Pensiya ishi


Davlat  maqsadli  va  budjetdan  tashqari  fondlar  faoliyatining  huquqiy-



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/212
Sana31.12.2021
Hajmi2,26 Mb.
#208913
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   212
Bog'liq
Davlat maqsadli va bujetdan tashqari jamgarmalar

Davlat  maqsadli  va  budjetdan  tashqari  fondlar  faoliyatining  huquqiy- 
me’yoriy asoslari 
Davlat  maqsadli  jamg’armalari  iqtisodiyotni  barqarorlashtirishning  dastlabki  belgilari 
desak,  mubolag’a  bo’lmaydi.  Iqtisodiyotning  yangilanishi  va  modernizatsiyalashuvi  sharoitida 
bu  fondlarning  ham  ijtimoiy,  ham  iqtisodiy  ahamiyati  katta.  Mamlakatimizda  demokratik 
islohotlarni  amalga  oshirish  jarayonida  milliy  moliya  tizimi  shakllantirildi,  ushbu  sohada  ro’y 
berayotgan  chuqur  o’zgarishlar  doirasida  rivojlangan  qonunchilik  va  me’yoriy-huquqiy  baza 
yaratildi.                                                             
Mamlakatimizda  2013  yil  26  dekabrda  O’zbekiston  Respublikasi  Budjet  kodeksi  qabul 
qilindi. 
Budjet kodeksi qabul qilingunga qadar Davlat budjetini tayyorlash, ko’rib chiqish, tasdiqlash va 
ijro  etish,  shuningdek  uning  ijrosi  ustidan  nazorat  vahisobot,  budjetlararo  munosabatlar 
jarayonlari  bir  nechta  qonunchilik  hujjatlari  bilan  tartibga  solingan  bo’lib,  bu  ayrim 
normalarning  turlicha  talqin  qilinishiga  va  ularni  amalga  tadbiq  etishda  qiyinchiliklarga  olib 
kelardi. 
Budjet kodeksining asosiy maqsadi budjet jarayonini tartibga soluvchi, amaliyotdagi mavjud 
ziddiyatlarni va eskirgan normalarni bartaraf etuvchi yagona qonunchilik hujjatini ishlab chiqish, 
shuningdek 
amaliyotda 
ishlab 
turgan 
normalarni, 
qoidalarni 
va 
budjet 
jarayoni 
ishtirokchilarining vakolatlarini tizimlashtirishdan iboratdir. 
Budjet  kodeksi,  budjet  sohasidagi  asosiy  qonunchilik  hujjati  sifatida  O’zbekiston 
Respublikasining 2000  yil 14 dekabrda qabul  qilingan  "Budjet tizimi to’g’risida"gi  va 2004  yil 
26  avgustda  qabul  qilingan  "Davlat  budjetining  g’azna  ijrosi  to’g’risida"gi  ikkita  asosiy 
qonunlarining  prinsiplarini,  normalarini  va  qoidalarini  qamrab  oldi  va  ularni  muvofiqlashtirdi. 
                                                           
23
 O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari 


Ushbu  ikkita  qonun  Budjet  kodeksini  ishlab  chiqish  va  budjet  qonunchiligini  yanada 
takomillashtirishga asos bo’lib xizmat qildi, deyish mumkin. 
Davlat moliyaviy faoliyatini amalga oshirishda davlat hokimiyat va boshqaruv organlarining 
barchasi  ishtirok  etadi,  chunki  ulardan  har  biri  moliya  bilan  bog’liq  bo’lgan  muayyan 
funksiyalarni bajaradi. Shu bilan birga, ular moliyaviy faoliyatining xususiyati va mazmuni bir-
biridan  katta  farq  qilib,  bu  ushbu  organlarning  vazifalari  va  huquqiy  holatidagi  farqlar  bilan 
belgilanadi.  Bularni  hisobga  olgan  holda,  davlat  moliyaviy  faoliyatini  amalga  oshiruvchi 
organlarning bir necha guruhlarini ajratish mumkin. 
Birinchi  guruh  –  davlat  vakillik  organlari  (O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  va  Xalq 
deputatlari  kengashlari)    hamda  umumiy  vakolatli  hokimiyat  ijroiya  organlari  (O’zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  va  hokimiyatlar)dan  iborat  bo’lib,  ular  o’zlarining  tegishli 
hududiy ko’lamdagi – davlat yoki ayrim ma’muriy-hududiy birlikdagi boshqa funksiyalari bilan 
birga,  moliyaviy  faoliyatni  ham  amalga  oshiradilar.  Ushbu  organlarning  moliyaviy  faoliyat 
sohasidagi vakolatlari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va ularning huquqiy maqomini 
belgilaydigan me’yoriy hujjatlar (“O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to’g’risida”
24

“Joylardagi  davlat  hokimiyati  to’g’risida”
25
,  O’zbekiston  Respublikasi  Budjet  kodeksida”)da 
mustahkamlab berilgan. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi davlat budjetini qabul qiladi, soliqlar va boshqa majburiy 
to’lovlarni  belgilaydi  (Konstitutsiyaning  78-moddasi),  moliya,  pul-kredit,  soliq,  bank  tizimi, 
shuningdek  budjet  tuzilishining  asoslarini  belgilab  beradi  (Konstitutsiyaning  122-124-
moddalari).  U  davlat  moliyaviy  faoliyatining  muhim  masalalariga  doir  qonunlarni  ham  qabul 
qiladi  (masalan,  budjet  tizimi  to’g’risida,  soliqlar  to’g’risida,  banklar  va  bank  faoliyati 
to’g’risida, valutani tartibga solish to’g’risida va h.k.).  
 

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish