4. Davlat maqsadli va budjetdan tashqari jamg’armalarining turlari
Jahon tajribasida davlat maqsadli fondlarining juda ko’p turlari mavjud va bu ularni
ikki katta guruhga ajratish mumkin:
ijtimoiy yo’naltirilgan fondlari (pensiya fondlari, majburiy tibbiy sug’urta fondlari,
davlat bandlik fondlari, ijtimoiy sug’urta fondlari, aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash
umummilliy fondlari);
iqtisodiy yo’naltirilgan fondlari (o’z yo’nalishi va manbalariga ega).
Davlat ijtimoiy fondlari fuqarolarning pensiya olish, kasalligi, nogironligi, boquvchisini
yo’qotganligi sababli, shuningdek, sog’liqni saqlash va tibbiy yordam olish, ishsizlikdan himoya
qilinish uchun va boshqalar uchun ijtimoiy nafaqalarni olishdek konstitutsion huquqlarni
ta’minlashga yo’naltirilgan. Iqtisodiy fondlari jamiyatning xo’jalik va ijtimoiy xayotining
rivojlanishida davlat ta’siri imkoniyatlarini kengaytiradi.
Davlat maqsadli fondlarining mablag’laridan foydalanish fondlarining maqsadi, aniq
iqtisodiy sharoitlar va ishlab chiqilgan va amalga oshirilayotgan dasturlardan kelib
chiqiladi.Mablag’larning ma’lum bir qismi ta’sischilik faoliyatiga hamda qimmatli qog’ozlarga
quyiladi. Davlat maqsadli fondlari investor sifatida hamda moliya bozori ishtirokchisi sifatida
ishtirok etishi mumkin.
Davlat maqsadlifondlari maqsadli fondlari maqsadli ishlatilishga yo’naltirilgan. Odatda
ularning nomida mablag’larning ishlatilish maqsadi qayd etiladi. Davlat maqsadlifondlarini
shakllantirishning manbalari ular tashkil etgan vazifalarning xarakteri va masshtabiga qarab
aniqlanadi. Manbalarning turi va xajmiga rivojlanishning u yoki bu bosqichidagi mamlakatning
iqtisodiy va moliyaviy holati ta’sir etadi.
Byudjetdan tashqari fondlar haqida gap ketganda, shuni ta’kidlash lozimki, bu fondlar har
doim ham davlatga tegishli bo’lmaydi, jamiyatning taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy
ehtiyojlarni kengayishi jamiyat a’zolarining turli xil, kengayib borayotgan qiziqishlarini
qondirishga maqsad qilib quyilgan nodavlat byudjetdan tashqari fondlarning rivojlanishiga
to’rtki bo’ldi. Maqsadli jamg’armalarni quyidagi xususiyatlar bo’yicha tasniflash mumkin (2-
rasm):
Tashkiliy usuliga ko’ra:
- maqsadli jamg’armalarni tashkil qilish uchun mahsus ajratilgan byudjet mablag’lari
hisobidan;
- o’z mablag’lari hisobidan.
Shakllanish usuliga ko’ra:
- Mahsus o’rnatilgan soliqlar va majburiy ajratmalar hisobiga;
- Davlat byudjetidan assignatsiyalar;
- Mahsus yoki ixtiyoriy zaymlarnichiqarish;
- Qimmatli qog’ozlar emissiyasi va joylashtirilishi orqali.
Amal qilish muddatiga ko’ra:
- Doimiy, doimiy va uzoq muddatda faoliyat yurituvchi;
- Vaqtinchalik, jamiyat rivojlanishining ma’lum bosqichida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy yoki
ekologik vazifalarini bajarish uchun tashkil etilgan.
Tegishlilik huquqi va mulkiy tegishliligiga ko’ra:
- davlat;
- davlatlararo;
- xalqaro.
Maqsad va vazifalariga ko’ra:
- ijtimoiy;
- sug’urta;
- iqtisodiy;
- kredit;
- ilmiy-tadqiqot;
- investitsion;
- ekologik;
- siyosiy va boshqalar.
Markazlashish darajasiga ko’ra:
- markazlashgan;
- markazlashmagan.
Mablag’lar ishlatilishining maqsadli yo’naltirilishiga ko’ra byudjetdan tashqari fondlar
ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik va boshqa fondlarga ajratiladi. Ijtimoiy ahamiyatdagi fondlar davlat
organlariga faol ijtimoiy siyosatni yuritishga ko’mak beradi.Ushbu fondlarni shakllantirishda
asosan sug’urta qilingan shaxslarning sug’urta badallaridan, tadbirkorlarning sug’urta
badallaridan, subsidiyalar va davlatning foizsiz ssudalaridan foydalaniladi. O’zbekiston
Respublikasida ijtimoiy fondlarga Pensiya Fondini, Bandlikka ko’maklashuvchi davlat
jamg’armasini va boshqa nodavlat fondlarini (“Nuroniy”, “Mehr nuri”, “Sen yolg’iz emassan”
fondlari) kiritish mumkin. Davlat ijtimoiy fondlari fuqarolarning pensiya olish, kasalligi,
nogironligi, boquvchisini yo’qotganligi sababli, shuningdek, sog’liqni saqlash va tibbiy yordam
olish, ishsizlikdan himoya qilinish uchun va boshqalar uchun ijtimoiy nafaqalarni olishdek
konstitutsion huquqlarni ta’minlashga yo’naltirilgan. Iqtisodiy fondlar jamiyatning xo’jalik va
ijtimoiy xayotining rivojlanishida davlat ta’siri imkoniyatlarini kengaytiradi. O’zbekiston
Respublikasida iqtisodiy fondlarga Respublika Yo’l fondini, davlat mulk qumitasining mahsus
hisob varag’ini va boshqa fondlarni kiritish mumkin.
Oltmishinchi yillarning boshlaridan rivojlangan davlatlarda ilmiy-texnik fondlarni tashkil
etishga kata e’tibor berilmoqda. Ushbu fondlarning daromad qismini shakllantirishda byudjet
mablag’lari qatorida yirik kompaniyalarning mablag’lari, universitetlarning badallari va boshqa
manbalardan foydalaniladi. Yuqorida ta’kidlangan fondlarning mablag’lari fundamental
tadqiqotlar,
ilmiy
markazlar
qurilishi,
kadrlarni
tayyorlash
sohasidagi
dasturlarni
moliyalashtirishga yo’naltiriladi.
Turli mamlakatlarda turli yo’nalishlarga qaratilgan fondlar ularda tanlangan moliyaviy
siyosatiga mos ravishda tashkil etiladi. Bir mamlakatda mavjud bo’lgan byudjetdan tashqari
fondning mavjudligi ikkinchi bir mamlakatda ham huddi shu fondning mavjud bo’lishiga asos
bo’lmaydi. Masalan, Rossiya federatsiyasida Ijtimoiy sug’urta fondi mavjud, O’zbekiston
Respublikasida ijtimoiy sug’urta funktsiyasini Pensiya fondi bajaradi.
Davriylik xususiyatiga ko’ra byudjetdan tashqari fondlarni doimiy va vaqtinchalik
fondlarga ajratish mumkin. Vaqtinchalik fondlar ma’lum bir davrga tuzulib, o’zining oxirgi
maqsadini amalga oshirganidan so’ng to’xtatiladi. Masalan O’zbekiston Respublikasida
vaqtinchalik fondlar jumlasiga Maktab ta’limi fondini kiritish mumkin. Ushbu fondning tashkil
etilishi va foydalanilishi 2004-2009 yillarga mo’ljallangan maktab ta’limini rivojlantirish Davlat
umummilliy Dasturini amalga oshirish bilan bog’liqdir.
Davlat byudjetida jamlangan byudjetdan tashqari fondlar davlat maqsadli fondlar
hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimida jamlanadigan davlat maqsadli
byudjetdan tashqari fondlar tarkibi keltirilgan.
Byudjetdan tashqari fondlar maqsadli ishlatilishga yo’naltirilgan. Odatda ularning nomida
mablag’larning ishlatilish maqsadi qayd etiladi. Byudjetdan tashqari fondlarni shakllantirishning
manbalari ular tashkil etgan vazifalarning xarakteri va masshtabiga qarab aniqlanadi.
Manbalarning turi va xajmiga rivojlanishning u yoki bu bosqichidagi mamlakatning iqtisodiy va
moliyaviy holati ta’sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |