik va u bilan bog’liq muammolar mehnat bozoridagi ij-timoiy-mehnat
munosabatlarining asosiy mazmunini tashkil qi-ladi. Ishsizlik muammosini o’rganishdan asosiy
maqsad aholining ish bilan bandligini yaxshilash orqali mamlakatda ishlab chi-qarishni
kengaytirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshi-lashga aloqador chora-tadbirlar ishlab
chiqishdir. Jamiyatdagi ishsizlik darajasini pasaytirish uchun qo’shimcha ishchi o’rinlarni yaratish,
ularni ishga tushirish aholining tabiiy o’sishidan orqada qolmasligi kerak.
Mehnatga layoqatli yoshga etmagan aholini ijtimoiy muhofa-zalashdan maqsadning bozor
sharoitlariga moslashish imkonini jismoniy hamda ma’naviy normal rivojlanishini ta’minlashdir.
Ijtimoiy yo’naltirilgan iqtisodiyotning eng muhim mezoni ish bilan bandlikka bog’liq
munosabatlardir. Ish bilan bandlikka ijtimoiy siyosatning ajralmas qismi deb qaraladi. Ish bilan
bandlik muammosining ijtimoiyligi uning avval boshdan inson-ga, uning manfaatlariga va mehnat
sohasidagi ehtiyojlariga qara-tilganligi bilan belgilanadi.
«Respublikamizda 2000- 2008 yillarda o’rtacha yillik o’sish sur’atlari aholi o’rtasida 1,3
foizga, mehnat resurslari o’rtasida esa 2,8 foizga teng bo’ldi. Natijada mehnat resurslarining aholi
o’rtasidagi soni va salmog’i uzluksiz tarzda oshib bormoqda. Mehnat resurslarining soni 1991-
2000 yillarda 2,5 mln. kishiga, 2000- 2008 yillarda esa 3,1 mln. kishiga o’sdi. Uning salmog’i
1991 yilda 49,5 % va 2000 yilda 51,8 % dan 2007 yilga kelib 58,3 % ga etdi»
1
. Bunday vaziyat o’z
navbatida, aholining ish bilan band-ligini oshirish, buning uchun esa ishlab chiqarishni
kengaytirish, yangi ish o’rinlarini yaratish borasida uzluksiz ish olib borishni taqozo etadi. Aks
holda, aholining turmush darajasining pasayib, mamlakatda ishsizlar sonining ortib borishi bilan
bog’liq muammolar kelib chiqadi.
Iqtisodiy nuqtai nazardan ishsizlik deganda ishchi kuchining ish joyi bilan
ta’minlanmaganligi va natijada, uning biron-bir qonuniy daromad manbaiga zga bo’lmasligining
1
Qayumov A. Mintaqalarning demografik salohiyati va mehnat resurslarining shakllanishi. «Iqtisodiyotni
modernizatsiyalash sharoitida mintaqalarning barqaror rivojlanishi» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy
konferentsiya materiallari. Toshkent. Moliya. 2008 yil. 30 may. -17b.
muayyan holati tushuniladi. Odatda, «ishsizlik» tushunchasi BMT, Xalqaro Meh-nat Tashkiloti,
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish jamiyati talablariga ko’ra ishlab chiqiladi. Xalqaro
tashkilotlarning ber-gan ta’rifiga ko’ra «ishsiz shaxslar» deganda - ishga ega bo’lmagan, ishlashga
tayyor va ish izlayotgan fuqarolar tushuniladi. Mana shu asosiy shartlarga rioya qilgan holda, turli
mamlakatlarda fuqa-roni ishsiz shaxs deb e’tirof etish uchun qo’shimcha shartlar talab etiladi.
Masalan, Amerika Qo’shma Shtatlarida, so’nggi bir hafta mobaynida ish bilan band bo’lmagan,
so’nggi to’rt hafta davomida ishga joylashishga harakat qilgan, mehnat qilish qobiliyatiga ega
bo’lgan fuqarolar, ishsiz shaxs deb e’tirof etiladi. Yaponiyada ishsiz shaxs deb, so’nggi bir hafta
davomida bir soat ham ishlama-gan, Buyuk Britaniyada esa, so’nggi, bir hafta mobaynida
ishlamagan, shu davr mobaynida ish qidirgan yoki kasalligi tufayli ish qidirish imkoniyatiga ega
bo’lmagan fuqarolar tushuniladi. Ayrim mamlakatlarning qonun hujjatlariga binoan, ishsiz deb,
ishdan bo’shatilgan va mehnat stajiga ega bo’lganlar tushuniladi.
O’zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida»gi qonunga binoan
ishsiz shaxs deb, «o’n olti yoshdan boshlab, pensiya bilan ta’minlash huquqini olishgacha
yoshdagi meh-natga qobiliyatli, ishga va ish haqiga ega bo’lmagan, ish qidiruvchi shaxs sifatida
mahalliy mehnat organida ro’yxatga olingan, meh-nat qilishga, kasbga tayyorlash va qayta
tayyorlashdan o’tishga, mala-kasini oshirishga tayyor, mehnatga qobiliyatli shaxslar e’tirof
etiladi»
1
.
Respublikamizda ijtimoiy yordam tizimini huquqiy asosda barpo etish va bu boradagi
qonunlarni ijro etilishini ta’min-lash bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim vazifalardan biri hi-
soblandi. Kuchli ijtimoiy siyosat murakkab o’tish davrida odam-larning manfaatlarini ishonchli
ravishda himoya qilishdangina iborat emas. Bu eng avvalo, sermahsul mehnat qilish uchun
yaxshiroq rag’bat va imkoniyatlar yaratishdan, iqtisodiy yo’l tanlash va fao-liyat ko’rsatish
erkinligiga bo’lgan kafolatli huquqni qaror top-tirishdan, aholining mehnat va ijtimoiy faolligini
oshirish-dan iborat.
Islohotlarning eng muhim vazifalaridan biri har bir shaxs mehnatining qadrini oshirish, uning
ijodiy faoliyat ko’rsatish imkoniyatlarini namoyon etishi uchun sharoit yaratishdan iborat. O’z
ijodiy qobiliyatlari va imkoniyatlariga tayanishni nazarda tutgan munosabatlar har bir kishi
farovonligining yagona va barqaror manbaidir. Mehnat qilish huquqi, tadbirkorlik bilan shug’ulla-
nish imkoniyati hamda o’z mehnatidan daromad olish huquqi meh-natga yaroqli aholining ish
bilan bandligi muammosini hal etish bilan bog’liq.
Aholi turmush darajasi tushunchasi ularning hayot kechirish uchun zarur bo’lgan moddiy va
ma’naviy ne’matlar bilan ta’min-lanishi hamda kishilar ehtiyojini shu ne’matlar bilan qondiri-lish
darajasi sifatida aniqlanadi. Shunga ko’ra aholi turmush darajasiga ta’sir etuvchi omillarni ko’rib
chiqish mumkin.
Iqtisodiyotda bozor qonunlari va talablariga muvofiq ravish-da ro’y berayotgan o’zgarishlar
ish bilan bandlik kontseptsiyasining o’zgarishini keltirib chiqaradi. Mulkchilik munosabatlari bir-
lamchidir, ular ikkilamchi ishlab chiqarish munosabatlari sifati-da namoyon bo’ladigan ish bilan
bandlikning munosabatlarini bel-gilaydi. Hozirgi paytda ishlab chiqilayotgan ish bilan bandlik-
ning yangi kontseptsiyasida kasanachilik, uy xo’jaligida bajarila-digan mehnat faoliyati shakllarini
mutlaqo qonuniy va ijtimoiy e’tirof etilgan shakllar sifatida ko’rsatiladi.
Shunday qilib, O’zbekistonda davlatning uzoq muddatli stra-tegiyasi mavjudligi bozor
iqtisodiyotining ehtiyojlariga javob beradigan ish bilan bandlikning zamonaviy ko’rinishini qaror
topishiga sabab bo’lmoqda
Ingliz olimi Jon Meynard Keyns davlat bozor iqtisodiyo-tini tartibga solishga aralashuvi
zarurligini asoslab chiqdi. J. Keyns «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» asarida
yalpi talabning yalpi taklifga tengligi to’g’risidagi «Sey qonuni»ni tanqid qilib, bozor o’zini-o’zi
tartibga sola oladigan ko’ngildagidek mexanizm bo’la olmaydi, u samarali talabni ta’minlashga
qodir emas, chunki bozor sub’ektlarining daromad-lari undan yuqoriroq bo’ladi, deb ta’kidlaydi.
1
O’zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida»gi qonuni. 3-modda.
Shu bois Keyns-ning fikricha, davlat pul-bandlik va byudjet siyosati yordamida to’lovga
qobiliyatli talabning oshib borishini rag’batlantirishga aralashib borishi zarur.
Prezident I.Karimov birinchi chaqiriq Oliy Majlisning o’n to’rtinchi sessiyasidagi
"O’zbekiston XXI asrga intilmoqda" mavzusidagi ma’ruzasida XXI asr arafasida va uning
dastlabki yillarida O’zbekistonning rivojlanish strategiyasi, islohot-larni chuqurlashtirish va
jamiyatni yangilash borasidagi ustuvor yo’nalishlaridan biri — xalq turmush darajasining izchil va
barqaror o’sishi aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilishini ifoda etadi. Ushbu vazifani amalga
oshirish uchun quyidagilar bajariladi:
1. Mamlakatimizda vujudga kelayotgan makroiqtisodiy vaziyat-ga hamda iqtisodiyotning
amalda yuksalishiga asoslanib, yaqin besh yil ichida ish haqining eng kam miqdorini 15 baravar
oshirilishi mo’ljallanmoqda. Eng kam ish haqi miqdorining bunday oshiri-lishi iqtisodiy
yuksalishning boshqa omillari bilan qo’shilib, shu davrda aholi jon boshiga to’g’ri keladigan
o’rtacha daromadni 1,8-2,0 barobar oshirilishiga imkon beradi.
2. Aholi daromadlarini oshirish bilan bir qatorda ularning xarid quvvatini ham oshirish
ko’zda tutiladi. Buning uchun pul-ning qadrsizlanishiga qarshi o’rnatilgan qat’iy choralarni ko’rish
natijasida yaqin besh-olti yil ichida pulning qadrsizlanishi darajasini 6-8 foiz kamayishiga erishish
vazifasi belgilangan. Pulning xarid quvvatini oshirish uchun ichki iste’mol bozorini milliy
kundalik zarur tovarlar bilan to’ldirish chora-tadbir-larini ko’rish zarur bo’ladi. Shu maqsadda
sanoat ishlab chiqarish-ning umumiy hajmida iste’mol tovarlarining ulushini yaqin besh yil ichida
50% ga etkazish vazifasi qo’yiladi.
3. Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo’llab-quvvatlash hajmi va miqdorini ko’paytirish va
shu bilan bir qatorda faqat haqiqatda yordamga muhtoj bo’lgan kishilar va oilalargagina ijti-moiy
yordam berilishini ta’minlash. Bunda fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari (mahalla)
orqali aholini ijtimoiy qo’l-lab-quvvatlash va himoyalash tajribasini yanada keng joriy etish
maqsadga muvofiq deb topildi. Ushbu vazifani amalga oshirish maqsadida nogiron bolalarni tibbiy
va ijtimoiy jihatdan reabilitatsiya qilishni, bolalar nogironligining oldini olishni, ularga tibbiy,
ijtimoiy jihatdan madad berish va mehnat qobi-liyatini tiklashni, kasb o’rganish va so’ngra ishga
joylashtirishni ko’zda tutadigan maxsus Davlat dasturini ishlab chiqish va qabul qilish vazifasi
belgilangan. Bu ishlarni bajarish uchun esa dav-latga qarashli bo’lmagan jamg’armalarni, xayriya
tashkilotlarini, tadbirkorlar va homiylarning mablag’ini keng jalb etish ko’zda tuti-ladi.
4. Mehnat bozorini shakllantirish, yangi ish joylarini barpo etish va aholini ish bilan oqilona
bandligini ta’minlash bo’yicha faol ijtimoiy siyosat o’tkazish vazifasi qo’yildi.
5. Aholining turmushini yaxshilash maqsadida qishloq joylar-da ijtimoiy infratuzilmani,
yanada rivojlantirish, aholini tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan ta’minlash yuzasidan qabul kilingan
Davlat dasturini bajarish lozimligi ko’rsatab o’tildi. Unga ko’ra 2005 yilga qadar qishloq aholisini
ichimlik suv bilan ta’minlash 80% ga, tabiiy gaz bilan ta’minlash 82% ga etkazildi. Buning’ uchun
esa, 1999- 2005 yillarda qishloq joylarda 30 ming kilometrga yaqin gaz tarmoqlari, 18 ming
kilometr suv quvuri tarmoqlari ishga tushirildi. Ushbu vazifalarni bajarilishining ahamiyati
to’g’risida to’xtalib, I. Karimov xalq farovonligini barqaror, muttasil oshirishni, aholini ijtimoiy
himoyalashni ustuvor yo’nalish qilib belgilab, shu yo’l bilan islohotlar faqat inson manfaatlarini
ko’zlab, uning farovonligi uchun amalga oshiriladi, degan asosiy qoidamizni yana bir bor
tasdiqlagan bo’lamiz, — deb ta’kidladi.
Jamiyat haddan tashqari boylarga va kambag’allarga ajralib ketishiga yo’l qo’ymaslik kerak.
Aholining yordamga muhtoj qat-lami- bolalar, yolg’iz qariyalar, nogironlarga ijtimoiy yordam
ko’r-satish va ularni qo’llab-quvvatlash ishlarini amalga oshirish za-rur. Shu bois ijtimoiy
ko’maklashuv tizimini takomillashtirish, aholini ijtimoiy himoyalashning ta’sirchan mexanizmini
shakl-lantirish yo’lini davom ettirish lozim. Moddiy yordam muayyan oilalarga etib borishi, biroq,
bu muayyan kishilarga mo’ljallangan tabaqalashtirilgan yordam bo’lishi darkor. Shu bois o’ta
muhim ij-timoiy muammolarni hal etishda fuqarolarning o’zini-o’zi bosh-qarish organlari rolini
bundan buyon ham butun choralar bilan oshirish, ularni zurur moddiy vositalar bilan ishonchli
darajada mustahkamlash lozim. Davlat ushbu o’ta muhim ijtimoiy masalani hal etishda
fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlariga butun choralar bilan ko’maklashishi va yor-dam
ko’rsatishi lozim. Demak, mahalliy hokimiyat organlarining huquqiy vakolatlarini oshi-rish kerak.
Shu bilan bir qatorda mahalliy hokimiyat organlari faoliyatida ijtimoiy yo’nalishni kuchaytirish
zarur. Bugungi kun-da ayni hokimliklar aholini kundalik zarur iste’mol mollari, ijtimoiy, maishiy
xizmatlarning xilma-xil turlari bilan bog’-liq tizilmalarning beto’xtov ishlashi, mehnatga yaroqli
aholining ish bilan bandligi muammolarini hal etish uchun mas’uldir.
Ijtimoiy muhofaza mazmunini aniqlashga yondashilganda quyidagi kafolatlar uning tarkibiy
qismlariga aylanadi:
mehnatga layoqatlilarni ish bilan bandligini ta’minlash;
mehnatga layoqatsizlar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy zaif guruhlarini
nafaqalar bilan ta’minlash;
mehnat faoliyatidan olingan daromad yoki nafaqa asosida normal turmush darajasini
ta’minlash (bunga asosiy moddiy boy-liklar, eng avvalo, oziq-ovqat mahsuloti iste’moli ham kiriti-
ladi);
turar-joy, madaniy xizmatlar va sog’liqni saqlash xizmat-larini minimal teng me’yorda
ta’minlash;
zamonaviy malakaviy ishchi kuchini shakllantirish uchun za-rur bo’ladigan ma’lumotni
olish»
1
.
Milliy ijtimoiy muhofaza tizimlarini tashkil etishdagi xilma-xillik bir qator sabablari bilan:
mamlakatlarning ijti-moiy-iqtisodiy va huquqiy rivojlanish darajasi, ularning jo’g’rofiy joylashish
xususiyatlari, davlat qurilishi shakli, madaniy va tarixiy an’analari, fuqarolik jamiyatining
mavjudligi va shu kabilar bilan izohlanadi.
2. Mehnat bozorining shakllanishi va ish o’rinlarini yaratish muammolari
O’zbekistonda ishsizlikning keskin ko’payishi ish bilan ban-dlik siyosatining normal
evolyutsiyasi yo’lidan izchil borishga im-kon bermaydi. Shuning uchun, ish bilan bandlikni
ta’minlashning xilma-xil dasturlarini davlatning haqiqiy moliyaviy imkoniyat-lari bilan yaxshilab
muvofiqlashtirmay, ish bilan bandlik ishi-ning barcha yo’nalishlarini bir yo’lga qamrab olishga
e’tibor qara-tish mumkin emas.
Bozor iqtisodiyotining tarkibiy qismlaridan biri mehnat resurslari bozoridir. Mehnat
resurslari bozoridagi muvozanatni belgilaydigan quyidagi mezonlar mavjud:
• aholining demografik holati;
• pensiya yoshi;
• nafaqalarning miqdori va xarakteri;
• iqtisodiy o’sish sur’ati;
• xususiylashtirish sur’ati;
• o’z-o’zini band qilish imkoniyati;
• ilmiy-texnika siyosati;
• ichki mehnat migratsiyasi;
• tashqi mehnat migratsiyasi.
Respublikada ish bilan bandlikning faol siyosatini olib borishda ishsizlarni hisobga olish,
ro’yxatga qo’yish, ularni samarali qo’llab-quvvatlash maqsadida ijtimoiy himoyalash uslublari
amalga oshirilishi zarur. Mazkur chora-tadbirlarga yo’naltirilgan mablag’larning samaradorligini
oshirish lozim.
Eng avvalo, ish bilan bandlik siyosatini amalga oshirishga yo’naltirilgan moliyaviy
mablag’larni muvofiq tarzda taqsimlab, mehnat bozorini tartibga solishning umumdavlat va
mintaqaviy sohalarini belgilab olish kerak. Mahalliy mehnat bozorini tahlil qilish asosida ajratilgan
mablag’larning har bir so’mini ish bilan bandlikning o’sishi ko’rinishidagi samara bilan qaytishi,
uni qaerga yo’llash kerakligini aniqlash zarur bo’ladi. Ish bilan bandlik siyosatini amalga oshirish
usullari ham qayta ko’rib chiqilishi kerak. Ma’muriy usullar mehnat bozori ishiga bevosita, ba’zida
1
Abdurahmonov Q. X. Mehnat iqtisodiyoti. Darslik. “Mehnat” nashriyoti. 2004yil. 117-6.
hatto bozor mexanizmini buzib, aralashuvni nazarda tutadi. Tartibga solishning iqtisodiy usullari
buyruq beradigan emas, tavsiyaviy, rag’batlantirish usullari asosida amalga oshadi.
Shunday qilib, ish bilan bandlikni tartibga solishning faol iqtisodiy usullariga quyidagi
tadbirlarni kiritish mumkin:
mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni umumiy sog’lomlashtirishda Davlat byudjetining o’rnini
oshirish, investitsiyaviy faollikni rag’batlantirish, barqarorlashtirish va iqtisodiy o’sishga erishish;
iqtisodiyotning nodavlat sektorlarini rivojlantirish va kengaytirish uchun shart-sharoitlar
yaratish, jumladan, xususiy biznes va o’z-o’zini ish bilan band qilishni ko’llab-quvvatlash;
ish bilan bandlikling oqil tuzilmasini yaratish maqsadida kasbiy o’qitish, qayta tayyorlash
va maslahat berishni ta’minlash.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, bu vazifalarni amalga oshirish bugun ham, kelajakda
ham muhim hisoblanadi. Aholining ish bilan bandligini ta’minlash ishsizlik darajasining
kamayishiga va respublikamizda kuchli ijtimoiy siyosat olib borishga imkon beradi.
Respublikamizda «xodimning ish joyiga va bajarayotgan ish xususiyatiga bog’liq bo’lmagan
holda, ish vaqtida o’qishni davom ettirishi huquqi berilishi nafaqat ishlab chiqarish zaruriyatidan,
balki, shaxsning o’zining manfaati hamda ehtiyoji uchun kerak bo’ladi»
42
,bunda ishsizlarning
maktabda olgan boshlang’ich bilimlariga mos ravishda dasturlar tuziladi, shu yo’l bilan davlat
ularg’a ta’lim olish imkoniyatini yaratadi.
O’zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida”gi qonunining
“Aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplari” nomli 5-moddasida
ta’kidlanganidek, «davlat ish qidirayotgan va mehnat organlariga murojaat qilgan fuqarolarni
yangi kasbga bepul o’qitishni, mahalliy mehnat organlarida yoki ularning yo’llanmasi bilan boshqa
o’quv yurtlarida stipendiya to’lab, malakasini oshirishni kafolatlaydi »
43
. Aholini ish bilan
ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish chora-tadbirlarini moliyalashtirish va
mehnat organlarini samarali faoliyat ko’rsatishi uchun Davlat byudjeti tarkibida jamlantiriladigan
maqsadli «Ish bilan ta’minlashga ko’maklashuvchi» davlat maqsadli jamg’armasi mablag’laridan
foydalaniladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 25 iyuldagi F-1218-son farmoyishi bilan
tashkil etilgan fuqarolarning yollanib (kunbay) ishlashi to’g’risidagi masalani o’rganish bo’yicha
Respublika komissiyasi tomonidan fuqarolar tomonidan vaqtinchalik bir martalik ishlar bajarilishi
masalalari o’rganib chiqildi.
Tahlillar vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajaruvchi ko’pchilik shaxslar, eng avvalo yoshlar,
ishga joylashishda qiyinchiliklarga duch kelayotganligini, zarur mehnat ko’nikmalari, kasblar va
malakaga ega emasligini ko’rsatdi. Shu bilan birga, fuqarolarning muayyan qismi vaqtinchalik bir
martalik ishlarni bajarish bahonasi bilan o’z oilaviy majburiyatlarini bajarishdan, o’z oilalarini
moddiy ta’minlashdan bosh tortishining ko’plab hollari mavjud; ular pasport tizimi qoidalarini
buzmoqdalar. Joylardagi hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan ko’rsatib o’tilgan
hodisalarni keltiruvchi sabablarni o’rganish bo’yicha ishlar juda qoniqarsiz olib borilayotganligini
normal hol deb hisoblash mumkin emas, biznesni, xizmat ko’rsatish sohasini, kasanachilik
mehnatini hamda aholini mehnat faoliyatiga jalb etishning boshqa shakllarini keng rivojlantirish
uchun zarur shart-sharoitlar ta’minlanmayapti.
Ishsizlikning sabablarini o’rganish va uni bartaraf etish bo’yicha aniq chora-tadbirlarni
amalga oshirish yuzasidan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va uning
joylardagi organlarining ishini qoniqarli deb bo’lmaydi. Mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va
ijtimoiy muhofaza qilish mahalliy organlari tomonidan o’tkazilayotgan bo’sh ish o’rinlari
yarmarkalari zarur samara bermayapti, ularda vaqtinchalik bir martalik ishlarni izlovchi shaxslar,
shuningdek, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlar faol qatnashmayapti.
42
Xudoyberdiev 3. Professionalnaya podgotovka kadrov: kak eto delaetsya v Zapadnoevropeyskix kompaniyax?
Ekonomicheskiy vestnik Uzbekistana. 2001.№ 11. -42str.
43
O’zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida»gi qonuni, 5-modda.
Ish bilan mashg’ul bo’lmagan aholi bilan ishlash, fuqarolarni ishga joylashtirish uchun zarur
shart-sharoitlar yaratish yuzasidan ichki ishlar, mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy
muqofaza qilish, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarining o’zaro hamkorligi sust tashkil
etilgan.
Fuqarolar vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollanishi o’z-o’zidan shakllanayotgan joylarda
zarur jamoat tartibi va ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar etarli emas. Vaqtinchalik bir martalik
ishlarni bajaruvchi fuqarolarning mehnat faoliyatini tartibga solish, ular uchun zarur ijtimoiy-
maishiy shart-sharoitlar yaratish va ularni ishga joylashtirishga ko’maklashish maqsadida
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 18 mayda «Vaqtinchalik bir martalik
ish bilan ta’minlash markazlarini tashkil etish to’g’risida»gi Qarori qabul qilindi.
Vaqtinchalik ish bilan ta’minlash markazlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollanishda fuqarolarga ko’maklashish;
vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajaruvchi fuqarolarga yangidan tashkil etilgan va bo’sh
ish joylarida ishga joylashish, kasb-kor tayyorgarligi, o’z ishini tashkil etish va yuritish masalalari
bo’yicha maslaqat va kasbga yo’llash xizmatlari ko’rsatish;
vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarish uchun fuqarolarni yollashda ish beruvchi xususiy
shaxslarga ko’maklashish;
vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolarni keng xabardor qilish uchun xususiy ish
beruvchilar tomonidan beriladigan ish turlari to’g’risidagi ma’lumotlar bankini shakllantirish;
vaktinchalik bir martalik ishga yollanuvchi fuqarolarni ishlarni bajarishda jamoat tartibiga
rioya qilish, pasport rejimi qoidalari, shuningdek, mehnat xavfsizligining asosiy qoidalari
to’g’risida xabardor qilish;
manfaatdor ish beruvchilar va vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi shaxslar ishtirokida
bo’sh ish o’rinlari yarmarkalarini muntazam ravishda o’tkazish;
vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolar uchun zarur ijtimoiy-maishiy shart-
sharoitlar yaratish, ovqatlanish shoxobchalari tashkil etish;
jamoat tartibini saqlash, vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajaruvchi fuqarolar tomonidan
qonun hujjatlari buzilishining oldini olish.
«Fuqarolarni vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishga yollayotgan ish beruvchilar:
yollangan fuqarolarga xavfsiz mehnat sharoitini yaratib berishga;
fuqarolar tomonidan bajarilgan ishlar uchun ish haqini og’zaki kelishuvga muvofiq to’liq
hajmda va o’z vaqtida to’lashga;
fuqarolar vaqtinchalik bir martalik ishni bajarayotgan vaqtida ularni zarur ijtimoiy-maishiy
shart-sharoitlar bilan ta’minlashga;
yollangan xodim tomonidan amaldagi qonun hujjatlari talablari buzilishi va xodim
vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarayotgan vaqtida u bilan yuz bergan baxtsiz hodisalar
to’g’risida Markazga yoki vakolatli organlarga zudlik bilan xabar berishga majburdir»
44
.
Ichki ishlar organlari fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari bilan birgalikda
vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarish uchun doimiy yashash joyidan tashqariga muntazam
ravishda ketib qolayotgan, oilani moddiy ta’minlashga oid majburiyatlarini bajarishdan bosh tortib
yurgan, jamiyatga zid turmush tarzi olib borayotgan shaxslarni, ular doimiy yashaydigan joylarda
ish bilan ta’minlash maqsadida monitoring olib boradi.
Davlat tomonidan tartibga solish tadbirlari yordamida va bandlikka ta’sir etuvchi tarkibiy
soha strukturalarini yaratishni rag’batlantirish bilan bandlik muammolarini echish mumkin. Ana
shunday muassasalardan biri – Ish bilan ta’minlashga ko’maklashuvchi davlat jamg’armasi bo’lib,
u yangi ish o’rinlari yaratish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga, shuningdek, biznes va
tadbirkorlikni rivojlantirish orqali bandlikni qo’llab-quvvatlashga ko’maklashadi.
44
O’zbekiston Respublikasining 2001 yil 18 maydagi 223-son Qarori bilan tasdiqlangan «Vaqtinchalik bir martalik ish
bilan ta’minlash markazi to’g’risida»gi Namunaviy Nizom. 12-bandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |