Pensiya ishi


“Davlat maqsadli va budjetdan tashqari jamg’armalari” fanining zarurligi va



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/212
Sana31.12.2021
Hajmi2,26 Mb.
#208913
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   212
Bog'liq
Davlat maqsadli va bujetdan tashqari jamgarmalar

3.“Davlat maqsadli va budjetdan tashqari jamg’armalari” fanining zarurligi va 
vazifalari 
 
Har  bir  jamiyat  o’zining  milliy,  madaniy,  tarixiy  qadriyatlariga  asosan  mehnatga 
qobiliyatsiz  aholi  qatlamini,  vaqtinchalik  ishsiz  aholi  qatlamini  himoya  qilishni  va  boshqa 
vazifalarni  o’z  bo’yniga  oladi.  Jahon  tajribasidan  ko’rinadiki,  ushbu  maxsus  davlat    maqsadli 
funktsiyalarini  davlat  byudjetidan  amalga  oshirish  hamma  vaqt  ham  samarali  emas.  Qoidaga 
ko’ra, inqirozlar,  yuqori  inflyatsiya, ijtimoiy va siyosiy larzalar sharoitida ushbu funktsiyalarni 
davlat byudjetidan moliyalashtirish samarasining pasayishini kuzatish mumkin
4

D. Karnegi aytganidek, har bir normal shaxs sog’lom bo’lishni, oziqlanishni, uyqu va dam 
olishni,  pul  va  pulga  sotib  olinadigan  predmetlarni,  narigi  dunyodagi  yaxshi  hayotni,  his-
tuyg’ularni, o’z farzandlarining muvaffaqiyatlarini, o’zining kerakli inson sifatida his etishni va 
boshqalarni istaydi. 
Har bir shaxs (bola va katta yoshdagi shaxs, ayol va erkak, boy va kambag’al, bog’bon va 
prezident) ob’ektiv ravishda beshta guruhga bo’linganehteyojga ega bo’ladi: 
1.  Moddiy exteyoj(oziq-ovqat, kiym-kechak, uy-joy, muhit); 
2.  Sensor exteyoj (his-tuyg’u, turmush qurish); 
3.  Taraqqiyot exteyoji (o’qish, o’rganish) 
4.  Ma’naviy va madaniy ehtiyojlar (kino, san’at, adabiyot) 
5.  Ijtimoiy ehtiyojlar (o’zini anglash, boylik, boshqaruvchilik) 
Exteyojlar  ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlarning  xususiyatlari,  va  jamiyat  taraqqiyotiga 
qarab  o’zgarib  turadi  va  har  doim  mavjud  bo’ladi.  Exteyojlar  shaxsning  fiziologik  organizm 
sifatida mavjud bo’lishini, inson shajarasining mavjud bo’lishini, o’rab turgan ijtimoiy muhitda 
o’zini anglashni va takomillashib borishini ta’minlaydi. 
Inson  ehtiyojining  asosiy  qismi,  ayniksa  fiziologik  qismi  individual  ravishda  hayot 
boyliklarini  (oziq-ovqat,  uy-joy  va  boshqalar)  mustaqil  o’zlashtirish  asosida  qanoatlantiriladi. 
Shuningdek, birlamchi exteyojga ega bo’lgan shunday exteyojlar borki, ular: 
birinchidan, har bir shaxsga birdek zarur,  
ikkinchidan, bajarilishi shart bo’lgan,  
uchinchidan, ma’lum bir to’lovlarni talab etadi. 
Ularga  avvalo  insonning  yashash  huquqi  kiradi.  Albatta  ushbu  exteyoj  ma’lum  bir 
sub’ektlar  va  organlar  orqali  tartibga  solinadi.  Ushbu  xizmatlar  avvalo  ma’lum  bir  to’lovlarni 
talab  etadi.  Boshqa  tomondan  olib  qaralganda  inson  dunyoga  xech  kanday  boyliksiz  va  xech 
nimasiz  keladi.  Bozor  munosabatlari  sharoitida  pul  barcha  tovar  va  xizmatlar  uchun  umumiy 
ekvivalent hisoblanadi. Bu sharoitda inson uchun asosiy faoliyat ko’proq pul topish ilinji yotadi. 
Pul miqdori kanchalik ko’p bo’lsa, inson ehtiyoji shuncha ko’p va to’liqroq qoplanishiga yordam 
beradi va uning prestiji ortib boradi.  
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  fuqarolar  va  jamiyat  himoyasi,  huquq  tartibotni  ta’minlash 
davlatning mavjud bo’lishini talab etadi. Bundan esa, pul mablag’larini shakllantirish va ularni 
sarf  etish  barcha  iqtisodiy  sub’ektlar:  shaxs,  jamoa  va  davlatning  asosiy,  ob’ektiv  va  birinchi 
darajali vazifasiga aylanib boradi. 
Davlat  maqsadli  va  byudjetdan  tashqari  jamg’armalar  o’zining  daromadlarini  aniq 
xarajatlariga  biriktirilmasligi  hisobiga  mablag’larning  moslashishiga  ko’mak  beradi.  Ammmo 
xarajat  moddalari  bo’yicha  mablag’larning  ortiqroq  yo’naltirishga  erishmaslik  lozim,  xususan 
                                                           
4
  Muhammad Yussu, Juan Luis Larrabure, Cihan Terzi “Voluntary contributions in united nations system 
organizations. 2012n. Jeneva. P.24 
 
 


bunda ijtimoiy talablar maxsus e’tiborni talab etadi, chunki hamma vaqt ushbu maqsadlar uchun 
xarajatlarni kamaytirishdek xavf mavjud bo’ladi. Shuning uchun ham rivojlanishning eng muhim 
yo’nalishlarini aniqlash va mablag’larni maqsadli ishlatilishi va yo’naltirilishi ta’minlash muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Ushbu  holatlar  maqsadli  umumdavlat  vazifalarini  moliyalashtirishda  tegishli  byudjetdan 
tashqari fondlarni tashkil etish uchun asos bo’ldi. 
Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun ikki usuldan foydalanish mumkin: 
• 
ma’lum maqsadli qismini davlat yoki mahalliy byudjetlardan ajratish
• 
hukumat  qarorlariga  asosan  aniq  maqsadli  yangi  byudjetdan  tashqari  fondlarni  tashkil 
etish. 
• 
Iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida ikala usuldan ham foydalanilmoqda.  
• 
Davlat  maqsadli  va  byudjetdan  tashqari  jamg’armalarning  iqtisodiy  mohiyati  davlat 
funktsiyalarini  bajarishga  yo’naltiriladigan  markazlashgan  pul  fondining  shakllantirilishi  va 
ishlatilishi bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy munosabatlar tizimida namoyon bo’ladi.  
• 
Davlat  maqsadli  va  byudjetdan  tashqari  jamg’armalarning  ijtimoiy  mohiyati,  bir 
tomondan,  alohida  aholi  qatlamlariga  va  iqtisodiy  sub’ektlarga  majburiy  ajratmalar  yukining 
darajasi bilan belgilansa, ikkinchi  tomondan, jamg’armalar mablag’larini ishlatish  yo’nalishlari 
bilan  belgilanadi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  davlat  maqsadli  va  byudjetdan  tashqari 
jamg’armalarning ijtimoiy mohiyati quyidagi ikki savolga javob berish bilan ochib beriladi: 
• 
jamg’armalarni shakllanishida kim bevosita qatnashadi?  
• 
jamg’armalarmablag’lari  qanday  maqsadlarga  va  kimning  manfaatlari  yo’lida 
sarflanadi? 

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish