O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat budjeti va davlat maqsadli
jamg’armalari budjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to’g’risida hisobot taqdim etadi va
boshqalar.
Davlat maqsadli jamg’armalarining me’yoriy-huquqiy hujjatlari moliyaviy faoliyatni
amalga oshiruvchi davlat organlari tomonidan bir tomonlama hukmronlik tartibida, o’z
vakolatlari doirasida me’yoriy-huquqiy hujjatlarni rasmiylashtirishga qo’yiladigan talablarga
rioya etilgan holda qabul qilingan va yuridik oqibatlarni yuzaga keltiradigan rasmiy qarorlardan
iboratdir.
Barcha moliyaviy-huquqiy hujjatlar bir necha belgilariga qarab tasniflanadi: birinchi navbatda,
ular yuridik xususiyatlari bo’yicha ajratiladi. Ushbu belgi bo’yicha normativ va individual
moliyaviy-huquqiy hujjatlar farqlanadi.
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi me’yoriy-moliyaviy huquqiy hujjatiga asosan
soliq organlari yer solig’ini to’lovchi (jismoniyshaxs) larga ushbu majburiy to’lovni to’lash
to’g’risida to’lov xabarnomasini jo’natadilar. Ushbu soliqning me’yoriy hujjatda belgilangan
muddatlarda amalda to’lanishi to’lov xabarnomasi, ya’ni individual moliyaviy hujjat harakati va
unga muvofiq ravishda aniq moliyaviy huquqiy munosabatning tugallanishiga olib keladi.
Davlatning maqsadli jamg’armalari mablag’larini boshqarish shundan iboratki,
G’aznachilik yagona g’azna hisobraqamidagi va G’aznachilikning boshqa bank
hisobraqamlaridagi davlatning maqsadli jamg’armalari mablag’larini, davlatning maqsadli
jamg’armalari xarajatlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun yo’naltiriladi,
shuningdek, davlatning maqsadli jamg’armalari bo’sh mablag’larini bank depozitlari va boshqa
aktivlarga vaqtincha joylashtiradi hamda ular hisobidan respublika budjetiga, Qorag’alpog’iston
Respublikasi budjetiga, mahalliy budjetlarga, shuningdek, davlat maqsadli jamg’armalariga
budjet ssudalari berish yo’li bilan boshqarib boriladi. G’aznachilik tomonidan dotatsiyalar va
ssudalarni o’tkazish yagona g’azna hisobraqamidan yoki G’aznachilikning boshqa bank
hisobraqamlaridan davlat budjetida mablag’lar ajratish nazarda tutilgan yuridik va jismoniy
shaxslarning bank hisobraqamlariga o’tkaziladi.
Davlat maqsadli jamg’armalarining g’azna ijrosi qonun xujjatlarida belgilab qo’yiladigan
maxsus vakolatli moliya organi hamda uning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar,
tumanlar, shaharlardagi hududiy bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
G’aznachilik bilan davlat soliq, bojxona xizmati organlari, O’zbekiston Respublikasi
Markaziy Banki, tijorat banklari, davlat maqsadli jamg’armalari mablag’larini taqsimlovchi
organlar, davlat budjeti daromadlarida nazarda tutilgan yuridik shaxslar, shuningdek, budjet
jarayonining boshqa ishtirokchilari davlat maqsadli jamg’armalarining g’azna ijrosi sohasidagi
ma’lumotlarni qonun xujjatlarida belgilangan tartibda almashib turadi. Bu organlar, yuridik
shaxslar va budjet jarayonining boshqa ishtirokchilari G’aznachilikka taqdim etiladigan
ma’lumotlarning to’g’riligi va asosliligi uchun javobgar bo’ladilar.
Yagona g’azna hisobraqami belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Markaziy
Bankida G’aznachilik tomonidan ochiladi. G’aznachilik O’zbekiston Respublikasi Markaziy
Bankida va tijorat banklarida bank hisobraqamini ochish huquqiga ega, so’zsiz ravishda
G’aznachilikning yagona g’azna hisobraqamidan mablag’larni hisobdan chiqarilishiga yo’l
qo’yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: